Talaba.uz | Ta'lim portali
5.5K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
⚡️ OTMlarga qabul boshlanishiga atigi 2 oy qoldi. Nimalarni bilishingiz kerak?

Ma'lumki, o'tgan yilidan boshlab davlat OTMlariga hujjat topshirish 2 bosqichda amalga oshirilyapti.

1️⃣-bosqich:
O'tgan yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshirilgan. Amaldagi tartib bo'yicha bu yil ham shu sanada qabul boshlanishi kerak. Bu degani: abituriyentlar atigi 2 oydan keyin hujjat topshirishadi.

Avval hamma OTMga kirish uchun imtihon topshiradigan fanlarini tanlaydi. Kirish imtihonlari tugagach, 2-bosqich uchun hujjat topshirishadi.

2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar.

🖥 Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️Ushbu o'quv yilining eng oxirgi milliy sertifikat imtihonlari aprelda bo'lib o'tadi

Fan nomi: Ona tili va adabiyoti
(o'zbek, rus, qoraqalpoq tillari)

Ro'yxatga olish: 3-aprelgacha
To'lov qilish: 4-aprelgacha
Test sinovlari: 25-26 aprel

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin

Oliy ta’lim muassasalarida davlat grantlari asosida ta’lim olgan bitiruvchilarni ishga taqsimlash tizimini takomillashtirish maqsadida amaldagi tartibga bir qator muhim o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda


Jumladan, amaldagi nizomda belgilangan “kamida uch yil” ishlab berish majburiyatiga oid normalar chiqarib tashlanishi taklif etilmoqda. Yangi tartibga muvofiq, davlat grantlari asosida tahsil olgan bitiruvchilarning ishlab berish muddati ta’lim yo‘nalishining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda vakolatli organ tomonidan alohida belgilanadi.

Shuningdek, bitiruvchilarni ishga taqsimlash bilan bog‘liq ayrim tushunchalarga aniqlik kiritilib, “doimiy yashash joyi” atamasini “yashash joyi” deb almashtirish ko‘zda tutilmoqda.

Qaror loyihasida ishlab berish majburiyatini belgilashda yagona yondashuvdan voz kechib, sohalar kesimida differensial tartibni joriy etish orqali kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsad qilingan.

Mazkur o‘zgartishlar bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash jarayonini yanada shaffof va samarali tashkil etishga, shuningdek, mehnat bozori ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️Harbiy xizmatchilar uchun oliygohga o‘qishga kirib, masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi

Shavkat Mirziyoyev 6 aprel kuni harbiy xizmatchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.


Harbiy xizmatchilar uchun harbiy xizmat davrida oliygohlarga o‘qishga kirib, masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi.

Askarlar uchun “Bitta askar – bitta kasb” tamoyili asosida 3-6 oylik o‘quv kurslari tashkil etiladi.

Davlat tashkilotlariga ishga kirish istagini bildirgan harbiy xizmatchilarga imtiyoz beriladi.

Harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Ma’naviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovi o‘tkaziladi.

👉 https://kun.uz/kr/99189691

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Sirtqi ta'lim qayta ochiladimi?

SAVOL: Yangi tasdiqlangan nizomga ko‘ra, bakalavriat ta’limi kamida 3-yil etib belgilangani hamda sirtqi ta’lim shakli nazarda tutilgani barcha yo‘nalishlarda o‘qish muddati 3-yilga qisqartiriladi va sirtqi ta’lim qayta joriy etiladi, deganini anglatadimi?

✅ JAVOB:
Mazkur nizomda bakalavriat ta’limining kamida 3-yil etib belgilanishi — yangi tartib emas, balki amalda mavjud bo‘lgan normaning huquqiy jihatdan mustahkamlanishidir. Bu talab avval ham qonunchilikda nazarda tutilgan bo‘lib, bakalavriat bosqichi uchun eng minimal muddatni belgilaydi. Ayrim ta’lim yo‘nalishlarida, jumladan jismoniy madaniyat, texnologiya va musiqa ta’limi kabi sohalarda bu amaliyot allaqachon qo‘llanib kelinmoqda. Shu bois, ushbu norma barcha yo‘nalishlarda o‘qish muddati 3-yilga qisqartiriladi, degani emas.

Sirtqi ta’lim masalasiga kelsak, hozirgi kunda mazkur shakl bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar mavjud. Shu sababli, uni normativ hujjatda aks ettirish zarur hisoblanadi. Biroq bu holat sirtqi ta’lim shakli yangidan ochiladi yoki kengaytiriladi, degan ma’noni anglatmaydi.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Endilikda oliy ta’lim va ilmiy muassasalar muassisligida xo‘jalik jamiyati shaklida yangi ishlanmalarga asoslangan “spin-off” korxonalarini tashkil etish mumkin


☑️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatda yangi ishlanmalar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish tizimini joriy qilish hamda ilm-fanni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 4-apreldagi PF–54-son Farmoni qabul qilindi.

⭐️ Unga koʻra, oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarning yangi ishlanmalari asosida ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi:

♻️ oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;

♻️ ilmiy tadqiqot natijalarining texnologik transferi tashkiliy-huquqiy asoslarini mustahkamlash, oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarning tadbirkorlik muhitiga moslashuvchanligini oshirish;

♻️ ilmiy hajmdor va innovatsion mahsulotlar (tovar va xizmatlar) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;

♻️ yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish natijasida olinadigan daromadlarini oshirish.

📱 Shuningdek, farmon bilan oliy ta’lim va ilmiy muassasalar muassisligida xo‘jalik jamiyati shaklida yangi ishlanmalarga asoslangan “spin-off” korxonalarini tashkil etishga ruxsat berildi.

➡️ Bunda, 2026-yil 1-maydan boshlab korxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yishda:

🟢 korxonalar ustav fondining kamida 25 foizi muassislarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi;

🟢 korxonalar ustav fondidagi davlat ulushini boshqarish funksiyasi ishonchnoma asosida muassislarga beriladi va 5 yil muddat davomida uni xususiylashtirish man etiladi;

🟢 korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ularning ustav fondidagi davlat ulushi miqdorini o‘zgartirishda tegishli tashkilotlarning ruxsatini olish talab etilmaydi;

🟢 korxonalarning ustav fondini venchur fondlar, chet ellik yoki mahalliy investorlar mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantirishga ruxsat beriladi;

🟢 korxonalar muassislarning Innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tashkil etilganda, u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda venchur moliyalashtirishga tenglashtiriladi.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️Turkiya 3 yillik bakalavr ta'lim tizimga o'tmoqchi

“Universitetlar yillar davomida mazmuni o‘zgarmagan o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqishi kerak. Zamonaviy talabga moslashtirilgan yangi tizim zarur.” — deydi Oliy ta’lim kengashi raisi Özvar.


Unga ko‘ra, eski va amaliyotdan uzilgan fanlar qayta ko‘riladi, sektor bilan aloqasi yo‘q dasturlar yangilanadi yoki bekor qilinadi, ta’lim mazmuni zamonga moslashtiriladi.

Yangi tizim orqali universitetlarni zamonaviylashtirish, amaliy ko‘nikmalarni kuchaytirish hamda talabalarni mehnat bozoriga yaqinlashtirish rejalashtirilgan.

Biroq bu yangilik mutlaqo yangi tizim emas. Aksincha, Turkiya tajribasi dunyodagi mavjud tizimlarga yaqinlashish sifatida baholanmoqda.

Misol uchun, Yevropa oliy ta’lim maydoni (European Higher Education Area) doirasida Bologna Process bo‘yicha bakalavr darajasi ko‘pincha 180 ECTS bilan belgilanadi.

Bu esa odatda 3 yillik bakalavrga to‘g‘ri keladi — bu Germaniya, Fransiya, Italiya kabi ko‘plab davlatlarda amalda qo‘llanadigan standartdir.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍1
Talaba.uz | Ta'lim portali
⚡️ Endilikda oliy ta’lim va ilmiy muassasalar muassisligida xo‘jalik jamiyati shaklida yangi ishlanmalarga asoslangan “spin-off” korxonalarini tashkil etish mumkin ☑️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatda yangi ishlanmalar asosida ishlab chiqarishni…
“spin-off” korxonalarida professor-o‘qituvchilar, talaba va izlanuvchilar ham faoliyat yuritadi


📨Korxonalar faoliyat davrida:

⚫️korxonalarda muassisning professor-o‘qituvchilari (ilmiy xodimlari) yoki talaba, izlanuvchilari ham faoliyat ko‘rsatishi talab etiladi;

⚫️korxonaga investorlar tomonidan investitsiya kiritishga oid kelishuvlar bo‘yicha vakolatli davlat organining xulosasi talab etilmaydi;

⚫️korxonalarning sof foydasini davlat ulushi bo‘yicha dividendga yo‘naltirmasdan, vakolatli organlar ruxsatisiz korxonaning ustav fondidagi davlat ulushini oshirish orqali reinvestitsiya qilishga ruxsat etiladi;

⚫️korxonalar istiqbolsiz, faoliyat ko‘rsatmayotgan, zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli korxonalar sifatida tugatilmaydi;

⚫️investitsiya davri yakunida korxonalardagi davlat ulushi bozor qiymatida korxonalarning boshqa ishtirokchilariga sotib olish uchun taklif etiladi, ular tomonidan rad etilgan taqdirda ushbu qiymatda ommaviy savdolarga qo‘yiladi.

📆 2026-yil 1-maydan boshlab quyidagilarga ruxsat beriladi:

➡️ muassislarga o‘zining bo‘sh turgan bino va inshootlarini investitsiya davrida tekin foydalanish huquqi asosida korxonalarga berish;

➡️muassislarning bo‘sh turgan yer uchastkalarida korxonaga 5 yilgacha muddatga ijaraga berish orqali yengil konstruksiyali, buzib olib ko‘chirish imkoniyati mavjud bo‘lgan obyektlarni qurish;

➡️muassislarga o‘zining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan korxonalarni muayyan muddatda qaytarish sharti bilan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️To'langan kontraktingizdan 12% daromad solig‘ini onlayn qaytarib olish tartibi haqida

Buning uchun soliq organlariga bormasdan Soliq mobil ilova orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini (bitta pdf faylda skanerlangan holda) ilova qilib deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq imtiyozini qaytarish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Deklaratsiya yuborilganidan keyingi qadam – Keshbek va imtiyozlar bo‘limida – "Ortiqcha to‘lovni qaytarish" xizmati orqali ariza yuboriladi.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
#biroz_tabassum

Soliq to‘lashga qarshi san’atkorlar sabotaj qilayapti. Ammo alkogolni sevib iste’mol qiladigan “akalar”ning naqdga sotilmasligidan nolishini ko‘rmadim.

Rostdan ham ancha “mard” ekanlar…

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍1😭1
⚡️ Grantda o‘qiydigan talaba kredit (qarzdorlik) fanlarga tushib qolsa, keyingi oylar stipendiya berilmaydimi?


✅ JAVOB: Amaldagi Nizomga ko‘ra, agar talabaning fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 30 foizi yoki undan ortig‘i “qoniqarli” baho (71 balldan kam, ya’ni 3 baho va undan past) bo‘lsa, keyingi o‘quv semestri davomida stipendiya tayinlanmaydi.

Misol uchun, agar bir semestrda 7 ta fan o‘qigan bo‘lsangiz va shundan 3 ta yoki undan ko‘p fandan 3 baho olsangiz, sizga keyingi semestr davomida stipendiya to‘lanmaydi.

❗️Biroq quyidagi talabalarga fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlaridan qatʼi nazar belgilangan tartibdagi stipendiya saqlab qolinadi:

🔹 to‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar;
🔹 ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar;
🔹 1- va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Talaba.uz | Ta'lim portali
⚡️ Endilikda oliy ta’lim va ilmiy muassasalar muassisligida xo‘jalik jamiyati shaklida yangi ishlanmalarga asoslangan “spin-off” korxonalarini tashkil etish mumkin ☑️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatda yangi ishlanmalar asosida ishlab chiqarishni…
⚡️ “spin-off” korxonalariga bir qator imtiyoz va preferensiyalar beriladi


📁Hujjatga muvofiq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yangi ishlanmalarga asoslangan “spin-off” korxonalari reyestrini yuritadi. Bunda:

✔️patent natijasida yaratilgan ilmiy ishlanmalar asosida tovar ishlab chiqarishni (xizmat ko‘rsatishni) yo‘lga qo‘ygan korxonalar hamda ularning xodimlariga Prezident Farmonida ko‘zda tutilgan imtiyoz va preferensiyalar beriladi;

✔️patentsiz yaratilgan ilmiy ishlanmalar asosida tovar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalar 2026-yil 1-maydan 2029-yil 1-maygacha bo‘lgan davr uchun foyda solig‘ini 50 foiz pasaytirilgan stavkada to‘laydi;

✔️korxonalarning yangi ishlanmaga muvofiq ishlab chiqarilgan hamda Reyestrda qayd etilgan tovar yoki xizmatlarini sotib olish bo‘yicha savdo xaridlari Ishlab chiqaruvchilar ekotizimi portali orqali amalga oshiriladi;

✔️korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan ilmiy izlanish, innovatsion, tijoratlashtirish loyihalari va to‘g‘ridan to‘g‘ri jalb qilinadigan investitsiyalari ushbu korxonani tashkil etgan muassislarning asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari sifatida tan olinadi.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Talaba.uz | Ta'lim portali
⚡️ Endilikda oliy ta’lim va ilmiy muassasalar muassisligida xo‘jalik jamiyati shaklida yangi ishlanmalarga asoslangan “spin-off” korxonalarini tashkil etish mumkin ☑️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatda yangi ishlanmalar asosida ishlab chiqarishni…
⚡️ Endi tajriba-sinov ishlari uchun ketadigan xarajatlarning bir qismi qoplab beriladi


📝2026-yil 1-maydan boshlab olimlar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan ishlanmalar bo‘yicha tajriba-sinov ishlari uchun ketadigan xarajatlarning bir qismi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan qoplab berish yo‘lga qo‘yiladi. Bunda:

➡️tajriba-sinov ishlari ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga tayyorlash loyihalari doirasida amalga oshiriladi;

➡️ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga tayyorlash loyihalari Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar asosida moliyalashtiriladi.

↗️Bundan tashqari, xorijiy tillar bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega yoshlarga olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochish uchun olti oylik imtiyozli davr bilan uch yil muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda berish tartibi 30 yoshdan oshgan shaxslarga ham tatbiq etiladi.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️Kontrakt narxlari ko'tariladi

Yangi o'quv yilidan boshlab davlat oliy ta'lim muassasalarida amaldagi kontrakt miqdorlari o‘qitish xarajatlaridan ancha pastligi va bu OTMlarning imkoniyatlarini cheklab qo'yayotganligi sababli kontrakt narxlari 20% gacha ko'tarilishi rejalashtirilmoqda.

Yuqoridagi rasmda amaldagi kontrakt narxlari keltirilgan.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
😭1
⚡️Bog‘cha va maktab pedagog xodimlarining oʻrtacha ish haqi 2 baravar oshiriladi

Muhokama uchun e'lon qilingan Prezident Farmoni loyihasiga asosan pedagog kadrlar maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida 2030-yilgacha:

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining o‘rtacha ish haqini 2 baravar oshirish (2026-da 0,4, 2027-da 0,8, 2028-da 1,2, 2028-da- 1,6 hamda 2030-da 2,0 barobarga);

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining malakasini uzluksiz oshirish orqali 500 ming nafar pedagog kadrlarni qamrab olish;

Ehtiyoj yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar va olis hududlardagi abituriyentlar uchun pedagogik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida tayyorlangan kadrlar ulushini 17 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️Prezident va nomli davlat stipendiyalarini olish mezonlari hamda tartibi yangilandi.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Bakalavriatni xorijiy tilda yakunlagan talabalar magistraturaga sertifikatiz qabul qilinadi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi negizida Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tashkil etiladi.

🧾Davlat OTMning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga ajratilgan grant kvotalarining toʻlmay qolgan qismi hisobidan har yili 500 nafargacha iqtidorli chet el fuqarolariga grant (oʻqish xarajatini qoplash va maxsus stipendiya) berishni nazarda tutuvchi “Yangi Oʻzbekiston stipendiyasi” dasturi amalga oshiriladi.

📝2026/2027 oʻquv yilidan boshlab xorijiy talabalarni o‘qishga qabul qilish “Study in Uzbekistan” platformasi orqali yoʻlga qoʻyiladi. Bunda, qabul shartlari va tartibi oliy taʼlim tashkiloti tomonidan mustaqil belgilanadi.

🔅Shuningdek, taʼlim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar taʼlimning keyingi bosqichi uchun hujjat topshirishda xorijiy tilni bilish toʻgʻrisidagi sertifikatni taqdim etishdan ozod etiladi.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️Davlat oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha vakolatlar berilmoqda

Farmonda davlat oliy taʼlim tashkilotlariga quyidagi qoʻshimcha vakolatlarni berish nazarda tutilmoqda:


🔹 davlat oliygohining prorektorlarini (mahalliy oliygohining filiali direktor oʻrinbosarlarini) oliy taʼlim tashkiloti rektori tomonidan lavozimga tayinlash;

🔹 oʻz tizimidagi ilmiy-tadqiqot, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari rahbarlari, akademik litseylar direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish;

🔹 kafedralar shtat birliklari hamda professor-oʻqituvchilar oʻquv yuklamasining minimal miqdorlarini belgilash;

🔹 2027/2028-oʻquv yilidan boshlab magistratura mutaxassisliklariga talabgorlarni qabul qilishda mutaxassislik fanlaridan imtihon shaklini belgilash;

🔹 oʻqishi koʻchirilgan, qayta tiklangan, akademik mobillikdan qaytgan talabalarning oʻzlashtirilgan kreditlarni tan olish, aniqlangan farqlarni topshirish tartibini belgilash;

🔹 xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish shartlari va muddatlarini belgilash, ularga byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan grant kvotalarini ajratish va stipendiya belgilash;

🔹 chet el fuqarolari uchun kontrakt toʻlovlari boʻyicha chegirmalar berish;

🔹 xalqaro reyting tashkilotlari bilan oliygohni xalqaro reytingga kiritish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzish.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi