NAVRO'Z BAYRAMI SHUKUHI
O'lkamizga bahor kirib kelishi bilan Navro'z bayrami keng nishonlanadi. Joriy yida Toshkent shahri Mirzo Ulug'bek tumani Azamat mahallasida ham sumalak sayli o'tkazildi. Tadbirda mahalla faollari, faol ayollar doshqozonga sumalak solishdi. Shuningdek, Nuroniy onaxonlar duoga qo'l ochib yurtimizga tinchlik-totuvlik, farovonlik oilalarga xotirjamlik, ahillik tiladilar.
https://t.me/sevara07
Navro'z bayrami muborak bo'lsin!
🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺
Begʻubor navbahor fasli, bo'lmish Navro'zi olam barcha yurtdoshlarimizga muborak bo'lsin.
Bayramona kayfiyat sizlarni hech qachon tark etmasin. Sog'lik-salomatlik, tinchlik, baxt va omad, oilaviy totuvlik sizni hamrohingiz bo'lsin. Dasturxoningizdan qut-baraka arimasin.
YANA BIR BOR “NAVRO'Z” AYYOMINGIZ QUTLUG' BO'LSIN. 🌸🌸🌸🌸🌼🌼🌼🌸🌸🌸🌸
https://t.me/sevara07
Ramazon hayiti muborak bo'lsin!
Assalomu alaykum sizni Ramazon hayiti bayrami bilan tabriklayman. Alloh bu oyda qilgan ibodatlaringizni, tutgan roʻzalaringizni qabul qilsin!
Sizga va yaqinlaringizga mustahkam sog'liq, tinchlik, faravonlik va dasturxoningizga fayzi baraka tilayman. Uyingiz nurga, qalbingiz iymonga to'lsin.
Azizlar Hayit ayyomingiz muborak bo'lsin!!! Xurmat bilan Sevara.
https://t.me/sevara07
ISHONCH
Kunlardan bir kuni bir kishi otlar fermasi bo’ylab yurib, otlar qafaslarda saqlanmayotganini yoki zanjirlar yordamida ushlab turilmaganini payqadi. Ularni fermadan qochishga to’sqinlik qilgan narsa – oyoqlaridan biriga bog’langan kichik bir arqon bo’lagi edi. Kishi otlarga tikilarkan, nima uchun ular arqonni uzib, fermadan qochib qutulish uchun o‘z kuchlarini sarflamaganliklarini bilmay hayratda qoldi. Otlar buni osongina qilishlari mumkin edi, lekin buning o’rniga ular umuman harakat qilishmadi.
Notanish kishi qiziquvchanlik bilan javobni bilmoqchi bo’ldi. U yaqin atrofdagi fermada ishlaydigan odamdan otlar nima uchun shunchaki o’sha yerda turishganini va hech qachon qochishga urinmaganliklarini so’radi. Ferma ishchisi shunday-dedi. Ular juda yosh va ancha kichik bo’lganda, biz ularni bog’lash uchun bir xil o’lchamdagi arqondan foydalanamiz va bu yoshda ularni ushlab turishga shu kichik arqon kifoya. Otlar yoshlikda rosa harakat qilishadi shu arqonni uzishga, lekin oxir oqibat arqonni uzib qocha olishmasligiga ishonishadi. O’sib ulg’ayganlarida ham, ular ajralib ketolmasligiga juda qattiq ishonishadi. Ularni arqon ushlab turishiga ishonadilar, shuning uchun ular hech qachon ozod bo’lishga harakat qilmaydilar. Otlar fermadan qochib qutula olmayotganining yagona sababi ham shu aslida. Vaqtlar o’tishi bilan otlar buning iloji yo’q degan fikrni qabul qilishgan.
Xulosa: Dunyo sizni qanchalik ushlab turishga urinmasin, har doim erishmoqchi bo’lgan narsangiz mumkinligiga ishonishda davom eting. Muvaffaqiyatli bo’lishingizga ishonish, unga erishishdagi eng muhim qadamdir. Har bir boshlagan ishingizda o’zingizga bo’lgan ishonchni hech qachon yo’qotmang. Chunki, ishonch insonlarning oʻziga xos xususiyati hisoblanadi. U insonning mahorati va qobiliyatlarini ijobiy baholashda, shuningdek, ularning muhim maqsadlarga erishishda katta ahamiyatga ega. Yutuqlarga erishishingizda, a’lo baholarda o’qishingizda ham o’zingizga bo’lgan ishonch sizga yordam beradi.
Reyimbergenova Muslima 7-sinf o’quvchisi
https://t.me/sevara07
Bugun 9 may – “Xotira va Qadrlash kuni”.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari va yurtdoshlarimizni yana bir bor bu qutlug‘ sana bilan samimiy tabriklayman.
Ona Vatanimiz ozodligi, xalqimiz tinch va osoyishta hayoti uchun jonini fido qilganlar ruhi poklari oldida hamisha ta’zimdamiz.
Xotira – abadiy, qadr esa muqaddasdir!
Bayram muborak bo'lsin aziz yurtdoshlar.
https://t.me/sevara07
Qurbon hayiti muborak boʻlsin!
Sizni va oila a'zolaringizni Musulmonlarning eng ulug' ayyomi Qurbon hayiti bilan chin dildan muborakbod etaman. Sizga sihat-salomatlik, tinchlik va oilaviy totuvlik tilayman. Jamiyki o'ylagan ezgu niyatlaringizga alloh ziyodasi bilan yetkazsin. Xonadoningiz quvonch va shodlikka to'la bo'lsin.
Hayit ayyomingiz muborak bo'lsin!!!
Xurmat bilan Sevara.
https://t.me/sevara07
Mustaqillik bayrami
Aziz vatandoshlar Sizni va yaqinlaringizni eng buyuk, eng aziz bayramimiz – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi ayyomi bilan samimiy muborakbod etaman.
Barchangizga sihat-salomatlik, xonadoningizga fayzu baraka va farovonlik tilayman.
Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin.
Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz yurtdoshlar!
https://t.me/sevara07
1-oktyabr — O'qituvchi va murabbiylar kuni
Assalomu alaykum qadrli, mehridaryo, aziz ustozlar sizni 1-oktyabr — O'qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin dildan muborakbod etaman. Bu sharafli nomni ulug'lab kelganingiz uchun tashakkur.
Sizning yuksak ma'suliyatli, mashaqqatli va sharafli mehnatingizda zafarlar, oilaviy hayotingizda esa baxt-u omad yor bo'lsin.
Ta’lim berishdek savobli ishda Alloh sizlarga kuch-quvvat a'to etsin.
Aziz ustozlar bayramingiz muborak bo'lsin! 💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐
https://t.me/sevara07
⏱ “Hech qachon orzuingizdan unga erishish uchun ko‘p vaqt ketishi sababli voz kechmang. Vaqt shunday ham o‘tadi”
✍️ Irl Naytingeyl
https://t.me/sevara07
✍️ Irl Naytingeyl
https://t.me/sevara07
Telegram
Sevara Saburova
Hech qachon ortingga qarama
#iqtibos
Ilm berayotgan ilm olayotgan bo'ladi.
Platon
P. S: Ustozlar aytganidek, ilm olsang va uni kimgadir bersang juda tez o'sasan. 📚📚📚📚📚
https://t.me/sevara07
Ilm berayotgan ilm olayotgan bo'ladi.
Platon
P. S: Ustozlar aytganidek, ilm olsang va uni kimgadir bersang juda tez o'sasan. 📚📚📚📚📚
https://t.me/sevara07
YANGI YIL MUBORAK!
Sizni kirib kelayotgan 2026 yil - Yangi yil bayrami bilan chin dildan samimiy tabriklayman. Yangi yilda ko'zlangan marralarga erishmog'ingizni tilayman. Alloh taolo bu yangi yilda hayotingizni yanada mazmunli, barakotli va fayzli qilsin. Yangi 2026- yil eng quvonchli serfayz va omadli yil boʻlib kelsin.
KIRIB KELAYOTGAN YANGI YILINGIZ MUBORAK BO'LSIN!
https://t.me/sevara07
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni muborak bo'lsin!
Yurtimiz osoyishtaligini asrash, jamiyatimiz rivoji oldidagi mas'uliyatli hamda sharafli xizmatlarini sidqidildan ado etib kelayotgan barcha soha xodimlari, mard va jasur o'g'lonlarimizni 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklaymiz.
Sizga mustahkam sog'lik, kuch-g'ayrat ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!🎆
Aziz ayyollar, nafosatli opa-singillar, maftunkor qizlar bayramingiz muborak!
Sizlarni 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklayman! Sizlarga, oila a’zolaringizga, yaqinlaringizga mustahkam sog‘liq, tuganmas baxt, omad tilayman! Ishlaringizda zafarlar yor bo'lsin.
Sizni bahoriy go'zallik, nafosat hech qachon tark etmasin. Yuzingizdan tabassum arimasin.
BAYRAMINGIZ MUBORAK BOʼLSIN! 💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐
https://t.me/sevara07
Ramazon hayiti muborak bo'lsin!
Assalomu alaykum sizni Ramazon hayiti bayrami bilan tabriklayman. Ramazon oyida qilingan barcha ezgu amal va duolaringiz ijobat bo'lishini tilaymiz.
Sizga va yaqinlaringizga mustahkam sog'liq, tinchlik, faravonlik va dasturxoningizga fayzi baraka tilayman. Uyingiz nurga, qalbingiz iymonga to'lsin.
Azizlar Hayit ayyomingiz muborak bo'lsin!!! Xurmat bilan Sevara.
https://t.me/sevara07
Navro'z bayrami muborak bo'lsin!
🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺
Begʻubor navbahor fasli, bo'lmish Navro'zi olam barcha yurtdoshlarimizga muborak bo'lsin.
Bayramona kayfiyat sizlarni hech qachon tark etmasin. Sog'lik-salomatlik, tinchlik, baxt va omad, oilaviy totuvlik sizni hamrohingiz bo'lsin. Dasturxoningizdan qut-baraka arimasin.
YANA BIR BOR “NAVRO'Z” AYYOMINGIZ QUTLUG' BO'LSIN.
https://t.me/sevara07
BOLALIKKA CHIPTA...
Salom! Menga chipta bering. Bir tomonga, faqat uyoqqa.
Bir tomonga bo‘lmaydi. Borish-kelish.
Xo‘p, bo‘lmasa borish kelishga bering. Bugunga!
Bugunga yo‘q.
Bo‘lmasam qachonga bor? Eng yaqin vaqtga juda kerak!
Eng yaqini... Kechiring, o‘n yil keyinga bor.
Bering... To‘la bir kunga!
Bir kunga yo‘q!
Iltimos, hech bo‘lmasa bir soatga.
Faqatgina bir minutga bor.
Mayli, bir minutga bera qoling.
Mana ushlang. Sizning bolalik davringizga chiptangiz!
Katta rahmat!
Hm-m... So‘rasak maylimi?
Albatta.
Bori-yo‘g‘i bir minutda siz bolaligingizda nima qilmoqchisiz? Nima qilishga ulgurasiz?
Men ota-onamni, qattiq-qattiq quchoqlayman ikkovini, bir vaqtda!!!
©️“Hikmatlar javohiri” kitobidan
https://t.me/sevara07
Qurbon hayiti muborak boʻlsin!
Sizni va oila a'zolaringizni Qurbon hayiti bilan chin dildan muborakbod etaman. Sizga sihat-salomatlik, tinchlik va oilaviy totuvlik tilayman.
O'ylagan ezgu niyatlaringizga alloh ziyodasi bilan yetkazsin. Xonadoningizda quvonch-u va shodliklar va qut baraka arimasin.
Hayit ayyomingiz muborak bo'lsin!
Xurmat bilan Sevara.
https://t.me/sevara07
Mustaqillik bayrami
Aziz yurtdoshlar Sizni va yaqinlaringizni eng buyuk, eng aziz bayramimiz – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi ayyomi bilan samimiy muborakbod etaman.
Barchangizga sihat-salomatlik, xonadoningizga fayzu baraka va farovonlik tilayman.
Yurtimiz tinch Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin.
Bayram muborak aziz yurtdoshlar!
https://t.me/sevara07