Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev: Yangi O‘zbekistonni barpo etishda, Uchinchi Renessans bunyodkori bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashda sizlarga, sizlarning buyuk murabbiylik fazilatlaringizga tayanamiz.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👎2👍1👏1
#talabadan_tabrik

Barcha ayollar va qizlarni bayram bilan tabriklayman!
Hamisha sogʻ-omon va goʻzal boʻlib yuringlar!

Elmurod Uralov.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍21❤‍🔥1😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yigit juda hazilkash ekan!

Kun bo'yi bayram kayfiyati tark etmasin!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😁25👍6👎2
#Talabalardan_murojaat

❗️Akademik ta'til olsam bo'ladimi?

Men hozirda 3 bosqich talabasiman 4 kursda akademik taʼtil olsam masofaviy taʼlim yaʼni onlayn oʻqib diplom olsam boʻladimi? Faqat aniq javob bering iltimos.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😐3👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Super kontrakt qayerdan kelib chiqdi?

✅ Har qanday narsa o‘sha joyda yashayotgan jamiyatning axloqiga o‘rnashadigan bo‘lsa, siz xohlaysizmi xohlamaysizmi u huquq darajasiga ko‘tariladi. Yaʼni 30 yil davomida axloqmizda shakllanib kelgan narsani, huquqiy darajasini ko'rayapmiz....

💸 Pulga kirish O‘zbekistonda norma holatiga aylandi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
💯13👍9🔥1
#Xotin_qizlar_huquqi

✅ Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy taʼlim muassasalari kirishda davlat granti asosidagi qabul doirasidagi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma beriladi.

Tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

➖ kam taʼminlangan oilalardagi xotin-qizlar;

➖ toʻliqsiz oilada tarbiyalanayotgan, yaʼni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

➖ turmush oʻrtogʻi vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolgʻiz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

➖ nogiron farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

➖ 2 va undan ortiq farzandini tarbiyalayotgan, qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolgʻiz ayollarning qiz farzandlari;

➖ ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham I yoki II guruh nogironi boʻlgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

☑️ Tavsiyanoma olish uchun tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlariga elektron shaklda murojaat qilinadi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍3👎1👏1
Nodavlat ta'lim tashkilotlarida IT sohasida o'qiyotgan yoshlar ham ta'lim krediti olishi mumkinmi?

✅ Hukumat qarori (79-son 27.02.2023 y.) bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Ta'lim kreditini moliyalashtirish jamg'armasi hisobidan nodavlat ta'lim tashkilotlarining o'quv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun ta'lim krediti ajratish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko'ra, ta'lim kreditlari BHMning 65 baravarigacha bo'lgan miqdorda 1 yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatgacha 14 yoshga to'lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslarga ajratiladi.

Kredit oluvchi ta'lim kreditini olish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e'lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

▪️ ariza;

▪️ kredit oluvchi va IT-park rezidenti bo'lgan nodavlat ta'lim tashkilotlari o'rtasida axborot texnologiyalari sohasidagi o'quv kurslarida tahsil olish haqida rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt, ommaviy oferta);

▪️ ta'lim krediti qaytarilishining ta'minoti bo'yicha hujjat. Bunda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kirgan oilalar farzandlari bo'lgan yoshlarga ajratiladigan ta'lim krediti bo'yicha garov va kafillik talab etilmaydi;

▪️ «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma («Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan oilalar farzandlari bo'lgan yoshlar uchun);

▪️ bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma'lumot va hujjatlar.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi: Ta’lim sohasida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

💬 "Yoshlarning oliygohlarda davlat hisobidan grant asosida o‘qish huquqi Konstitusiyada belgilanmoqda. Bu bilan iqtidorli yoshlarning davlat hisobidan oliy ta’lim olish imkoniyati kafolatlanmoqda. Bu oliy ta’limda hamisha davlat granti uchun kvotalar ajratiladi va ushbu tartib hech qachon bekor bo‘lmaydi degani" — Oliy Majlisning Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi Jahongir Shirinov

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍4⚡1🍌1
Omadli insonlar!

Agar bugun ertalab sog' - salomat uyg'ongan bo'lsangiz dunyodagi 7 mlrd, 916 mln insondan baxtliroq ekansiz!

Agar bu tongni tanda dardsiz kutib olgan bo'lsangiz ayni damda 1.2 mlrd insondan omadliroqsiz!

Urush taxlikasi va xavf - xatarsiz, hayotingizga tahdidsiz kun kechirayotgan bo'lsangiz 500 mln insondan erkinroq ekansiz!

Cho'ntagingizda pulingiz bo'lsa dunyodagi omadi kulgan 1 mlrd insondan birisiz!

Ota - onangiz, turmush o'rtog'ingiz va farzandlaringiz yoningizda, oilangiz ahil bo'lsa siz dunyodagi noyob insonlar qatoridasiz!

Bergan ne'matlariga yaratganga shukur ayting!

Juma muborak!

🎓
Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍57❤‍🔥9🔥4
E savodingga o't tushsin!

Shuni yozgan odam ham vaqtida kimnidir joyini band qilib o'qiganda a oliy ta'limda? Xayriyat, buyruq direktor tomonidan halicha imzolanmabdi. Hech yo'qsa u savodlidir?!

P.s. Talabalar, kelajakda bajargan ishingiz orqasidan la'nat, qarg'ish eshitmaslik uchun ham qoyillatib o'qinglar. Jamiyatga kerakli kadr bo'ling, qo'g'irchoq emas!

🎓
Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤬28👍15👏2
#statistika

Statistika agentligiga ko‘ra, 2022/23-o‘quv yili boshiga respublikamizda faoliyat yuritayotgan 191 ta oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni 1 million nafardan oshgan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍10👎3👏3
❗️Toshkent metropolitenining 7-bekati vaqtincha yopiladi

Toshkent metropolitenining «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishi 6- va 7-bekatlari oralig‘idagi yer ustki qismida Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Qo‘yliq dehqon bozori tomon qurilayotgan avtomobil yo‘l o‘tkazgichining qurilish ishlari yakunlanmoqda.

Shu munosabat bilan metropolitenning 7-bekati (Qo‘yliq) joriy yilning 11 mart kunidan 18 mart kuniga qadar metro yo‘lovchilariga vaqtincha xizmat ko‘rsatmaydi.

«Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishida poyezdlar harakati «Do‘stlik-2» bekati bilan 6-bekat oralig‘ida tashkil etiladi. Yo‘lovchilar uchun 6- va 7-bekat oralig‘ida qo‘shimcha avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍7👎1
#Talabaga_yordam

⚡️Bo'sh ish o'rinlarini o'zida jamlagan platforma yaratildi!

💠O'zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining ochiq ma'lumotlari asosida respublika miqyosida mavjud bo'sh ish o'rinlari haqida ma'lumot beruvchi telegram boti ishga tushirildi.

📌Ushbu bot orqali respublika miqyosida turli sohalar bo'yicha real vaqt rejimida yangilanib turuvchi bo'sh ish o'rinlari bo'yicha ma'lumotlar olishingiz mumkin.

➡️ Bundan tashqari ushbu platforma (@edu_vakant_bot) orqali talabalar ham o'zlari uchun bo'sh ish o'rinlari topishlari mumkin.

Barcha talabalarga ulashing ♻️

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Toshkent 1966 yil. Glinka ko'chasi. Pedagogika instituti. Hozirgi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti unversiteti.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍16😍6🔥1
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriga UNESCOning nufuzli xalqaro mukofoti topshirildi

10-mart kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov Ekvatorial Gvineyaning Jibloho shahrida tabiiy fanlar sohasidagi tadqiqotlar uchun YUNESKO – Ekvatorial Gvineya xalqaro mukofotini qabul qilib oldi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍6👎2
❗️Yana bir talaba o'z joniga qasd qildi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 10-mart kuni soat 21:25 larda Samarqand viloyati Oqdaryo tumani "O‘zbekiston" mahallasida yashagan 18 yoshli qiz D.O. (oliy ta’lim muassasasi talabasi) Oqdaryo tumani va Samarqand tumanini bog‘lab turuvchi Qoradaryo ko‘prigidan o‘zini suvga tashlab joniga qasd qilgan.

Marhumaning o‘lim sababini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmokda.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😢14👍8😱4
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Qozogʻiston Respublikasi bilan oliy taʼlim va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim sohasida hamkorlik qilinadi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–90-son, 10.03.2023-y.) qabul qilindi

📁 Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida oliy taʼlim va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim tasdiqlandi.

☑️ Mazkur bitim 2022-yil 22-dekabr kuni Toshkent shahrida imzolangan.

🏢 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.

⚠️ Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin Oʻzbekistonning majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍8👎2
#Hazil

6 para dars o‘qib avtobusga chiqqaningda😁

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣84👍12😁7