Nurafshon shahri hokimligi
3.06K subscribers
45.7K photos
4.25K videos
61 files
13K links
Download Telegram
#matbuotda

“Vatan”
jurnalining 2026-yil 1-sonida Toshkent viloyati hokimi, senator Zoyir Mirzayevning “Toshkent viloyati: OBODLIK VA TARAQQIYOT LOKATSIYASI” nomli maqolasi chop etildi.

Maqola, jumladan, shunday boshlanadi:

Bugun Toshkent viloyatiga kelgan kishi Yangi O‘zbekistondagi islohotlarning asl mazmun-mohiyati va samaralarini to‘la his etishi, shubhasiz.

Toshkent vohasi azalдан Buyuk Ipak yo‘lidagi qadim tamaddunlar chorrahasi bo‘lib kelgani tarixdan yaxshi ma’lum. Yaratganning nazari tushgan bu zaminda sohibqiron bobomiz Amir Temur, ulug‘ ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Boburning qutlug‘ izlari qolgan.

Asrlar osha Shayx Umar Bog‘istoniy, Xoja Ahror Valiy, Abu Bakr Shoshiy, Abu Sulaymon Banokatiy kabi aziz avliyo va allomalarga beshik bo‘lgan bu makon. Ayniqsa, ulug‘ alloma Zangiotaning nomi bilan atalgan Oyxo‘ja ibn Toshxo‘jadek muborak zotning Toshkent viloyatidagi ziyoratgohi musulmon olamida mashhur.

Aslida, yaratuvchanlik, bunyodkorlik viloyat ahlining qonida bor, desak yanglishmaymiz. Zotan, davlatimiz rahbarining
“Mendan Toshkent viloyatining eng katta boyligi nimada, deb so‘rasangiz, hech ikkilanmay, yuksak madaniyatli, oq-u qorani tanigan, omilkor va mehnatkash, ishning ko‘zini biladigan ahil va hamjihat ko‘p millatli xalqi, deb aytgan bo‘lardim”,

degan gaplari ham bu fikrni to‘la tasdiqlaydi.

Batafsil:

Lotinda o‘qish / Кириллда ўқиш

Maqolani albatta o‘qing!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM