Nurafshon shahar hokimligi
2.07K subscribers
36.1K photos
3.33K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
#ogohbo'ling

🔹Oʻzbekiston Respublikasida "Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida" qonunida davlat organlarining Terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari, terrorchilikka qarshi operatsiyaning oʻtkazilishi, terrorchilik harakati oqibatida yetkazilgan zararni qoplash va jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi kabi masalalar huquqiy asoslab berilgan.

🔹Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat hamda ma'muriy Ko'deksiga koʻra, terrorchilik harakatlarini tayyorlash va sodir etish, bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablagʻ-vositalar va resurslar berish yoki yigʻishga, boshqa xizmatlar koʻrsatishga qaratilgan harakatlar uchun 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan, ushbu harakatlar odam oʻlishiga, boshqa ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilanadi.

☎️ 70 762 78 39
☎️ 70 762 80 38

🆘 Nurafshon shahar IIB

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
🔔 DIQQAT! MUHIM BILDIRISH

"Nurafshonshahargaz" GTB Sizga quyidagilarni ma’lum qiladi:

📍 Nurafshon shahrida Toshkent yo‘li ko‘chasini kengaytirish ishlari olib borilayotgani sababli, Ma’rifat va Nurafshon mahallalari hududidagi D-76, D-89, D-115 va 159 mm diametrli yer usti gaz quvurlarini ko‘chirish ishlari amalga oshirildi.

💨 Shu sababli vaqtincha gaz ta’minoti to‘xtatilgan edi.

⚠️ Hurmatli fuqarolar! Gaz ta’minoti 15 daqiqadan so‘ng bosqichma-bosqich tiklanadi. Iltimos, ogoh bo‘ling va xavfsizlik qoidalariga amal qiling!

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (99) 004-81-04

🟢 "Nurafshonshahargaz" — xavfsiz va uzluksiz gaz ta’minoti uchun xizmatda!

#Diqqat #Bildirish #GazTa’minoti #Nurafshonshahargaz #OgohBo‘ling #Xavfsizlik

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✈️ Haj va Umra firibgarligidan ogoh bo‘ling!

Nurafshon shahri bosh imom-xatibi Abdurashid Rustamovich tomonidan shahar aholisi va mehmonlariga murojaat:

So‘nggi paytlarda Haj va Umra safariga borishni istagan fuqarolarimiz orasida ayrim yolg‘on va rasmiy bo‘lmagan takliflar orqali pul undirayotgan firibgarlar aniqlanmoqda.

📌 Shuni unutmang:
Haj va Umra faqat ruxsat etilgan, litsenziyaga ega tashkilotlar orqali amalga oshiriladi.
Barcha to‘lovlar rasmiy hujjatlar asosida rasmiylashtiriladi.
Har bir ziyoratchining ma’lumotlari maxsus elektron tizimda ro‘yxatga olinadi.

❗️ Firibgarlik qurboni bo‘lmang!
📞 Shubhali holatga duch kelsangiz, mutasaddi idoralarga murojaat qiling.

#Haj #Umra #FiribgarlikkaYo‘q #NurafshonShahri #BoshImomXatib #ZiyoratFaqatRasmiyOrqali #OgohBo‘ling #EhtiyotBo‘ling #IslomZiyorati #Adolat #Halollik

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt