Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
48.4K photos
4.74K videos
64 files
13.9K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mega_loyiha

Tashrif doirasida Nurafshon shahrida start olgan yana bir yirik loyiha bilan tanishamiz

Xabaringiz bor,  davlatimiz rahbarining viloyatimizga tashrifi doirasida Nurafshon shahrida aholiga zamonaviy va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida “Nurafshon Biznes City” hududida 700 o‘rinli ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini barpo etish loyihasiga ham start berildi.

Mazkur majmua qanday imkoniyatlarga ega bo‘ladi?

Loyiha qiymati 800 milliard so‘m bo‘lib, markazda viloyat aholisiga kardiojarrohlik, qon-tomir jarrohligi, transplantatsiya, torakal jarrohlik, onkologiya va radiologiya, kimyo va nur terapiyasi kabi yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, MRT, MSKT, operativ angiografiya va gemodializ kabi zamonaviy diagnostika va davolash xizmatlari tashkil etiladi.

Bir kunda 800 nafargacha bemorni qabul qilish imkoniyatiga ega poliklinika ham faoliyat yuritadi.

Markazda yiliga 15 mingtagacha yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari bajarilishi hamda 40 ming nafardan ziyod bemorni davolash imkoniyati yaratilishi kutilmoqda.  Markaz 2026-2028 yillar davomida qurilib, ishga tushirilishi reja qilingan.

Mazkur majmua respublikada ilk bor bunyod etilayotgan mega loyiha bo‘lib, tibbiyot taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab beradi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3👏1