Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar
«Ta’lim granti» ustuvorligi
«Ta’lim granti» ustuvorligini tanlagan abituriyentlar uchun:
▶️ abituriyentning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim granti asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lgan taqdirda, uning test sinovi natijalari ushbu bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi va unga tanlagan keyingi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;
▶️ abituriyentning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yetarli bo‘lmay, tanlagan ikkinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim granti asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, natijalari ushbu bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi va unga tanlagan keyingi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.
Natijalar shu ketma-ketlikda navbatma-navbat 5 ta tanlangan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tekshiriladi.
Agar abituriyentning to‘plagan ballari u tanlagan beshala bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim granti asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmagan taqdirda, tanlagan shu bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari doirasida to‘lov-kontrakt asosida yuqoridagi ketma-ketlikda tanlovda ishtirok etadi
(Asos: VMning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori)
Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2026 #Abituriyent2026
📣 Abituriyentlar diqqatiga!
🎥 Tanlovning 2-bosqichi bo‘yicha tayyorlangan videoqo'llanma bilan tanishib boring.
Mazkur videoqo‘llanmada abituriyentlar uchun muhim ma’lumotlar mavjud.
❗️ Tanlovning 2-bosqichida ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakli va tanlov ustuvorligini tanlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan barcha abituriyentlarga videoqo‘llanma bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

🖋 Fan olimpiadalari g‘oliblariga "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasi beriladi
Hukumat qarori (406-son, 24.07.2026-y.) bilan “Ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan fan olimpiadasi va sport musobaqasi g‘oliblarini “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasini taqdim etish orqali rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
📨 Nizomga ko‘ra, ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan fan olimpiadasi va sport musobaqasi g‘oliblariga quyidagi yo‘llanmalar taqdim etiladi:
📑 respublika darajasida – g‘olib bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarga O‘zbekiston hududidagi turistik obyektlarga 3 kunlik sayohat;
📆 viloyat darajasida – g‘olib bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarga boshqa hududdagi turistik obyektlarga 2 kunlik sayohat.
➡️Sayohat xarajatlariga quyidagilar kiritiladi:
➖transport xizmati;
➖yashash va ovqatlantirish;
➖ekskursiyalar (gid xizmati va turizm obyektlariga kirish chiptasi);
➖sayohat sug‘urtasi.
Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi💠 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
🔗Qaror bilan 2026-2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilinadigan talabalar uchun bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda.
♻️ Lozihaga ko‘ra:
🔼 100 ballik baholash tizimi saqlanib qoladi. Bunda joriy nazorat uchun 30 ball, oraliq nazorat uchun 20 ball va yakuniy nazorat uchun 50 ball ajratiladi. Tibbiyot yo‘nalishlarida esa ballar alohida tartibda taqsimlanadi.
❗️Yakuniy imtihonlar ovozli va videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan auditoriyalarda o‘tkazilishi, videoyozuvlar esa kamida bir yil saqlanishi rejalashtirilgan.
🔄 Uch oy ichida onlayn kuzatuv va kompyuterda imtihon topshirish platformalarini ishlab chiqish, shuningdek, har semestr yakunida talabalar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazish ham nazarda tutilgan.
📁 Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun esa Brayl alifbosi, ovozli o‘qish va assistent yordami kabi moslashtirilgan imtihon shakllarini joriy etish ko‘zda tutilgan.
💬Muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.adliya.uz platformasi orqali qoldiring.
Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍1
❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi!
Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.
Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.
Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagitalabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.
Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.
ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.
🆕 Talabalar uchun qulaylik: Endi talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
❓Nima o‘zgardi?
Ilgari talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi!
Talabalar turar joyiga arizangiz ko‘rib chiqilib, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi.
Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun to‘lov shakllanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingiz haqida qayd varag‘i taqdim etiladi.
Muhim eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi.

Huquqshunoslik va 11 ta chet tili bo‘yicha milliy sertifikat berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Milliy sertifikat berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori qabul qilindi.
✅ Qarorga ko‘ra:
🔹 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab huquqshunoslik fanini bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat berish tizimi joriy etiladi.
🔹 Huquqshunoslik bo‘yicha test topshiriqlari umumiy o‘rta ta’lim dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchilik hujjatlari asosida shakllantiriladi.
🔹 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab yana 11 ta chet tilidan (xitoy, koreys, yapon, ispan, italyan, fors, dari, pusht-u, urdu, hindiy va uyg‘ur) ko‘p darajali (Multi-level) test tizimi amaliyotga tatbiq etiladi.
🔹 Imtihon kunlari va o‘rinlar soni Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti va YAIDXP orqali oldindan e’lon qilinadi.

👍3
⚡️Aytishlaricha, abituriyentlar uchun yakuniy mandat natijalari bugun kech yoki ertaga 13-avgust sanasida e'lon qilinishi kutilmoqda.
Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Oʻqishni koʻchirish boʻyicha test sinovlari 19-21 avgust kunlari oʻtkazilishi kutilmoqda.
Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Bo'lajak talabalar eshiting: Talaba kim?
Talabalar
– Asosan bilim yurti hududlarida vaqt o‘tkazadi. Kabinetdan - kabinetga guruh-guruh bo‘lib harakatlanishadi. Vaziyatga tez moslashuvchan, kezi kelganda ayyor va asosan dangasa bo‘lishadi. Tunda uxlashni, tongda uyg‘onishni yomon ko‘radi. Kunning birinchi yarmida asosan uyqusirab, ko‘zlari qizarib yuradi. Kech kirishi bilan yana aktivlashadi.
Tashqi ko‘rinishi –
Topganini kiyadi (lekin did bilan). Bizning muhitda asosan oq-qora tusli liboslarda bo‘lishadi. Qo‘lida papka yoki hamma fan uchun tutilgan bir donagina daftari bo‘ladi (ba’zan shuyam bo‘lmaydi).
Yashash tarzi –
Deyarli hamma qatori. Stipendiya chiqsa 3 kun mazza qilib yashaydi, so‘ng, yana keyingi stipendiyani kuta boshlaydi. Talabalik davrini surib yuradi. Ba’zida esa talabalik davri o‘zini suriiib-survoradi.
Ijtimoiy tabaqalanishi – Asosan 3 tabaqaga bo‘linadi:
1. Oddiy tabaqa – grantda o‘qiydi.
2. Sal mindeyeyeroq tabaqa – kontraktda o‘qiydi.
3. Krutoy tabaqa – “super-muper” kontraktda o‘qiydi (bu tabaqadagilarni ko‘rganda hamma O‘-o‘-o‘ deydi).
Uxlash tarzi – Shaxsiy yoki ijara uyi. Yotoqxona. Leksiyalar zali...
Oziqlanish tarzi – Oy boshida kafema-kafe yurib, keyin gumma, rollton va topgan-tutgani bilan oziqlanadi
Shiori – Talabalik oltin davrim! (ayrim manbalarda keltirilishicha, ushbu davr otning kallasidek kontrakti sababli oltinga tenglashtiriladi).
Yomon ko‘radi – Hech “kelishib bo‘lmaydigan” domlalarni.
Yoqtiradi – Darsda uxlashni.
Qo‘rqadi – Sessiyadan.
Ustunlik tomoni – 3 oy yallo qilib yurib, imtihonga uch kun qolganda o‘sha fanni “qalpoq” qilib tashlaydi.
Zaif tomoni – Dars tugashi bilan mavzuni esdan chiqarvoradi.
Orzusi – O‘qishni bitirgach o‘z mutaxassisligi bo‘yicha katta oylikli ishga joylashish. (tuya hommomni... e nimalar deyapman o‘zimdan-o‘zim?!). Orzuga ayb yo‘q.
Kelajagi – Agar yaxshi o‘qisa, qobiliyatli bo‘lsa, fanlarni yaxshi o‘zlashtirsa, bilimi kuchli bo‘lsa - kelajakda yo taksist yoki sotuvchi bo‘ladi. Mabodo mindeyeyeroq joyda ishlaydigan tanishi bo‘lsa – unda boshqa gap. Masalan-da...
❗️ Barcha boʻlajak talabalarga tarqating!

😁4😭3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning ma’lum qilishicha, respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) ertaga e’lon qilinadi.
Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Talaba.uz | Ta'lim portali
📌Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning ma’lum qilishicha, respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) ertaga e’lon qilinadi. Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https:…
#Rasman
Mandat natijalari e'lon qilindi
2026/2027 oʻquv yili uchun davlat oliy ta'lim muassasalariga oʻtkazilgan yakuniy test sinovlari natijalari (mandat) natijalari e'lon qilindi.
Abituriyentlar https://mandat.uzbmb.uz/ saytiga ID raqamlarini kiritish orqali natijalarini bilib olishlari mumkin.
Barchaga omad tilaymiz!
Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Mandat natijalari e'lon qilindi
2026/2027 oʻquv yili uchun davlat oliy ta'lim muassasalariga oʻtkazilgan yakuniy test sinovlari natijalari (mandat) natijalari e'lon qilindi.
Abituriyentlar https://mandat.uzbmb.uz/ saytiga ID raqamlarini kiritish orqali natijalarini bilib olishlari mumkin.
Barchaga omad tilaymiz!
Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hazil
O'qishga kirolmagan qizlar, to'ylar muborak bo'lsin😜
Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
O'qishga kirolmagan qizlar, to'ylar muborak bo'lsin😜
Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
😁3😭2
Talaba bo‘lganlar birinchi navbatda nima qilishi kerak?
🔝 Avvalo, talaba bo'lganingiz bilan tabriklaymiz.
➖ Hozir har bir OTMning telegram kanali, sayti bor. O‘zingiz talaba bo‘lgan OTM saytiga kirib tanishib chiqing. OTM lokatsiyasi, binolari, kutubxonalari, darslari haqida ma’lumot oling.
➖ O‘zingiz talaba bo‘lgan yo‘nalishda qanday fanlar o‘tilishi, baholash qanaqa ekani haqidagi ma’lumotlar bilan tanishing.
➖ Darslar boshlangach, abituriyentlikdagi o‘qish darajasini saqlab qolish, erkalanib ketmaslik uchun alohida o‘qish planini tuzib olish kerak.
➖ O‘zingizga o‘zingiz javob berishga o‘rganishni boshlang. Endi mustaqil shaxssiz, ehtimol, uydagilaringizdan uzoqda o‘qiysiz. Demak, pulingizni, vaqtingizni qanday sarflashga o‘zingiz javobgarsiz. Bundan cho‘chimang. Mustaqillik — yaxshi narsa.

Toshkentdagi musobaqada Isroil bayrog‘ini ko‘rsatgani uchun isroillik o‘quvchining oltin medali bekor qilindi
Budnik Toshkentda o‘tgan Xalqaro informatika olimpiadasida oltin medal olgan, ammo taqdirlashda Isroil bayrog‘ini ko‘rsatgach, natijasi reytingdan bekor qilingan.
International Olympiad in Informatics qoidalariga ko‘ra, isroillik o‘quvchilarga musobaqada o‘z mamlakati bayrog‘i ostida qatnashish mumkin emas.
Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Budnik Toshkentda o‘tgan Xalqaro informatika olimpiadasida oltin medal olgan, ammo taqdirlashda Isroil bayrog‘ini ko‘rsatgach, natijasi reytingdan bekor qilingan.
International Olympiad in Informatics qoidalariga ko‘ra, isroillik o‘quvchilarga musobaqada o‘z mamlakati bayrog‘i ostida qatnashish mumkin emas.
Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍14
⚡️Oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi
2026/2027-o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan boshlanadi.
Oliy ta’lim tashkilotlarida esa:
✅ 1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
✅ 2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.
Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
2026/2027-o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan boshlanadi.
Oliy ta’lim tashkilotlarida esa:
✅ 1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
✅ 2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.
Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
DIQQAT, E'LON!
Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida ishtirok etib, belgilangan minimal 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, shu jumladan, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlarga vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratildi.
2026-yil 22-avgustdan 28-avgustga qadar (shu kuni ham) Agentlikning my.uzbmb.uz rasmiy platformasi orqali mazkur toifadagi abituriyentlar qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Abituriyentlarga fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan, vakant o‘rinlar mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarinitanlash huquqi beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar vakant o‘rinlarga to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilinadi.
Tanlov yakunlari bo‘yicha Agentlik tomonidan tegishli tanlov qaydnomalari shakllantirilib, oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi.
Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

📝 Xorijda olingan ta’lim hujjatlari qachon sinovlarsiz tan olinadi?
Xorijiy davlatlarda olingan oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar ayrim hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ya’ni qo‘shimcha sinovlarsiz tan olinadi.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 16-yanvardagi PQ-4119-son qarori qabul qilingan.
Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Xorijiy davlatlarda olingan oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar ayrim hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ya’ni qo‘shimcha sinovlarsiz tan olinadi.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 16-yanvardagi PQ-4119-son qarori qabul qilingan.
Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Vakant-2026.pdf
823.8 KB
DIQQAT, E'LON!
2026-2027-oʻquv yili qoʻshimcha tanlov uchun vakant oʻrinlar mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati shakllantirildi.
Roʻyxatda KUNDUZGI, KECHKI va MASOFAVIY ta'lim shakllari bo'yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar taqsimoti keltirilgan.
OTMlar, taʼlim yoʻnalishlari, taʼlim shakli, taʼlim tili kesimida amalga oshirilgan vakant oʻrinlar taqsimoti va fanlar majmuasi bilan yuqorida berilgan PDF fayl orqali batafsil tanishish mumkin.
Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Qoʻshimcha tanlov uchun vakant oʻrinlar mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari
2026-2027-oʻquv yili qoʻshimcha tanlov uchun vakant oʻrinlar mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati shakllantirildi.
Roʻyxatda KUNDUZGI, KECHKI va MASOFAVIY ta'lim shakllari bo'yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar taqsimoti keltirilgan.
OTMlar, taʼlim yoʻnalishlari, taʼlim shakli, taʼlim tili kesimida amalga oshirilgan vakant oʻrinlar taqsimoti va fanlar majmuasi bilan yuqorida berilgan PDF fayl orqali batafsil tanishish mumkin.
Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
#2026_2027OʻquvYili
2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik: muhim sanalar va vazifalar belgilandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 21-avgustdagi 356-son buyrug‘i bilan ta’lim tashkilotlarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash bo‘yicha qator vazifalar belgilandi.
📌 “Dolzarb qirq kunlik”
Joriy yilning 20-avgustidan 30-sentyabrigacha bo‘lgan davr oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish, ularni turar joy bilan ta’minlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish maqsadida “Dolzarb qirq kunlik” etib belgilandi.
📖 2026/2027-o‘quv yili:
🔹 1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
🔹 2- va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan boshlanadi.
💳 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun
Talabalikka tavsiya etilgan shaxslarga to‘lov-kontrakt mablag‘larini shartnomada belgilangan miqdor va muddatlarda to‘lagunga qadar farmoyish asosida o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashishga ruxsat beriladi.
👩🎓 1-bosqich talabalari uchun
Yangi o‘quv yili doirasida:
▪️ talabalarni tantanali kutib olish;
▪️ “Kredit ta’limi tizimiga kirish” haftaligi;
▪️ “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlarini samarali tashkil etiladi.
🇺🇿 “Mustaqillik darslari”
Sentyabr oyida ta’lim tashkilotlarida “Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!” shiori ostida “Mustaqillik darslari” bo‘lib o‘tadi.
Darslar doirasida jadidlik harakati namoyandalari va qatag‘on qurbonlariga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, uch avlod uchrashuvlari, viktorina va ko‘rik-tanlovlar hamda sport musobaqalari o‘tkaziladi.
🗓 Shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlari oldiga o‘quv binolari va talabalar turar joylarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash, professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish, o‘quv-uslubiy hujjatlar bilan ta’minlash hamda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha vazifalar qo‘yildi.

O‘zbekistondagi oliy ta'lim tashkilotlariga “Study in Uzbekistan” platformasi orqali hujjat topshirgan xorijiy fuqarolar soni kengaymoqda
❓Xorijiy fuqarolar asosan qaysi universitetlarni tanlamoqda?
O‘zbekiston milliy universiteti,
Toshkent davlat texnika universiteti,
Toshkent davlat tibbiyot universiteti,
Samarqand davlat tibbiyot universiteti,
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
❓Qaysi yo‘nalishlarda xorijiy fuqarolarning o‘qish istagi yuqori?
Davolash ishi,
Biotexnologiya,
Biologiya,
Stomatologiya,
Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili,
Iqtisodiyot.
❓Qaysi xorijiy davlat fuqarolaridan qiziqish ko‘proq?
🇹🇲 Turkmaniston,
🇰🇬 Qirg‘iziston,
🇹🇯 Tojikiston,
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi,
🇧🇩 Bangladesh,
🇨🇳 Xitoy,
🇦🇿 Ozarbayjon.