Talaba.uz | Ta'lim portali
5.46K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
⚡️ 5-iyundan oliy va professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish istagidagi abituriyentlar uchun qabul boshlanadi (kasb-hunar maktabi bundan mustasno)

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori maslahatchisi Zohid Shakarov maʼlum qildi.

💬 Oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi.

Davlat OTMlari bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi.

🔄 1-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytida onlayn roʻyxatdan oʻtadi hamda quyidagilarni tanlaydi:

🔸 Faqat test sinovida ishtirok etsa:

✔️ fanlar majmuasi;
✔️ taʼlim tili;
✔️ test topshirish hududi.

↪️ Alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlarida oʻqish istagini bildirsa (ijodiy imtihon) topshirsa:

✔️ taʼlim tili;
✔️ test topshirish hududi;
✔️ alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishi;
✔️ kasbiy (ijodiy) imtihonni topshiriladigan davlat OTM.

🔄 2-bosqichda abituriyentlar test sinovlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davomida my.uzbmb.uz sayti orqali quyidagilarni tanlaydi:

✔️ oliy taʼlim muassasasi;
✔️ bakalavriat taʼlim yoʻnalishi;
✔️ taʼlim shakli;
✔️ tanlov ustuvorligi.

🗣 Abituriyentning test sinovida toʻplagan ballari imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani boʻyicha tanlov natijasi qabul jarayonining 2-bosqichi toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

⚡️ Kollej va texnikumlarda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar OTMlariga qabulning yakuniy natijasi eʼlon qilinganidan soʻng 10 kun muddatda quyidagilarni tanlaydi:

✔️ kollej va (yoki) texnikum;
✔️ kasb va mutaxassislik;
✔️ taʼlim shakli.

🗣 Natijasi bir hafta muddatda Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

⚡️ Fuqarolar oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan Agentlikning 1195 ishonch telefoniga murojaat qilishlari mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ilk bor Oʻzbekistonning 2 ta oliygohi dunyoning eng nufuzli universitetlari TOP-1000 taligidan o‘rin egalladi

Bugun, 5-iyun kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli “QS Quacquarelli Symonds” xalqaro reyting agentligi dunyodagi eng yaxshi universitetlar reytingi – “QS World University Rankings-2025” natijalarini eʼlon qildi.

Reytingdan birinchi marta Oʻzbekistonning birdaniga ikki oliy taʼlim muassasasi – “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 547-oʻrin hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti 781–790-oʻrin bilan munosib joy egalladi.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Akademik nufuz” koʻrsatkichi boʻyicha dunyoning eng yaxshi 300 ta oliy oʻquv yurtlari qatoriga va Markaziy Osiyodagi eng yaxshi universitetlar uchligiga kirdi.

Oʻzbekiston milliy universiteti “Chet ellik oʻqituvchilar ulushi” koʻrsatkichi boʻyicha dunyoning 200 ta eng yaxshi universitetlari qatorida boʻlib, Markaziy Osiyo oliy oʻquv yurtlari orasida ikkinchi oʻrinni qayd etdi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi

✔️ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

📱 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.

📆 Ro‘yxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

📹 Yuqoridagi videoqo‘llanma orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rasmiy munosabat

📢 Ijtimoiy tarmoqlarda roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar joriy yil bitiruvchisi sifatida qayd etilayotgani toʻgʻrisida maʼlumotlar eʼlon qilinmoqda.

👨🏻‍🎓 Haqiqatan ham oliy va professional taʼlim muassasalariga abituriyentlarni roʻyxatga olish ochilgandan soʻng dastlab roʻyxatdan oʻtgan 623 nafar abituriyentda shunday holat kuzatilgan.

📱 Ushbu holat joriy yil bitiruvchilarining maʼlumotlari taʼlim vazirliklaridan real vaqt rejimida olinishi bilan bogʻliq boʻlib, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining axborot tizimiga soʻrov yuborilganda, barchaga bir xil tarzda 2024-yilda Buxoro davlat universiteti Qorako‘l akademik litseyini tamomlagani toʻgʻrisida maʼlumot qaytarilgan.

✅ Mazkur holat Bilimni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan qisqa vaqt ichida aniqlanib, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining mutaxassislariga bogʻlangan holda bartaraf etildi.

❕ Maʼlumot uchun, umumtaʼlim maktablarining joriy yil bitiruvchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, kasb-hunar maktablari va akademik litseylarning joriy yil bitiruvchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining axborot tizimlaridan integratsiya orqali real vaqt rejimida olinadi.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr soʻraymiz.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Abituriyentlarga umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat bo‘yicha ball berish tartibi

✅ Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga asosan abituriyentlarga berilgan sertifikatga muvofiq mutaxassislik fanidan maksimal yoki tabaqalashtirilgan (proporsional), majburiy fanlardan esa maksimal ball berilishi belgilangan. Bunda:

❗️ 2024-yil 1-martgacha berilgan sertifikatlarga (sertifikatning amal qilish muddati doirasida):

🔠 Sertifikat bali 86 va undan yuqori ball bo‘lganda abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

🔠 Sertifikat bali 60 balldan 86 ballgacha bo‘lganda abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi. 

🔔 Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

❗️ 2024-yil 1-martdan keyin berilgan sertifikatlarga (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq):

🔠 A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

🔠 B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

🔔 Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Abituriyent ro‘yxatdan o‘tgach telefon raqamini yo‘qotib qo‘ysa, nima bo‘ladi?

📱 Masalan, bugun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyent ertasiga telefon raqamini yo‘qotib qo‘ysa, unda u Bilimlarni baholash agentligining hududiy bo‘limlariga murojaat qilishi kerak.

Uning abituriyent ekaniga ishongan agentlik xodimi telefon raqamini o‘zgartirib beradi. Bunday holatda abituriyentning o‘zi raqamni o‘zgartira olmaydi.

Lekin qabul boshlanishidan oldinroq agentlik saytida ro'yxatdan o'tgan raqami yo'qolsa, uning o'rniga yangi raqam bilan ro'yxatdan o'taversa bo'ladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Turkiyada doktorantura uchun oʻzbekistonliklarga stipendiyalar taʼsis etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Turkiya Respublikasiga oliy darajadagi tashrifi doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipovni Turkiya Oliy taʼlim kengashi raisi Erol Oʻzvar qabul qildi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb va istiqbolli yoʻnalishlari xususida fikr almashildi.

Turkiya Oliy taʼlim kengashi raisi Erol Oʻzvar oʻzbekistonlik yosh tadqiqotchilar uchun Turkiya universitetlarining doktorantura bosqichida tahsil olishga stipendiyalar ajratilishi joriy yildan yoʻlga qoʻyilishini maʼlum qildi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 2000 ta Grant uchun ariza berishni oxirigi kun! Qizlar ulgurib qoling

— Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida ajratiladigan o‘rinlar uchun tavsiyanoma olish maqsadida talabgorlardan arizalar 30-maydan 8-iyunga qadar https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

🔎 Tavsiyanoma kimlarga beriladi?

• Kam ta’minlangan oila farzandi bo'lgan qizlarga;
• Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila qizlariga;
• Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga;
• 14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlariga;
• Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlarga;
• Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga.


🔎 Tavsiyanoma egalariga qachon yetkaziladi?

Arizalar 10-iyungacha ko‘rib chiqiladi va 14-iyungacha elektron shaklda tayyor qilinadi. 15-iyungacha tavsiyanomaga loyiq ko‘rilgan hamma talabgorga o‘z tavsiyanomasi yetkaziladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javoblar

❔ SAVOL: Agar abituriyentlarda chet tili yoki umumta’lim fanidan milliy sertifikat mavjud bo‘lsa, sertifikat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni dasturga kiritish talab etiladimi?

💡 JAVOB: Abituriyentlarda chet tili yoki umumta’lim fanidan milliy sertifikat mavjud bo‘lsa, sertifikat to‘g‘risidagi ma’lumotlar abituriyentlarning shaxsiy kabinetida avtomatik tarzda aks etadi. Mazkur sertifikatlarni dasturga kiritish talab etilmaydi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javoblar

❔ SAVOL: Agar abituriyentda xalqaro sertifikat mavjud bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tishda sertifikat ma’lumotlarini dasturga
(my.uzbmb.uz saytiga) kiritish talab etiladimi?

💡 JAVOB: Agar abituriyentda xalqaro sertifikat mavjud bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tishda sertifikat ma’lumotlarini dasturga
(my.uzbmb.uz saytiga) kiritishi lozim.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javoblar

❔ O‘tgan yilgi savollar bu yil takrorlanishi mumkinmi?

📚 Test sinovlari bir kunda ikki smenada bo‘lib o‘tadi. Birinchi smenada tushgan test variantlari ikkinchi smenada takrorlanmaydi.

🗂 Test sinovlari 15 kun davomida 2 smenada bo‘lib o‘tadigan bo‘lsa, har bir smena uchun tegishli fanlar bo‘yicha alohida test topshiriqlari bazasi shakllantiriladi.

📌 Bunda test variantlarining teng kuchliligi ta’minlanadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Imtihonga yaxshi tayyorlanish uchun 5 ta usul

📌 Qabul boshlanishiga ham kam qoldi, kirish imtihonlari ham yaqinlashyapti. Ko‘proq narsa o‘qib o‘zlashtirishga shoshilayotgan bo‘lsangiz kerak. Unda bu post sizga yordam beradi.

⌛ O‘qish uchun yetarli vaqt ajratish lozim. Qancha dars tayyorlash, qancha dam olish samarali bo‘lyapti? O‘zingiz uchun belgilab oling.

🪑 Dars qilish uchun qulay sharoit qiling. Siz dars qiladigan xona qorong‘u emasmi? O‘tiradigan stulingiz sizga qulaymi? Hamma narsa siz uchun qulay bo‘lsin.

📊 Diagramma va turli vizual shaklli usullar yordamida bilimingizni mustahkamlashga harakat qiling.

📝 Sinov imtihonlarida qatnashib ko‘ring. Sababi undagi savollar formati asosiy imtihondagiga o‘xshash bo‘lsa, qiyinchiliklaringizni kamaytiradi.

💬 Javobingizni boshqalarga tushuntirib bering. Masalan, nimaga testga bu javob tanlanganini og‘zaki aytib berish uni keyinchalik esdan chiqarmaslikka yordam beradi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙 Qurbon Hayitingiz bilan chin dildan tabriklaymiz!

Mustahkam sog'lik, pok niyatlar va ezguliklar yor bo'lsin. Qilgan xayrli amallaringiz yuz karra bo'lib ko'paysin!!!

https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️Abituriyentlarga umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat bo‘yicha ball qanday tartibda beriladi?
💬 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga asosan abituriyentlarga berilgan sertifikatga muvofiq mutaxassislik fanidan maksimal yoki tabaqalashtirilgan (proporsional), majburiy fanlardan esa maksimal ball berilishi belgilangan. Bunda:

❗️2024-yil 1-martgacha berilgan sertifikatlarga (sertifikatning amal qilish muddati doirasida):

🔄 Sertifikat bali 86 va undan yuqori ball bo‘lganda abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

🔄 Sertifikat bali 60 balldan 86 ballgacha bo‘lganda abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi. 

☑️Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

❗️2024-yil 1-martdan keyin berilgan sertifikatlarga (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq):

🔹 A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

🔹 B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

✔️ Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
⚡️ Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

2024/2025-o‘quv yili qabul jarayonlarida abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollariga tezkor javob berish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida “Call-center” xizmati yo‘lga qo‘yilgan.

Hududlar kesimida OTM “Call-center”lari 👉 BU YERDA

“Call-center” ish faoliyati:
dushanba-juma – 09:00-18:00
shanba – 09:00-17:00
yakshanba – dam olish kuni


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston 24” telekanalida Oliy talim fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi mas’ullari 2024-2025 o‘quv yili qabul jarayonlaridagi muhim o‘zgarish va yangiliklar haqida ma’lumot berdilar.

Yuqoridagi video orqali quyidagi savollarga javob topishingiz mumkin.


02:55 ➡️Kasbiy ijodiy imtihonlar bu yil qanday o‘tadi?

05:22 ➡️Chet tili imtihonlarida qanday o‘zgarish bor?

06:18 ↪️Kvotalar taqsimlanishi joriy yilda qanday amalga oshiriladi?

09:25 ➡️Joriy yilda talabalarga qanday qo‘shimcha imtiyozlar beriladi?

10:35 ➡️Ijtimoiy grant nima degani?

12:55 ↪️OTMga kira olmaganlar professional ta’lim tashkilotlariga qanday qabul qilinadi?

14:00 ↪️Davlat grantini bir o‘quv yili uchun ajratish jarayoni qanday amalga oshiriladi?

15:38➡️ Kirish imtihonlari qanday tartibda o‘tkaziladi?

16:58 ➡️Bu yil qancha abituriyent oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun hujjat topshirishi prognoz qilinmoqda?

17:35 ↪️Yoshlar qaysi sohalarda ko‘proq qiziqish bildiryapti?

18:30 ➡️Nima uchun abituriyentlar soni yildan yilgacha oshib bormoqda?

19:14 ➡️OTMlari va talabalar soni nechta?

22:10 ↪️O‘zbekiston OTMlarining QS reytingiga kirishining ahamiyati nimada?

25:40 ↪️Magistraturaga qabulda qanday o‘zgarishlar kiritildi?

27:03 ➡️Qabul jarayonida abituriyentlar nimalarga e’tibor qaratishi kerak?

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari maqbullashtirilib, ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi qayta tasdiqlandi.

👉 Yuklab olish

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 10 iyundan akademik litseylarga qabul boshlangan


💬 10-iyundan 2024/2025 oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish boshlangan.

📌 Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:

✔️3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;

✔️O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).

☝️ Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda:

▶️ oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak);

▶️ va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.

📍Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

📆Qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

* Qabul jarayonlari bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni akademik litseylarda tashkil etilgan “Call-center” raqamlari orqali olishingiz mumkin.

❗️ Maʼlumot uchun, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseylari uchun hujjatlar 20-iyundan https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Akademik litseylarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma


Ro‘yxatdan o‘tish my.edu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Kasb-hunar maktablari uchun qabul kvotalar tasdiqlandi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2024/2025 o‘quv yili uchun kasb-hunar maktablariga kunduzgi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 123 570 ta qabul parametri tasdiqlandi.

✔️Shundan:

▶️ Kunduzgi ta’lim shakli – 109 246 ta;
▶️ Dual ta’lim shakli – 14 324 ta.

💾 KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha kvotani yuklab olish👈

💾 DUAL ta’lim shakli bo‘yicha kvotani yuklab olish👈

Hujjatlar 1-iyuldan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) vazirlikning my.edu.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, kasb-hunar maktablarida o‘qish to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM