Talaba.uz | Ta'lim portali
5.46K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Talaba.uz | Ta'lim portali
Talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi Prezidentning 2024-yil 24-mayda “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra…
Chet tili ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy til sertifikati asosida amalga oshiriladi

2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

Edu.uz

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Taʼlim krediti olish uchun arizalarni my.gov.uz orqali topshirish imkoniyati yaratiladi

“Oliy va professional taʼlim tashkilotlari talabalari va oʻquvchilariga byudjet mablagʻlari hisobidan taʼlim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-82-son, 27.05.2024-y.) qabul qilindi.

Unga koʻra, 2024/2025-oʻquv yilidan oliy va professional taʼlim tashkilotlarining talaba va oʻquvchilariga taʼlim kreditlari quyidagilarni nazarda tutgan holda ajratiladi:

🔴oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchilarga ajratiladi;

🟣taʼlim krediti:

↪️oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdorida;

➡️oliy taʼlim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi “3” dan past boʻlgan taqdirda toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi.

❕Bundan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari mustasno.

✔️Bunda taʼlim krediti:

☑️OTM talabalari uchun – talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud boʻlganda;

▶️professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun – oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Professional taʼlim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimida mavjud boʻlganda ajratiladi.

🗓2024/2025-oʻquv yili boshlangungacha taʼlim krediti olish uchun arizalarni “Taʼlim krediti” axborot tizimi (taʼlim-krediti.mf.uz) va YAIDXP (my.gov.uz) orqali topshirish imkoniyati yaratiladi.

Edu.uz

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi


Akademiya Prezidentning “Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi  Qarori (PQ-197-son, 28.05.2024-y.) bilan Oliy sport mahorati instituti negizida tashkil etiladi.

Qarorga koʻra, quyidagilar 2025/2026-oʻquv yilidan Akademiya huzuriga oʻtkaziladi:

Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti;

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning tegishli filiallari.


Sport sohasida natijalari yuqori boʻlgan davlatlarning yetakchi oliy sport-taʼlim tashkilotlari tajribasi asosida zamonaviy kadrlarni tayyorlash Akademiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Akademiya tizimida davlat muassasasi shaklidagi Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tashkil etiladi.

Shuningdek, sportchilarga xorijiy tillar va Oʻzbekiston tarixini chuqurlashtirilgan holda oʻrgatish maqsadida Akademiya tuzilmasida Axborot-kutubxona markazini oʻz ichiga oluvchi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston tarixi va xorijiy tillarni oʻqitish markazi tashkil etiladi.

Edu.uz

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Akademiya bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplom beriladi

Qarorga koʻra, Akademiyada oʻquv jarayoni 2025/2026-oʻquv yilidan boshlanadi.

Akademiyaga talabalarni qabul qilish parametrlari Respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi doirasida belgilanadi.

Talabalar kontingenti olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida rivojlantirilayotgan sport turlari boʻyicha soʻnggi bir yilda Jahon, Osiyo va Oʻzbekiston chempionatlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan olimpiya va paralimpiya kollejlari, shuningdek, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarining bitiruvchilari orasidan ularning sport natijalariga qarab, saralash asosida shakllantiriladi.

Bunda, Olimpiya va paralimpiya kollejlaridan saralab olingan bitiruvchilar Akademiyaga toʻgʻridan toʻgʻri ikkinchi bosqichga qabul qilinadi.

Akademiya bitiruvchilariga Oʻzbekistonda oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan davlat namunasidagi diplom beriladi.

Akademiya talabalari sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq oʻtkaziladigan respublika musobaqalarida toʻgʻridan toʻgʻri ishtirok etadi.

Akademiya bitiruvchilariga trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun malaka sertifikati, istisno tariqasida, toʻgʻridan toʻgʻri 6 yilga beriladi.

Edu.uz

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
⚡️2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan boshlanadi

📌 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi.

📝 Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.

📆 Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.

✅ Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi.

2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar.

🖥 Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.

Edu.uz

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Nima sababdan “avval test, soʻng tanlov” tizimiga oʻtildi?

❓ Qachon rektorlarni jamoatchilik saylaydi?

❓ Taʼlim granti har yili qayta taqsimlansa, poraxoʻrlik avj olmaydimi?

❓ Nega sirtqi taʼlimdan voz kechilmoqda?

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: 2000 ta Grant uchun qizlarga tavsiyanoma berish boshlandi

— Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida ajratiladigan o‘rinlar uchun tavsiyanoma olish maqsadida talabgorlardan arizalar 30-maydan 8-iyunga qadar https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

❓Tavsiyanoma kimlarga beriladi?

• Kam ta’minlangan oila farzandi bo'lgan qizlarga;
• Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila qizlariga;
• Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga;
• 14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlariga;
• Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlarga;
• Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga.

❓ Tavsiyanoma egalariga qachon yetkaziladi?

Arizalar 10-iyungacha ko‘rib chiqiladi va 14-iyungacha elektron shaklda tayyor qilinadi. 15-iyungacha tavsiyanomaga loyiq ko‘rilgan hamma talabgorga o‘z tavsiyanomasi yetkaziladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Abituriyentlar avval test topshirib, keyin tanlov qilishadi


Davlat granti taqsimotining amalga oshirilishi, chet tili sertifikati boʻyicha yengilliklar, ishlab berish talabi bekor qilinishi, OTMlarga oʻqishga qabul qilish jarayonlaridagi yangiliklar kabi oliy taʼlimga oid muhim oʻzgarishlar haqida qisqacha.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❓ Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanomani olish uchun qaysi mezonlarga qaraladi?

✅ Ushbu tavsiyanomani olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarga mos tushishi kerak:

— kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar (Oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik о‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmaganda oila kam ta’minlangan deb e’tirof etiladi);

— tо‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

— turmush о‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

— nogironligi bо‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

— ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;

— ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bо‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

Tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan, shuningdek, umumiy о‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatga ega bо‘lgan ehtiyojmand oilalardagi BARCHA talabgor xotin-qizlarga beriladi.

❗️ Tavsiyanoma olish uchun xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron ariza yuborish kerak. Arizalar 8-iyunga qadar qabul qilinadi.

© Xushnudbek

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Birinchi bosqichda test sinovida qatnashish uchun abituriyentdan 3 ta maʼlumotni kiritish talab etiladi


🔸Fanlar majmuasi: 1- va 2-mutaxassislik fanlari;

🔹 Taʼlim tili – test topshiradigan til;

♦️ Test sinovini topshiradigan (oʻzi uchun qulay) hudud.

Ikkinchi bosqichda hujjat topshirishga 15 kun beriladi. Bunda abituriyent 5 tagacha yo‘nalish, tanlov ustuvorligi, ta’lim shaklini tanlaydi. Qabul tugagach, 1 haftadan so‘ng yakuniy mandat e’lon qilinadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Хorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining qo‘shma qarori bilan quyidagi sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi:

↪️Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati hamda ularning muvofiqlik darajasi;

↪️Oʻrta maxsus, professional, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati;

➡️Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati;

➡️Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati;

↪️Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirishda imtiyoz beradigan umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati.

Mazkur qaror kuchga kirgunga qadar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida) qadar imtiyoz va ustamalar qoʻllaniladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Professor-oʻqituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va talabalar diqqatiga!

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi 2024-yil 28-iyun kuni “Taʼlimda zamonaviy texnologiyalar: muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazilishi munosabati bilan chop etiladigan konferensiya to‘plami uchun ilmiy maqolalar qabul qilmoqda.

Maqolalarni 15-iyunga qadar @markaz_2024_bot telegram manziliga yuborishingiz mumkin.

Batafsil maʼlumot axborot xatida.

Konferensiya to‘plamida maqolalarni chop etish bepul!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bilgichlarni aytishicha majburiy blok savollarida tushadigan maʼlumotlar ekan!

✅ 2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili”

1991-yil — Alisher Navoiy yili.
1992-yil — Hamshiralar yili.
1993-yil — Ahmad Yassaviy yili.
1994-yil — Mirzo Ulug‘bek yili.
1995-yil — Abu Ali ibn Sino yili.
1996-yil — Amir Temur yili.
1997-yil — Inson manfaatlari yili.
1998-yil — Oila yili.
1999-yil — Ayollar yili.
2000-yil — Sog‘lom avlod yili
2001-yil — Ona va bola yili.
2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili.
2003-yil — Obod mahalla yili.
2004-yil — Mehr-muruvvat yili.
2005-yil — Sihat-salomatlik yili.
2006-yil —Homiylar va shifokorlar yili.
2007-yil —Ijtimoiy himoya yili.
2008-yil — Yoshlar yili.
2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili.
2010-yil — Barkamol avlod yili.
2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili.
2012-yil — Mustahkam oila yili.
2013-yil — Obod turmush yili.
2014-yil — Sog‘lom bola yili.
2015-yil — Keksalarni eʼzozlash yili.
2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili.
2017-yil— Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili.
2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili.
2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili.
2020-yil — Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili.
2021-yil — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili.
2022-yil — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili.
2023-yil — Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili.
2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili”

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Oliy_ta’lim_klassifikatori

⚡️Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori o‘zi nima?


Klassifikatordagi raqamlar nimani anglatadi?

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️Qabul boshlanishiga 2 kun qoldi

Prezident farmoniga ko‘ra, joriy yilda ilk marta qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣ Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi;

Ya’ni birinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi. “Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot akademiyasiga topshirdim” degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi.

✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.

2️⃣ Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaychi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi.

❓O‘qishga kira olmaganlar nima qiladi?

Mabodo abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, unda testda to‘plagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlashi mumkin. O‘qishga kira olmaganlar uchun kollej yoki texnikum tanlashga OTMlarga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng yana 10 kun muddat beriladi.

Xushnudbek


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Rasman: 5 ta fan, 90 ta test, 3 soat vaqt! Maksimal ball 189 bo'ladi!

👉 Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

➖ Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

➖ Matematika - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

➖ O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.
✅ Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.


👉 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

➖ 1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➖ 2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✅60 ta savoldan jami 156,0 ball.

⏳ Umumiy holda, abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. 90 ta test uchun ajratiladigan vaqt esa 3 soat.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🫥So'ragan edingiz!

General English guruhlari uchun qabullarimiz ochildi!

Agarda siz grammatikani tajribali ustozda o'rganib yanada tezroq ko'zlagan natijangizga erishishni istasangiz ushbu kurs sizga mos keladi

Kurs vaqti:
📆Dushanba, Chorshanba, Juma



Joylar soni chegaralangan!
⌛

🗺Bizning manzil: Toshkent shahri Novza metro

Online murojaat 👨‍💻
@educationadmin1

Telefon raqam 📞
+998 88 417 47 44

Ijtimoiy tarmoqlarimiz

🚀Telegram 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-mayda Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida PF-81-son farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra oliy ta’lim bakalavriyatiga qabul 5-iyundan boshlanishi belgilangan, shu sababli iTEP va Attanal Alarabi hamda TOEFL ITP imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovni amalga oshirish 4-iyungacha etib belgilandi.

Imtihonlarga ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovni amalga oshirish 4-iyun 23:59 gacha davom etadi.

iTEP va Attanal Alarabi imtihonlar 13-iyun kuni, TOEFL ITP imtihoni 15-iyun kuniga belgilandi.

Imtihon Bilimni baholash agentligi binosida (Toshkent shahri Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy. Mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) kompyuterda o‘tkaziladi.

Noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

📞 (95) 515-68-68

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qabul parametrlari-2024.pdf
710.1 KB
⚡️ Akademik litseylarga qabul kvotalari tasdiqlandi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga qabul parametrlari ta’lim yo‘nalishlari
va o‘qitish tillari bo‘yicha
tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 71 ta akademik litseyga jami 15 496 ta kvota, shundan 12 324 ta o‘zbek, 2 730 ta rus va 442 ta qoraqalpoq tillari kesimida ajratildi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qabul parametrlari-2024 - Ixtisoslashgan maktab.pdf
55.9 KB
⚡️ Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul kvotalari tasdiqlandi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul parametrlari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 3 ta ixtisoslashtirilgan maktablarga jami 210 ta kvota ajratildi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM