Talaba.uz | Ta'lim portali
5.46K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
📢 Toshkent shahridagi oliygohlarda yangi oʻquv yilidan darslar soat 08:00 da boshlanadi

🔰Mazkur tartib poytaxtda transport oqimini samarali tashkil etish, ertalabki va kechki tigʻiz vaqtlarda yoʻllardagi yuklamani kamaytirish hamda taʼlim jarayonini yanada maqbul tashkil etishga qaratilgan.

➡️ Xususan, dars mashgʻulotlarining ertaroq boshlanishi oliy taʼlim tashkilotlariga qatnaydigan talabalar va professor-oʻqituvchilarning harakatlanish vaqtini oqilona rejalashtirish, kun davomida taʼlim jarayonini samarali tashkil etish hamda shahardagi transport vositalari oqimini maqbullashtirishga xizmat qiladi.

☝️Eslatib oʻtamiz, mazkur tartib 2026/2027-oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi smenasidagi oʻquv mashgʻulotlariga taalluqlidir.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Talaba bo'lganlar OTMga qanday hujjatlar berishi kerak?

1. Rektor nomiga ariza;
2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
3. Diplom
yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
4. Til
bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa)
5. 3,5x4,5 foto 12 ta;
6. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel);
7. Konvert A5 formatida;
8. Talabalar turar joyi (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun) ariza (kerak bo‘lsa)
9. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo‘lsa).

📌 Tavsiya: Qaysi OTMga qabul qilingan bo‘lsangiz, o‘sha OTMga ushbu hujjatlarni topshirishingiz so‘raladi. Iloji bo‘lsa, talabasi bo‘lgan OTMingizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!

✅  Barcha talaba bo'lganlarni xabardor qiling.

Do'stlarga ulashing👇

https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
​🇺🇿 Mustaqilligimiz muborak, aziz talabalar!

​Bugun yurtimiz o'zining eng ulug' va aziz bayrami — O'zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 35 yilligini nishonlamoqda.

​Vatanimizning har bir tongi tinch, osmoni musaffo ekanligi va bizga yaratilayotgan keng imkoniyatlar uchun bu kunning qadri har birimiz uchun baland.

​Talabalik — shijoat, izlanish va kelajak poydevorini qurish davri. Har birimiz o'z sohamizda yetuk mutaxassis bo'lib yetishishimiz, bilim va salohiyatimizni Yangi O'zbekiston taraqqiyotiga bag'ishlashimiz aynan bugungi mustaqillik bergan ulkan imkoniyatlar samarasidir.

​Aziz yoshlar, yurakdagi o't, ko'zdagi yorug' nishon va ilmga bo'lgan chanqoqlik hech qachon sönmasin! Vatanimiz bayrog'ini doimo baland ko'tarib, yuksak marralarni zabt etavering.

​Bayramingiz muborak bo'lsin, qadrli talabalar!

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismi qoplab beriladi: ariza yuborish boshlandi

Hukumatning tegishli qaroriga ko'ra, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga yoki ota-onasiga tegishli bo‘lmagan uyda ijara asosida yashayotgan davlat OTMlarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalariga ijara to‘lovining bir qismi qoplab beriladi.

Bunda davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarning 60 foizigacha bo‘lgan qismiga Davlat budjeti hisobidan to‘lov amalga oshiriladi.

Ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan, boshqa hududlarda esa yarim baravaridan oshmaydi.

Arizalarni kontrakt.edu.uz va my.gov.uz orqali har oyning 1-sanasidan 7-sanasiga qadar onlayn yuborish mumkin.

Talabalar safiga yangi qabul qilingan, yotoqxona bilan ta’minlanmagan va OTMdan uzoq hududdan kelgan 1-bosqich talabalari uchun sentyabr va oktyabr oylarida ijara shartnomasi talab etilmaydi. Bunda noyabr oyidan boshlab to‘lovni olish uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ijara shartnomasi bo‘lishi kerak.

Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, ijara to‘lovining bir qismi talabaning bank kartasiga har oyning 15-sanasiga qadar o‘tkazib beriladi.

Mazkur tartib nodavlat OTMlar, xorijiy OTMlarning filiallari, oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓Ta’lim krediti: talabalardan eng ko‘p berilgan savollarga javob

Ta’lim krediti bo‘yicha ko‘p kelib tushayotgan savollarni bir joyga jamladik. 👇

❓ Ta’lim krediti kimlarga beriladi?

❓ 1-kurs talabasi qancha miqdorda ta’lim krediti olishi mumkin?

❓ 2-kurs va undan yuqori bosqich talabalari uchun kredit miqdori qancha?

❓ Ta’lim krediti qaysi ta’lim shakllariga beriladi?

❓ Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt uchun ta’lim krediti olish mumkinmi?

❓ Qaysi ta’lim tashkilotlari talabalari
ta’lim krediti olishi mumkin?

🎥 Agar sizda ham shu savollardan biri bo‘lsa, videoni albatta ko‘ring

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️ Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlarni tayyorlash tizimi takomillashtiriladi

Bu haqda Prezidentning “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2026-yil 26-avgustdagi PQ–302-son qarori qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilidan Jamoat xavfsizligi universitetida ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l harakati xavfsizligi, jamoat tartibini saqlash hamda qo‘riqlash faoliyati (jamoat xavfsizligini ta’minlash) yo‘nalishlarida kadrlarni tayyorlash maqsadida:

🔹 Universitetning yillik qabul kvotalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishining kunduzgi ta’lim shakliga600 nafar kursantgacha, masofaviy ta’lim shakliga300 nafar tinglovchigacha oshirilib, ularning 3/4 qismi Ichki ishlar vazirligi tizimi uchun jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi kadrlarni tayyorlashga ajratiladi;

🔹 Universitet tomonidan Ichki ishlar vazirligi tizimi uchun kadrlar tayyorlashda qabulkvotalari va mutaxassislik (yo‘nalish)lar taqsimoti ichki ishlar organlarining ehtiyojidan kelib chiqib, Prezident Administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departamenti bilan kelishilgan holda belgilanadi;

🔹 Universitetda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishi uchun yurisprudensiya sohasida oliy ma’lumotga ega kadrlarni tayyorlash:

➖ bakalavriatningkunduzgi ta’lim shaklida “Yurisprudensiya (“Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati”, “Jamoat tartibini saqlash faoliyati”, “Yo‘l harakati xavfsizligi faoliyati” va “Qo‘riqlash faoliyati”)” yo‘nalishlari, masofaviy ta’lim shaklida esa “Yurisprudensiya (“Jamoat xavfsizligini huquqiy ta’minlash”)” yo‘nalishi bo‘yicha;

➖ ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kamida besh yillik amaliy xizmat stajiga ega xodimlari va harbiy xizmatchilari uchun magistraturada o‘qitish “Jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini tashkil etish” mutaxassisligi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️ Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlarni tayyorlash tizimi takomillashtiriladi Bu haqda Prezidentning “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar…
Universitetning ta’lim tizimi takomillashtiriladi

✔️ Qarorga ko‘ra, Universitet bakalavriat ta’lim yo‘nalishida:

➖ Qurolli Kuchlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun mutaxassislarni tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida davlat granti asosida;

➖ masofaviy ta’lim shaklida Milliy gvardiya va ichki ishlar organlarining oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan harbiy xizmatchilari va xodimlari uchun davlat granti asosida, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan hamda Qurolli Kuchlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari harbiy xizmatchilari va xodimlari uchun to‘lov-kontrakt asosida;

➖ kadrlarni umumfuqaroviy asosda tayyorlash kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakllarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

📖 Universitetning dual ta’lim tizimida har bir kursant va tinglovchiga o‘qishni boshlashidan uni tamomlanguncha bir nafardan tajribali amaliyotchi-mutaxassisni mentor-tyutorsifatida biriktirish tartibi joriy etiladi.

📜 Har yili oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlari kursantlari o‘rtasida “Huquqshunoslik”fan olimpiadasi tashkil etiladi hamda g‘olib bo‘lganlarga xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish imkoniyati beriladi.

⏳ Universitet ta’lim jarayonining sifat ko‘rsatkichlari va kelgusidagi strategiyasi bitiruvchilarning 5 yil davomidagi kasbiy o‘sishi hamda xizmat samaradorligi monitoringi natijasi orqali belgilanadi.

📄 Universitet tomonidan byudjet, byudjetdan tashqari mablag‘lar hamda grantlar hisobidan har yili professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar va magistrlarning kamida 30 nafarini hamkor xorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga malaka oshirish, stajirovka va tajriba almashish uchun yuborish amaliyoti joriy etiladi.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Talabalarning buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorligi tashkil etiladi

Hukumatning 2026-yil 9-yanvardagi 8-son qarori  bilan “Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining buyurtmachilar bilan hamkorligini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

✅ Nizom bakalavriat yo‘nalishida 2- va undan yuqori kursda o‘qiyotgan talabalarning o‘qishi uchun shartnoma to‘lovlarini ish beruvchilar tomonidan qoplab berish hamda ularning ta’limi yakunlangach ishga qabul qilish tartibini belgilaydi.

📝 Nizomga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlari hamda talabalar o‘rtasida 3 tomonlama shartnomalar tuzishda ishchilar soni 50 nafardan ortiq yoki qiymati kamida 1 mln AQSH dollari bo‘lgan investitsiya loyihalariga ega vazirlik, idora hamda tashkilotlar buyurtmachi sifatida ishtirok etishi mumkin.

🗒 Talabalar har yili20-sentyabrgacha saralashda ishtirok etish uchun oliy ta’lim tashkilotiga elektron ariza topshiradi. Bunda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma ilova qilinadi.

✔️ Talabalar o‘qishni bitirganidan so‘ng buyurtmachi korxona yoki tashkilotda ishlab berish sharti bilanariza topshiradi.

📌 Ariza topshirish va saralab olishda ishtirok etuvchi talabgorlarning joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish GPA ko‘rsatkichi 3 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi.

🔎 Tanlov komissiyasi har yili 15-oktyabrgacha oliy ta’lim tashkilotida talabgorlarni suhbat asosida saralab olishdan o‘tkazadi.

📑 Talabgorlarni saralab olishda buyurtmachi vakili xulosasi asosiy mezon hisoblanadi.

☑️ 3 tomonlama shartnoma tuzgan va ta’limni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar o‘qishini bitirganidan keyinbuyurtmachi tomonidan belgilangan tartibda ishga qabul qilinadi.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ MARKAZIY BANKINING MAXSUS STIPENDIYASI UCHUN TANLOV E’LON QILINADI!

🎓 Iqtidorli talabalar uchun yangi imkoniyat!
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus stipendiya dasturi iqtisodiyot, bank ishi, moliya, yurisprudensiya va axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida tahsil olayotgan, yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega, ilmiy-ijodiy salohiyatli va faol talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladi.

💸 Stipendiya miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining kamida 3 baravari.
📎 Asosiy talablar:
• bakalavriat yoki magistraturaning so‘nggi bosqichida kunduzgi ta’limda tahsil olish;
• yuqori akademik reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lish;
• davlat tilini mukammal bilish;
• rus va ingliz tillarini kamida B2 darajasida bilish;
• belgilangan iqtisodiyot, moliya, bank, IT, yurisprudensiya va boshqa tegishli yo‘nalishlarda tahsil olayotgan bo‘lish.

🗃 Ustunlik beriladi:
• IELTS 7.0 va undan yuqori natijaga ega nomzodlarga;
• ACCA va boshqa xalqaro moliyaviy sertifikatlarga ega bo‘lganlarga;
• Big Data bilan ishlash ko‘nikmasiga ega talabalarga;
• iqtisodiyot, moliya yoki IT yo‘nalishidagi xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblariga.

📝 Qo‘shimcha imkoniyat: stipendiatlar Markaziy bankning tegishli bo‘linmalarida haftasiga 15 soatdan oshmagan holda amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
📌 Tanlov bosqichlari:
⏰ Arizalar: 11-sentabrgacha
🖥 Ariza topshirish: Markaziy bank rasmiy Telegram boti
💻 Test sinovi: 15-sentabr, soat 10:00
🌐 Masofaviy shaklda.
🛜 Xorijiy til bo‘yicha suhbat: 16-sentabr, soat 11:00
Google Meet orqali.
🔄 Ekspert guruhi suhbati: 18-sentabr, soat 10:00.
📱 Ma’lumot uchun: (71) 212-60-91
🔅 O‘z bilimingiz va salohiyatingizni namoyon eting — Markaziy bank maxsus stipendiyasi sohibiga aylaning!

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
🔔 1-kurs talabalari uchun darslar rasman boshlandi!

🎓 Auditoriyani adashtirib qo‘yishlar, yangi ustozlar va guruhdoshlar bilan ilk tanishuv... Barchasini birinchi marta boshidan o‘tkazayotgan 1-kurs talabalarini bugungi unutilmas kun bilan tabriklaymiz! ✨

💡 Bu yillar hayotingizdagi eng qiziqarli, ba'zan qiyin, lekin haqiqiy oltin davr bo‘lib qolishiga ishonamiz. Bilim olishdan va o'z ustingizda ishlashdan aslo to'xtamang. Barchaga muvaffaqiyat!

P.S. Talaba bo'lganingizni endi his qildingizmi? Hissiyotlar bilan izohlarda bo'lishamiz! 😊

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ O‘zDJTU talabalari uchun vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yiladi

2026/2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan 7-sentabrdan boshlab “Mirzo Ulug‘bek” metro bekati — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti yo‘nalishida vaqtinchalik avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

📍 Yo‘nalish bo‘yicha asosiy ma’lumotlar:

🗓 Qatnov boshlanishi: 7-sentabrdan
⏰ Harakat vaqti: 07:00 dan 08:00 gacha (ertalabki tig‘iz vaqtda)
🚌 Avtobuslar soni: 4 ta katta sig‘imli avtobus

🎓 Manzil: avtobuslar talabalarni "Mirzo Ulug'bek" metrosi oldidan O‘zDJTUning har ikkala o‘quv binosiga yetkazadi.

📍 Yo‘nalish:
— “Mirzo Ulug‘bek” metrosi;
— Taxtagul;
— THAY;
— Lutfiy;
— Ko‘kcha Darvoza;
— Zakovat ko‘chalari;
— O‘zDJTU.

Eslatma: Mazkur avtobuslar faqat ertalabki tig‘iz vaqtda — soat 07:00 dan 08:00 gacha harakatlanadi.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kontrakt #shartnoma

Barcha talabalar diqqatiga (1-kurslar ham)❗️

To‘lov shartnomasini olish uchun onlayn ariza yuborish


🖥 Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring!

Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.

Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi.

Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin.

Ilovani yuklab olish:👇
📲 iOS uchun 📲 Android uchun

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ HEMIS tizimning navbatdagi versiyasi OTTlarga taqdim etildi!

HEMIS tizimining 1.9.53 (05.09.2026 y.) versiyasida OTTlarda ta’lim jarayonlarini samarali tashkil etish va talabalarni tizimga kiritish jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi.


1. Ikkinchi oliy ta’lim talabalarini kiritish
Ikkinchi oliy ta’limga qabul qilingan hamda texnikumni bitirib, suhbat asosida qabul qilingan talabalarni verifikatsiya orqali tizimga kiritish anketasi ishlab chiqildi.

📍 Talabalar bazasi → Ikkinchi ta’lim talabani kiritish

2. Ikkinchi ta’lim talabalarini rasmiylashtirish
“Ta’lim buyruqlari” modulida ikkinchi ta’lim talabalarini rasmiylashtirish uchun “Darslarga ruxsat berish (ikkinchi ta’lim)” farmoyishi va uning shabloni ishlab chiqildi.

3. Ikkinchi ta’lim uchun o‘quv rejasi
Ikkinchi ta’lim talabalari uchun alohida o‘quv rejasi yaratiladigan holatlarda funksional takomillashtirildi.

Agar ta’lim shaklida “Ikkinchi oliy” tanlansa, o‘quv reja semestrlari 3-semestrdan boshlab yaratiladi.

4. O‘qishga tiklash funksionali
“Ta’lim buyruqlari → O‘qishga tiklash buyrug‘i” funksionali takomillashtirildi. Buyruqqa talaba qo‘shishda hujjat parametri hisobga olinadi va talabalar ajratiladi. Shuningdek, chetlashtirilgan talabalarni verifikatsiya orqali tiklash imkoniyati joriy etildi.

5. Xorijiy talabalarni kiritish
“Talabalar bazasi → Talaba yaratish” funksiyasidan xorijiy talabalarni kiritish olib tashlandi.
Endilikda xorijiy talabalar faqat:

📍 Talabalar bazasi → Xorijiy talabani kiritish menyusi orqali verifikatsiya bilan tizimga kiritiladi.

6. Talaba anketasi takomillashtirildi
Yangi talaba qo‘shishda anketadagi “Farmoyish/Buyruq” maydonida hech qanday hujjat tanlanmaydi.
Ushbu maydonda hujjatlar faqat buyruqlar rasmiylashtirilgandan so‘ng ko‘rinadi.

7. Talaba qo‘shish parametrlari
Quyidagi farmoyish va buyruqlarda talabalarni qo‘shish parametrlari takomillashtirildi:
▪️ Darslarga ruxsat berish turidagi barcha farmoyishlar;
▪️ O‘qishni bekor qilish farmoyishi;
▪️ O‘qishga qabul qilish buyrug‘i;
▪️ Akademik mobillikka qabul qilish buyrug‘i.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#SavolJavob

📝 Magistraturaga qabul qilingan talabgordan qanday hujjatlar talab qilinadi?

Bu haqida Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda ko‘rsatib o‘tilgan.

Batafsil videoda 👆

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Maqsadli qabul bo‘yicha muhim huquqiy eslatma!

Amaldagi amaliyot hamda normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, maqsadli qabul (maqsadli kvota) asosida davlat granti bo‘yicha talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar o‘z ixtiyori bilan ushbu grantdan voz kechib, boshqa ta’lim yo‘nalishlariga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt ("super-kontrakt") rasmiylashtirishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

ℹ️ Ma’lumot uchun: Yangi 2026/2027-o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt tartibi va doirasi Hukumat tomonidan hali rasman e’lon qilinmadi.

Kanalimizni kuzatib boring, rasmiy tartib e’lon qilinishi bilan batafsil ma’lumot taqdim etamiz:

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 JIDUga bu yil maksimal 189 ball to‘plagan barcha 3 200 nafar abituriyent talabalikka qabul qilindi — kelgusi yildan tartib o‘zgaradi

👍 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipovning ma’lum qilishicha, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga (JIDU) joriy o‘quv yilida reja bo‘yicha 550 nafar abituriyent qabul qilinishi belgilangan edi. Biroq, sertifikatlar va imtiyozlar hisobiga 3 200 nafar abituriyent maksimal — 189 ball to‘plagan.

Joriy o‘quv yilida maksimal ball to‘plagan barcha abituriyentlar talabalikka tavsiya etildi. Biroq vazirning ta’kidlashicha, kelgusi yildan e’tiboran bunday holatlarning oldini olish va adolatli tanlovni ta’minlash maqsadida qabul tartibiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi rejalashtirilmoqda.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍2
📌 Maqsadli qabul bo‘yicha muhim huquqiy eslatma!

Amaldagi amaliyot hamda normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, maqsadli qabul (maqsadli kvota) asosida davlat granti bo‘yicha talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar o‘z ixtiyori bilan ushbu grantdan voz kechib, boshqa ta’lim yo‘nalishlariga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt ("super-kontrakt") rasmiylashtirishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

ℹ️ Ma’lumot uchun: Yangi 2026/2027-o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt tartibi va doirasi Hukumat tomonidan hali rasman e’lon qilinmadi.

Kanalimizni kuzatib boring, rasmiy tartib e’lon qilinishi bilan batafsil ma’lumot taqdim etamiz:

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
😄 Talabalar stipendiyasi 7 foizga oshib 609 548 so'm etib belgilandi.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
😁5
📌 Rasman: Talabalar ijara puli toʻlab beriladi

📄 Ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berilishi belgilab qo‘yilgan.


❓ Ariza berish uchun nima qilish kerak?


➡ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi.
➡ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.


✍ Bunda birinchi bosqich talabalari uchun joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.


✍ Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi (ijara.soliq.uz) bo‘lishi talab etiladi.


🔗Talaba bo'lsangiz, ijara to'lovi uchun ariza yuboring.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Barcha talabalar diqqatiga!

📲 To‘lov shartnomasini olish uchun kontrakt.edu.uz platformasidan onlayn ariza yuboring.

➡️ Arizangiz oliygoh tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
✅ Tayyor shartnomani tizimdan yuklab olishingiz mumkin.

“KONTRAKT EDU” mobil ilovasi

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi