Talaba.uz | Ta'lim portali
5.46K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️Ayrim telegram kanallari yoki guruhlarida 2024-yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan Pedagog kadrlar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari o‘tkazilishi muddatlari to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatilmoqda.

❗️Pedagoglardan mazkur xabarlarga e’tibor bermasliklarini so‘rab qolamiz, zero, bu sanalar o‘tgan yoki undan oldingi yillarda test sinovlari o‘tkazilgan sanalar ekanligini ma’lum qilamiz!

❗️Pedagog kadrlar attestatsiyasi to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar vakolatli vazirliklarning (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi) rasmiy manbalarda e’lon qilinishini eslatib o‘tmoqchimiz!

❗️Shuningdek, yangi tartibga ko‘ra attestatsiya to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar, shu jumladan test sinovlarining o‘tkazilish muddatlari pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga SMS xabar yuborish orqali ma’lum qilinadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Yomg‘ir ostida.. xohlaganingizni xohlaganingizcha so‘rang. Yomg‘ir tomchilab turganda qilingan duo mustajobdir.

Mubashshir Ahmad

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari Prezidentga murojaat bilan chiqdi

Talabalar instut rahbariyatidan norozi bo'lib, prezidentga video murojaat qilishga majbur bo'lishgan.

Agar muammo bartaraf etilmasa, talabalar yana bir yil sarson bo'lib, o'qishi aytilmoqda...

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️​​Talaba farzandli bo‘lganida unga OTM tomonidan bir martalik suyunchi puli beriladi

➖ Talaba oliy ta’lim muassasasiga arizani bola tug‘ilgan kunidan boshlab olti oydan kechiktirmay taqdim etadi va unga rahbariyat tomonidan belgilangan nafaqa pulini 10 kundan kechiktirmay to‘lab berish majburiy hisoblanadi. Hozirgi kunda nafaqa puli miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 70,3 foizini tashkil etadi.

❗️2023-yil 1-dekabrdan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 1 050 000 so‘m etib belgilangan.

Kerakli hujjatlar:
➖ OTM rektori nomiga ariza
➖ Pasport nusxasi
➖ Tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Ijarada yashaydigan talabalarga dudburon, gaz uskunalarini tekshirish va sozlash xizmati bepul ko‘rsatiladi

Poytaxtimizdagi “Turkiston” san’at saroyida oliy ta’lim muassasalari birinchi prorektorlari, tyutorlar, Toshkent shahar FVB, IIV va “Hududgazta’minot” AJ mas’ullari ishtirokida talabalar orasida is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirda dastlab ijara va yaqin qarindoshlari xonadonlarida istiqomat qilib, tahsil olayotgan talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish, yoshlar orasida huquqbuzarlik va  jinoyatchilikni kamaytirish hamda is gazi bilan bog‘liq bo‘lgan baxtsiz holatlarning oldini olish, shuningdek, yong‘in xavfsizligini ta’minlash yuzasidan soha mutaxassislari tomonidan tushunchalar berildi.

So‘ng yig‘ilganlarga talabalar yashayotgan ijara xonadonlarining holati, xavfsizligi ta’minlash va talaba-yoshlar orasida is gazidan zaharlanish, yong‘in xavfsizligini oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borishning muhimligi tushuntirilib, tizimdagi mavjud muammo, ularni ijobiy hal qilish yuzasidan fikr almashildi. Tyutorlar tomonidan bildirilgan takliflar soha mutaxassislari ishtirokida muhokama qilindi.

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Muxtor Muhiddinov imtiyoz sifatida ijarada yashaydigan talabalarga dudburon, gaz uskunalarini sozlash va tekshirish bo‘yicha Yong‘inga qarshi kurashish jamiyati va “Hududgazta’minot” tomonidan bepul xizmat ko‘rsatilishini ta’kidladi.

Edu.uz

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Rasman: bu yil ham maksimal ball 189 bo'ladi

🔰Oliy ta’lim vazirligining tegishli buyrug‘i bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).

💬Unga ko‘ra:

◀️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

🔸 Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;
🔹 Matematika x 10 ta;
♦️ O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

➡️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➡️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.

🟩Umumiy 2024/2025-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi ota-onalarning farzandlari oldidagi eng katta burchi bu ta’limdir. Besh-o‘n yildan keyin "yo‘qotilgan avlod" ulg‘aygach ular orasida sizning farzandingiz bilimi, farosati va qobiliyati bilan ajralib turadi.

Said Komil Muhammad Karim

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Pedagogning maqomi to’g’risida.pdf
5.7 MB
❗️Vanihoyat pedagoglar uzoq kutayotgan qonun imzolandi

Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-fevral kuni “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi.

Qonun bilan pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq to‘lash, rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilandi.

❌ Jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:

➖ pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish;

➖ pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo‘lmagan hisobotlarni va boshqa maʼlumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi taʼminlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;

➖ pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag‘ ushlab qolish.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
#tayinlov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Sharipov Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

Bundan ilgariroq Q.Sharipov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan maʼqullangan edi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚠️ Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri oldiga professional va oliy ta'limda keskin o'zgarish qilish vazifasi qo'yildi.

Prezident raisligida ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi. Davlatimiz rahbari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga ham e’tiroz bildirdi.

Professional ta’lim uchun mas’ul idoralar ko‘payib ketgani uchun tizim rivojlanmayapti. Ish beruvchilar va texnikumlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarur.

Oliy ta’limda qamrov keskin oshdi, sohaga xususiy sektor kirib keldi. Lekin sifatga yetarli e’tibor qaratilmayapti.

Masalan, talabalarning mustaqil ishlashi uchun muhit barcha oliygohlarda ham birdek namunali tashkil etilmagan. Aksariyat kollej va texnikumlar ham, oliygohlar ham ish beruvchilar talabi bilan hisoblashmaydi. Ayrimlarida darslik va adabiyotlar yetishmaydi, bori ham bugungi talablarga javob bermaydi.

Ilm-fan va innovatsiyalarga yetti yilda 6 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratildi. Lekin ilm-fanda “xarajat – tadqiqot – mahsulot” degan formula ishlamayotgani qayd etildi.

Umuman, ayrim rektorlarda tashabbus, intilish, fidoyilik yetishmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar bo‘yicha yangi vazir tayinlanib, uning oldiga professional va oliy ta’limda keskin o‘zgarish qilish vazifasi qo‘yildi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ustozim bir bemorni obdon tekshirib qattiq o‘ylanib qoldi. Sekin qulog‘iga:
--👶Ustoz bemorni kasali jiddiymi?
--👨‍🍳Umuman soppa sog‘ ekan.
--👶Nega bezovtasiz unda?
--👨‍🍳Bemor juda boy odam ekan.


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Ushbu suratni muzey xodimi olgan. Demak dunyomiz bilan nimadir bo‘ldi...

Ixtiyor Esonov

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
💬Yangi tashkil etilayotgan O'zbekiston iqtisodiyot universiteti rektori lavozimiga Teshabayev To'lqin Zakirovich tayinlandi.

Ushbu universitet tarkibida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti hamda Fiskal instituti bo'ladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Uzoqdan suv tashimagan inson, toʻkilgan tomchilarni qadrini bilmaydi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Shu rasmni xato ishlashibdi. Kelajakda, qanday qilib, Xitoy ta’siriga tushib qolganinglarni bilmagansizlar deyishsa, arablashma, forslashma deb, dushman qanday yutib yuborganini bilmay qolibmiz demasak bo‘ldi.

Erkin Vohidov "So‘z latofati" kitobida bizning tilimiz arab, fors bilan bilan boyigan degan. Bu kamchilik emas, ustunligimiz.
Ma’lumot uchun, xududimizdagi tarixiy So‘g‘diy tili (Forsiy guruxga kiradigan til) bo‘lgan. Oltoydan Turkiylar kelishgandan keyin assimilatsiya bo‘lgan.

Fors, Arab, Turkiy lar yonma yon yashab ijod qilib kelishgan. Shunday tilimiz rivojlangan. Xozir ingliz xalqaro til. O‘zim rus ma’lumotlaridan ko‘p foydalanaman. Rus tilini xam butunlay chopishga qarshiman. Til evolyusion rivojlanadi, mana bunday gaplashish kerak deyilmaydi. O‘zbekcha lug‘atlar ko‘paytirish kerak, lekin boshqa tillardan ajratib, sun’iy til yaratish kerak emas.

Oltoyda qolgan turkiylar, Tuva turklaridan ma’daniyatda xam, boshqa soxalarda xam, xar taraflama ustunligimiz bor.

Tarixdan tilni ajratib yangi yozuv joriy qilish usha xalqlarni boshqarish oson bo‘lish uchun qilingan.

Xojiakbar Rajab

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❌Lisenziyasi bekor qilingan universitetlar ro‘yhati bilan tanishing!

1. Valley innovative university;

2. Turkiston yangi innovatsiyalar
universiteti

3. Toshkent texnologiyalar universiteti

4. Namangan halqaro universiteti;

5. Urganch shaxridagi Binary xalqaro universiteti.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
#o‘qishni_ko‘chirish #natija

⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi OTMlarga uzrli sabablarga asosan o‘qishni ko‘chirishga tavsiya etilganlar ro‘yxati tasdiqlandi

Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga 2023/2024-o‘quv yili bahorgi semestrida o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati yuborildi.

Ushbu ro‘yxatdagi OTMlarga o‘qishi ko‘chirilishini so‘rab murojaat qilgan talabalar oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashish (bog‘lanish)lari so‘raladi.

Ma’lumot o‘rnida, amaldagi tartibga ko‘ra talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Bugun Andijon farzandi shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevralda tavallud topgan.

Har kimki, vafo qilsa, vafo topqusidir,
Har kimki, jafo qilsa, jafo topqusidir,
Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonliq hargiz,
Har kimki, yomon bo‘lsa, jazo topqusidir.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi