Talaba.uz | Ta'lim portali
5.46K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️O‘zMUda 1000 o‘rinli yangi talabalar turar joyi binosi qurilishiga start berildi

Yangi qurilayotgan 12 qavatli yotoqxona davlat xususiy sheriklik asosida qurilayotgan bo‘lib, uning 1–2-qavatlari talabalarga servis xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashtiriladi. Bunda barcha turdagi maishiy xizmatlar, jumladan, “Book kafe”, kompyuter xizmati zallari, axborot-resurs markazi va boshqa qulayliklar yaratilishi ko‘zda tutilgan.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍21👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev va yosh futbolchilarimiz kubok bilan!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍20😁3👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️O'qishdan keyin...

Aytishlaricha, ushbu holat Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi tug'uruq bo'limida bo'lganligi aytilmoqda.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤬30👍2👎2
#talaba_murojaati
#samarqand

‼️Samarqandda talabalardan noqonuniy pul yig'ilmoqda. Guruh boshiga $100 dan!

Bizga kelgan murojaatga ko'ra, Samarqand iqtisodiyot va servis institutida Navro'z bayrami uchun 100 dollardan pul yiğilmoqda. Murojaatning aslini keltiramiz:

Men Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakulteti talabasiman. Bizni fakultetda Navro’z bayrami uchun dekanat xodimlari har bir guruhdan $100 dan talab qilishmoqda. Bermaymiz deganlarni sessiyada qiynaymiz deb qo’rqitishadi shuning uchun hamma majburligidan qo’rqib beradi. Bitta fakultetda 50 ta guruhdan $100 dan olishsa qancha bo’ladiyu Navro’z dasturxoniga qancha pul kerak, hamma xayron. Shunga qanday chora ko’rish mumkin? Javob uchun oldindan rahmat

Bunday hollarda shunchaki, qo'rqmasdan prokuraturaga yozib berish kerak tamom! Domlalar ham bir marta talabalardan "dars olishsa" zarar qilimaydi bizningcha 😁

⚠️ Mana asos:

Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish)ga koʻra, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍20👎8😱4
🕵‍♂ ​​O’g’ri ikki xil bo’ladi:

1⃣. Odatiy o‘g‘ri.
U sendan molingni, telefoningni, mashinangni, pulingni... o‘g‘irlaydi.

2⃣. Ma’naviy o‘g‘ri.
U sendan vaqtingni, kelajagingni, orzuyingni, ta’limingni, sog‘lig‘ingni, quvvatingni...o‘g‘irlaydi.

Bu ikkisining ajoyib farqi shundaki, birinchisi seni tanlaydi. Ikkinchisini esa sen tanlaysan.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
💯25👍12🔥7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasining kiyim almashtirish xonasidan video.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍20
❗️Bugun 20-mart — Xalqaro baxt kuni...

Hammaga baxt tilayman!

Baxt u nima? Allohdan har tun,
Yana bir tong tilanmoqlikmi?
Va uygʻonib,quyosh nuriga,
“Omonlik!”, deb belanmoqlikmi?

Baxt u nima? Dasturxoningda,
Qoʻling kuyib ushatilgan non.
Yoki qushlar hadiksiz uchgan,
Bizga nasib etilgan osmon!

Baxt u nima? Bola emizgan,
Onalarning siynasida sut.
Yoki yomgʻirlari bilan siylagan,
Qiz sochidek qop-qora bulut!

Baxt u nima? Balki, momoning,
Nabirasin belagan beshik.
Farishtalar rizq keltirsin deb,
Tong saharda ochilgan eshik.

Nima u baxt? Xonadoningda,
Qirq kun kelin qilgan taʼzimi?
Oʻttiz, ellik, sakson yoshingda,
Doʻstlaringning qurgan bazmimi?

Baxt nima u? Beminnat, halol,
Bitta qoshiq oshing ichganing.
Sogʻindim deb, har zamonda bir,
Onajoning kelib quchganing!

Baxt u nima? Eng soʻngi damda,
Kalimaga kelolgan tiling,
Va oʻgʻlingning yelkalarida,
Bosib oʻtgan oxirgi yoʻling...
👍12😢2😍2
❗️Dunyo ta'limi haqida qiziqarli faktlar

- Yaponiyada oʻquv yili 1-apreldan boshlanadi. Chunki yaponlar bu oyni hayotning yangi bosqichi boshlanishi uchun eng qulay deb hisoblashadi.

- Xitoyda yozgi taʻtil faqat bir oy davom etadi. Shuningdek ushbu mamlakatda darslar soat 16:00 ga qadar davom etadi. Oʻquvchilar esa soat 21:00 ga qadar yana qoʻshimcha mashgʻulotlarda qatnashishlari mumkin.

- 2003-2004-oʻquv yilida Hindistondagi Montessori maktabida 28 ming bola tahsil olgan. Bu bir maktabda taʼlim oluvchi oʻquvchilar soni boʻyicha jahon rekordi hisoblanadi.

- Dunyodagi eng qimmat maktab Angliyada joylashgan. Ushbu mamlakatdagi aristokratlar uchun moʻljallangan maktabda oʻqish oyiga taxminan 80,000 funt sterling (qariyb 1 mlrd so‘m)ni tashkil qiladi.

- Dunyodagi eng qadimgi universitet Marokashda joylashgan. Ushbu mamlakatdagi Karauin universitetiga 859-yilda asos solingan.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍9
❗️Maktab oʻquvchisi 2 million 400 ming dollar grant yutib oldi!

Surxondaryolik oʻquvchidan rekord – 33 ta nufuzli oliygoh talabasi boʻlish uchun 2,4 mln dollarlik grant!

Termiz shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Behruzbek Eshdavlatov oʻziga xos rekord oʻrnatib, 33 ta nufuzli oliygoh talabasi boʻlish imkoniyati va umumiy miqdorda 2 mln 360 ming 200 dollarlik grant sohibiga aylandi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍18👎2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi aʼzolariga bugun avtomobil topshirilmoqda

Bunyodkor» stadionida U 20 Osiyo Kubogida chempionlikni qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtmoqda. Futbol boʻyicha Osiyo chempionlarining har biriga Lacetti (Gentra) avtomobili taqdim etiladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍14
❗️Abituriyent milliy sertifikat olsa, kirish imtihoni topshirmasa ham boʻladimi?

Abituriyenlar quyidagi umumtaʼlim fanlari boʻyicha sertifikat uchun imtihon topshirib, oldindan ballni yigʻib qoʻyishi mumkin:
1. Matematika.
2. Biologiya.
3. Kimyo.
4. Fizika.
5. Ona tili va adabiyoti.
6. Tarix.
7. Geografiya.

Boshqa fanlardan ayni vaqtda milliy sertifikat olish imkoni yoʻq chet tillaridan boshqa.
Masalan: tibbiyot universitetiga topshirayotgan abituriyent kimyo, biologiyadan sertifikat olib qoʻysa, imtihonda faqat majburiy blokdagi 3 ta fandan test ishlaydi, xolos.

Yoki, asosiy blok fani tarix va ona tili va adabiyoti boʻlgan pedagogika yoʻnalishiga kirmoqchi boʻlgan abituriyent tarix va ona tili fanlaridan milliy sertiqikat olishga muvaffaq boʻlsa, unga ham asosiy ham majburiy fan ballarini oldindan naqd qilib qoʻyadi.

Kirish imtihonida faqat matematika fanidan majburiy blok testlarini ishlaydi, xolos. Agar matematika fani majburiy boʻlganda ham, bu fandan milliy sertifikat olib qoʻyishi mumkin.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍8
❗️Diplomni pulga sotib olganlar yoxud poraxoʻr “oʻqituvchi” haqida

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kim bizga qarshi qurol koʻtarsa va kim bizni aldasa, bizdan emas”.

Muslim rivoyat qilgan.

Janubiy Afrika Respublikasidagi universitetlardan birining kirish joyiga mana bu ogohlantirish yozib qoʻyilgan ekan:
“Har qanday xalqni xonavayron qilish uchun yadro bobmalari yoki uzoq masofaga uchuvchi ballistik raketalarga hojat yoʻq. Balki taʼlim sifatini pasaytirib, talabalarga yolgʻonga, shpargalkaga ruxsat berilsa, kifoya.

Oʻqishni pul va shpargalka bilan bitirib, diplom olgan shifokorning qoʻlida davolanish kurslarini oʻtagan bemor oʻladi.

Oʻqishni pul va shpargalka bilan bitirib, diplom olgan muhandisning chizmasi asosida qurilgan uylar, binolar qulab tushadi.

Oʻqishni pul va shpargalka bilan bitirib, diplom olgan hisobchining qoʻlida pullar yoʻqoladi.

Oʻqishni pul va shpargalka bilan bitirib, diplom olgan sudyaning qoʻlida adolat zoye boʻladi.

Oʻqishni pul va shpargalka bilan bitirib, diplom olgan muallimning qoʻlida taʼlim olgan oʻquvchilarning miyasiga jaholat yoyilib ketadi.

Taʼlimning tanazzuli — xalqning tanazzulidir”.

Imom Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qachon omonat zoye qilinsa, qiyomatni kutaver!” dedilar. “Uni zoye qilish qanday boʻladi?” dedi (bir aʼrobiy). U zot: “Qachon ish oʻz ahlidan boshqaga topshirilsa, qiyomatni kutaver!” dedilar».

Aldovga ruxsat berayotganlar, shpargalkani koʻrib, koʻrmayotganga oladiganlar, ilmli, iqtidorli yigit turganda, ilmsiz, iqtidorsiz boʻlsa-da, pul beradiganni oʻqishga qabul qilish, poraxoʻrlikning barcha sohalar qatori taʼlimda ham tarqalishiga hissa qoʻshish kabi ishlarning halollik, rostgoʻylik, adolatni oʻrgatishi lozim boʻlgan “oʻqituvchi”, “muallim”dan sodir boʻlishi oʻsha oʻqituvchining oʻz ishiga ahl emasligiga, omonat zoye boʻlayotganiga dalil emasmi?!

Oʻqishga kirish uchun, sessiyani yopish uchun, imtihondan oʻtish uchun, diplomni yozish uchun pul toʻlagan “talaba” ertaga bu yurt uchun nima qilib beradi?! Hamma narsani pul bilan hal etishga oʻrgangan kimsadan nima kutish mumkin?!

Oʻqituvchilarning hammasi poraxoʻr emas, orasida oʻqimasa baho qoʻymaydigan, har qancha pulga sotilmaydigan, vazirning bolasi boʻlsa ham oʻqimasa qattiq turadigan ustozlar yoʻq emas. Ammo “oʻqituvchi” niqobida taʼlim sohasida adashib yurganlar ham koʻp. Oʻshalar shu yurt farzandlarini aldoqchilikka, dangasalikka, poraga, xiyonatga oʻrgatmayaptimi?! Oʻqituvchi ziyoli deyiladi. Qani oʻshandoq toifadagilardagi ziyo?! Oʻshalar yoshlarni zulmatga tortmayaptimi?!

Har bir inson “Alloh taolo meni koʻrib turibdi, pora olganimga, yoshlarning ongi buzilishiga, iqtidorli yigit oʻqishga kirolmaganiga sabab boʻlganim uchun, bolamga poraga olgan pulga sotib olgan nonimni yedirganim uchun javob beraman” degan his bilan yashamas ekan, bunday gunohlar, jinoyatlar toʻxtamaydi. Vallohu aʼlam.

"Mushtum"

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍14
❗️TORTIQ

Dalani kezarkan itlar galasi,
Itvachcha bir ilik oldi-ku topib.
Bir lahza oʻylanib, soʻngra shahd ila
Itlar gʻuj tomonga ketdi u, chopib...

Yugurib borarkan, nafi tegar, deb,
Yoʻlini itboshi qoshiga soldi.
Onasi oʻgʻiltoy qiligʻin koʻrib,
Ortidan yugurdi - “hay-hay”lab qoldi.

Itvachcha ketardi orzular qilib,
Ertaga kelajak davru davronni.
Balki, tortiq sabab mavqei oshar,
Kim orzu qilmagan shavkatni-shonni?

U eltib suyakni toʻdaboshiga,
Dedi:
- Qoʻllang meni, mana shuni yeb!
U qaytgach, onasi urdi boshiga:
“Sen hech it boʻlmading - odamfeʼlsan”- deb...

Bahrillo IXTIYOROV,
Samarqand viloyati.


🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍16🤣7👎1
❗️Yer aholisi 28-mart kuni sayyoralar paradini kuzatishi mumkin

Bu safar Yupiter, Merkuriy, Venera, Uran va Mars bir safga tiziladi

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍14👎1
🤣21👍5👏1
❗️21-mart - Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla ORIPOV tavallud topgan kun

HAYOT DARSLARIDAN

Odamzot qavmiga kirmas yotlarni
Tagʻin taklif etib, davrangga qoʻshma.
Bu ikki oyoqli manfur zotlarni
Koʻp ham erkalatma, oldiga tushma.

Koʻzida maʼno yoʻq, maymunga oʻxshash
Kas ular, oʻtkazma uying toʻriga.
Magar manfaati kelmasa toʻqnash,
Gʻisht qalab ketadi otang goʻriga.

Abdulla ORIPOV


🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍17🔥3