Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
44.1K photos
4.07K videos
61 files
12.5K links
Download Telegram
#xalqaro_koʻrgazma
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Yaponiyada Toshkent viloyatining turizm salohiyati targʻib etilmoqda

Shu kunlarda Yaponiyada boʻlib oʻtayotgan “Tourism EXPO Japan-2025” xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida Toshkent viloyati vakillari ham faol ishtirok etishmoqda.

Dunyoning 70 dan ortiq davlatidan 12 ming ishtirokchi qatnashayotgan ko‘rgazmada viloyatining boy madaniy merosi, turizm salohiyati hamda madaniy dasturlari yuqori darajada targʻib etilmoqda.
Koʻrgazma doirasida viloyat delegatsiyasi vakillari va Yaponiya sayyohlik agentliklari uyushmasi (JATA) raisi o‘rinbosari T.Shimura, Yaponiya Turizm agentligi raisi Shigeki Murata hamda “Hankyu Travel International Co. LTD” sayyohlik kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Atsushi Sakai bilan uchrashuv tashkil etildi.
Muloqot chog‘ida ikki tomonlama turizm aloqalarini mustahkamlash, sayyohlar oqimini ko‘paytirish, turizm yo‘nalishida kadrlar tayyorlash, Toshkent viloyatida barqaror turizmni rivojlantirishda Yaponiya bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
T.Shimura Yaponiya tomonidan O‘zbekistonning turizm salohiyati, sayyohlar uchun xavfsizligi, madaniy merosi, amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalariga qiziqish ortib borayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, uchrashuv davomida A.Sakai bilan viloyatimizga yaponiyalik sayyohlar oqimini yanada oshirish maqsadida hamkorlik qilish yuzasidan kelishib olindi.

Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Jamshid Babajanov viloyatning turizm salohiyati to‘g‘risida taqdimot qildi unda viloyatda amalga oshirilayotgan turizm loyihalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

“Chorvoq” turizm rekratsion zonasi direktori O.Gulyamov tomonidan hududda tog‘ turizmi, qishki turizm, tibbiyot va ekstremal turizm yo‘nalishlarida mavjud imkoniyatlar ko‘rsatib o‘tildi.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3