The Rashidov Journal
13 subscribers
6 photos
1 video
3 links
Fikrlab ko'ring!
Download Telegram
Har kuni yangi imkoniyat, va sizning bugungi harakatingiz ertangi kuningizni belgilaydi.

"Motivatsiya"
Nima bu, aslida?

Motivatsiya- bu sizni ichki va tashqi tarafdan harakatga undaydigan kuch.

Hozirgi zamon tendensiyasiga aylanib borayotgan so'z, rostan ham bizga (motivatsiya) kerakmi?
Cho'ntagida bir so'm bo'lmasa ham qarzga botib
Orzu havas bilan to'y qiladigan
Man erkakman deb turib
Ichki kiyimigacha kelin tarafdan sarpo oladigan
O'zi metro avtobusda yursa ham
To'yida 8 ta inomarka bilan kortej qildiradigan
Ovqati go'shtsiz bo'lsa ham
To'yiga kazo-kazo artistlarni chaqirtiradigan
Kredit olib to'y qilib
Kredit yopilmasdan ajrashib ketadigan
O'zini sog'lig'idan yuz ming so'm ayab
To'yi uchun millionlab sarf qiladigan
O'ZBEGIM!!!
©️Subyektiv

Shu boradagi shaxsiy fikrlarimni yon-atrofimdagilar bilan bo'lishdim
Natija — ular ruhan tayyor emas!
Batafsil fikrlarimni keyingi postlarda yozishga harakat qilib ko'raman
Vazn

Jamiyatimizda shunday qarash va fikrlar borki, insonni ko'ngliga tegadi.

Kimningdir shaxsiy vazni haqida qaror chiqarish(semiz yoki ozg'in)-hurmatsizlik deb bilaman.

Har bir inson ideal bo'lishga harakat qiladi, lekin ideal insonning parametrlari haqida umumiy bir xulosa yo'q bu olamda.

Hech bir inson o'zi xohishi bilan ozib yoki semirib ketmaydi, qandaydir sabablari bo'ladi albatta.

Kimningdir ustidan qaror chiqarish siz uchun emas.
Ramazon Muborak!

Alloh sizga tinchlik, baraka va sabr bersin! Ushbu muqaddas oyda duolaringiz ijobat bo‘lsin.
Cho‘kayotgan kema...

"Sunk Cost" (Cho‘kayotgan kema) degan tushuncha bor. Bu ibora - qaytarib bo‘lmaydigan, foyda olib kelmaydigan mablag‘ yoki ishga aytiladi. Masalan:

Yangi bir kitobni oʻqishni boshladingiz, 10-15 varaq oʻqigandan keyin kitob sizga zerikarli va foydasiz tuyula boshlaydi. Lekin siz "boshlab qoʻydim, shunchasini oʻqishga vaqt sarfladim, endi oxiriga yetkazib qoʻyay" deb, foydasiz kitobga vaqt ketkazishda davom etasiz.

Talabalar "o‘qishga kirib olsam bo‘ldi" - deb istamagan sohani tanlashadi, keyin esa "shuncha yil o‘qib qo‘ydim axir" - deb umr bo‘yi o‘zlari sevmagan sohada ishlashadi.

Kimdir yangi biznes loyiha boshlaydi, qancha harakat qilsayam ishi oʻxshamasligi mumkin. Lekin u odam shu paytgacha sarflangan vaqt va mablagʻni oʻylab, toʻxtashni istamaydi - choʻkishda davom etaveradi.

Lekin baʼzilarda yillar davomida oʻxshamasa ham, qatʼiyat bilan oxirigacha borganlar yutuqqa erishganiga ham misollar bor, albatta. Hoʻsh, yurayotgan yoʻlimiz, qilayotgan ishimiz xato yo toʻgʻriligini qanday bilsak boʻladi?!

Bilishning yaxshi bir usuli bor, oʻzingizga savol bering:

- Agar eng boshiga qaytish imkoni boʻlganda shu ishlarni qaytadan boshlagan boʻlarmidingiz?

Javobingiz "ha" boʻlsa, davom eting. "Yoʻq" boʻlsa, toʻxtash kerak. Zero, ziyondan qancha erta toʻxtalsa - foyda.

©️ @foydali_moliya
Ramazon hayiti barchangizga muborak bo'lsin!
Our culture today is obsessively focused on unrealistically positive expectations: Be happier. Be healthier. Be the best, better than the rest. Be smarter, faster, richer, sexier, more popular, more productive, more envied, and more admired. Be perfect and amazing and crap out twelve-karat-gold nuggets before breakfast each morning while kissing your selfie-ready spouse and two and a half kids goodbye. Then fly your helicopter to your wonderfully fulfilling job, where you spend your days doing incredibly meaningful work that’s likely to save the planet one day.

©️The Subtle Art of Not Giving a F$ck
"Ba'zida odamlar haqiqatni eshitishni xohlamaydilar, chunki ular o'zlarining illyuziyalarini yo'q qilishni xohlamaydilar."

- Fridrix Nitsshe

Haqiqat har doim ham mamnuniyat bilan qabul qilinmaydi - u tasalli beruvchi yolg'onni yo'q qiladi.
Qiziq bir voqeaga ko'zim tushdi

2011-yil mart oyida sodir bo‘lgan zilzila va sunami Fukushima Daiichi atom elektr stansiyasini ishdan chiqarganidan so‘ng, 200 dan ortiq yaponiyalik nafaqadagi odamlar tozalash ishlarida ko‘ngilli bo‘lib qatnashishdi. Ular bu ish orqali yosh ishchilarning yuqori darajadagi nurlanishga duch kelishining oldini olishdi.

Insoniylik oliy darajada!
🖐 ASSALOM, MUNDIAL!

🇺🇿 Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor FIFA Jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi

#MilliyJamoaJahonChempionatida

⚡️ t.me/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Barchangizga Qurbon Hayiti muborak bo'lsin!
Statusli hayot

Hammamiz yashab, ko'rib turgan hayot status marafoniga ya'ni kimo'zarga aylanib bo'lgan, aslida hayot mazmuni boshqa voqeliklarda ekanligini o'ylab ham ko'rgisi kelmaydi inson.

Kreditga Iphonening eng yangisini olish, moliyaviy holati to'g'ri kelmasada "vikipka" ga 'Qora Gentra" olish, kiyinish uslubini tushunmasada "LoroPiana, Gucci" kiyishga urinish (eng yoqtirmaydiganlarimdan biri mashina haydab turganda "story" olishlari- kibrning bir turi) va h.k. lar har birimiz eshitib,ko'rib turgan real voqelikdir

Shaxsan o'zimda ham shu kabi statusga qiziqish hislari bo'lgan ammo o'qigan kitoblarim va o'zim uchun "Mentor" deb biladigan insonlarimdan olgan hayotiy saboqlar tufayli o'zimni jilovlab tura oldim.

Yon atrofimdagilarga tushuntirishga harakat qildim lekin bu ildiz otib bo'lgan butun jamiyatdagi kasallik ekanligini tushunib yetdim, foydasi yo'q (Shohruh avval o'zingni o'zgartir shunda jamiyatdagi ma'lum bir qatlam sekin tushunib yetaversa kerak, ba'zilarga esa foydasi yo'q deb o'yladim)

Yozishni ko'proq mashq qilishim kerak, shunda fikrlarimni yanada ravon qila olishimga ishonaman..

Shohruh
20.09.2025 | 09:30
Qarshi, O'zbekiston
Fikrlaringni faqat maqtaydigan muhitdan tezroq chiq!

Agar sen atrofingda hamma senga faqat “ha” desa, bu xavfli. Chunki inson faqat maqtovdan o‘smas, balki qarama-qarshi fikrlar orqali o‘sadi.

Ba’zida kimdir senga “yo‘q, men boshqacha o‘ylayman” desa, bu yomon emas — bu sening fikrlash doirangni kengaytiradi.
Negativ fikrlar seni sindirish uchun emas, yanada kuchliroq qilish uchun kerak.

Shuning uchun, agar sen faqat rozi bo‘ladigan odamlar orasida bo‘lsang imkon qadar tezroq bunday muhitni tark et.
Chunki o‘sish — fikr to‘qnashgan joyda boshlanadi.
(AI orqali yaratildi)
Nega ko‘pchilik o'zi xohlamagan hayot tarzida qolib ketadi? — Ostracism qo‘rquvi haqida

Ko‘p odamlar o‘z hayotida ko‘proq narsaga qodirligini ich-ichidan biladi.
Yaxshiroq ish, kuchliroq fikr, kattaroq maqsadlar…Lekin baribir harakat qilmaydi.
Sababi ko‘pincha dangasalik ham emas, imkoniyat yo‘qligi ham emas.
Asosiy sabab — ostracism, ya’ni jamiyatdan chetlatilish qo‘rquvi.

Ostracism — bu odamlar seni:
g‘alati deb o‘ylashi;
tanqid qilishi;
masxara qilishi;
yoki sekin-asta e’tiborsiz qoldirishi ehtimoli
Ana shu ehtimolning o‘zi ko‘plarni jim qiladi.

Shu sababli odamlar:
o‘z fikrini ochiq aytmaydi
xavfsiz, lekin yoqtirmaydigan ishda qoladi
ichida bor salohiyatni yashirib yashaydi
Bu holat tashqi tomondan “hammasi joyida”dek ko‘rinadi.
Lekin ichkarida — qoniqmaslik, ichki qarama-qarshilik, pushaymon yig‘ilib boradi.

Eng qiziq tomoni shundaki, inson miyasi tarixan shunday ishlaydi: Ilgari jamoadan chetlatilish — tirik qolmaslik bilan teng bo‘lgan.Shuning uchun bugun ham miyamiz “boshqalardan ajralma, xavfli” degan signalni beradi.Lekin zamon o‘zgargan.Bugun jamoadan ajralish — o‘lim emas.Aksincha, rivojlanishning boshlanishi.Chunki har qanday rivojlanish:
boshqacha fikrlashni;
tanqidni;
comfort zonadan chiqishni talab qiladi.

Muhim savol shunday:
“Men boshqalarning fikriga mos yashayapmanmi yoki o‘zim xohlagan hayotni qurayapmanmi?”

Ostracismdan qo‘rqib yashash — tinchdek tuyuladi.Lekin uning narxi baland: o‘zliging bo'lmasligi!

Ba’zan rad etilish — yo‘qotish emas.
Bu shunchaki noto‘g‘ri muhitdan chiqishdir.

@shohruh_rashidov
Barchangizga Ramazon Hayiti (Eid al-Fitr) muborak bo`lsin!
Tasavvur qiling men 19, 20 yoki 22 yoshga qaytib qoldim.

O’zbekistondaman. Ingliz tili bilaman. Oz-moz IT ham bilaman. Ishim bor va 400-500$ pul topaman.

Hayotim keyingi bir yilini qanday o’tkazgan bo’lar edim?

Bu haqida ba’zan o’ylab qolaman. Menimcha eng to’g’ri qaror backpacking bo’lar edi.

Backpacking bu kundalik yashash uchun minimal narsalarni ryukzakka solib, o’ta arzon yo’l bilan sayohat qilish. Unda hotelda emas hostelda turiladi. Hostel bu bitta xonada 4, 6, 8 ta o’rin bo’lgan uxlash uchun arzon yotoqxonalar. Sayohat arzon bo’lishi uchun restoranda emas ko’chadagi arzon yoki tekin joylarda ovqat yeyiladi. Shahar aylanishni taksida emas, balki piyoda, juda bo’lsa arzon avtobusda qilinadi.

Men quyidagi yo’lni tutgan bo’lar edim:


1. Backpacking uchun manzil belgilar edim. Misol India-Nepal-Burma-Laos-Kambodja yoki shunga o’xshash

2. U davlatlarda komfort backpacking uchun tahminiy byudjet kuniga 25-40$, 60 kunga 2400$. Bilet 500$. Umumiy byudjet 3000$ deylik ana

3. Shuni topish kerak endi. Bu uchun kundalik harajatlarni maksimal kamaytirib, daromadni oshirib bir amallab 3000 to’plar edim

4. Pul to’plash jarayonida Janubiy-Sharqiy Osiyoda backpacking qiluvchilar facebookdagi guruhlar, Reddit, turli forumlarni o’rganib, taxminiy marshrut tuzgan bo’lar edim. Boshqalar tajribasini o’rganar edim

5. Faslga moslab, ishxonam bilan kelishib bir tomonga bilet olib shartta ketgan bo’lar edim. Ishxonam rozi bo’lmasa ham ishdan shunday voz kechib ketgan bo’lar edim. Sababi bugun 20 yoshda 500 topa olyapmanmi, 2 oy sayohatdan keyin ham kamida shuni topa olaman. Topa olmagan taqdirimda ham rizq borasida qo’rquvim yo’q. Tavakkal!

6. Sayohat davomida turistlar boradigan maskanlarga emas, balki mahalliy aholi to’planadigan joylarga borar edim. Maksimal darajada odamlar bilan suhbat qilgan bo’lar edim

7. Bir kundalik olib ko’rgan va his qilganlarimni, xulosalarimni yozib borar edim. Bu jarayonda ”men to’g’ri, boshqalar noto’g’ri” degan fikrdan yiroqlashgan holda yondashuv muhim bo’lar edi

8. Arzonroq kamera olib, yoki telefonga video va rasmlar olar edim

9. Olingan videolar yoki yozilgan kundalikni ijtimoiy tarmoqlarga vatanga qaytguncha qo’ymas edim

10. Sayohat davomida hostelda ko’rishgan yoki orttirgan har bir tanishim kontaktlarini olar edim. Instagram, Facebook, Whatsapp va hok, farqi yo’q.

Ikki oylik sayohatdan keyin vatanga qaytganda bir narsa insonni hayron qoldiradi.

Hamma narsa o’sha-o’sha. Ishxona ham, uy ham, odamlar, ko’chalar va hok. Hech narsa o’zgarmagandek.

Ammo ikki oylik sayohat davomida 99,9999% odamlar 20 yilda ham olmaydigan hayotiy tajriba va hissiyotlarga to’la bo’lgan, ancha yetuk, musofirlikni ko’rgan yangi inson sifatida qaytishim kafolatlangan bo’lar edi.

Qo’rqmaysizmi degan savol bo’lishi tabiiy.

Dunyo xavfli emas. Biz o’zimiz ko’rmagan dunyo haqidagi fikrlarimiz odatda noto’g’ri bo’lib chiqadi.

20 yoshlardagi arzon byudjet bilan sayohat qilish orqali olinadigan hayotiy tajribani beradigan hech narsa yo’qdek fikrimcha.

Buni 40 yoshga kirib tushunasan, agar tushunsang!

©️Bek Olimjon
Nega sayohat qilish kerak?

Sayohat — bu shunchaki dam olish emas.Bu — o‘zingni qayta kashf qilish jarayoni.

Ba’zida biz bir joyda qolib ketamiz:
bir xil ish, bir xil muhit, bir xil fikrlar…Sayohat esa bu doirani buzadi.U sizga shuni o‘rgatadi:

-har xil yashash tarzlari borligini
-siz o‘ylagandan ham kengroq imkoniyatlar mavjudligini va eng muhimi — siz o‘zingiz o‘ylagandan kuchliroq ekanligingizni!

Sayohat qimmat bo‘lishi shart emas.Muhimi harakat qilish.
Chunki eng katta pushaymon qilgan xatolaringiz emas,balki hech qachon urinib ko‘rmagan narsalaringiz bo‘ladi.
Shuning uchun, imkon bo‘lsa yo‘lga chiqing.Dunyo siz kutgandan ham kattaroq.

26.03.2026
Qarshi, (Ishdan uy tomon shoshayotganda...)
Qulay vaqtni kutish — safar qilmaslikdir.

Agar siz doim "to'g'ri vaqt" kelishini kutib yursangiz, u hech kelmasligi mumkin. Bu xuddi 5 km lik yo'lda barcha svetoforlar yashil bo'lishini kutib, uydan chiqmaslikning o'zi.

Hayotda ideal sharoit bo'lmaydi. Imkoniyatlar hech qachon o'z-o'zidan bo'lib qolmaydi. Ammo harakatlanadigan odam imkoniyatni yaratadi. Kutib o'tiradigan odam faqat vaqt yo'qotadi.

"To'g'ri vaqt — siz harakat qilgan payt."

Bugun bitta qadamdan boshlang. Kichik bo'lsa ham oldinga yuring. Svetoforlar o'z-o'zidan yashil bo'lib qolmaydi!

@shohruh_rashidov
Avval yarat, keyinchalik mukammal qilaverasan

Har bir insonda yaratuvchanlik qobiliyati bor — bu shubhasiz.

Kundalik hayotda har birimizga qandaydir g'oya yoki idea kelishi juda ko'p kuzatiladi, ammo uni real hayotga tatbiq qilish ko'rsatkichi juda past darajada.

Shaxsan o'zimda ko'p avval ko'p g'oyalar kelar ammo, bu g'oyaga hayot berish, tiriltirish umuman o'xshamas edi.

Keyinchalik aynan yuqoridagi rasm tufayli dunyoqarashim o'zgardi va buni ishda ham, shaxsiy hayotda ham qo'llay boshladim va bu natija berdi.

G'oyamizni mukammal bo'lishini o'ylashga ketadigan vaqtimizni g'oya tiriltirilmagan holatda sarflash bu — qaytarib bo'lmas boylikni sarflashdir.

@shohruh_rashidov