Nurafshon shahri hokimligi
3.11K subscribers
47.9K photos
4.62K videos
63 files
13.7K links
Download Telegram
🔴🟦🟦
#qishloqda_bir_kun

Qishloqda bir kun: Viloyat rahbari Payg‘ambar ota qadamjosini ziyorat qildi

Xabar qilganimizdek, viloyat rahbari Ohangaron tumanining olis Ovjazsoy qishlog‘iga yetib keldi. Hokim dastavval, hudud nuroniylari, viloyat ziyolilari va faollari bilan “Susam” mahallasi hududida joylashgan Payg‘ambar ota ziyoratgohini ziyorat qildi.

Bu ziyoratgoh asrlar davomida aholi uchun muqaddas qadamjo hisoblanadi. Ziyorat chog‘ida Qur’on tilovat qilindi, mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, islohotlarning izchil davom etishi, xalq farovonligi yo‘lida qilingan ezgu ishlarga shukronalik bildirildi.


Shuningdek, ziyoratgoh hududini obodonlashtirish, muqaddas maskanning tarixiy qiyofasini asrab-avaylash, ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yaratish masalalari xususida fikr almashildi.

Viloyat rahbari bu kabi qadamjolar xalqimizning ma’naviy hayotida muhim o‘rin tutishini ta’kidlab, ularni saqlash va yanada obod etish doimiy e’tiborda bo‘lishini qayd etdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#qishloqda_bir_kun

Ovjaszoyda yoshlar uchun sport musoboqalari o‘tkazildi

Ovjazsoy qishlog‘ida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat va intellektual salohiyatni oshirish maqsadida ko‘chalararo “Zakovat” va “Yoshlar” uchrashuvi tadbirlari, shuningdek, turli sport musobaqalari tashkil etildi.

Tadbirlar davomida ishtirokchilar bilim, zehn va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha o‘zaro bellashib, faollik va jamoaviylikni namoyon etdilar. Bunday tadbirlar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, do‘stona muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Musoboqa g‘oliblari viloyat hokimi tomonidan munosib taqdirlandi. Tadbir davomida namunali oilalarga ham esdalk sovg‘alari topshirildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qishloqda_bir_kun

Ovjazsoyda “Munavvar oqshomlar” — yuraklarga iliqlik, ko‘ngillarga shodlik baxsh etdi

Ovjazsoy qishlog‘ida “Munavvar oqshomlar” nomi ostida madaniy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ochiq osmon ostida tashkil etilgan ushbu samimiy kecha qishloq aholisiga unutilmas taassurotlar ulashdi.

Tadbirga taniqli xonandalar tashrif buyurib, sevimli kuy-qo‘shiqlarini ijro etdilar. Jonli ijrolar va ko‘tarinki ohanglar kechaga yanada fayz bag‘ishlab, yig‘ilganlarni bir zumda bayramona kayfiyatga chorladi.

Aholi uchun maxsus yoqilgan gulxan esa oqshomga alohida iliqlik baxsh etdi. Gulxan atrofida yangragan kuy-qo‘shiqlar sadolari ostida yurtdoshlarimiz raqsga tushib, bir-biri bilan quvonch ulashdilar. Katta-kichik birday xursandchilikka sho‘ng‘ib, ko‘ngillar yanada yaqinlashdi.

“Munavvar oqshomlar” tadbiri Ovjazsoyda madaniy hayotni jonlantirish, aholi kayfiyatini ko‘tarish va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilgan, chinakam xalqona bayram sifatida yodda qoldi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qishloqda_bir_kun

Ovjazsoyda munavvar oqshomlar / No comment

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qishloqda_bir_kun

Qishloqda bir kun” loyihasi – Ovjazsoy yoshlari uchun yangi imkoniyatlar va ulkan marralar sari muhim qadam bo‘ldi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM