Talaba.uz | Ta'lim portali
5.46K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
#RASMAN

2024-YIL Yoshlar va biznesni qo'llab quvvatlash yili e'lon qilindi
Oʻzbeklarga nima boʻlyapti?

Borgan sari gunoh to‘lyapti,
Holimizga hamma kulyapti,
Butun dunyo turibdi hayron,
O‘zbeklarga nima bo‘lyapti?

Bir paytlari muallim bo‘lgan,
Yetmish minglab hadislar bilgan,
Buxoriyni tarbiya qilgan,
O‘zbeklarga nima bo‘lyapti?

To‘g‘ri yo‘lni kulib ko‘rsatgan,
Haqiqatning o‘rnin o‘rnatgan
Navoiyga harf o‘rgatgan,
O‘zbeklarga nima bo‘lyapti?

Tinmas ko‘cha-kuyda yallalar,
Qayda qoldi go‘zal pallalar?
Termiziyga aytgan allalar,
O‘zbeklarga nima bo‘lyapti?

Elim sochgan davri hurlikda,
Bugun esa tamom xo‘rlikda,
Peshqadamdir poraxo‘rlikda,
O‘zbeklarga nima bo‘lyapti?

Sulton bo‘lgan, yurak qo‘lida,
Hukm qilgan saroy to‘rida,
Xizmat qilar Qozoq yerida,
O‘zbeklarga nima bo‘lyapti?

Zahar isi kelar bolidan,
Haromi ko‘p topgan molidan,
Turkman, hatto, kular holidan,
O‘zbeklarga nima bo‘lyapti?

Yigitlari topib "dugona"
Xohlaganda qilar jonona,
Qizlariga hayo begona,
O‘zbeklarga nima bo‘lyapti?

Shoirlari mansab talashar,
Peshvolarni maqtab talashar,
Mo‘minlari mazhab talashar,
O‘zbeklarga nima bo‘lyapti?

Otilgandek misli palaxmon,
Vatangado holida hamon,
Rus yerida xor-u sargardon,
O‘zbeklarga nima bo‘lyapti?

Farzlariga amal qilmaydi,
Sunnatlarni pisand ilmaydi,
Haqqin talab qilish bilmaydi,
O‘zbeklarga nima bo‘lyapti?

Bugun hayron Ibn Sinolar,
Mavloni o‘tkazib dunyolar,
Topolmas qalbiga davolar,
O‘zbeklarga nima bo‘lyapti?

Mo‘minligi davodan tashkil,
Hayoti kayf-safodan tashkil,
Ehsonlari riyodan tashkil,
O‘zbeklarga nima bo‘lyapti?

Qodiriyni sotgani yetmay,
Behbudiyni otgani yetmay,
Bugun qo‘ymas yaxshini tutmay,
O‘zbeklarga nima bo‘lyapti?

Yoqmas birov haq so‘z gapirsa,
Tag‘in haqni izlab lof ursa,
Din, - degan "din" so‘zin tupursa,
O‘zbeklarga nima bo‘lyapti?

Chetdan kelgan har qanday odam,
Hayron bo‘lar tashlasa qadam,
Hamma uchun tunda yoqqan sham,
O‘zbeklarga nima bo‘lyapti?

Qayon borsam, xalqim qilar to‘y,
Mijozicha aytilgandek – qo‘y,
Xayrulloni o‘ylatar bir o‘y,
O‘zbeklarga nima bo‘lyapti?

© Xayrulla Hamidov

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️ Talabalar huquqi: talabani sinov bilan ishga olish toʻgʻrimi?

Mehnat kodeksining 84-modasiga koʻra, homilador ayollar, uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar, korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining hamda oliy oʻquv yurtlarining tegishli taʼlim muassasasini tamomlagan kundan eʼtiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilari ishga qabul qilinganda, shuningdek xodimlar bilan olti oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilib, ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi.

Agar yuqoridagi talablarga tushmasangiz, sizga dastlabki sinov qoʻllanilishi mumkin.

Diqqat! Aksariyat ishga kirmoqchi boʻlgan talabalar (bakalavr, magistrlar) oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining hamda oliy oʻquv yurtlarining tegishli taʼlim muassasasini tamomlagan kundan eʼtiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilar hisoblanishadi hamda ularga dastlabki sinov qoʻllanilmaydi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Dam olish kimlarga qachondan tugaydi?

O'zbekistonliklarga dam olish kuni bugun tugab, ertadan ish kuni boshlanadi.

OTM talabalariga va kollej, litsey, texnikum o'quvchilariga 7-yanvar dam olish tugab, 8-yanvardan o'qish kuni boshlanadi.

Maktab o'quvchilariga esa 10-yanvar kuni dam olish tugab, 11-yanvardan o'qish boshlanadi.

Yotoqxonalar qachondan ochiladi?

Yotoqxona qachondan ochilishini o'zingiz ta'lim olayotgan OTMdan yoki tyutorlaringizdan so'raganingiz maqsadga muvofiq bo'ladi. Sababi hammada har xil vaziyat, qaysidir OTMlarda 5dan, qaysidir OTMlardan 3dan, yana qaysidir OTMlarda 6-7-yanvardan ochilishi mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Shunday(mi?).

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
OTA-ONAM

Yonimga kelishgan edi tunov kun,
Qarasam, ikkisi ancha xoribdi.
Mahzun ko‘zlaridan sezib qoldim men,
Otam ham, onam ham birdek qaribdi!

Dardlarim ko‘p edi serob, to‘kinli,
Dardlarki, yurakka qadar boribdi.
O‘rtadan bo‘lishib olgan, shekilli,
Otam ham, onam ham birdek qaribdi!

Ko‘zda yosh yiltillar nogoh kularkan,
Anordek yuzlarni ajin yoribdi.
Yolg‘iz o‘g‘il dardi og‘ir bo‘larkan,
Otam ham, onam ham birdek qaribdi!

Qarilik dardini berkitolmas zeb,
Atrofdan serjilo yoshlik aribdi.
Tavba, bir-biridan qolishmayin deb,
Otam ham, onam ham birdek qaribdi!

Yillarni yamlaydi bittagina g‘am,
Bitta dard sochlarga qorlar qoribdi.
Besh kunlik ekan-da dunyo rostan ham -
Otam ham, onam ham birdek qaribdi!

... Yonimga kelishgan edi tunov kun,
Boqsam, bus-butunlay soch oqaribdi.
Nogoh bir qo‘rqinchdan cho‘chib ketdim men -
Otam ham, onam ham birdek qaribdi!

Xayrulla Hamidov

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Mahrum bo‘lmoq va bebahra qolmoq

Mazkur ikki so‘z ham nimaningdir yo‘qligini anglatsa-da, orasida farq bor.

Mahrum bo‘lmoq — o‘zingizda bor yoki sizning haqqingiz bo‘lgan narsadan ayrilmoq o‘rnida ishlatiladi.

Qilgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etildi.

Avval ozodlikka ega edi.

Bebahra qolmoq — ega chiqa olmay qolish. Bu so‘z o‘zida yo‘q narsani qo‘lga kirita olmaslik o‘rinlarida ishlatiladi.

Uxlab qolgani uchun janozada ishtirok etish savobidan bebahra qoldi.

Oldin ham unda bu janozada ishtirok etish savobi yo‘q edi.

G'iyosiddin Yusuf

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O’qimasang odam bo’lmaysan!

Abdulaziz Muhammad

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
O‘n besh yil oldin sinf doskasi taxta bo‘lgan, o‘quvchi esa aqlli. Hozirda esa doska aqlli bo‘ldi, o‘quvchi esa taxta!

Mubashshir Ahmad

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️Buxoroda universitet xodimi o‘zini otib qo‘ydi

10-yanvar kuni soat 16:20 da Buxoro davlat universiteti talabalar turar joyi qozonxonasi ishchisi o‘zini otib qo‘ydi va voqea joyida vafot etdi. Holat TTJga yaqin hududda sodir bo‘lgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Kecha atir olaman deb mall ga bordim. Aylanib yurib, BOSS do‘koniga kirdim

Birinchi bir pidjak e’tiborimni tortdi. Sifatli narsa ekanligi bilinib turardi…

Keyin mahsulotlarni ko‘zdan kechira boshladim, ajoyib bir krassofka turgan ekan. Bir qarashdan, brend mahsulot ajralib turishini his qilish qiyin emas. Balkim, manda shundaydir, bilmadim.

Krassofkani qo‘limga olib ko‘zdan kechira boshladim. Ichidagi yorlig‘ini o‘qidim.

100% recycle plastic bottle deb yozib qo‘yibdi…
100% plastic (baklajkadan) qayta ishlangan.

Hayron qoldim. Birinchi marta ko‘rib turganim uchun, bo‘lib ham o‘z mavqeini bozorda ushlab turgan brend uchun.

Kechadan beri shuni o‘ylab, bugun internetda ozgina o‘qidim. Birinchi plastik baklajkalarni qayta ishlab oyoq kiyim qilishni adidas kompanyasi 2015-yil yo‘lga qo‘ygan ekan.

9 ta baklajkadan bitta futbolka, 11 dona baklajkadan, bir juft oyoq kiyim chiqar ekan…

Bu dunyoda bo‘layotgan o‘zgarishlar, bizda esa, 2024-yil biznesni rivojlantirish va biznesni “rivojlantirish” yili…

Shoxruh Mirzo

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Universitetda olgan bilimlarim to‘g‘risi esimda yo‘q, lekin pora berishni o‘rgatganlari yaqqol esimda, la’nati soxta olimlar.

Ixtiyor Esonov tarixchi

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
14 - yanvar Vatan himoyachilari kuni!

Bugungi bayram bilan barcha yigitlarimizni va Vatan oldidagi xizmat burchini o'tayotgan askarlarimizni (qiz va yigit) chin qalbimizdan tabriklaymiz.

Kecha-yu kunduz tinchligimiz uchun jon kuydirib xizmat qilayotgan Vatan himoyachilarimizning umri uzoq bo'lsin✊ Rahmat sizlarga. Bayram muborak...

Armiyaga bormaganlar borib kelsin😉

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi

ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
🎯 Covid paytida, odamlar masofa saqlashi asossiz bo‘lib chiqdi.

AQSH bosh infeksionisti buni tan oldi. Virus yuqishi bu jarayonda kamayib qolmas edi dedi.

Bundan tashqari, Covidga qarshi vaksinalar, Yurak yetishmovchiligini keltirib chiqarishi yashirilgani aytilmoqda.

Covidni labaratoriyadan chiqqani haqidagi xujjatlar ham tez orada oshkor bo‘ladi deb aytiladi, jurnalistlar surishtiruvida.

📮 Amerika va shunaqa rivojlangan mamlakatlarda, o‘tib ketgan narsani ham qattiq tekshirib, jinoyatchilar ushlanadi, xulosalar qilinadi.

O‘zbekistonda odamlar va hukumatni xotirasi qisqa. Bir nima qilib odamlar esdan chiqsa, marra ularniki.

Rivojlanish shuning uchun ham yo‘q.

Doktor Abdulaziz Akramov

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️ Yosh talaba bolalar ombudsmaniga turmushga chiqishga majburlanayotganidan shikoyat qildi, unga himoya orderi berildi

Shahrisabzda 17 yoshli talaba-qiz turmushga chiqishga majburlandi. U bolalar ombudsmaniga murojaat qilib, avval o‘qishini tugatmoqchi ekani sababli yordam so‘ragan. Qizga himoya orderi berilgan, ota-onasi esa majburiy nikoh uchun javobgarlik borligidan ogohlantirilgan.

Shahrisabz shahrida yashovchi M.M. bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaga universitetda birinchi kursda o‘qiyotgani va o‘qishini davom ettirmoqchi ekanini aytgan. Ammo bir necha yildan buyon tanishi bo‘lgan O.B. ismli yigit uni turmushga chiqishga undab, turli bosimlar o‘tkazib keladi. Yigit va qizning ota-onalari esa qizdan rozilik so‘ramay, unashtiruv marosimini o‘tkazgan.

Vaziyat nazoratga olinib, ichki ishlar organlari va prokuratura xodimlari tomonidan o‘rganildi. Talaba-qizga himoya orderi berilgan va uning xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘rilgan.

Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47−3-moddasiga (Nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish) ko‘ra, ushbu huquqbuzarlik BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilganlik uchun esa Jinoyat kodeksining 136-moddasiga ko‘ra, jarima, ahloq tuzatish ishlari, 3 yilgacha ozodlikdan cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazolari belgilangan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️ Davlat tashkilotlari rahbarlari o‘zlariga asossiz ravishda mukofotlar yozib kelayotgani bilan bog‘liq holatlar tekshiriladi

O‘tgan yili byudjetdan 1,2 trillion so‘mlik noqonuniy xarajat hamda 200 milliard so‘mlik kamomad va o‘g‘riliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.

Jumladan: Jizzax politexnika institutida haqiqatda ishlamagan 110 nafar fuqaroga, qariyb 10 milliard so‘m ish haqi hisoblab, noqonuniy o‘zlashtirilgan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Pinhona berguvchi qo‘llar, qayerdasiz?

TOJIBOYEVA GULNOZA 8 yoshda. 1-guruh nogironi. Qizaloq oqqon kasali bilan muntazam davolanib kelmoqda.

Karta raqami (Uzcard):
Mikrokreditbank
8600050424878447
Suyunov Akmal

☎️ +998991740486

Bolakay sog‘ayib ketishi uchun uning ota-onasi saxovatpesha insonlarning yordamiga muhtoj.
Dori-darmonlar narxi oila uchun ancha qimmatlik qilayapti.

Ehsonning mukofoti, faqat ehsondir.

(Rohman, 60)
❓ Bilasizmi?

Bitiruvchi talaba yakuniy davlat attestatsiyasi sinovi shaklini tanlash huquqiga ega


Amaldagi tartibga ko‘ra, yakuniy davlat attestatsiyasini majburiy fanlardan (fanlararo) yakuniy davlat attestatsiya sinovi yoki diplom loyihasi himoyasi yoxud bitiruv malakaviy ishi (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi shaklida o‘tkazilishi bitiruvchilarning iqtidori, xohishi va ta’lim xususiyatidan kelib chiqqan holda oliy ta’lim muassasasi Kengashi qarori bilan belgilanadi.

Ⓜ️ Edu.uz

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
My first Pilaf in Uzbekistan 🇺🇿❤️

👤 Daud Kim

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi