Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
O‘zbekiston va Ispaniya OTM konchilik bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti (NDKTU) va Ispaniyaning Ovedo universiteti (OU) vakillari o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Shuhrat Aliqulov, Ispaniya tomonidan Ovedo universitetining xalqaro aloqalar masalalari bo‘yicha prorektori Xesus Daniel Santos Rodriges va GEDEPSA kompaniyasining bosh direktori Alexandro Pastrana Molero ishtirok etdi.

Shuhrat Aliqulov Ispaniyaning Ovedo universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va qo‘shma loyihalarni joriy qilishdan ham manfaatdor ekanligini bildirdi. O‘z navbatida, Ovedo universitetining xalqaro aloqalar masalalari bo‘yicha prorektori Xesus Daniel Santos Rodriges O‘zbekiston universiteti bilan yaqin aloqalarni o‘rnatishga tayyor ekanini aytdi.

Uchrashuv so‘ngida konchilik, energetika va materialshunoslik yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍7❤‍🔥1
Ta’limdagi ishlarimiz nega samarasiz bo‘lmoqda? - ekspertlar bilan intervyu

Uzaytirilgan ta’til muddati tugab, 23 yanvardan O‘zbekistondagi barcha maktablarda yo onlayn va yo oflayn tarzda o‘qishlar boshlandi.

Yangi chorak xalq ta’limi vazirligiga boshqa bir vazirlikning qo‘shib yuborilishi va tizimga yangi vazir tayinlanishidan keyingi boshlanish ekani bilan ham ahamiyatli.

Kun.uz muxbiri xalq ta’limi, unda o‘quvchilar, ota-onalar va hatto o‘qituvchilarning o‘zi ham qoniqmaydigan sifatsizlik, shu sifatsizlikni qanday qilib sifatliga aylantirish mumkinligi hamda yangi vazir endi nima qilishi kerak, degan savollar atrofida ta’lim ekspertlari: Bahodir G‘aniyev, Abdurahim Nosirov hamda Toshkentdagi “Lider” xususiy maktabi direktori Feruza Vahobova bilan intervyu o‘tkazdi.

https://youtu.be/Ba2_rKRUKqc

https://kun.uz/uz/news/2023/01/26/talimdagi-ishlarimiz-nega-samarasiz-bolmoqda-ekspertlar-bilan-intervyu

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍4👎1
Tarix va geografiya yo‘nalishlarida Bobur stipendiyasi ta’sis etiladi 

«Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi prezident qarori imzolandi. 

Qarorga ko‘ra:

- «Zahiriddin Muhammad Bobur merosining Sharq davlatchiligi va madaniyati rivojida tutgan o‘rni» mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman o‘tkaziladi;
- «Bobur merosi» xalqaro sayyohlik targ‘ibot dasturi amalga oshiriladi;
- Zahiriddin Muhammad Boburning bolalik davriga bag‘ishlab suratga olinayotgan «Yo‘lbarsning tug‘ilishi» badiiy filmini yakuniga yetkazish choralari ko‘riladi. 

Shuningdek, quyidagilar chop etiladi:

- o‘zbek, rus va ingliz tillarida Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga doir «Bobur ensiklopediyasi»ning to‘ldirilgan uchinchi nashri;
- «Bobur» kitob-albomi;
- Bobur asarlari lug‘ati;
- Bobur devonining mukammal nashri.

2023/2024 o‘quv yilidan oliy ta’lim talabalari uchun tarix va geografiya yo‘nalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi.

2023 yil 1 avgustgacha o‘zbek, rus, ingliz tillarida faoliyat yuritadigan xalqaro ilmiy boburshunoslik elektron platformasi va uning mobil ilovasi yaratiladi. 

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍13👎1
#Talabalardan_murojaat

❗️Dars jadvallarida tartib yo'q!

Assalamu alaykum!
Moliya instituti talabasiman.
Murojaatimning mazmuni shuki, OTM dars jadvallarini o'z joyiga qo'yishlarini so'rayman.

O'qish jadvallari turli xil soatlarga surildi, tushdan keyin o'qiydigan talabalar uchun dars soatlari endi juda ham kech tugaydi. Talabalarning ko'pchiligi ishlaydi va xozirgacha bo'lgan dars vaqtlariga qarab barcha ish topgan va shu vaqtga qarab ish beruvchi bilan kelishilgan.

Menimcha metrodagi tirbandlik uchun talabalarni aybdor qilish notog'ri, o'zi jamiyatdagi eng quyi qatlam talabalar va dars jadvallari o'zgargandan keyin ko'pchilik talabalar bilan ish beruvchi o'rtasida muammo yuzaga keladi va ishsiz qolish ehtimoli katta.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍50🔥3❤‍🔥1
❗️🕰 Biroz tarixga qaytamiz

Afrikalik talabalar Toshkent ko'chalarida. 1965-yil.

P.s. Eh, yana qachondir ta'lim sifatimiz chetdan kelib o'qiydigan darajaga bo'la olarmikana?

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😢44👍13👏3
❗️RASMIY MUNOSABAT

“Toshkent davlat yuridik universiteti talabalarining Odob-aхloq kodeksidagi bandlardan biri” mavzusida Talaba.uz kanalida e‘lon qilingan post bo‘yicha Toshkent davlat yuridik universiteti rasmiy mas᾽ullari tomonidan munosabat bildirildi.

“Toshkent davlat yuridik universiteti Odob-axloq kodeksidagi mazkur band aynan yuqorida keltirilgan milliy va xorijiy tajriba hamda qonuniy me’yorlar asosida yozilgan. Ushbu me’yorlar universitet xodimlari, professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari va talabalarning axborot makonidagi axloqiy masalalarini tartibga solish hamda talabalarga bo‘lajak qonun himoyachilari sifatida asoslangan va haqqoniy fikrlarni aytishni oʻrgatishga qaratilgan”.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣32👍19👎1
❗️Xotin-qizlarga foizsiz taʼlim krediti beriladi

Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga asosan, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladi.

❓Kredit kimlarga beriladi?

🗄 Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
🗄 Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

❓Qaysi taʼlim shakliga beriladi?

🗄 Kunduzgi;
🗄 Sirtqi;
🗄 Kechki.

Masofaviy taʼlimga berilmaydi.🙅🏻‍♀️

❓14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?

☑️ Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi.

❓Toʻlash qachondan boshlanadi?

📈 Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi.

❓Qanday hujjatlar kerak?

🗄 bankka ariza;
🗄 shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
🗄 taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi;
🗄 talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.

❗️“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20
❗️Ipak yo‘li innovatsiyalar universitetida qishki qabul boshlandi!

👉 Universitetdagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (sirtqi ta’lim shakli):

➖ Boshlang’ich ta’lim
➖ Pedagogika va psixologiya
➖ Iqtisodiyot (tarmoqlari va sohalari bo‘yicha)

❗️Joriy yildagi o'quv kurslari - 1, 2, 3 kurslar

💸 Kontrakt narxlari 12 000 000 so'mdan boshlanadi

☎️ Murojaat uchun:
+998931187612
+998900076537
+998994414450
+998930828440
+998996452494

📍 Universitetning oʻquv binosi: Olmaliq shahri, Ezgulik koʻchasi, 19

📄 Litsenziya raqami: №056010, 28.12.2022-y.

✈Telegram |📷 Instagram |🌐 Rasmiy sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👎2
​​❗️ Bilasizmi? IELTS 5.0 sertifikati o‘qishga kirishda imtiyoz beradimi?

✅ JAVOB: ​​"Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №395 qarori qabul qilingan.

📁 Qarorga ko‘ra, 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab chet tili fani nechinchi blok bo‘lishidan qat’iy nazar maksimal ball olishni istasangiz, sizdan IELTS sertifikat uchun kamida 5.5 daraja talab etiladi. Toshkent davlat yuridik universiteti uchun ham umumiy IELTS 5.5 (bunda writing qismi ham 5.5 bo‘lishi kerak) talabi qo‘yilgan.

❗️ Demak, IELTS 5.0 ballga ega abituriyent davlat OTMlariga kirishda alohida imtiyozga ega emas. Kamida 5.5 bo‘lishi kerak!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤬11👍7
“The Times” sayohatchilarga Samarqand turizm markaziga borishni tavsiya qilyapti
 
“2023 yilda tomosha qilish uchun eng yaxshi uzoq magistralli yo‘nalishlar” to’plamidan Samarqand ham joy oldi.

“Shaharning markaziga yaqin joylashgan Samarqand turizm markazi yuqori darajali mehmonxonalar va gastronomiyani taklif qilmoqda”.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍6
‼️ O'zbekiston Milliy universitetida ayni paytdagi holat ekanligi aytilmoqda.

⚪ Kanal obunachilaridan kelgan video.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣35😱11👍10
#Talabalardan_murojaat

❗️Tanlov javoblari qachon e'lon qilinadi?

Assalomu alaykum.
Yoshlar akademiyasi va Inovatsion rivojlanish agentligi talabalarni hurmat qilishmaydimi?
2022-yil aprelda e'lon qilinga loyiha "Student Cup Idea Challange" tanlovi natijalarini hali ham e'lon qilinmagan. Vaholanki u tanlovdan keyin bo'lgan barcha tanlov natijari e'lon qilinib moliyalashtirilib ham bo'lgan.

Talabalar uchun maksimal 10 000 $ bo'lgan tanlov esa hali ham jimjit. Shuncha ovoragarchilik nega kerak? Nima uchun summasi katta ajratiladigan boshqa tanlovlar yakunlanib, aynan talabalar qatnashigan tanlovni yakuniy natijalaridan darak yo'q. Talabalar so'rashsa tayinli gap yo'q faqat cho'zishyapdii . Natija chiqsa o'zimiz e'lon qilamiz, deyishadi faqat.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍13
❗️Tashrif

Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga keldi.

Davlatimiz rahbari Farg‘ona va Namangan viloyatlarida ham bo‘ladi.
👉 @xushnudbek

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍5🤬3🍌3
“Eng yaxshi o‘quv-metodik qo‘llanma” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Tanlovga oliy ta’lim muassasalari pedagog xodimlari tomonidan shaxmatni o‘qitishga yo‘naltirilgan 10 nomdagi o‘quv-metodik qo‘llanma kelib tushgan bo‘lib, belgilangan baholash mezonlari asosida ekspertlar tomonidan xolis va adolatli baholandi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5068

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍2
QAYSI NOPEDAGOG KADRLAR QAYTA TAYYORLASH KURSLARIDA TAHSIL OLISHLARI MUMKIN?

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida xalq taʼlimi tizimida pedagogik faoliyat yuritish huquqini beradigan kadrlar tahsil olishlari mumkin boʻlgan qayta tayyorlash kurslari bilan tanishing:

👫 Chet tili (tillar boʻyicha) fani oʻqituvchisi yoʻnalishida oʻqimoqchi boʻlganlar:

➖ Tarjimonlik (tillar boʻyicha) (5 yillik)
➖ Tarjimon-referent
➖ Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar boʻyicha)
➖ Madaniyatlararo kommunikatsiyalarning lingvistik taʼminoti (tillar boʻyicha)
➖Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (tillar boʻyicha)

(Izoh: tegishli tilda erkin soʻzlasha olish darajasiga ega boʻlishlari shart)

🖥 Informatika fani oʻqituvchisi yoʻnalishida oʻqimoqchi boʻlganlar:

➖ Informatika va axborot texnologiyalari

📊Iqtisodiy bilim asoslari fani oʻqituvchisi yoʻnalishida oʻqimoqchi boʻlganlar:

➖ Iqtisodiyot sohasi

🔬 Kimyo fani oʻqituvchisi yoʻnalishida oʻqimoqchi boʻlganlar:

➖ Ximik-texnolog (5 yillik)
➖ Ximik-injener (5 yillik)
➖ Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari boʻyicha)

🇺🇿 Davlat va huquq asoslari fani oʻqituvchisi yoʻnalishida oʻqimoqchi boʻlganlar:

➖ Huquqshunoslik
➖ Yurisprudensiya (sohalar boʻyicha)

🎼 Musiqa fani oʻqituvchisi yoʻnalishida oʻqimoqchi boʻlganlar:

➖Sanʼatshunoslik (turlari boʻyicha)
➖Musiqa nazariyasi
➖ Dirijyorlik (turlar boʻyicha)
➖ Vokal sanʼati (turlari boʻyicha)
➖ Akademik xonandalik
➖Anʼanaviy xonandalik
➖ Estrada xonandaligi
➖ Cholgʻu ijrochiligi (turlari boʻyicha)
➖ Fortepiano ijrochiligi
➖ Torli cholgʻular ijrochiligi (turlari boʻyicha)
➖ Damli va zarbli cholgʻular ijrochiligi (turlari boʻyicha)
➖ Estrada cholgʻulari ijrochiligi (turlari boʻyicha)
➖ Xalq cholgʻulari ijrochiligi (turlari boʻyicha)
➖ Anʼanaviy cholgʻu ijrochiligi (turlari boʻyicha)

📍Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi 6-uy

Murojaat uchun telefonlar: (71) 246-90-94, (71) 246-06-64

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
#yiltalabasi_2022

❗️“Yil talabasi – 2022” respublika ko‘rik-tanlovi gʻoliblari aniqlandi

Tanlovning yakuniy bosqichida
ishtirok etgan nomzodlar tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislaridan iborat Hakamlar hay’ati tomonidan suhbat, savol-javob hamda taqdimot ishlari orqali xolis va shaffof baholandi.

“Yil talabasi-2022” respublika ko‘rik-tanlovining g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing:

Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi:
1-oʻrin: Shoxabbos Salomov — ADTI talabasi
2-oʻrin: Saidmuhammad Ibodullayev — SamDU talabasi
3-oʻrin: Mirshod Tursunov — BuxDU talabasi

Yilning eng faol tashabbuskor-targʻibotchi talabasi:
1-oʻrin: Marjona Joʻraqulova — SHDPI talabasi
2-oʻrin: Sarvinoz Odiljonova — ADCHTI talabasi
3-oʻrin: Mehroj Isayev — SamDU talabasi

Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi:
1-oʻrin: Shohjahon Sobirov — NamMQI talabasi
2-oʻrin: Qudratbek Muhammadjonov — FarPI talabasi
3-oʻrin: Behzod Shuhratov — Inha talabasi

Yilning eng faol sportchi talabasi:
1-oʻrin: Nodirbek Yoqubboyev — OʻzMU talabasi
2-oʻrin: Adhamjon Ergashev — NamDU talabasi
3-oʻrin: Samandar Bobonazarov — TDYU talabasi

Yilning eng faol iqtidorli talabasi:
1-oʻrin: Rohilaxon Nuriddinova — ADU talabasi
2-oʻrin: Yangiljon Saburova — MRDI talabasi
3-oʻrin: Shamshoda Sharapova — TTA talabasi

Yilning eng faol ijodkor talabasi:
1-oʻrin: Dilafruz Oblaqulova — QQDU talabasi
2-oʻrin: Shahrizod Shodiyev — SamDU talabasi
3-oʻrin: Feruza Abdukarimova — OʻzMMSI talabasi

Yilning eng namunali tadbirkor talabasi:
1-oʻrin: Nilufar Omonova — SamDU talabasi
2-oʻrin: Shahlo Gʻulomova — TTA talabasi
3-oʻrin: Mahbuba Shonazarova — TTA UF talabasi

Barcha g‘olib va sovrindorlarni chin dildan muborakbod etamiz!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍22👎2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️
SMMchilarni biznes egalari bilan netvorkingga chaqiramiz!

⭕️⭕️⭕️
SMM kurslarini tamomlab, ish izlayotgan targetolog, kopirayter, mobilograflarni ish beruvchilar bilan tashkil etilayotgan networking uchrashuviga taklif etamiz.

"Darkor22" rekruterlik agentligi, Oʻzbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilayotgan mazkur uchrashuvda biznes egalari, tadbirkorlardan oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olasiz.

Uchrashuvda qatnashish mutlaqo bepul!
Oʻrinlar soni cheklangan.

🎟 Joy band qilish

🎁 Uchrashuv oxirida esa "Darkor22" hamkorlarining real loyihalaridan birida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritishingiz mumkin.

🕐 Uchrashuv vaqti: 4-fevral 10:00 (2023-yil)
📍 Manzil: Navoiy ko'chasi 11-uy, Yoshlar ishlari agentligi Matbuot zali


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
| 📝 Telegram | 📸 Instagram | 💬 Facebook | 🌍 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢2022/2023 o‘quv yilidan maktab bitiruvchilari shahodatnomalari elektron shaklda beriladi

Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi belgilandi.
Hukumat qarori bilan Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi.

🎓Bitiruvchilarga quyidagi turdagi shahodatnomalar beriladi:

🔴tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnoma (9-sinf);
🔴tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnoma (9-sinf);
🔴umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma (11-sinf);
🔴umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida (kumush medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);
🔴umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi a’lo darajali (oltin medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);
🔴psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat.

Shahodatnoma o‘zbek va ingliz tillarida shakllantiriladi. Buyurtma berish va shahodatnomani shakllantirish “Elektron shahodatnoma” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Bunda har yili 1 dekabrgacha bitiruvchi haqida tegishli ma’lumotlar platformaga kiritilib, buyurtma shakllantiriladi.

Shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20 iyunga qadar beriladi. Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab oladi.

2022/2023 o‘quv yili yakunidan “Elektron shahodatnoma” axborot tizimiga bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlar kiritib boriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🤬2👎1