Talaba.uz | Ta'lim portali
5.46K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
⚡️ Universitet yoki Institut? Farq nimada?

Ko‘pchilik abituriyentlar va talabalar "universitet" va "institut" tushunchalarini bir-biridan farqlay olishmaydi. Aslida, bu ikkisi o‘xshash bo‘lsa-da, muhim farqlarga ega.

🏛Universitet – keng qamrovli ta’lim maskani
Universitet – turli sohalarda bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida ta’lim beruvchi yirik oliy o‘quv yurti.

➡️U bir nechta yo‘nalish va fakultetlarni qamrab oladi (masalan, tibbiyot, muhandislik, iqtisodiyot, pedagogika va boshqalar).

🏢 Institut – muayyan sohaga ixtisoslashgan o‘quv yurti
➡️Institutlar asosan bitta yoki bir nechta o‘xshash yo‘nalishlarga ixtisoslashgan bo‘ladi (masalan, pedagogika instituti, muhandislik instituti).
⬅️Universitetlarga qaraganda kichikroq bo‘lib, ko‘pincha bakalavriat va magistratura darajalarini beradi. Lekin bugungi kunda institutlar ham doktorantura bosqichida ta'lim berishmoqda.

XULOSA

🔴Agar siz keng tanlov imkoniyatiga ega bo‘lishni istasangiz, universitet siz uchun yaxshiroq variant.
🔴Agar aniq bir sohaga ixtisoslashmoqchi bo‘lsangiz, institut mos keladi.

O‘zingizga mos ta’lim muassasasini tanlab, kelajagingiz uchun to‘g‘ri qadam qo‘ying!

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍1
🇰🇷 KOREYADA TA’LIM OLISH VA O‘ZBEKISTONDA ISHGA JOYLASHISH IMKONIYATLARI!

🎓 23–24-oktabr kunlari Toshkentda “Dream Bridge Korea 2026” — Koreyada ta’lim olish va O‘zbekistonda ishga joylashish imkoniyatlariga bag‘ishlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi!

🎉 KIRISH BEPUL!

Ko‘rgazmada quyidagilar ishtirok etadi:

🎓 44 ta universitet
🏢 12 ta kompaniya
🏛 6 ta davlat tashkiloti

📌 Sizni nimalar kutmoqda?

✅ Koreyada ta’lim olish va universitetlarga kirish bo‘yicha maslahatlar
✅ O‘zbekistondagi Koreya kompaniyalarida ishga joylashish imkoniyatlari haqida ma’lumot
✅ Koreyada ta’lim olish imkoniyatlari bo‘yicha onlayn taqdimotlar
✅ Kompaniyalar taqdimotlari va ishga joylashish bo‘yicha suhbatlar
✅ Koreya va O‘zbekiston ta’lim sohasi vakillari bilan uchrashuvlar
🎲 Koreys milliy o‘yinlarida ishtirok etish va koreys madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniyati!

📅 Sana va vaqt:

23-oktabr (juma) — 10:00–17:00
24-oktabr (shanba) — 10:00–12:00

📍 Manzil: Toshkent shahri, Koreya Respublikasi Ta’lim markazi, Mirobod tumani, Talimarjon ko‘chasi, 3-uy.

📲 Oldindan ro‘yxatdan o‘tish uchun posterdagi QR-kodni skanerlang!

🇰🇷 Koreyada ta’lim olish, O‘zbekistonda karyera qurish va koreys madaniyati bilan tanishish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
📌 Talaba ham oʻqib, ham ishlasa boʻladimi?

✅Ha, talaba mehnat shartnomasi asosida haq toʻlanadigan ishlarda ishlashi mumkin.

Buning uchun qonunlarda cheklov yoʻq.

Oliy taʼlim toʻgʻrisida nizomning 50-bandiga koʻra kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba darsdan boʻsh vaqtlarida (kunning ikkinchi yarmida) ham oliy taʼlim muassasasida, ham boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi boʻyicha ishlashga ruxsat etiladi.  

Amaldagi Mehnat kodeksining 248-moddasiga koʻra taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan xodimlarga ishni taʼlim bilan birga qoʻshib olib borishlari uchun ish beruvchi zarur sharoitlar yaratib berishi shart.

❓Talabalar nechinchi bosqichdan boshlab maktabda dars berishga haqli va necha soatgacha?

Hukumatning "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berildi.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
📌 DARSGA KELMAGAN “AKADEMIK QARZDOR TALABA”NING KURSDAN QOLDIRILISHI (kredit-modul tizimi boʻyicha)

🍟1 ta fan uchun 6 kredit ajratilgan.
🍟1 kredit 30 soatga teng.
🍟1 ta fanning 6 krediti 180 soatga teng (6 • 30 = 180).
🍟180 soatning 40 foizi (72 soat) auditoriya soatiga, qolgan 60 foizi (108 soat) esa mustaqil taʼlimga ajratilgan.

❕ Talaba auditoriya uchun ajratilgan 72 soatning ¼ qismini (yaʼni 18 soatni) qoldirsa, yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Yakuniy nazoratga kiritilmagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Akademik qarzdor talaba kursdan qoldiriladi. Mana shu tariqa bakalavriat yoʻnalishidagi talaba 8 yil oliy taʼlim muassasasida qolishi mumkin.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
😁1
⚡️ Kelgusi yildan magistraturaga kirishda faqat ingliz tili sertifikati qabul qilinishi mumkin.

Aytishlaricha, bunga asosiy sabab — talabgorlarning qisqa muddat ichida turk va arab tillaridan sertifikatlarni qo‘lga kiritayotgani.

Shu sababli kelgusi yildan magistraturaga kirishda faqat ingliz tili sertifikati qabul qilinishi yoki turk va arab tillari sertifikatlari qabul qilinmasligi mumkin.

Hozircha bu mahalladagi xotinlar aytgan ma’lumot. Xulosa qilishga shoshilmaymiy azizlar.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍2😭2
​🎓 Talabamisiz? O'qishni 10 barobar osonlashtiradigan "Super-yordamchi" bilan tanishing!

​Sessiya, mustaqil ishlar, ilmiy maqolalar va telefon xotirasining doimiy to'lib qolishi...
Bularning barchasiga bitta yechim bor — 18 oylik Google AI Pro obunasi!

​🔥 Eng muhim yangilik: 1,5 yilga berilayotgan ushbu maxsus taklif 26-oktabrda yopiladi. Aksiya tugamasidan oldin o'z akkauntingizga ulab olishga ulguring!


Nima uchun har bir talabada bu obuna bo'lishi shart?
​✨ Kengaytirilgan Gemini SI funksiyalari: Oddiy bepul versiyadan farqli o'laroq, sun'iy intellektning ilg'or imkoniyatlari hamda rasmlarni aniqlik bilan yaratish va tahrirlash funksiyalari ochiladi.

​💾 Naq 5 TB (5000 GB) xavfsiz xotira: Barcha o'quv materiallari, elektron kitoblar, shaxsiy rasm va videolarni Gmail, Google Drive hamda Google Photos'da xavfsiz saqlang.

​⏳ Muddati: To'liq 18 oy (1,5 yil!)
💰 Maxsus narx: 60 000 so'm 

​⚠️ Shoshiling, 26-oktabrga ham 2 kun qoldi. Bunday shartlardagi obunani keyin topa olmaysiz!

​📩 Ulash va xarid qilish uchun: @WeTube_uz
Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlariga kiriş imtihonlari uçun ruxsatnomalar eʼlon qilindi

Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 1 420 ta, şuningdek, qoraqalpoğistonlik yoşlarga xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 200 ta maqsadli kvota uçun bölib ötadigan imtihonlarga ruxsatnomalar eʼlon qilindi.

Test sinovlari 2026-yil 28-oktabr (çorşanba) kuni bölib ötadi.

Test sinovida iştirok etuvçi talabgorlar test sinovlarida iştirok etiş uçun ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi şaxsiy kabinetlari orqali yuklab olişlari mumkin.

Ruxsatnomada test sinovi ötkaziladigan sana, manzil va vaqt körsatilgan bölib, talabgorlardan test sinovlariga ruxsatnomada körsatilgan vaqtdan keçikmagan holda kelişi söraladi.

Talabgorlar test sinovlari bölib ötadigan binoga şaxsini tasdiqlovçi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

Talabgorlardan imtihonga ortiqça buyumlar (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv qurollari, içimlik, ovqat, şaxsiy buyumlar va boşqalar) olib kelmaslik söraladi.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️«Xavfsiz talaba» ilovasini o‘rnatmagan talabalar darsga kiritilmayaptimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va boshqa OTMlarda «Xavfsiz talaba» ilovasini o‘rnatmagan talabalar darslarga kiritilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ta’lim va ilm-fan vazirligi ushbu holatni nazoratga olib, tezkor o‘rganish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Ayni paytda ishchi guruh o‘rganish ishlarini boshlagan.

Vazirlik talabalarning ta’lim olish huquqi va o‘quv jarayoni uzluksizligi ta’minlanishi shartligini ta’kidladi.

Savol: talabalarni telefonga ilova o‘rnatishga majburlash qonuniymi?

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi