Forwarded from Hubbuna
Kel...
Menga napalyonlar, medoviklar, shirin manti-xonimlar pishirib berish uchun kel. (Fast foodlar me'damga urib ketdi)
Har kuni "Kelyapsizmi, nechida kelasiz, nima ovqat qilay" deb telefon qilishing uchun kel. (Bezor qilib yuborsang ham mayli)
Uchlik pampers obkeling, kasha kerak, non tugadi, pul tashlab bering deb sms yozish uchun kel. (Uzundan uzun sevgi maktublari shart emas, shular o'zi kifoya)
Ishdan kelishimni intizor kutib, ketishimda "Yaxshi borib keling" deyishing uchun kel. (Shu nigohlarni ko'rish, mana shu gaplarni eshitish uchun har kuni ishga borishga tayyorman)
Ko'ylak olaman pul bering, salonga boraman pul bering, oyoq kiyim oldim pul bering... Shu seni xursand qilsa, berganim bo'lsin, faqat kel... (So'z beraman, bir so'm ham qoldirmay ishlatsang ham baqirmayman)
#Tabassum #бўйдоқлар
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

❤1👍1
Forwarded from Hubbuna
Sevgi bu...
• Yeging kelgan dovuchchalarni qishda ham olib keladigan insoning bo'lishi (paloon pul bo'lsa ham).
• Qachonlardir tanimagan insoning, bugun nima yaxshi ko'rishing-u nimani yoqtirmasligingni yoddan bilishi.
• "Oyog'ingga kiy, ustingga qalin kiy, doringni ich, ovqatingni ye deb mehr aralash jahl bilan gapiradigan baqirog'ing bo'lishi.
• Bir tom ostidagi ikki xil insonning bir butunga aylanishi.
• Yaxshi ko'rishini sotib qo'yadigan mehrli nigohlar...
#Muhabbat

👍4❤1
Forwarded from TIBBIYOT TV
Фарзанд Тарбияси учун тавсиялар
🗯 Фарзандингизнинг сочини тарасангиз, «Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам «Кимнинг сочи бўлса, уни парвариш қилсин», деганлар, ўша ҳадисга мувофиқ тараб қўйяпман» деб айтинг.
🗯 Ўғилчангизга атир суртсангиз, Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам «Менга бу дунёдан хушбўйлик аёллар маҳбуб қилинди. Намоз эса кўз қувончим қилинди», деганлар, ўша ҳадисга мувофиқ атир суртяпман» деб айтинг.
🗯 Фарзандингиз мактабга кетаётганда «Набий соллаллоҳу алайҳи васалламнинг «Ким илм талабида йўлга тушса, Аллоҳ унга жаннат йўлини осон қилиб қўяди», деган ҳадисларини эслатинг.
🗯 Фарзандингизга кулиб қараганингизда Набий соллаллоҳу алайҳи васалламнинг «Биродарингнинг юзига табассум билан боқишинг ҳам садақадир», деган ҳадисларини эслатинг.
🗯 Фарзандингизни мақтасангиз, Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Яхши сўз ҳам садақадир», деганларини эслатинг.
🗯 Фарзандингизга овқат берганда Набий соллаллоҳу алайҳи васалламнинг «Челагингдан биродарингнинг челагига сув қуйишинг ҳам садақа», деган ҳадисларидан олганингизни айтинг.
🗯 Бирор йиғинда кексалар ҳам ўтирган бўлса, фарзандингизга уларни ҳурмат қилишни ўргатиб, Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Кичикларимизга раҳм шафқат қилмаган, кексаларимизни эъзозламаганлар биздан эмас», деганларини айтинг.
🗯 Шу тариқа фарзанд тарбиясини суннат ва сийратга боғлаб, ҳадислар асосида таълим-тарбия беринг
❗️Яқинларга Ҳам Улашинг
👉🏼 @TIBBIYOT_TV 💊

❤1
Forwarded from TIBBIYOT TV
Абу Саид Худрий розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Ким:
رَضِيتُ بِاللهِ رَبًّا وَبِالإِسْلاَمِ دِينًا وَبِمُحَمَّدٍ صلى الله عليه وسلم رَسُولاً
• «Розийту биллаҳи роббан ва бил ислами дийнан ва бимуҳаммадин соллаллоҳу алайҳи васаллама росула», деса, унга жаннат вожиб бўлади», дедилар.
• Маъноси: “Аллоҳни раббим деб, Исломни диним деб, Муҳаммад алайҳиссаломни расул деб рози бўлдим”
Абу Довуд ривоят қилганлар

🔥5👍1
Tingla..
Kechagina akalarining ortidan yiģlab chopib yuradigan , shilingan tizzalariga kòz yoshlari dumalab tushganida achishganiga yer tepinib yiģlaydigan,dadasining yelkalariga chiqib ,osmonning eng yorqin yulduzlarigacha qòlini chòzib ,uzib olishga shay turgan ,onasining pinjiga tiqilib ,ertak eshitib uxlab qoladigan,bobosining hassasini bekitib ,bolalarcha bobosining ustidan kuladigan qizcha -- bugun ulģayibdi.Tunov kuni sochlariga oppoq lentalar taqib,maktab hovlisini kulgulari bilan tòldirib yuboradigan qizchaning kulgularida bugun beģuborlikning alomatlari emas,aksincha hayotning goh shirin,goh achchiq tuhfarining surati aks etib turibdi....Katta hovlining yolģizgina qiz farzandi akalariga qòshilib " chillak" ," oqsuyak" ," bekinmachoq " òynardiyu,bir kun kelib hayotning " òyin" larida yolģiz òzi òynashiga tòģri kelishini , uxlab " tushlarida" kòrmagan ekan.Keng dalalarga bolalik atalmish " yolģonchisi"bilan chiqib , qir - adirlarning quloqlariga shivirlab ,quyoshning " sariq" uzun sochlariga osilib,oyga arģimchoq osib òynagan qizaloq ,bugun hayotdan nimadir izlayotgan , real dunyoqarash bilan odimlayotgan bòldi. Hayotning hammaga atalgan sinovlaridan bir yumalab ulģayib qoldi,gòyo..

👍4🔥1
Forwarded from Hubbuna
Turmushga chiqish uchun munosib bo‘lgan vaqt yigirma, o‘ttiz yoki qirq yosh emas, balki bu vaqt - munosib kishi kelganidadir.
Qachon turmushga chiqishimiz muhim emas, balki kimga turmushga chiqqanimiz muhim! Zamonidan qat’i nazar... joyidan qat’i nazar...
Ko‘plab jamiyatlarda «poyezd o‘tib-ketib qoladi» deb e’tiqod qilishadi.
E, poyezd ketsa g‘izillab ketib qolsin. Agar boradigan yer biz istamagan yo‘nalish bo‘ladigan bo‘lsa, qachon poyezdga chiqishimiz muhim emas, balki bizni qayoqqa olib boradi. Shunisi muhim.
Qissadan hissa barmog‘ingga uzuk taqilishi emas. Hissa shuki, qo‘lingni shunday bir kishi (bir ayol) qo‘liga qo‘yishki, dining o‘sha kishi bilan yo ziyoda bo‘ladi yoki kamayadi.
Tanlovni chiroyli qilinglar.
#tarjima #oila_qurish
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Qachon turmushga chiqishimiz muhim emas, balki kimga turmushga chiqqanimiz muhim! Zamonidan qat’i nazar... joyidan qat’i nazar...
Ko‘plab jamiyatlarda «poyezd o‘tib-ketib qoladi» deb e’tiqod qilishadi.
E, poyezd ketsa g‘izillab ketib qolsin. Agar boradigan yer biz istamagan yo‘nalish bo‘ladigan bo‘lsa, qachon poyezdga chiqishimiz muhim emas, balki bizni qayoqqa olib boradi. Shunisi muhim.
Qissadan hissa barmog‘ingga uzuk taqilishi emas. Hissa shuki, qo‘lingni shunday bir kishi (bir ayol) qo‘liga qo‘yishki, dining o‘sha kishi bilan yo ziyoda bo‘ladi yoki kamayadi.
Tanlovni chiroyli qilinglar.
#tarjima #oila_qurish
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
❤3👏2
Forwarded from -
Oilada farzand tarbiyasi [@kitoblar_pdf].pdf
3.9 MB
Forwarded from Hubbuna
* * *
Men ertadan kutaman najot,
Men bugunning jabrdiydasi.
Ikkimizni qiynadi hayot,
Uzrning ham yoʻqdir foydasi.
Men ertadan umid qilaman,
Siz ertaga aniq kelasiz.
Siz hammadan yaxshi, bilaman,
Men hammadan yomon, bilasiz.
Oʻrtanaman, yuragim xira,
Nima qilay sogʻingan boʻlsam?
Ogʻrinmasmi koʻnglingiz sira
Ertagacha bexosdan oʻlsam.
Bilmam qancha asrlar kerak
Yana bir bor quyosh chiqquncha.
Koʻrguligin qoʻymaydi falak
Birimizni yerga tiqquncha.
Men oʻlimdan qoʻrqmayman, axir,
Har qadamim tahlika, urush.
Biroq mingta oʻlimdan ogʻir
Sizni boshqa birovga berish.
Joʻrabek Ramazon
#Шеър
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Men ertadan kutaman najot,
Men bugunning jabrdiydasi.
Ikkimizni qiynadi hayot,
Uzrning ham yoʻqdir foydasi.
Men ertadan umid qilaman,
Siz ertaga aniq kelasiz.
Siz hammadan yaxshi, bilaman,
Men hammadan yomon, bilasiz.
Oʻrtanaman, yuragim xira,
Nima qilay sogʻingan boʻlsam?
Ogʻrinmasmi koʻnglingiz sira
Ertagacha bexosdan oʻlsam.
Bilmam qancha asrlar kerak
Yana bir bor quyosh chiqquncha.
Koʻrguligin qoʻymaydi falak
Birimizni yerga tiqquncha.
Men oʻlimdan qoʻrqmayman, axir,
Har qadamim tahlika, urush.
Biroq mingta oʻlimdan ogʻir
Sizni boshqa birovga berish.
Joʻrabek Ramazon
#Шеър
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
❤3
Forwarded from Deleted Account
Dunyoda siz shunchaki sevadigan odamlar bor.
Shunchaki... Hech narsa uchun emas. Ularning mavjudligini o'ylab, o'zingizni yaxshi his qilasiz. Ular juda uzoqda, boshqa shaharlarda, hatto boshqa mamlakatlarda bo'lishi mumkin, lekin ular ham sizni yaxshi ko'rishlarini bilasiz)

❤2🔥2
Forwarded from Йиғлама дил❤️❤️❤️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ҳақиқий севги тугайдими?
Жажжи қизалоқдан барчани лол қолдирган ажойиб жавоб.
✨ 𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | Йиғлама дил

❤1👍1🔥1
Forwarded from Umm Usama
Shu kungacha eng go’zal salomlashuvni bir doim ustozimdan eshitaman
Assalamu alaykum salomatmisiz, ahli oilangiz yaxshimi ? “Iymoningiz salomatmi ? Amallaringiz sobitmi Ilmni tashlab qo’ymadingizmi”?
Har gal shu tariqa salomlashadilar va be ihtiyor o’tgan safargi uchrashuvdan bugungacha nimamni o’zgartirdim degan savol aqlingizda aylana boshlaydi

👍3