Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
48.1K photos
4.7K videos
63 files
13.8K links
Download Telegram
#tajriba_almashish

Tuman va shahar hokimlari Ijtimoiy himoya majmuasi faoliyati bilan tanishdi

Toshkent viloyatida ilk bor tashkil etilgan Ijtimoiy himoya majmuasi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga davlat xizmatlarini kompleks va qulay shaklda ko‘rsatishga xizmat qilmoqda.

Majmua tarkibida Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi, Hududiy ijtimoiy inspeksiya, Nurafshon shahri "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi, Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi hamda Hududiy ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyat yuritmoqda.

Bugun Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida viloyatning 22 ta tuman va shahar hokimlari mazkur majmuada yaratilgan shart-sharoitlar, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda zamonaviy ish jarayonlari bilan tanishdi.

Muloqot davomida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Miraziz Mirsultonov tomonidan joriy etilgan yangi tizimlar, yaratilgan imkoniyatlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot qilindi.

Ta’kidlanganidek, mazkur majmua aholining ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, murojaatlarni tezkor va samarali hal etish hamda ijtimoiy himoya tizimi faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM