Nurafshon shahri hokimligi
3.18K subscribers
44K photos
4.07K videos
61 files
12.5K links
Download Telegram
#muallim_sharafi

📚 O‘qituvchi va murabbiylar kuni tantanasi Nurafshon shahrida

Nurafshon shahrida O‘qituvchi va murabbiylar kuni tantanali ravishda nishonlandi.

Shaharning “O‘zbegim” tantanalar uyida o‘tkazilgan bayram dasturiga Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov ham tashrif buyurib, yig‘ilganlarni va ular timsolida barcha nurafshonlik ustozlarni samimiy tabrikladi.

Shahar hokimi ta’kidlaganidek, Nurafshonda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, pedagoglar mehnatini qadrlash va ularga munosib sharoit yaratish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

📌 Xususan, hokimlik tashabbusi bilan har yili an’anaviy ravishda “Ta’lim iftixori” mukofoti taqdim etilib, sohada samarali mehnat qilib kelayotgan pedagoglar rag‘batlantirilmoqda.

Tadbirda bir guruh o‘qituvchi va murabbiylarga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

https://t.me/Nurafshonpressa
👍74