Nurafshon shahri hokimligi
4.67K subscribers
41.6K photos
3.73K videos
52 files
12.1K links
Download Telegram
#kuz_qishga mavsumiga tayyorgarlik

Yurtimizda kuz-qish mavsumiga hozirlik ko‘rilmoqda. Ijtimoiy soha obyektlari, taʼlim va tibbiyot muassasalari hamda ko‘p qavatli uylarni mavsumga tayyorlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Nurafshon shahar 1-sektor hududidagi ko‘p qavatli uylar va xonadonlarning tom qismi, issiqlik holati, aholi uy-joylaridagi muammolarni mavsumga tayyorlash bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlar va kommunal soha vakillari tomonidan mavjud kamchiliklar bartaraf etilib, mavsumni betalofat o‘tkazishlariga sharoitlar yaratish ishlari davom etmoqda.


Nurafshon shahar hokimligining Axborot xizmati

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

https://t.me/Nurafshonpressа
#jarayon
#kuz_qishga_tayyorlagarlik

Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Kuz-qish mavsumida iste’molchilarning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini barqaror va uzluksiz ta’minlash maqsadida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Nurafshon shahri elektr ta’minoti xodimlari tomonida O‘rta Chirchiq podstansiyasidan chiqadigan fider Qorasuv elektr tarmog‘ining Oybek mahallasi hududidan o‘tgan 500 metrlik qismida yuqori kuchlanishli havo tarmog‘i simlari zamonaviy AC kabellariga almashtirilmoqda.

Mazkur ta’mirlash va yangilash ishlari mavjud elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash, avariyaviy uzilishlarning oldini olish hamda aholiga barqaror elektr ta’minotini ta’minlashga xizmat qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍42