Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
⚡️ “Super” kontrakt uchun arizalarni onlayn qabul qilish va shartnomalarni berish boshlandi

Ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari belgilandi.

Unga ko‘ra, to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:

1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
1,06
balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
2,06
balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
3,06
balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.

Bunda ushbu toifadagi abituriyentlar uchun toʻlov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda:

🗣 oliy ta’lim muassasalarida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan (stipendiyasiz) bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha oʻqitish qiymati qoʻllaniladi;

💬 moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida esa, 2024/2025-o‘quv yili qabuli uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha o‘zlari belgilagan (stipendiyasiz) to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan yuqoridagi barobarlar hisoblanadi.

❗️ Eslatma: shartnoma uchun arizalar kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn shakllantiriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Orangizda talabalik baxtiga muyassar bo’lib, Toshkentga kelayotganlar bor. Ham do’st, ham opa sifatida 2 og’iz nasihatim:

Iltimos, atrofdagi insonlar harakat qilmayotganligi uchun siz ham dangasaga aylanmang. Kursdoshlar o’qimasa, domlalar o’qitmasa, harakatdan to’xtab qolmang!

“Endi ota-onamdan uzoqman, erkinman”-deb axloqingizga putur yetkazmang. Keyinchalik afsuslanasiz.

1-haftada juda ko’p umidlar bilan borasiz ammo doim ham siz kutgandek bo’lib chiqmasligi ham yodingizda tursin. Chekinmang! Men siz bilan 💪🏻

©️ Muxtasar

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26
⚡️Magistraturada o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplab beriladi

Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022 y.) asosida davlat OTMlarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Buning uchun talabgor to‘lov-kontraktning to‘liq summasini qoplab berish yuzasidan o‘zlari taʼlim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentyabrgacha ariza bilan murojaat etadi.

Bu tartib Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Iqtisodiy va moliya vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasi uchun ham amal qiladi.

❗️Buning uchun talabgor to‘lov-kontraktning to‘liq summasini qoplab berish yuzasidan o‘zlari taʼlim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentyabrgacha ariza bilan murojaat etadi.

⛔️ Quyidagilarga tatbiq etilmaydi:

— 15-sentyabrdan kechiktirib topshirilgan arizalarga;

— tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovlariga;

— qo‘shma taʼlim uchun.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
⚡️ “Super” kontrakt boʻyicha qoʻshimcha tartiblar belgilandi

Davlat komissiyasi bayoniga koʻra, kirish imtihonlari natijasi boʻyicha tanlovda ishtirok etib, ikkinchi-beshinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlaridan biri boʻyicha davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga oʻz xohishlariga koʻra, ustuvorligi boʻyicha tanlagan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berildi. Ushbu holatda abituriyent toʻplagan bali birinchi taʼlim yoʻnalishida toʻlov-kontrakt asosidagi oʻtish balidan past boʻlishi lozim.

❗️ Bunda kontrakt summasini hisoblash Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdorlari asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, tanlagan barcha yoʻnalishlarga oʻqishga tavsiya etilmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan yoʻnalishlaridan birida tabaqalashtirilgan kontrakt asosida oʻqishiga ruxsat beriladi.

❗️ Bunda, oliy taʼlim muassasalari tomonidan talabalikka qabul qilish tanlov boʻyicha birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida eʼlon qilingan test sinovlari natijalariga koʻra, abituriyentlaring toʻplagan balini asos sifatida qabul qilib, murojaat etgan abituriyentlarning arizalariga muvofiq, toʻplagan ballari qatʼiy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi.

Eslatma: “Super” kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirgan abituriyentlar talabalar safiga qabul qilinadi. Super kontraktni 2024-yil 15-oktyabrga qadar toʻliq (100 foiz) toʻlagan abituriyentlarga, istisno tariqasida 10 foiz chegirma taqdim etiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Kontrakt to‘lovini amalga oshirish muddatlari

2024/2025-oʻquv yilidan boshlab respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda tahsil olayotgan talabalar uchun toʻlov muddatlari quyidagicha belgilandi:

🔹 belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizi talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 2024-yil 15-sentyabrgacha yoki Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha hamda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun 2024-yil 1-oktyabrgacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha;

🔺 belgilangan toʻlov miqdorining kamida 50 foizi 2025-yil 1-yanvargacha, 75 foizini 2025-yil 1-martgacha va 100 foizini 2025-yil 1-maygacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha.

Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏆🏆🏆 🟦🟦🟦🟦

🥇 Universitet dotsenti ikki karra Paralimpiya o‘yinlari chempioni bo‘ldi

Kuni kecha para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida J2 klassida -60 kg vazn toifasida final bahsi bo‘lib o‘tdi. Oltin medal uchun kechgan kurashda Buxoro davlat universiteti dotsenti Sherzod Namozov gruziyalik Zurab Zurabianiga qarshi tatamiga chiqib, g‘alabaga erishdi. Bu bilan u ikki karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Sherzod Namozov Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ham oltin medalni qo‘lga kiritgan.

✨ @TalabaUz jamoasi pedagogimizni ushbu chempionlik bilan samimiy qutlaydi!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha har oyning 7-sanasiga qadar onlayn ariza berishlari kerak

Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
2️⃣ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi;
3️⃣ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.

Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.

Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati: 😀http://ijara.soliq.uz

ASOS: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qarori.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
‼️Millionga yaqin abituriyentning shaxsiy ma’lumotlari tarqalgan bo‘lishi mumkin. Kiberzavfsizlik markazi bu bilan jiddiy shug‘ullanishi kerak

Telefon raqamimga bir nechta xususiy universitetlardan "o‘qishga kirdingiz" degan SMS xabarlar kelmoqda. Xabarda hattoki ismimni ham yozishgan. Bunday xabarlarni siz ham olgan bo‘lsangiz kerak.

Barcha xabarlar my.uzbmb.uz saytidan abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tgan raqamimga kelyapti.

Demak, mening telefon raqamim va boshqa shaxsiy ma’lumotlarim uchinchi shaxslar qo‘liga borib tushgan. Bo‘lib ham bitta universitetda emas, bir nechtasida bunday ma’lumot bor. Vaziyat jiddiy va qo‘rqinchli.

E’tiborli jihati, bunday xabarlar faqat joriy yildan kelishni boshlagani yo‘q. Avvalgi yillarda ham kelgan, lekin hech kim bunga qiziqmagan va chora ko‘rmagan.

Menda 2 ta taxmin bor:

1) Yoki uddaburon xakerlar UzBMB saytini buzib kirishgan va abituriyentlarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘zlashtirishgan hamda uni ko‘chada pullamoqda;

2) Yoki sayt buzilmagan, ammo UzBMBdagi qaysidir xodimlarning o‘zi abituriyentlarning shaxsiy ma’lumotlarini ko‘chada pullamoqda.

Shaxsan men 1-variantga uncha ishonmayman, 2-variant haqiqatga yaqinroq.

Ikkalasidan qaysi biri bo‘lishidan qat’i nazar, kiberxavfsizlikka mas’ul organlar albatta buni o‘rganishi shart. Axir davlat tashkilotining bazasidan shaxsiy ma’lumotlar sizib chiqishi hazil narsa emas.

Mening o‘zim tegishli organlarga nomimdan rasman ariza ham yuborib qo‘yaman, albatta. Buning tagiga yetishimiz kerak.

©️ Xushnudbek

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14
❓ Nodavlat oliygoh talabalariga ham ijara puli qoplab beriladimi?

Nodavlat oliygoh talabalariga ijara puli Davlat budjeti hisobidan qoplab berilmaydi.

✅ Vazirlar Mahkamasining 24.09.2021-yildagi 605-sonli
qarorida — davlat oliy ta’lim muassasalarining faqat kunduzgi ta’lim shaklida, davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan barcha talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini belgilangan mezonlar asosida Davlat budjeti hisobidan qoplab berish ko‘zda tutilgan.

Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishlari shart.

Bunda talabgorlarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat’i nazar, Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, qolgan hududlarda — bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lanadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ertadan oliy taʼlim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlanadi

Shu munosabat bilan Toshkent ko‘chalarida kunning tig‘iz vaqtida yoʻlovchi oqimini toʻgʻri taqsimlash maqsadida qo‘shimcha qulayliklar yaratilmoqda. Jumladan, “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan 9-sentyabrdan jami 163 ta yo‘nalishda 1 556 ta avtobus ishga chiqarilib, 22 701 ta qatnov amalga oshiriladi.

Shuningdek, metro bekatlariga yaqin joylashgan 27 ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqti
maqbullashtirilgan bo‘lib, bu talabalarning dars mashgʻulotlariga oʻz vaqtida yetib borishlari uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Batafsil videoda 👆


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
🎉 Yangi o‘quv yili muborak boʻlsin azizlar

📈 Hozir aynan hozir ilm olib qoladigan vaqt. Vaqt o'tgan sari ilm olish qiyinlashib boraveradi. Mana shu 3 (4 yoki 5) yilda olgan bilim va tajribalaringiz kelgusi hayotingizda muhim rol o'ynaydi.

⌛️ Sabr - qanoat qilib matonat ila o'qib izlaning. Sizdan oilangizni, yaqinlaringizni, do'stlaringizni va VATANni umidi katta.

💡 Hozir harakat qilingki keyin afsus demang.

Sizlarga omad va zafar tilab qoluvchi @TalabaUz jamoasi


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11
Talaba.uz | Ta'lim portali
Photo
Rasmiy bayonot

So‘nggi vaqtlarda ko‘pchilikka nodavlat oliy ta'lim tashkilotlari tomonidan o‘qishga taklif qilish bo‘yicha turli SMS-xabarlar yuborilmoqda.

Bu holat nafaqat joriy yilda, balki o‘tgan yillarda ham kuzatilgan.

Qayd etish kerakki, ushbu xabarlar faqat abituriyentlarga emas, barchaga, jumladan, Agentlik xodimlariga ham kelmoqda.

Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:

1) Agentlik fuqarolarning roziligisiz uchinchi shaxslarga ular to‘g‘risidagi ma'lumotlarni taqdim etmaydi (Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda OTMlariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar bundan mustasno).

2) Agentlikning axborot tizimlarida axborot xavfsizligi ta'minlangan bo‘lib, ularga hech qanday kiberhujum uyushtirilmagan va uchinchi shaxslar tomonidan abituriyentlarning ma'lumotlari qo‘lga kiritilmagan. 

Shu o‘rinda fuqarolarga ishonchsiz manbalardan foydalanmaslikni va turli manbalarga shaxsiy ma'lumotlarini kiritmaslikni tavsiya qilamiz.

Fuqarolarimizda ushbu holat yuzasidan shubha bo‘lgan taqdirda, Agentlik tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganish o‘tkazilishiga tayyorligini ma'lum qiladi.

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Talabajonlar uyga kelib quloqlarni yaxshilab yuvish esdan chiqmasin. Oralarida lag'mon qolib ketgan bo'lishi mumkin 🙂

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁27
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Magistraturaga o‘qiydigan xotin-qizlarning kontrakt pullari davlat tomonidan to‘lab beriladi. Buning uchun 15-sentyabrgacha tavsiya etilgan oliygoh rahbari nomiga ariza bilan murojaat qilish lozim.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Universitet - kutbxona atrofiga qurilgan bir bino

Yangi o’qishga qabul qilinganlarga maslahat:

✅ Eng asosiysi “o’qishga kirdim, endi davrimni suraman deb ipi yechilgan moldek ko’cha-ma ko’cha daydib yurmanglar. Siz o’qishga KIRDIZ - bu degani o’qish endi boshlanadi degani. Agar o’zizni tashavorsez qiyin bo’ladi.

✅ Hozirdan o’qishni bitirib nima qilishizni aniq qilib oling, o’shanga qarab kerakli narsalarni o’rganing

✅ Ingliz tili va Rus tilini bemalol 4 yilda o’qib qo’ysa bo’ladi, 4-kurs oxirida oyig’i kuygan tovuqdek “IELTS olishim kerak” demaslik uchun hozirdan harakatni boshlang

✅ Do’st orttirishdan qo’rqmang, atrofizda yaxshi odamlar bo’lishiga ishonchiz komil bo’lsin, ommaviy tadbirlar, bayramlar, conference dan networking ni yaxshilashda foydalaning

So’nggi pushaymon o’zinga dushman. 4 yillik bu vaqtni “talabalik oltin davrim” deb kayf qilib tashamang.

©️ Sirojiddin

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uy ishlaridan qutulib oʻqishga kelgan talaba 😃

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁6