Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
⚡️ Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 48 foizdan ziyodi ayollar

👨‍🏫 Joriy yilda test sinovi natijalariga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 186 871 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning:

👨‍💻 96 516 nafari (51,6 %) — erkaklar;
👩‍💻 90 355 nafari (48,4 %) — ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.

🎓 Davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarda ayollarning ulushi erkaklarga nisbatan ko‘proq ekanligini ko‘rish mumkin. Jumladan:

👉 erkaklar — 18 572 nafar (45,1%);
👉 ayollar — 22 581 nafar (54,9%).

🟢 2024—2025-o‘quv yili qabulida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘rtacha yoshi 19 yoshni (erkak va ayollarda bir xil) tashkil etdi.

📌 Talaba bo‘lgan ayollarning eng yoshi 15 yosh bo‘lsa, eng yoshi kattasi 69 yosh, erkaklarda esa bu ko‘rsatkich mos ravishda 15 va 60 yoshni tashkil etadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
⚡️ Bugun apellatsiya arizalarini qabul qilishning so‘nggi kuni

✅ 2024-yil 18-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlangan edi.

🖥 Shuningdek, 22-avgust kuni talabalar o‘qishini xorjiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan edi.

👨🏻‍💻 Apellatsiya arizalarini qabul qilish my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda va bugun (27-avgust) arizalarni qabul qilishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

🔖 Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

🏛 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi lozim.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
⚡️Bugun professional ta'lim muassasalariga tanlovning so‘nggi kuni

✅ Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar tomonidan 2024-yil 18-avgustdan my.uzbmb.uz saytida professional ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlash davom etmoqda.

❗️ Bugun (27-avgust) professional ta'lim muassasalariga tanlovning so‘nggi kuni bo‘lib, abituriyentlar soat 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz saytida professional ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari, shuningdek, tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.

🗓 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

⭐️ @TalabaUz barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Prezident maktablarining 2-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi

Imtihon natijalari Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasida e'lon qilindi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
‼️ Magistratura natijalari to‘liq tayyor holga keltirilgan. Bugun e’lon qilinishi kutilmoqda.

* 2 kun avval texnik xatolik bo’lib ayrim natijalar ko‘rinib qolgan edi. Lekin bu natijalar asliga to‘g‘ri emas va haqiqiy hisoblanmaydi. Bugun chiqadigan yakuniy natija 2 kun oldin saytda ko‘ringandan boshqacha bo‘lishi mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Joriy oʻquv yilidan boshlab OTMlarda “Registrator ofisi” faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli asosan, oliy taʼlim tizimida 2024-2025 oʻquv yilidan boshlab “Registrator ofisi” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
 
📌 Qayd etilishicha, registrator ofisining funksional vazifalariga oʻquv boʻlimi, dekanatlar, buxgalteriya, marketing va amaliyot boʻlimi, ilmiy boʻlim, xalqaro aloqalar boʻlimlarining vazifalari oʻtkazilmoqda.
 
🏢 Registrator ofisida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
 
–  talabalarning shaxsiy hujjatlarini arxivgacha saqlash;
– registrator ma’lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilash;
– transkriptni yuritish va unga talabalarning baholarini kiritish;
– bitiruvchilarning diplomlarini rasmiylashtirish va taqdim etish;
– talabalar kontingenti bo‘yicha statistika yuritish.

Shuningdek, 1-bosqichga tavsiya qilingan talabalarning hujjatlari ham mazkur registrator ofisida qabul qilinadi.
 
✔️ “Registrator ofisi”ni malakali (xorijiy oliy taʼlim tashkilotini tamomlagan yoki xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida tajriba oʻtagan shaxslarga ustuvorlik beriladi ) xodimlar bilan toʻldirish koʻzda tutilgan.
 
Oliy taʼlimni rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda “Registrator ofisi” xodimlari uchun seminar-treninglar hamda iqtisodiy oʻqishlar tashkil qilish belgilandi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
⚡️ Magistratura qabul natijalari e’lon qilinmoqda

2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/2025-oʻquv yili qabulida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarnig  birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdori tasdiqlandi.

Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktyabrga qadar to‘liq toʻlagan abituriyentlarga 10%lik chegirma beriladi.

💾 PDF shaklida yuklash

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
⚡️ Chet tili imtihonlariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish davom etmoqda

📆 2024-yil 27–29-sentabr kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan ingliz va arab tillaridan malaka imtihonlari o‘tkaziladi.

✅ Imtihonlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar 15-avgustdan boshlab my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tmoqda. 14-sentabr ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi sanasi hisoblanadi.

❗️ Malaka imtihonida ishtirok etish uchun talabgorlar bazaviy hisoblash miqdorining 1.5 baravarida to‘lov qilishadi.
15-sentabr to‘lov qilishning so‘nggi muddati sanaladi.

✅ Eslatma: chet tillaridan malaka imtihonlarining 2024-yil 2-yarimyillik uchun jadvali tez kunlarda e'lon qilinadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
🏢 9-sentyabrdan metro bekatlariga yaqin 27 ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqti belgilandi

🚂 Toshkent shahar metropolitenida yoʻlovchi oqimini toʻgʻri taqsimlash, talabalarning oʻz vaqtida dars mashgʻulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida bekatlarga yaqin joylashgan oliy taʼlim muassasalarining maqbullashtirilgan o‘qish vaqtlari jadvali tasdiqlandi.

Unga koʻra, 2024-yil 9-sentyabrdan yuqoridagi 27 ta oliy ta’lim maskani (rasmda👆) talabalari ushbu grafik asosida darslarga qatnashadi.

👉 PDF shaklida yuklab olish

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eng pastiga rozi bo'lib nimani isbotlamoqchisiz?

👤 Shaha Dolimov

Ilojsizlar bilan o’qiysiz…

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16
❗️Vaqtida qadrlang

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
⚡️ Xorijiy til sertifikati borlar talaba bo‘lgan

✅ Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi 81-son farmoniga muvofiq 2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

💯 Joriy 2024/2025 o‘quv yili qabulida ham fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha talabalikka tavsiya etilganlarning asosiy qismini xorijiy tildan sertifikatga ega abituriyentlar tashkil etadi. Jumladan, davlat grantiga yuz foiz (nemis va fransuz tilini istisno qilganda) chet tillaridan sertifikatga ega abituriyentlar tavsiya etilgan.

📌 Ma'lumotlar bilan rasmda batafsil tanishish mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Samarqand davlat universiteti mas'ul xodimlari tuxmati qilgani uchun jazoga tortiladimi?

Menimcha bu tarixiy voqea bo'ladi. Samdu xodimlar sharmandalarcha jazoga tortilmoqda.

Talaba Shoxrux Rofiyevga tuxmat qilib, talabalarga yolg'on guvohlik berishga majbur qilgan xodimlar bugun qonun oldida javob berishadi.

Oliy sudga yana bir bor tashakkur, adolat qaror topishiga ishonamiz!

Samdu'dagi tuxmatkash va pastkash xodimlar esa butun universitet oldida sharmanda bo'lgan bo'lsa ajab emas!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15
⚡️ Endi ayrim abituriyentlar “yurisprudensiya” yo’nalishiga suhbat asosida qabul qilinadi

🇺🇿Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga koʻra, yuridik texnikumlar negizida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylari tashkil qilinadi.

📌 Ushbu litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini “yurisprudensiya” yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalariga suhbat asosida test sinovlarisiz qabul qilish tasdiqlandi.
 
Shuningdek, qarorga asosan:

– maktablarda “Huquq sinfi” va huquq fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishini tashkil etish orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda “maktab–litsey–texnikum–universitet” tizimi joriy etiladi;
 
– Adliya vazirligining maxsus platformasi orqali huquq fani o‘qituvchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini uzluksiz oshirib borish hamda ularni metodik ta’minlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
 
– o‘quvchilar orasida “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasi, huquq fani o‘qituvchilari orasida “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazib boriladi;
 
– maktab o‘quvchilarining huquqiy bilimlarini mustaqil o’zlashtirishiga qaratilgan ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalari, videoroliklar, kompyuter o‘yinlari va mobil ilovalari yaratiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Endi talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha onlayn ariza berishlari mumkin

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qaroriga asosan ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini davlat budjeti hisobidan qoplab berilishi bo‘yicha arizalarni onlayn yuborish imkoniyati yaratildi.

Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
2️⃣ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi.
3️⃣ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.

Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.

Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati: 👉http://ijara.soliq.uz

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM