⚡️Endi chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabulda kamida B1 darajadagi sertifikati borlar ham hujjat topshirishlari mumkin
Hukumat qarori bilan Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom (13.09.2025-yil №578 VM qarori bilan tasdiqlangan)ning 12-band quyidagi tahrirda bayon etildi:
“12. Fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat asosida amalga oshiriladi.
Fanlar majmuasida chet tili fani mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga qabulda:
— B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi;
— B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi.”
Ya'ni o'zgartirishdan avval fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlariga qabul xorijiy tilni bilish boʻyicha kamida B2 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshirilar edi. Endi shu talab B1 darajasiga tushirildi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi

👍1
Testlarni qanday to‘g‘ri ishlash mumkin ?
Imtihon asosan 4 variantli test ko‘rinishida bo‘lishini hisobga olib, sizlarni shu turdagi testlarni to‘g‘ri ishlash usullari bilan tanishtirib o‘tamiz.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Imtihon asosan 4 variantli test ko‘rinishida bo‘lishini hisobga olib, sizlarni shu turdagi testlarni to‘g‘ri ishlash usullari bilan tanishtirib o‘tamiz.
1️⃣ Testdagi savol va savol sharti bilan yaxshilab tanishing.
Savoldan tashqari, savolning qo‘shimcha sharti bo‘lishi mumkin. Savolning shartiga yaxshilab e’tibor bering. Javob variantlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sakramasdan, sharti bilan yaxshilab tanishing. Savolning biroz chalg‘ituvchi shartlari bo‘lishi mumkin.
2️⃣ Avvaliga oson savollarga javob bering.
1-qadamdan so‘ng, oson savollarga javob berib chiqing. Bu sizga imtihonning savollari, formati va qiyinchiligi bilan tanishib chiqish imkonini beradi. Eng muhimi esa test boshlanishi bilanoq bir qancha savollarga to‘g‘ri javob berishingiz, o‘zingizga ishonchni keskin oshiradi.
3️⃣ Javoblarni xayolda topishga harakat qiling.
Savolni o‘qing va javob variantlarini qo‘lingiz yoki bir parcha qog‘oz bilan berkitib, xayolingizda eng yaxshi javob nima bo‘lishi mumkinligini o‘ylang. O‘xshash variantlar odatda chalg‘itib yuboradi. Oldindan o‘ylab olsangiz, shunday chalg‘ib qolishdan saqlanasiz.
4️⃣ Har bir javob variantini o‘qing.
Hamma variantlarni o‘qing. Javob to‘g‘ri ko‘rinishi mumkin, lekin siz topgan javobdan ham to‘liqroq va aniqroq javobni tashlab ketayotgan bo‘lishingiz mumkin.
5️⃣ “Chiqarib tashlash” usulidan foydalaning.
Agar savol sizga qiyin tuyulsa va to‘g‘ri javobni bilmasangiz, noto‘g‘riligi aniq bo‘lgan javoblar ustidan ruchkada chizib tashlang. Qolgan variantlar orasidan javobni belgilashingiz, to‘g‘ri javobni topishingiz ehtimolligini oshiradi.
6️⃣ “Barcha javoblar to‘g‘ri” shaklidagi savollar
Aytaylik, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan javob varianti bor. 2 ta javob to‘g‘riligini bilsangiz, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan variantni tanlayvering.
7️⃣ Har bir savolga javob bering.
DTM tizimida noto‘g‘ri javoblarga jarima berilmaydi, ya’ni noto‘g‘ri javob uchun ball ayirib tashlanmaydi. Shunday ekan, barcha savollarga javoblarni belgilang. To‘g‘ri javoblarni topish ehtimolingiz oshadi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Fanlar majmuasi.pdf
649.9 KB
⚡️ Fanlar majmuasi yangilandi
Xullas, Siz tayyorlanayotgan yo'nalishga qaysi fanlardan test boʻlishni yuqoridagi jadval orqali bilib olasiz!
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Xullas, Siz tayyorlanayotgan yo'nalishga qaysi fanlardan test boʻlishni yuqoridagi jadval orqali bilib olasiz!
2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi.
Fanlar majmuasida 227 ta yo'nalish ro'yxati tasdiqlangan.
❗️Fanlar majmuasidagi asosiy o‘zgarishlar (2026/2027):👇
🔹 Arxitektura — ikkinchi fan ona tili emas, kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘ldi.
🔹 Xorijiy til va adabiyoti — aniq til nomlari o‘rniga “chet tili” fani kiritildi.
🔹 Tarjima yo‘nalishi — yangi tillar qo‘shildi: dariy, fors, ispan, pushtu.
🔹 San’at yo‘nalishlari — 2 ta fan ham kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lib qoldi.
🔹 Muhandislik — yangi yo‘nalishlar ochildi, asosiy fanlar: matematika + fizika.
❗️Eslatma: fan nomi o‘zgarmagan bo‘lsa ham, imtihon turi o‘zgargan bo‘lishi mumkin.
📌 Iqtisodiyot, tibbiyot, huquq — deyarli o‘zgarishsiz.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Tibbiyot xodimlari farzandlarining kontrakt to‘lovi qoplab beriladi.
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega xodimlarning Oliy ta’lim tashkilotida (bakalavriat) o‘qiyotgan farzandlari uchun yillik kontrakt summasining bir qismi qoplab beriladi.
Yordam miqdori:
🔵 yillik kontrakt summasining 30 foizi, biroq BXMning 15 barobararidan (6 180 000 so‘m) oshmagan miqdorda.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega xodimlarning Oliy ta’lim tashkilotida (bakalavriat) o‘qiyotgan farzandlari uchun yillik kontrakt summasining bir qismi qoplab beriladi.
Yordam miqdori:
🔵 yillik kontrakt summasining 30 foizi, biroq BXMning 15 barobararidan (6 180 000 so‘m) oshmagan miqdorda.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Biz sharqliklarni madaniyati va urf-odatida oq ko'ylak, kostyum-shim borligini endi bildim.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍2
⚡️Doktoranturaga kirgan xodimni mehnat shartnomasi bekor qilinadimi?
Ayrim holatlarda xodim doktoranturaga qabul qilingach, taʼlim muassasasi undan asosiy ish joyidan boʻshab kelishni talab qiladi. Ish beruvchi esa bu vaziyatda qanday yoʻl tutishni bilmay, xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish haqida oʻylab qoladi.
Xoʻsh, universitetning bu talabi qonuniymi va ish beruvchi xodimni ishdan boʻshatishi shartmi?
Hukumatning 2017-yil 22-maydagi 304-sonli qarorida tayanch doktorantura “ishlab chiqarishdan ajralgan holda”gi taʼlim shakli sifatida belgilangan.
Aslida, “ishlab chiqarishdan ajralgan holda” degani doktorantning asosiy vaqti va eʼtibori ilmiy tadqiqotga qaratilishi lozimligini anglatadi, biroq bu uning mehnat qilish huquqidan mahrum boʻlishini anglatmaydi.
Mehnat kodeksining 161-moddasida xodim bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish asoslarining toʻliq roʻyxati keltirilgan. Ular orasida “xodimning doktoranturaga oʻqishga kirishi” degan asos mavjud emas.
❌ Demak, xodimning doktoranturaga kirishi uni ishdan boʻshatish uchun mutlaqo asos boʻla olmaydi.
Aksincha, Mehnat kodeksiga binoan, ish beruvchi taʼlim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻqiyotgan xodimlarga ishni taʼlim bilan birga qoʻshib olib borishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berishi shart.
Unda doktorant ham oʻqib, ham ishlashi uchun eng toʻgʻri yechim qanday?
Bunda xodimni ishdan boʻshatish emas, balki u bilan kelishilgan holda mehnat shartlarini oʻzgartirish lozim. Mehnat kodeksining 186-moddasiga koʻra, xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan toʻliqsiz ish vaqti, yaʼni toʻliqsiz ish kuni yoki toʻliqsiz ish haftasi belgilanishi mumkin.
Yaʼni, ish beruvchi xodim bilan qoʻshimcha kelishuv tuzib, uning ish stavkasini 0.5, 0.25 yoki boshqa miqdorga oʻtkazishi mumkin. Bunda xodimning mehnat staji saqlanib qoladi. Lekin toʻliq 1 stavka ishlashi boʻyicha ham qonunchilikda cheklov mavjud emas.
Endi universitetning “ishdan boʻshab kel” degan talabiga qaytaylik. Doktorantura “asosiy ish joyi” hisoblanadimi? Qonunchilikka koʻra, yoʻq.
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktyabrdagi 297-sonli qaroriga binoan, oʻrindoshlik bu xodimning asosiy ishidan boʻsh vaqtida boshqa haq toʻlanadigan ishni bajarishidir. Taʼlim olish jarayoni esa “mehnat faoliyati” yoki “asosiy ish” deb eʼtirof etilmaydi.
Xodimning tayanch doktoranturaga qabul qilinishi uni ishdan boʻshatish uchun asos boʻlmaydi.
Universitetning “ishdan boʻshab kel” degan talabi qonunchilikka ziddir. Xodim asosiy ish joyida (masalan, toʻliqsiz ish vaqtiga oʻtgan holda) ishlash va bir vaqtning oʻzida doktoranturada tahsil olishga toʻla haqli.

#soʻragan_edingiz
❓Savol: Qizim maktab bitiruvchisi, bu yil OTMga hujjat topshirmoqchi. Rus maktabda o‘qiydi. Tarix fanidan rus tilida o‘qituvchi topilmagani sababli, hozir o‘zbek tilidagi o‘qituvchiga qatnashyapti. Agar tarix fanidan milliy sertifikatni o‘zbek tilida olsa, rus (yevro) guruhga hujjat topshirishi mumkinmi? Yoki milliy sertifikat faqat topshirilgan til bo‘yicha (o‘zbek — o‘zbekka, rus — rusga) amal qiladimi?
✅ Javob: Ha, mumkin. Tarix fanidan milliy sertifikat qaysi tilda olinganidan qat’i nazar, rus (yevro) guruhga hujjat topshirishga to‘sqinlik qilmaydi. Milliy sertifikatda asosiy mezon — fan natijasi, uning topshirilgan tili emas. Shuning uchun tarix fanidan milliy sertifikatni o‘zbek tilida olgan holda ham rus guruhga hujjat topshirish mumkin.
ℹ️ Muhim izoh:
Milliy sertifikatda til masalasida istisno faqat “Ona tili va adabiyot” faniga taalluqli.
Ona tili va adabiyot bo‘yicha:
— o‘zbek tili va adabiyoti,
— rus tili va adabiyoti,
— qoraqalpoq tili va adabiyoti
alohida fanlar hisoblanadi.
Shuning uchun ona tili va adabiyot fanidan olingan sertifikat faqat shu til bo‘yicha mos guruhda inobatga olinadi.
Boshqa fanlarda — tarix, matematika, fizika va shu kabi fanlarda — sertifikat tilga bog‘lanmaydi. Ya’ni, bu fanlardan sertifikatni qaysi tilda topshirilgani guruh tanloviga ta’sir qilmaydi.

Mavzuni tanlash va ilmiy rahbarni tayinlash.
Magistrlik dissertatsiyasi oʻqish va oʻquv dasturlarini oʻzlashtirish jarayonida magistratura talabasi egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi hisoblanadi.
Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari oliy taʼlim muassasalari kafedralarida kafedralarning professor-oʻqituvchilari tarkibi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari, tarmoq ilmiy-tadqiqot va loyihalash muassasalari xodimlari tomonidan shakllantiriladi.
Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari, qoidaga koʻra, dolzarb ilmiy-tadqiqot masalalariga yoki aniq amaliy vazifalarni hal etishga bagʻishlanadi.
Magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbarlik oliy taʼlim muassasalarida ishlaydigan professorlar, fan doktorlari, dotsentlar, fan nomzodlari, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari olimlari, tashkilotlarning yuqori malakali va tajribali mutaxassislari, shuningdek belgilangan tartibda magistrlik, ilmiy darajalar yoki ilmiy unvonlarga ega boʻlgan xorijiy mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
Magistratura talabasi oʻqiyotgan oliy taʼlim muassasasida ishlamaydigan xodimlardan unga ilmiy rahbar tayinlangan taqdirda, talabaga qoʻshimcha ravishda tegishli kafedra professor-oʻqituvchilari tarkibidan ilmiy maslahatchi tayinlanadi.
Belgilangan talablarga muvofiq magistrlik dissertatsiyasini bajarish doirasida ilmiy rahbar bilan bir xil masʼuliyat ilmiy maslahatchiga ham yuklatiladi.
Magistratura talabasi oʻqiyotgan oliy taʼlim muassasasi xodimlari tarkibidan boʻlgan ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchining magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash boʻyicha talabalar bilan ishlashi ularning oliy taʼlim muassasasida oʻquv yili shaxsiy ish rejasi bilan belgilanadigan oʻquv yuklamasiga kiritiladi.
Magistratura talabasi oʻqiyotgan oliy taʼlim muassasasida ishlamaydigan xodimlardan boʻlgan ilmiy rahbar mehnatiga haq toʻlash belgilangan tartibda mehnatga soatbay haq toʻlash shartlari boʻyicha bir oʻquv yiliga bir magistratura talabasi uchun 50 soatdan oshmagan hajmda, tegishli oliy taʼlim muassasasi xarajatlar smetasida bu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Professor yoki fan doktori beshtagacha, shuningdek dotsent, fan nomzodi va mutaxassis uchtacha magistrlik dissertatsiyasiga rahbarlikni amalga oshirishi mumkin.
Kafedralar tomonidan taqdim etilgan va oliy taʼlim muassasasi yoki fakultet oʻquv-metodik kengashida muhokama qilingan magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalari mavzulari va ularning ilmiy rahbarlari (ilmiy maslahatchilari) ilmiy ishlar boʻyicha prorektor (direktor oʻrinbosari) taqdimnomasiga asosan magistratura talabalari oʻqiyotgan birinchi oʻquv yilining birinchi ikki oyi ichida tegishli oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori)ning buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Ilmiy rahbarning majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
tadqiqot mavzusi doirasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan masalalar boʻyicha tizimli ravishda yordam berish maqsadida maslahatlar jadvalini tuzish;
tadqiqot usullarini tanlashda ishtirok etish va ularni tadqiqot ishida qoʻllashda magistratura talabasiga koʻmaklashish;
magistratura talabasining belgilangan kalendar ish rejasi boʻyicha ishlarning bajarilishini va magistrlik dissertatsiyasi oʻz vaqtida tayyorlanishini nazorat qilish;
dastlabki himoyagacha magistrlik dissertatsiyasiga xulosa berish.

Xorijiy til sertifikatini olgan yoshlarga imtihon va o‘qish xarajatini qoplash yo‘lga qo‘yilgani katta samara berdi. Sertifikatga ega yoshlar 600 mingdan oshdi. Eng muhimi, xorijiy tillarni mukammal biladigan 72 mingta instruktor paydo bo‘ldi.
Yaratilgan sharoitlar hisobiga xususiy o‘quv markazlarining soni 3 karra ko‘payib, 38 mingdan oshdi.
Mazkur yo‘nalishdagi yosh tadbirkorlar O‘quv markazlari uyushmasini tashkil qilish tashabbusi bilan chiqqan. Prezidentimiz buni qo‘llab-quvvatladi.
Endilikda uyushmaga a’zo bo‘lgan xususiy o‘quv markazlariga binosini ijaraga bergan tadbirkorlar ijaradan olinadigan daromad va foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.
Bunday markazlarning o‘qituvchilarini Yoshlar ishlari agentligi hisobidan AQSh, Buyuk Britaniya, Singapur, Yaponiya kabi ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuborish yo‘lga qo‘yiladi.

“Ko‘mak” dasturi doirasida 130 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratish yo‘lga qo‘yilgani uchun olis va chekka hududlarda olti oy ichida xorijiy til o‘rgatadigan 120 dan ziyod o‘quv markazi ish boshladi.
Bunday o‘quv markazlarini tashkil qilib, tajriba orttirgan yosh tadbirkorlar atrofida AT va zamonaviy kasb markazi, kutubxona, sport to‘garaklarini ochish taklifini bermoqda.
“Ko‘mak” loyihasi doirasida o‘z biznesini boshlab, yaxshi natija ko‘rsatayotgan yoshlar faoliyatini kengaytirish uchun 300 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratish yo‘lga qo‘yiladi.
Endi olis hududlardagi o‘quv markazlari ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdorida to‘laydi, ulardagi o‘qituvchilar uchun daromad solig‘i 7,5 foiz bo‘ladi (hozir ijtimoiy va daromad solig‘i 12 foizdan to‘lanadi).
Yoshlar ishlari agentligiga xususiy o‘quv markazlari bilan hamkorlikda yiliga 20 ming yoshni kelajak kasblariga o‘qitish dasturini ishga tushirish, har bir tumanga 500 million so‘mgacha ssuda ajratib, texnikum va o‘quv markazlarida kasb-hunar laboratoriyasini tashkil qilish topshirildi.
✅ Talaba.uz rasmiy kanali👇

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qo‘qon universiteti zamonaviy asbob-uskunalar, texnika va laboratoriyaga ega 400 o‘rinli o‘quv markazini ishga tushirdi.
Universitet ehtiyojmand oilalar farzandlarini o‘quv markazida dasturlash, sun’iy intellekt, robototexnika bo‘yicha 6 oylik o‘quv kurslarida bepul o‘qitmoqchi. Birgina shu orqali yiliga 5 mingdan ziyod uyushmagan yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashi uchun sharoit yaratiladi.
Yoki Toshkent agrar universiteti mexanizatsiya va agromuhandislik yo‘nalishidagi talabalarini “dual” ta’lim asosida bevosita Chirchiqdagi agro-tex klasterida o‘qitmoqchi. Ular bir vaqtning o‘zida ishlab, maosh oladi.
Shuningdek, universitetda har biri 5 nafar talabadan iborat “Kelajak fermerlari” eksperimental jamoalari tashkil etiladi. Ushbu jamoalar o‘quv yili davomida 10 sotix yerni o‘zlashtirib, o‘zlari ekin ekadi. Ular yerning unumdorligini oshirish, serhosil va yuqori daromad olish ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, kursdan kursga o‘tadi.
Qolgan barcha oliygohlar ushbu ijobiy tajribalardan namuna olishi zarurligi qayd etildi.
Endi joylarda mana shunday maskanlarni tashkil qilib, ehtiyojmand oilalardagi yoshlarni bepul o‘qitishni yo‘lga qo‘ygan o‘quv markazlari yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi, kommunal xarajatlarining yarmi budjetdan qoplab beriladi, o‘qituvchilarga to‘langan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq “keshbek” sifatida qaytariladi.

O‘tgan yilda Kasbiy ta’lim agentligi tashkil qilinib, har bir hududda hokimlar boshchiligida Kasbiy ta’lim kengashlari ish boshladi.
Agentlik va hokimlarga qaysi texnikumda kasbga o‘qitish dasturini qayta ko‘rib chiqib, ish beruvchilarning talabiga moslash, qaysi biriga kasb-hunar va “dual ta’lim” bo‘yicha eng yaxshi tajribalarni olib kelish kerakligi va texnikumlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash bo‘yicha masalalarni tezkor hal qilib borish topshirildi.
Hokimlar texnikum binosi va yerlari boshqa maqsadlarda berilmasligi, direktorlari esa faoliyatiga tegishli bo‘lmagan yig‘ilishga chaqirilmasligi haqida ogohlantirildi.
Har yili kamida 100 tadan texnikumni to‘liq ta’mirlab, texnologik va talab yuqori bo‘lgan kasblarga mos holda jihozlash maqsad qilib olindi.
“Dual ta’lim” qamrovini yanada kengaytirish muhimligi ta’kidlandi. Har oyda texnikumlarda “Kasbiy rivojlanish kuni” va mehnat yarmarkalari tashkil qilinadi. Texnikumlarga ham oliygohlar kabi “spin-off” ochishga ruxsat beriladi. Bunda o‘quvchilarning startap loyihalariga 1 milliard so‘mgacha ajratiladi.
Joriy yildan xuddi oliygoh talabalari kabi texnikum o‘quvchilari uchun ham “Ishla va sayohat qil (Work and travel)” dasturi asosida olti oy davomida xorijda ishlab, qo‘shimcha daromad topish imkoniyati yaratiladi. Bunda dasturda ishtirok etuvchi texnikum o‘quvchilariga yo‘lkira xarajatlari uchun ssuda ajratiladi.
✅ Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Agentlik va hokimlarga qaysi texnikumda kasbga o‘qitish dasturini qayta ko‘rib chiqib, ish beruvchilarning talabiga moslash, qaysi biriga kasb-hunar va “dual ta’lim” bo‘yicha eng yaxshi tajribalarni olib kelish kerakligi va texnikumlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash bo‘yicha masalalarni tezkor hal qilib borish topshirildi.
Hokimlar texnikum binosi va yerlari boshqa maqsadlarda berilmasligi, direktorlari esa faoliyatiga tegishli bo‘lmagan yig‘ilishga chaqirilmasligi haqida ogohlantirildi.
Har yili kamida 100 tadan texnikumni to‘liq ta’mirlab, texnologik va talab yuqori bo‘lgan kasblarga mos holda jihozlash maqsad qilib olindi.
“Dual ta’lim” qamrovini yanada kengaytirish muhimligi ta’kidlandi. Har oyda texnikumlarda “Kasbiy rivojlanish kuni” va mehnat yarmarkalari tashkil qilinadi. Texnikumlarga ham oliygohlar kabi “spin-off” ochishga ruxsat beriladi. Bunda o‘quvchilarning startap loyihalariga 1 milliard so‘mgacha ajratiladi.
Joriy yildan xuddi oliygoh talabalari kabi texnikum o‘quvchilari uchun ham “Ishla va sayohat qil (Work and travel)” dasturi asosida olti oy davomida xorijda ishlab, qo‘shimcha daromad topish imkoniyati yaratiladi. Bunda dasturda ishtirok etuvchi texnikum o‘quvchilariga yo‘lkira xarajatlari uchun ssuda ajratiladi.
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xorijiy til sertifikatini olgan yoshlarga imtihon va o‘qish xarajatini qoplash yo‘lga qo‘yilgani katta samara berdi. Sertifikatga ega yoshlar 600 mingdan oshdi. Eng muhimi, xorijiy tillarni mukammal biladigan 72 mingta instruktor paydo bo‘ldi.
Yaratilgan sharoitlar hisobiga xususiy o‘quv markazlarining soni 3 karra ko‘payib, 38 mingdan oshdi.
Mazkur yo‘nalishdagi yosh tadbirkorlar O‘quv markazlari uyushmasini tashkil qilish tashabbusi bilan chiqqan. Prezidentimiz buni qo‘llab-quvvatladi.
Endilikda uyushmaga a’zo bo‘lgan xususiy o‘quv markazlariga binosini ijaraga bergan tadbirkorlar ijaradan olinadigan daromad va foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.
Bunday markazlarning o‘qituvchilarini Yoshlar ishlari agentligi hisobidan AQSh, Buyuk Britaniya, Singapur, Yaponiya kabi ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuborish yo‘lga qo‘yiladi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Yaratilgan sharoitlar hisobiga xususiy o‘quv markazlarining soni 3 karra ko‘payib, 38 mingdan oshdi.
Mazkur yo‘nalishdagi yosh tadbirkorlar O‘quv markazlari uyushmasini tashkil qilish tashabbusi bilan chiqqan. Prezidentimiz buni qo‘llab-quvvatladi.
Endilikda uyushmaga a’zo bo‘lgan xususiy o‘quv markazlariga binosini ijaraga bergan tadbirkorlar ijaradan olinadigan daromad va foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.
Bunday markazlarning o‘qituvchilarini Yoshlar ishlari agentligi hisobidan AQSh, Buyuk Britaniya, Singapur, Yaponiya kabi ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuborish yo‘lga qo‘yiladi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
O'zbekistonda bir yilda tug'ilgan bolalar soni deyarli butun Sharqiy Yevropada tug'ilgan bolalar soniga teng ekan 😳.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍2
⚡️ Joriy yildan SAT 1200 balldan yuqori olgan abituriyentlar imtihonsiz talaba bo'ladi
Joriy yildan boshlab SAT xalqaro imtihonida 1200 ball va undan yuqori ball olgan abituriyentlar imtihonsiz toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻshimcha grant asosida oʻqishga qabul qilinadi.
SAT sertifikati asosida beriladigan imtiyozdan foydalanmoqchi boʻlgan abituriyentlar oʻz sertifikatlarini DI kodi orqali Agentlikka yuborishlari talab etiladi.
— SAT imtihonlarida natijasi 75 foizi — 1200 ball va undan yuqori natijadagi sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlar imtihonlarsiz oʻqishga qabul qilinadi — dedi agentlik departament boshligʻi Javlonbek Nurmatov.
Bunda sertifikat berilgan fan (matematika va ingliz tili fanlari) bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kirish imtihonlari fanlari majmuasi tarkibida mavjud boʻlgan barcha yoʻnalishlar qabul qilinadi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Joriy yildan boshlab SAT xalqaro imtihonida 1200 ball va undan yuqori ball olgan abituriyentlar imtihonsiz toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻshimcha grant asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Bu haqda 25-fevral kuni Bilimni va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkazilgan anjumanda maʼlum qilindi.
SAT sertifikati asosida beriladigan imtiyozdan foydalanmoqchi boʻlgan abituriyentlar oʻz sertifikatlarini DI kodi orqali Agentlikka yuborishlari talab etiladi.
— SAT imtihonlarida natijasi 75 foizi — 1200 ball va undan yuqori natijadagi sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlar imtihonlarsiz oʻqishga qabul qilinadi — dedi agentlik departament boshligʻi Javlonbek Nurmatov.
Bunda sertifikat berilgan fan (matematika va ingliz tili fanlari) bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kirish imtihonlari fanlari majmuasi tarkibida mavjud boʻlgan barcha yoʻnalishlar qabul qilinadi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ 2026/2027-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari
Test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).
💬Unga ko‘ra:
◀️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:
🔸 Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
🔹 Matematika x 10 ta;
♦️ O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.
◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:
➡️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➡️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.
🟩2026/2027-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

👩🎓 Xotin-qizlar ta’limi uchun yangi imtiyozlar:
➖ Yangi o‘quv yilidan boshlab ehtiyojmand oilalardagi ayollar uchun davlat granti kvotasi 2 karra oshirilib, 4 mingga yetkaziladi;
➖ Top 300 talikdagi oliygohlar bilan qo‘shma ta’lim asosida magistratura bosqichida ta’lim olayotgan talaba-qizlarning kontrakt pullari ham davlat tomonidan to‘lab beriladi;
➖ Endilikda har yili xotin-qizlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun kamida 10 ta yo‘nalish bo‘yicha startap tanlovlari o‘tkaziladi. Bunda har bir yo‘nalish g‘olibiga Innovatsiya jamg‘armasidan 500 million so‘mgacha grant beriladi;
➖ Maktabning 11-sinfini bitirib, davlat texnikumlariga kirgan qizlarni kasbga o‘qitish to‘liq davlat granti asosida bo‘ladi.

Chet tili sertifikati boʻlmasa 29 ta yoʻnalishga hatto hujjat topshirib bo'lmaydi ❌
Mana shu yilgi qabuldan boshlab, 1-fani chet tili bo'lgan yo'nalishlarga hujjat topshirish uchun xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat bo'lishi kerak. Busiz hatto hujjat topshirib bo'lmaydi.
Bu qanday aniqlanadi?
Bu talab amal qilishi uchun abituriyent tanlagan yo'nalishda 1-fan chet tili bo'lishi kerak.
1-fan sifatida aniq ko‘rsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan bo‘yicha, 1-fan “Chet tili” ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlariga esa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi.

❗️2026/2027-o‘quv yilida kirish test sinovlari uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlandi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasiga ko‘pchilik ovoz bilan o‘zgartirish kiritish ma’qullandi. “El-yurt umidi” fondi belgilangan muddatda ilmiy ishini himoya qilolmagan doktorantini sudga berish va qilingan xarajatlarni foizlari bilan qaytarib olish uchun imtiyozli murojaat huquqiga ega bo‘lmoqda!
Fond suddagi g’alabasi bilan o‘zi tanlab olgan doktorantni ilmiy intilishi yarimida sindirilgan, davlatdan o‘n minglab dollar qarzdor, norozi, birinchi imkoniyatdayoq xorijga chiqib ketish yo‘lini izlaydigan “umidsiz”ga aylantirib beradi.
Xalqaro tajriba ko‘rsatadiki davlatlar ilmiy tadqiqot masalasida olimlarni rag‘batlantirishdan manfaat ko’radi. To‘g‘ri, muddat albatta bo‘ladi, lekin olim yangilik yaratish yo‘lida qo‘shimcha imkoniyat kerak ekanligini asoslab bersa nega uni jazolash kerak?
Bu oddiy talaba emas, olimni yo’qotish bo’ladi va zarari pul bilan o’lchanmaydi.
Alisher Qodirov

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍1