Nurafshon shahri hokimligi
3.06K subscribers
45.7K photos
4.25K videos
61 files
13K links
Download Telegram
#tajriba

Viloyat delegatsiyasi yana bir yuqori texnologiyali korxonaning ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatdi


Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Boshqirdistondagi neft va gaz quduqlarini burg‘ilash uchun zamonaviy uskunalar ishlab chiqaruvchi yirik korxona – “BURINTEX” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tanishuv mobaynida viloyatimiz delegatsiyasi a’zolariga korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, texnologik jarayonlar va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari, shuningdek, kompaniyaning xalqaro bozordagi o‘rni, eksport geografiyasi hamda innovasion ishlanmalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Qayd etilganidek, korxona Ufa shahridagi ikki yirik ishlab chiqarish maydonida 500 dan ortiq zamonaviy, jumladan CHPU dastgohlari yordamida yuqori aniqlikdagi mahsulotlar ishlab chiqaradi. Yillik ishlab chiqarish hajmi esa, qariyb 115 ming donani tashkil etadi.

Muzokaralar chog‘ida neft-gaz sohasida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va tajriba almashish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3