Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️Nukus NDPI talabalarni kutib olishga tayyor!

Assalomu aleykum, hurmatli Talaba.uz jamoasi! Men Nukus davlat pedagogika instituti matbuot kotibiman. Kanalingizda NDPIdan murojaat degan mazmunda talabalar turar joyi issiqlik tarmogʻidan uzilgani haqida post chiqarilgan ekan. Kommentariy boʻlimida NDPI deya Nukus DPIni nazarda tutib fikr bildirayotganlar bor ekan.

Nukus davlat pedagogika institutida ayni paytda 600 oʻrinlik talabalar turar joyi mavjud boʻlib, mazkur bino issiqlik taʼminotidan uzilmagan. Qoʻshimcha qilish joiz, ayni paytda TTJda umuman talabalar yoʻq. Ammo, talabalarni qarshi olish uchun tayyor holda.

Izoh: NDPIdan murojaat qilgan Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi edi.


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣43👍13😁2
#Talabalardan_murojaat

❗️Imtihonlar online bo'lsa

Assalomu alaykum!
Men O'zbekiston Milliy Universitetida o'qiyman. Yotoqxonaga kelgandim lekin xonalar juda ham sovuq. Bizni ham darslar tugagan, faqat imtihonlar qolgan. Iloji bo'lsa online topshirsak yaxshi bo'lar edi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍148🤣50😍9
❗️ Oʻzbekiston Milliy universitetining 18-sonli talabalar yotoqxonasidan murojaat kelyapti. Yotoqxonaning Alisher ismli vallomati xonalar sovuqligi uchun talaba-qizlar uyidan olib kelgan isitish moslamalarini yigʻib olibdi.

Bunaqa ish qilishga kim vakolat berdi? Qoʻshimcha isitish moslamalariga ehtiyoj boʻlmasligi uchun yotoqxonani avval isitib qoʻy!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤬68👍17🤣2
#Talabalardan_murojaat

❗️OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI DIQQATIGA!

TARTIBGA SOLUVCHI BORMI?

Assalomu alaykum. Iltimos ismimni sir saqlashingizni so‘rayman.
Andijon Davlat Universiteti talabasiman. Bizda ham ahvol yaxshimas. TTJlar faolyat ko‘rsatyabdi, lekin xonalar issiq emas. Elektr toki soatlab bo‘lmayabdi. U payt xonani tashqaridan farqi qolmaydi. Atrofdagi kvartiralarni aytmasa ham bo‘laveradi.

Lekin kun ora qatnab yakuniy topshirishimiz kerak ekan. Xo‘p mayli topshiraveramiz, ammo yo‘lkira masalasichi? Chekaroq tumandan keladigan talaba eng kami o‘ttiz ming so‘m sarflab keladi. Qaytishi ham shuncha, tushlik qilsa bechora talaba sakson ming so‘m ishlatib qo‘yadi.

Bu holatda talabaga yengillik deb yakuniylarni bir kelganda 2 ta gacha topshirib ketaveringlar deyabdi, sharoiti to‘g'ri kelmaganlar esa boshqa sanaga kelib topshiraverasizlar dedi tyutorlar. Ammo o‘qituvchilar esa gurupavoy kel deb siquvga oladi. Keyin meni vaqtim yo‘q deyishyapti.

Ha aytgancha, asosan fizika-matematika fakulteti talabalar turar joyi hali ochilgani yo‘q. Boshqa viloyatdan keladiganlar ham qatnab yakuniy topshirishga majbur. Kvartira turay deyishsa kuniga otni kallasiday pul so‘raydi uy egasi, xonani o‘ziz isitasiz ham deydi kamiga. Kvartiralarda gaz bir keladi bir kelmaydi , Alloh saqlasin ammo talaba uxlayotganda gaz o‘chib yonsa bu falokatga baxtsiz hodisa deb qo‘ya qolishadimi?

Bu holatlarni yechimi bormi biz talabalarni kimdur eshitadimi? TTJlarimiz isidiymi, atrofdagi kvartiralardi kimdur tekshiradimi, yo‘lkira masalasini kimdur tartibga soladimi?

Andijon Davlat Universitetida bo‘layotgan jarayonga kim mas'ul. Talabalarning ko‘p qismi oddiy oilani farzandi moddiy tomondan imkoniyati yetmaydi. Talaba ham odam sovuq xonalarda kasal bo‘ladi. Oldin sharoitdi qilib kegin imtihonlarga chaqirsa bo‘lmaydimi?

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍68🤬21👎4
❗️Fevral oyi ham sovuq bo'lishi kutilmoqda.

Ishqilib, talabalar yana yotoqxonadan chiqarib yuborilmasa bo'lgani, "uylaringga qaytinglar" deb...

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍31🤣24😱10
#Rasmiy_munosabat

Bugun, 23-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqning telegram kanali orqali berilgan murojaatga munosabat

Andijon davlat universiteti ushbu masala yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:

Murojaatda keltirilgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Masalan, fizika-matematika fakulteti talabalari turadigan 3-sonli TTJ ochilmadi, deyilgan, vaholanki, ushbu TTJda 2 kundan beri talabalar yashamoqda. Barcha auditoriyalar va barcha TTJlarda issiqlik tizimi juda yaxshi ishlamoqda va havo harorati 20-23 °C da barqaror ushlab turilibdi. Albatta elektr energiyasida bo‘layotgan uzilishlarning borligi rost. Bu bo‘yicha hamda transportlarda yo‘l kira haqlari bo‘yicha hokimiyat vakillari bilan ish olib borilmoqda.

Sovuq kunlarning davom etayotganligi munosabati bilan ta’tilni uzaytirish yoki onlayn shaklda o‘qishga o‘tish taklifi bilan chiqayotgan talabalar mavjud. Lekin universitet ma’muriyati bunday  talabalarga o‘z imkoniyatlariga qarab kelishlarini, agarda kelolmasa, qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilishini bildirgan.

Shu o‘rinda, universitetning o‘quv binolari hamda talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish istagida bo‘lganlarni bajonidil taklif qilamiz.

O‘z navbatida Andijon davlat universiteti o‘z faoliyatiga oid masalalarda mavjud muammolarni ko‘rsatib, unga ijobiy yechim topilishida xissasini qo‘shayotgan OAV va blogerlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi

©️Andijon davlat universiteti axborot xizmati

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍38👎12
Baʼzida kattalar yosh bolalar bilan oʻynab oʻtirib oʻyinchogʻi yoki biror narsasini berkitib qoʻyadi. Keyin hazillashib "Qani, qayoqqa ketti, yoʻq boʻlib qoldi", deb bolani hayron qoldirishga harakat qilishadi.

Biz ham 30 yildan oshdi hech katta boʻlolmaymiz. "Kattalarimiz" hayron qoldiraverishadi)

©️ Jahongir Siddiqov

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣83😢10👍9
#Talabalardan_murojaat

❗️Menga yordam bering!

Assalomu aleykum. Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti sirtqi bo'lim 3 kurs talabasiman. Chaqalog'im bor, dars va sessiyani online qilishni iloji yo'qmi.

Institutga murojaat qilsam darslarga kelib qatnashing yoki akademik ta'til oling deyishayapti. Prezident qarorichi yoki bu qaror sirtqidagi yosh chaqalogi bor talabalarga tegishli emasmi?

O'zim yashaydigan hududga o'qishimni ko'chirishga ariza topshirdim. Lekin shu semestrni yopishib kerak. Hozir shu masalada amaliy yordam berishlaringizni so'rayman.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍30👎3
📣 TALABALAR DIQQATIGA 🎓

▪WORK AND TRAVEL▪
dasturi uchun 2023-yilgi qabul boshlandi
🇩🇪 Germaniyada 3 oygacha ishlang va sayohat qiling 

❗Talablar:
-Faqat talabalar qatnasha oladi
-Yosh chegarasi: 18-35

⏳ Shoshiling yozgi ta'tilda Yevropada ham ishlab ham sayohat qilish imkoniyatidan foydalaning !
☎Ma'lumot uchun:
📱 +998989992776
📱 +998917722776
👍3
#Talabalardan_murojaat

❗️Yotoqxonamiz sovuq!

Assalomu alaykum! Talaba.uz jamoasi! Man Namangan davlat unversiteti talabasiman. Yotoqxona juda sovuq, vohadan va viloyatlardan kelgan bizga o'xshagan talabalar muzlab qolyapti. Muammoni yechishga yord bering!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍24🤬6👎5
#Munosabat

Telegram kanalida “Men NDPI talabasiman. Bizning yotoqxonamiz juda sovuq, issiqlik pechkasini sotib olib ishlatayotgan edik, uniyam olib quyishdi” mazmunidagi xabar yuzasidan shuni maʼlum qilamizki, Navoiy davlat pedagogika institutida biror kun ham issiqlik tizimi o'chgan emas. Institut yotoqxonalari markazlashgan tizimga, yaʼni shahar issiqlik taʼminotiga ulangan.

Faqat 20-dekabr kuni soat 12:00dan 17:00ga qadar yotoqxona yaqinidagi chorraha tizimida nosozlik yuzaga kelgani sababli ma'lum muddat issiqlik uzatib berish toʻxtatilgan.

Soha mutaxassislarining say'i-harakati bilan “avariya” bartaraf etilib, sal kam 5 soat uzilgan issiqlik yana qayta tiklangan.

Maʼlumot oʻrnida shuni aytmoqchimizki, hozirda institutning 3 ta Talabalar turar joylarida 1000dan ortiq talabalar istiqomat qilib kelmoqda. Ular har kuni institut rahbariyati va masʼullar tomonidan nazorat qilib boriladi.

Hurmatli talabalar!
Agarda yotoqxona va ijara masalalari bilan bogʻliq muammo yuzaga kelsa guruhingizga biriktirilgan tyutorlarga, yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosarlariga, shuningdek institut rahbariyatiga maʼlum qilishingizni so'raymiz. Har qanday muammo oʻrganilib, amaliy yordam koʻrsatilishiga kafolat beramiz.

©️NavDPI Axborot xizmati

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍11🤬8👎4
Ijtimoiy tarmoqlarda “Namangan davlat unversiteti talabasiman. Yotoqxona juda sovuq, vohadan va viloyatlardan kelgan bizga o'xshagan talabalar muzlab qolyapti" deb nomlangan xabar boʻyicha rasmiy munosabat.

🛏 Universitetning 1- va 2-sonli talabalar turar joyi qozonxonasida 6 ta qozon ishlamoqda. Bundan 2 tasi tabiiy gazga, qolgan 4 tasi ko'mir yoqilg'isi orqali ishlaydi.

♨️Ayni paytda talabalar turar joyida issiqlik tizimi barqarorligini ta'minlash maqsadida ishchi guruh tun-u kun faoliyat olib bormoqda.

📈Hozirda turar joydagi xonalar harorati +18 darajadan +20°gacha ekanligini ma'lum qilamiz.

Shu o'rinda turar joyda istiqomat qiladigan talabalardan issiqlik tizimi bo'yicha murojaatlari bo'lsa, ishchi guruh mas'ullariga yoki quyidagi telefon raqamga xabar berishlarini so'rab qolamiz.

☎️ Aloqa uchun: +998936704545
Matbuot kotibi Shukurjon To'xtasinov

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎15👍10😭3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️“4 yil kontrakt toʻlab, diplomini ololmagan talabalar!”

Ushbu talabalar 4 yil mobaynida kontrakt toʻlovini qilib ham diplom olmaydimi?

Bechora talabalarning murojaat qilmagan joyi qolmabdi, hech kim eshitmayotgan ekan. 4 yil biron kasb egasi boʻlay deb qiynalib kontrakt toʻlab oʻqib nahotki diplomini berishmasa? Bu nima degan gap?! Taʼlim tizimini nazorat qiladigan masʼullar bormi bizda? Boʻlsa ham nega shu darajaga keldi bu holat? Uyat emasmi keyingi kelajak avlod kadrlarini shu darajada sarson qilish nima uchun kerak?

Savollar juda koʻp. Bizga esa adolatli yechim kerak.

Rasmiy munosabat kutib qolamiz.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍37🤬14👎4
❗️Litsenziyaga ega boʻlmagan oliy taʼlim muassasalaridan ogoh boʻling!

“Medical and pedagogy University" tomonidan berilgan diplomlar Oʻzbekistonda oliy taʼlim muassasasi diplomi sifatida tan olinadimi?”
mazmundagi savollar bilan murojaatlar bo'lmoqda.

Yuqorida nomi keltirilgan taʼlim tashkilotiga Oʻzbekistonda oliy taʼlim xizmatlarini koʻrsatish huquqini beruvchi hech qanday litsenziyaga ega emas.

Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 29-moddasiga asosan, nodavlat taʼlim tashkilotlari litsenziya olingan kundan eʼtiboran taʼlim faoliyati bilan shugʻullanishga haqlidir.

Nodavlat taʼlim tashkilotlariga litsenziya berish Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori asosida amalga oshiriladi.

Shuni yodda tutish muhimki, tegishli litsenziyaga ega boʻlmagan yoki belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtmagan taʼlim tashkilotlari tomonidan berilgan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlar nafaqat Oʻzbekiston Respublikasida balki boshqa davlatlar tomonidan ham tan olinmaydi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍17🔥1
❗️Toshkent davlat yuridik universiteti talabalarining Odob-aхloq kodeksidagi bandlardan biri

Fikrimcha, mehnat jarayoniga kirib borgach, minglab insonlar manfaati, huquqlarini himoya qilishi kerak bo'lgan yosh huquqshunoslarning erkinliklari ushbu kodeks talablari bilan jiddiy tarzda cheklanmoqda. Chunki, fikr erkinligi insonning asosiy shaxsiy va siyosiy huquqlaridan biri hisoblanadi. U hech qaysi shaklda, hech qaysi hujjat bilan cheklanishi mumkin emas. Qayerga layk bosib, qaysi postga qanday izoh yozish masalasi inchinun.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi zudlikda bu masala bo'yicha o'z munosabatini bildirishi va bu bandlar kodeksdan yulib tashlanishi kerak.

Umuman, biz erkin fikrli kadrlarni tayyorlamoqchi ekanmiz, (agar shunday bo'lsa) kelinglar, shu kabi mantiqsizliklardan voz kechaylik.

Qolgan OTMda ham shu kabi ahvol katta ehtimol bilan. Uyat Yuridik universitetga, uyat oliy ta'limga, uyat.

@haqiqatdaIlyos

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍29🤬19👎2
Bu Malayziyalik talaba qiz Tesla tomonidan robototexnika instruktori sifatida ishga qabul qilingan. Uning yutuqlari haqida qisqacha

Faxirah Xayruddin MRSM (Junior Science College) Kota Putra talabasi edi.

O'qishni tugatgandan so'ng, u Kaliforniya San-Diego universitetida (MARA homiyligida) Aerokosmik muhandislik bo'yicha o'qishni davom ettirdi.

Keyin u San-Diegodagi Kaliforniya universitetida (UC homiyligida) Mashinasozlik bo'yicha magistrlik darajasini oldi.

Teslada ishga kirish oson emas, lekin u keng texnik tajribaga ega:

✅ Kaliforniya universitetida harakatlanishni rivojlantirish bo'yicha muhandis bo'lib ishlagan; u erda u raketa dvigatelining issiqlik o'tkazuvchanligini o'rganish uchun Matlab kodlarini yozgan.

✅ U Northrop Grumman System Engineering Challenge 2019 da 50 ta boshqa jamoalar bilan bellashib, birinchi 🥇 o‘rinni egalladi; uning g'olib loyihasi o'zi ishlab chiqqan va dasturlashtirgan robot qo'l edi.
(50 ta jamoa ichida birinchi oʻrin tasavvur qilyapsizmi)

✅ U San-Diegodagi Kaliforniya universiteti bilan birgalikda Hexacopter loyihasini tadqiq qilish va ishlab chiqishda guruh rahbari bo'lgan va boshchilik qilgan.
(Shu qismini oʻzim ham qayta oʻqidim)

✅ Solidworks-da kvadrokopter, datchik korpusi va qo'nish moslamasi ishlab chiqildi, 3D bosib chiqarish sinovlari orqali yangi kontseptsiyalarni namoyish etdi va takrorlash orqali dizaynlarni takomillashtirdi.

U hozirda Kaliforniyaning Fremont shahrida joylashgan Tesla kompaniyasida robototexnika muhandisligi bo‘yicha texnik o‘quv instruktori bo‘lib ishlaydi, muhandis va texniklarga FANUC va Kuka robotlarini o‘rgatadi.

Ushbu post nima uchun yozildi? Jamiyatimizda qiz/ayollarga taqiqlar boʻladi. Qiz/ayollarni aqli koʻp narsaga yetmaydi, qizlarga bu soha toʻgʻri kelmaydi, qiz/ayollar bu sohada faoliyat yuritishsa toʻgʻri boʻlmaydi deyishadi. Yoki boʻlmasa oilada oʻgʻil qiz boʻlsa qiz bola taʼlimiga baʼzi oilalarda yetarlicha eʼtibor berilmaydi. Qiz bolaning taʼlim olishi unchalik muhim emas deyishadi. Hamma emas, lekin shu kabi holatlar juda ham koʻp. Qiz/ayollarga erkinlik berilsagina ular nimalarga qodirligini koʻrish mumkin.

Jamiyatimizda qiz/ ayollarga koʻproq sharoit yaratib berishimiz kerak, taʼlim olishlarida, rivojlanishlarida toʻsiqlar boʻlishi kerak emas.

QIZ/AYOLLAR HUQUQLARI HIMOYA QILINMASA, ULARNING RIVOJLANISHLARI UCHUN, TAʼLIM OLISHLARI UCHUN TOʻSQINLIK QILINSA, DAVLATNING OʻSISHIGA RIVOJLANISHIGA JUDA KATTA SALBIY TAʼSIR QILADI!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍35😍3👎2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Hokim ketgach, talabalar Tashkent Index'dan ko‘chirilyapti

“Biz “Tashkent Index”da yashovchi talabalarmiz. Iltimos, bizga yordam bering, shu sovuqda yashirincha ko‘chaga haydashyapti. “Zamdekan”larimiz kelib, bugunning o‘zida ketishimizni talab qildi. Biz shu sovuq kunda chiqib qayerga boramiz?”


26 yanvar kuni Kun.uz'ga shu mazmundagi onlayn murojaat kelib tushgach, “Tashkent Index” savdo-ishlab chiqarish majmuasida tashkil etilgan yotoqxonaga yetib bordik. Majmua hududiga yetib boriboq ko‘rganimiz yoppasiga ko‘ch-ko‘ronini yig‘ishtirayotgan talabalar bo‘ldi.

https://youtu.be/g1wCoWWhyrU

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👎23🤬13👍6
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mutaxassislari tayyorlash uchun Italiya universitetlari filiallari ochiladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov BMB Trade Group kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida oliy va kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini takomillashtirish, yoshlarni kafolatlangan ish o‘rinlari bilan ta’minlashga qaratilgan loyihalar doirasida davlat-xususiy sherikligini o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.

Bekzod Mamatqulov O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan Italiyaning nufuzli universitetlari filiallarini ochishni taklif qildi. U Jizzax viloyatida faoliyat yuritayotgan 28 ta korxonani kasb-hunar kollejlarida ma’lumot olgan mutaxassislar bilan ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

Ibrohim Abdurahmonov BMB Trade Group kompaniyasi takliflarini qo‘llab-quvvatladi va ushbu masalalarni davlat-xususiy sheriklik formatidagi maxsus loyihalar doirasida ishlab chiqishga tayyor ekanini bildirdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar O‘zbekistonda Italiyaning nufuzli universitetlari bo‘limlarini ochish, Jizzax viloyatidagi kasb-hunar ta’lim muassasalaridan birini kompaniya tizimida faoliyat yuritayotgan korxonalarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirish va buning uchun maxsus o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlashga kelishib olindi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍6👎3
O‘zbekistonda AQSh universitetlari filiallarini ochish jadallashtiriladi

O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov AQSh elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki davlat universitetlari o‘rtasida hamkorlik, talabalar, doktorantlar va tadqiqotchilar almashinuv dasturlari, ingliz tilini qo‘llab-quvvatlash kabi loyihalar doirasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, ingliz tilini o‘qitish, respublika oliy ta’lim muassasalariga ma’ruza o‘qish, seminarlar va mahorat darslarini o‘tkazish maqsadida amerikalik mutaxassislarni jalb qilish hamda mamlakatda AQSh universitetlari filiallarini ochish O‘zbekiston tomoni uchun manfaatli ekanligi qayd etildi.

Tomonlar qo‘shma ta’lim dasturlarini (Double-degree Program) yaratish, amerikalik mutaxassislarni respublika oliy ta’lim muassasalariga jalb qilgan holda qisqa va uzoq muddatli ma’ruzalar, mahorat darslarini tashkil etish orqali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

AQSh dipmissiyasi rahbari Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlari (ACIE) tomonidan Markaziy Osiyo universitetlari hamkorligi dasturi (UniCEN), O‘qituvchilar malakasini oshirish dasturi (FEP) hamda Ingliz tili stipendiyasi dasturi (EL Fellow) respublika oliy ta’lim muassasalari ishtirokida amalga oshirilayotganini hamda kelgusida ushbu dasturlar hamkorlik aloqalarini rivojlanishiga yana bir turtki bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.
Uchrashuvda joriy yilning oktabr oyida mamlakatda O‘zbekiston va AQSh oliy ta’lim muassasalari ishtirokida forum yoki konferensiya o‘tkazish taklifi ilgari surildi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍11👎4