Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️Agar Sizni, qoʻngʻiroq qilib, IIBga hech bir sababsiz chaqirishsa

1) Sizni chaqirgan xodimning ismi-sharifi, lavozimi va telefon raqamlarini yozib oling. Chaqirish sabablarini soʻrang. Iloji boʻlsa, muxrlangan chaqiruv qogʻozi yuborishini soʻrang.

2) 102 ga qoʻngʻiroq qilib, xabar bering. Meni shunday xodim chaqiryapti, bormi oʻzi shunaqa xodim, Sizlarda ishlaydimi deb. Agar chaqiruv qogʻozi boʻlmasa, nega shunday chaqirdi, nega chaqiruv qogʻozi yubormadi, men shu masalada shikoyat qilmoqchiman, shikoyatimni qabul qiling deb ariza tashang. Shikoyat roʻyxatdan oʻtish raqamini soʻrang. Navbatchini ismi sharifini yozib oling. Iloji boʻlsa, barcha soʻzlashuvlarni “zapis zvonkov“ orqali yozib oling.

3) Navbatchiga, xodimi chaqiruv qogʻozi yuborishini soʻrang.

4) Iloji boʻlsa, oʻzingiz bilan advokat olib keting. Uydagilar xam boʻlsin.

5) Kirayotganda, oʻzingizni videotasvirga oling, shu kiyimda, xamma joyim sogʻ kiryapman deb...

Shu xabarni tanishlaringizga joʻnating.

P.S. Esingizdan chiqarmang: Xaq olinur, berilmas. Xaqqingizni talab qiling, ximoya qiling.
Olimjon Xaydarov

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍37👏5😁1
Avtota'lim

❗️Endi avtomaktab oʻqituvchilari IIV Akademiyasida malaka oshiradi

Haydovchilar tayyorlovchi taʼlim tashkilotlari oʻqituvchi va haydovchi-yoʻriqchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tartibga soluvchi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Nizomga koʻra, taʼlim tashkilotlari oʻqituvchi va haydovchi-yoʻriqchilarini shartnoma asosida qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish (har 3 yilda bir marta) Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Bunda tinglovchilar asosiy ish joyidan ajralgan holda oʻqitiladi.

Oʻquv jarayoni 25 nafardan ortiq boʻlmagan tinglovchidan iborat guruhlarda tashkil qilinadi.

Mazkur kurslarda oʻqish uchun talabgorlar Akademiyaning rasmiy veb-sayti orqali ariza bilan murojaat qiladi.

Ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran 3 ish kuni ichida oʻrganib chiqilib, kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda Akademiya va talabgor oʻrtasida shartnoma tuziladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍11😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mana man degan inomarkalarda ham bunaqa mazza qilib ketmasa kerak?

Nima deysizla?

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍16
#talabadan_tabrik

❗️Navro'z muborak!

Assalomu
aleykum yurtdoshlar! Sizni, Siz orqali oila aʼzolaringizni, yaqinlaringizni yangilanish va yasharish bayrami Navroʻzi olam ayyomi bilan chin kalbdan samimiy tabriklayman.

Barchangiz uchun ushbu yil barakali yillardan biri boʻlib qolishida, umid bilan tashlangan har bir qadamingiz esa oʻz ijobiy natijalariga ega boʻlishida tilakdoshiman.

Navroʻz bayramida kundalik hayotingiz mazmunli, qiziqarli, yorqin va serjilo boʻlishini, baxtiyor onlaringizni hamisha doʻstlaringiz, yaqinlaringiz davrasida nishonlashingizni, bitmas-tuganmas baxt, mustahkam sogʻlik, omonlik va moʻl-koʻlchilik Sizni aslo tark etmasligini tilab qolaman.

Kelgusi ishlaringizda hamisha omad yor boʻlsin, yaqin insonlaringizning mehr-oqibatlaridan doimo bahramand boʻlish baxti nasib etsin. Xonadoningizni har doim tinchlik-xotirjamlik, oʻzaro mehr-muxabbat tuygʻulari tark etmasin!

Navroʻzi olam muborak boʻlsin azizlarim.

Elmurod UROLOV.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zilzila vaqtida nima qilish kerak?

Video yo‘riqnomani ko‘ring va yaqinlarga ulashing!

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali kuzatib boring!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤨4👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Zilzila yuz bergan paytda “Yoshlar” telekanalida jonli efir ketayotgan ekan.

O'zini yo'qotib qo'ymagan ayol boshlovchiga qoyil!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍16😁5🤨3
❗️Bizning Oʻzbekistonda

Qarshi shaharda oʻqtuvchilardan...

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤬30😱12🤣6
Kecha Media Parkga ishga kirish uchun sinovdan oʻtdim.⠀
— Xoʻsh, qalay boʻldi?⠀
— Rahbar menga noutbuk berib, “Shuni menga qimmat narxda sota olsang, seni ishga olaman,” - dedi.⠀
— Sen nima qilding?⠀
— Noutbukni olib, uyga joʻnavordim. Kechqurun qoʻngʻiroq qilib:⠀
— Noutbukni qaytar ablah, - degandi, — Besh million boʻladi! - dedim.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣77👍6🔥2
❗️CHINGIZXON AVLODINI MOT QILGAN YOSH OLIM

Chingizxonning nevarasi Xulagu Bogʻdodni bosib oladi. Ular shaharda nima topishsa hammasini tortib olishadi. Shu asnoda, baʼzi manbalarga koʻra, 200 ming kishi baʼzi manbalarda esa, 400 ming kishi qatl qilinadi. Qadimiy masjidlar, saroylar, kutubxonalar yer bilan yakson qilinadi...

Bu zolim hukumdor shahar tashqarisidagi qarorgohida turib mintaqaning eng mashhur olimi bilan koʻrishish niyati borligini bildiradi. Albatta, Xulagu qarshisiga chiqishga hech kimning jasorati yetmaydi. Nihoyat, bir madrasada ustoz boʻlib ishlaydigan Qozixon ismli olim Xulagu bilan uchrashishga roziligini bildiradi. Ketayotganida yonida bir tuya, bir echki va bitta xoʻroz olib boradi.

Xulagu yosh olimni koʻrib, izlab-izlab seni topishdimi, deydi.Yosh olim: - Jussali bilan koʻrishmoqchi boʻlsang, tashqarida bitta tuya bor. Soqolli bilan koʻrishmoqchi boʻlsang, tashqarida bitta echki bor. Ovozi qalini bilan koʻrishmoqchi boʻlsang, tashqarida bitta xoʻroz bor. Istaganingni chaqirtirib, istaganing bilan koʻrishishing mumkin, deydi.

Xulagu, bu yosh olimning hikmat sohibi ekanligini bilib:
- Aytchi, men bu yerlarga nima sababdan keldim? Nega xalqing boshiga balo hukmdor kela oladi?

Yosh olim bu savolga shunday javob beradi:- Seni ustimizga bizning amallarimiz olib keldi. Allohning bizga bergan neʼmatlarining qiymatini bilmadik, shukrini qilmadik, mol-dunyo, koʻngilxushlik, mansab-martaba ortidan chopdik. Alloh ham bizga bergan neʼmatlarini qaytarib olish maqsadida, seni tepamizga balo qilib joʻnatdi.

Bu javobdan xayratlangan Xulagu:
- Xoʻp, endi meni ustingizdan kim chiqarib yubora oladi? - deb soʻraydi.

Olim bu savolga ham ikkilanmay shunday javob qiladi:

- Qachonki, biz oʻzimizga, oʻzligimizga qaytsak, bir-birimiz bilan ovora boʻlishdan voz kechsak, ana shunda zolim tepamizda bir soniya ham turolmaydi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Navbat, faqat kitobga emas!

Haligi 80 metrli lavash borku, o'sha tekin tarqatilayotgan ekan!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣26🤬17👎8
❗️O’zbekistonda yana zilzila bo’ldi. Episentr Tojikiston, O’zbekistonda sezilish kuchi 4-5 ball.

O’zbekistonda sezilish kuchi:

Sirdaryo 5 ball;
Farg'ona 5 ball;
Jizzax 5 ball;
Toshkent shahrida 5 ball;
Namangan 4-5 ball;
Samarqand 4-5 ball;
Andijon 4-5 ball;
Surxandaryo 4 ball;
Qashqadaryo 4 ball;
Navoiy 4 ball;
Buxoro 4 ball.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😢15👍2🌚2
#Eslatma

Odatda birinchi silkinishdan soʻng yana qayta silkinish boʻladi, ehtiyot choralarini koʻrib qoʻyish foydadan holi emas!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍5
Kirib kelgan Ramazon oyi barchamizga muborak bo'lsin.

Do'stlarga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❤‍🔥12👍8
Qadrdonim uyg'oning. Ro'zaga turing.😊😊

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍6
❗️Bitiruvchi talabalarni ishga qabul qilishda sinov muddati qo'llash mumkinmi?

Sinov muddati uzog'i bilan uch oy muddatga xodimning ishga layoqatliligini tekshirib ko‘rish, mehnat shartnomasida kelishilgan ishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelishi uchun tuziladi.

Biroq quyidagi shaxslar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi (MK 84-modda):
- homilador ayollar;
- uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar;
- korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar;
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining hamda oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilari.

Bundan ko'rinadiki, talabalar OTMni bitirgach ishga 1-marotaba ishga kirayotganida sinov muddati belgilashga qonunan yo'l qo'yilmaydi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍11🔥6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Huquqshunos va bloger Xushnud Xudoyberdiyev o’z tajribasidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish jarayonlaridagi o’zgarishlar haqida so’zlab berdi.

“Loqaydlik dunyodagi eng kuchli zilzila va bo’rondan ham yomonroq, befarq bo’lmang” deydi u.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍5👎2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sessiya shu talabalarni yashirin qobiliyatini yuzaga chiqarib qo'yadi-da!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍16🤣15
❗️Kontraktni to’liq to’lamaganlarni yakuniy yoki oraliqlarga kiritmaslikka OTM mas’ullarining haqqi bormi?

Yo’q bunga haqqi yo’q, yakuniy va oraliqlarga talabani kiritmaslik uchun kontraktni to’lamaslik asos bo’la olmaydi. Agar talaba umuman kontrakt to’lamagan bo’lsa uni talabalar safidan chetlatishi mumkin xolos.

Talabani oraliqqa yoki yakuniyga kiritmaslik, ataylab fandan yiqitish, darsga kiritmay nb qo’yib qo’yish, va boshqa g’ayriqonuniy harakatlar amalga oshirish umuman mumkin emas.

Kontrakt to'lash muddatlari:

- belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

- belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

- xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍13