Nurafshon shahar hokimligi
1.84K subscribers
32.7K photos
3.17K videos
44 files
9.81K links
Download Telegram
#tibbiy_koʻrik

Aholi salomatligi uchun tibbiy ko'rik o'tkazildi

Toshkent viloyati Nurafshon shahar Degantepa mahalla fuqarolari yig‘ini aholsiga 16-17-mart kunlari 73-sonli maktab binosida Toshkent harbiy okrugi va Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali hamkorligida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tibbiy ko‘rikda 100ga yaqin fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ularga quyidagi yo‘nalishlarda tibbiy xizmat ko‘rsatildi: qon tahlili, EKG, UZI, nevropatolog, lor xirurg va terapevt ko‘riklari tashkil qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Tibbiy_koʻrik

Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli ko'p tarmoqli markaziy poliklinika xodimlari tomonidan "Yangiobod"MFY da tibbiy ko'rik o'tkazildi

Tibbiy ko'rikda 72 nafar fuqarolar ko'rikdan o'tkazilib ulardan 13 nafarida surunkali xolestestit, 7 nafarida yurak ishemik kasalligi, 4 nafarida arteril gipertenziya, 9 nafarida ginekologik kasalliklar aniqlandi.

Bundan tashqari yotib qolgan chilla davridagi chaqaloqlar va nuroniy onaxonlar holidan xabar olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Tibbiy_koʻrik

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 noyabrdagi “Reproduktiv yoshdagi ayollar,homiladorlar va bolalarga ko’rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va ko’lamini yanada kengaytirish to’g’risida”gi PQ 4513-sonli qarorini ijrosini taminlash maqsadida yurtimizda 2023 yil 10 apreldan 8 mayga qadar “Sog’lom ayol oyligi” doirasida Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli Oilaviy poliklinikada “Xurriyat “MFY  aholisi uchun tibbiy ko’rik o’tkazildi.

Tibbiy ko’rikda 52 nafar fuqaro tibbiy ko’rikdan o’tkazilib,kasallik aniqlanganlarga ambulator tekshiruv va zarur davo mualojalari tavsiya etildi hamda 2 nafar fuqaro kunduzgi shifoxonaga yo'naltirildi.
Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi ma’mutiyati!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website