Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
48.1K photos
4.7K videos
63 files
13.8K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Press_tur

Nurafshon shahrida ommaviy axborort vositalari uchun press-tur tashkil qilindi

Viloyat aholisining salomatligini muhofaza qilish, shoshilinch tibbiy yordam sifatini oshirish hamda qon komponentlariga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qondirish maqsadida Nurafshon shahrida zamonaviy Qon quyish markazi ish boshladi.

Mazkur markaz qariyb 18 milliard so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan bo‘lib, 4 qavatli, barcha zamonaviy talablarga javob beradigan infratuzilmaga ega. U viloyatdagi 22 ta tuman va shahar tibbiyot muassasalarini uzluksiz ravishda qon va uning komponentlari bilan ta’minlaydi.

Yangi markazda qonni qayta ishlash, tayyorlash va zaxiralash jarayonlari to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, u xalqaro standartlarga mos zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan. Bu esa qon xavfsizligi va sifatini yuqori darajada ta’minlash imkonini beradi.

Ayni paytda markazda 90 nafarga yaqin malakali tibbiyot xodimlari faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, 2 ta sayyor guruh hududlarga chiqib, donorlar qonini yig‘ish, aholi o‘rtasida donorlik harakatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan turli aksiyalar va tushuntirish tadbirlarini amalga oshiradi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3👏1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#press_tur

Nurafshondagi yirik sanoat korxonalariga OAV uchun
press-tur tashkil qilindi

Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari hududning sanoat salohiyatini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qilmoqda. Shahar hokimligi Axborot xizmati tomonidan tashkil etilgan press-tur davomida OAV vakillari Xitoy investitsiyasi asosida barpo etilgan "DA SHUN GROUP" qurilish texnoparki faoliyati bilan tanishdi.

Mazkur texnopark 2025-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 120 million AQSH dollarini tashkil etadi. Bu yerda qurilish sanoati uchun zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarilib, 300 nafardan ortiq fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan. Ayni paytda texnopark hududida 38 dan ortiq ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonasi faoliyat yuritmoqda.


Texnoparkda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ichki bozor bilan bir qatorda Germaniya, Rossiya, Qozog‘iston va Tojikistonga ham eksport qilinmoqda. Kelgusida yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda korxonalar sonini yanada ko‘paytirish orqali Nurafshon shahrining iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirish rejalashtirilgan.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2