Nurafshon shahri hokimligi
3.15K subscribers
48.6K photos
4.77K videos
64 files
14K links
Download Telegram
#subsidiya

Nurafshon shahri hokimligida to'rt tomonlama uchrashuv o'tkazildi.

Nurafshon shahrida qurilayotgan yangi ko‘p qavatli uy-joylarni aholi tomonidan subsidiya orqali sotib olish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov boshchiligida shahar hokimi o'rinbosari F.Shomurodov, Markaziy bank, O‘zmilliybank, moliya bo‘limi, Qurilish-pudrat tashkiloti vakillari hamda subsidiya orqali uy-joy xarid qilmoqchi bo‘lgan shahar aholisi vakillari ishtirok etdi.

Unda PF-70 sonli farmon asosida subsidiya ajratilishi uchun ariza bergan aholi vakillariga subsidiya  ajratilishi tartibi, imtiyozli kredit ajratilishi va uchrashuvga taalluqli boshqa masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek aholi vakillari tomonidan Nurafshon shahrida qurib bitkazilayotgan ko‘p-qavatli uy-joylarni subsidiya orqali sotib olish bo‘yicha savol va takliflar olindi va ularni ijobiy hal etish uchun tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
#subsidiya

❗️ Ipoteka krediti uchun davlat subsidiyasini olishga ariza berish xizmati qayta ishga tushirildi 

My.gov.uz da Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olishga ariza berish davlat xizmati Toshkent shahri, viloyatlar va Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya ajratishning yangi maqsadli ko‘rsatkichlari asosida qayta ishga tushirilganligini ma’lum qilamiz.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot