Talaba.uz | Ta'lim portali
5.46K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SavolJavob

❓ Savol: Talabalik guvohnomasini qanday olamiz?


Barcha talabalarning talabalik guvohnomalari elektron shaklda tayyor!

Guvohnomani olish uchun:
- MyGov ilovasini Play Market yoki App Store orqali yuklab oling.
- Ilovadagi profilingizga kiring.
- “Profil” bo‘limiga o‘ting.
- Sizga tegishli elektron hujjatlar orasidan talabalik guvohnomasini toping.
- Guvohnomani telefoningizga yuklab olib, saqlashingiz mumkin.


🎓 Elektron talabalik guvohnomasi talabalarga avtobus, metro, poyezd va samolyot chiptalarini imtiyozli xarid qilish, shuningdek, qonunchilikda belgilangan boshqa imtiyozlardan foydalanishda qo‘l keladi.

📲 Batafsil — videoda!

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
#SavolJavob
Pedagog xodimlar farzandlariga 30 foizlik kontrakt chegirmasi qanday qo‘llanadi❓

Chegirma kimlarga beriladi❓

Mazkur imtiyoz Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyul bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 3849-raqami qo‘shma qarorda belgilangan Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatidagi xodimlarning farzandlariga tatbiq etiladi.

Ma’muriy-boshqaruv, texnik va xo‘jalik xodimlari mazkur pedagogik lavozimlar ro‘yxatiga kirmaydi.

Chegirmadan qanday foydalaniladi❓

1️⃣ Talaba kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali to‘lov-kontrakt shartnomasini olish bo‘yicha ariza yuboradi.
2️⃣ Tizim orqali talabaning pedagog farzandi ekanligi elektron tarzda tekshiriladi va tasdiqlanadi.
3️⃣ Tasdiqlanganidan so‘ng 30 foizlik chegirma qo‘llaniladi.

Ariza 2 ish kun ichida ko‘rib chiqiladi va chegirma bir o‘quv yili davomida bir marotaba qo‘llaniladi.

Endi eng muhim savol: qancha to‘lanadi❓
Agar kontrakt summasi 100 foiz bo‘lsa:
30 foizi — chegirma;
70 foizi — talabaning to‘lovi.

Ya’ni talaba kontraktning to‘liq 100 foizini emas, faqat 70 foizini to‘laydi.

70 foizlik to‘lovni ikki xil usulda amalga oshirish mumkin:
1-usul — summani to‘liq to‘lash.
Talaba chegirmadan keyingi 70 foizlik summani bir martada to‘laydi.

2-usul — bo‘lib-bo‘lib to‘lash.
1-bosqich: 25 foiz
— 1-kursga tavsiya etilganlar uchun — 15-oktyabrgacha;
— 2-kurs va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 1-oktyabrgacha.

2-bosqich: yana 25 foiz — 1-yanvargacha.
Shunda jami to‘lov 50 foiz bo‘ladi.

3-bosqich: qolgan 20 foiz — 1-martgacha.

Shunda jami to‘lov 70 foizga yetadi.

Qolgan 30 foiz nima bo‘ladi❓

Kontrakt summasining chegirmaga to‘g‘ri keluvchi 30 foizlik qismi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 1-maygacha oliy ta’lim tashkilotiga qoplab beriladi.

Arizalar qachon topshiriladi❓

Hozirda kontrakt.edu.uz axborot tizimida vazirlik va idoralar o‘rtasida ota-onaning pedagogik faoliyatini avtomatik aniqlash bo‘yicha maʼlumotlar bazalarini tizimga integratsiya ishlari olib borilmoqda. Arizalarni qabul qilish imkoniyati tez kunlarda ishga tushiriladi. Ariza topshirish jarayoni boshlanganligi haqida qo‘shimcha e’lon beriladi.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️Talabalar uchun Amir Temur nomli davlat stipendiyasi joriy etiladi

O‘zbekistonda oliy ta’lim tashkilotlarining iqtidorli talabalari uchun 2027/-2028-o‘quv yilidan boshlab Amir Temur nomli davlat stipendiyasini joriy etish taklif etilmoqda.

Bu Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qaror loyihasida belgilangan.

Loyihaga ko‘ra, Amir Temur nomli davlat stipendiyasi davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarining oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan talabalarga berilishi mumkin.

Har bir oliy ta’lim tashkiloti uchun mazkur stipendiya soni bittadan belgilanishi taklif qilinmoqda.

Talabgor a’lo o‘qishi, ilmiy yoki ijodiy ishlar bilan shug‘ullanishi, konferensiya va tanlovlarda ishtirok etishi, O‘zbekiston tarixi, davlat tili hamda kamida bitta xorijiy tilni bilishi lozim bo‘ladi.

Bundan tashqari, Amir Temur nomli stipendiyaga da’vogarning bitiruv malakaviy ishi Amir Temur va temuriylar merosiga bag‘ishlangan bo‘lishi yoki shu yo‘nalishda kamida ikkita ilmiy ishi e’lon qilingan bo‘lishi taklif etilgan.

Loyihaga muvofiq, tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilgan talabgorlar hujjatlarini har yili 5–15 sentyabr kunlari my.edu.uz tizimiga yuklaydi. Stipendiya tayinlash bo‘yicha tavsiyanomalar esa 5–25 oktyabr kunlari ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.

Shuningdek, nomli davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan talabalarni bakalavriatni tugatgandan keyin bir yil ichida magistraturaning kunduzgi ta’lim shakliga tanlovsiz, qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilish taklif qilinmoqda.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
😭1
Forwarded from ProDigitalMarket
🔥Gemini va boshqa online dasturlar uchun arzon obunalar kerakmi?

@ProDigitalMarketBot orqali Gemini, AI xizmatlari va turli online platformalar uchun accesslarni tez, arzon va ishonchli olishingiz mumkin.

✅Gemini pro 18 oylik
✅Capcut Pro
✅Microsoft Office 365 Plus 1 year
✅Prime Video 6 Months
✅ChatGPT Plus 1 Month
✅Notion Plus 12M
✅Adobe Express
✅Gmails Accounts
✅iLovePdf Premium
✅Miro Lifetime Panel
✅Figma Pro Edu
✅edX Premium
✅Avira Prime
✅JetBrains Edu Pack
✅Framer AI
✅Autodesk Admin
✅HBO MAX
✅Duolingo Super

Kerakli accessni tanlang va buyurtma qoldiring.

👉 Botga kirish:
@ProDigitalMarketBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❔ Korrupsiya qayerdan boshlanadi?


Korrupsiya har doim pora bilan boshlanmaydi. Ko‘pincha u indamaslikdan, “mayli, shunaqa bo‘lsin” degan fikrdan, kichik yon berishlardan paydo bo‘ladi.

Bugun ⚖️ adolatsizlikka ko‘z yumsak, ertaga 🚫 halollik qadrsizlanadi.
Bugun 🎙 sukut saqlasak, ertaga 🚫 ishonch yo‘qoladi.


Korrupsiyaga qarshi kurash faqat jazo emas. Bu har bir insonning shaxsiy tanlovi.
➖ halol ishlash;
➖ ochiq gapirish;
➖ qonuniy yo‘lni tanlash
– jamiyatni aynan shu qarorlar o‘zgartiradi.
🙋 Korrupsiyaga qarshi kurash o‘zimizdan boshlanadi.

👍Bugun tanlangan to‘g‘ri yo‘l – ertangi adolatli jamiyatning poydevoridir.


❗Korrupsiyaga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:

☎️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Call-markazi – 1253
📞Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishonch telefoni – 1006, anticor@edu.uz elektron pochta.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SavolJavob

🎓 GRANT VA KONTRAKT: ASOSIY FARQ NIMADA?

❓Grant va kontraktning farqi nimada?

❓Demak, grantda o‘qish kontraktga qaraganda boshqa ta’limni anglatadimi?

❓Grantga kirgan talaba 4 yil davomida avtomatik ravishda grantda qoladimi?

❓2-kursdan grantga kimlar da’vogarlik qilishi mumkin?

❓Grant faqat bitta ko‘rinishda bo‘ladimi?

❓To‘liq grant olgan talaba stipendiya ham oladimi?

❓Grantda o‘qigan talaba o‘qishni tugatgach, 3 yil ishlab berishi shartmi?

🎥 Agar sizda ham shu savollardan biri bo‘lsa, videoni albatta ko‘ring

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️Xususiy OTMning 3-bosqichiga noqonuniy kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Toshkentda fuqaroning soxta hujjatlaridan foydalanib, uni xususiy oliygohning 3-bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, 1997-yilda Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida tug‘ilgan, hozirda Toshkent shahrida yashovchi shaxs tanishlari yordamida fuqaroning Rossiyadagi oliygohlardan birida ikki yil tahsil olgani haqidagi soxta hujjatlar asosida uni poytaxtdagi xususiy oliygohning 3-bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.

Buning evaziga u 8 ming AQSH dollari talab qilib, 7 500 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur pulni undan olgan, 1993-yilda tug‘ilgan fuqaro ham ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu noqonuniy ishga Yakkasaroy tumani IIO FMB inspektor-psixologi ham aloqadorligi aniqlangan. Natijada, inspektor ham 7500 dollarni olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yilgan.

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Qoraqalpogʻiston yoshlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yili uchun qoraqalpog‘istonlik yoshlar oliy taʼlimga kirishda quyidagi 2 ta qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘ldi.

1️⃣ 1-imkoniyat:

2026-yil 2–6-oktabrkunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarini tamomlagan hamda kirish imtihonlarida 68 ball va undan yuqori natija ko‘rsatib, davlat oligohlarining kunduzgi taʼlim shakliga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar 500 ta maqsadli qabul parametrlari uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

Roʻyxatdan oʻtish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Bunda abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etadi.

Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijasiga koʻra toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlariga tavsiya etiladi.

2️⃣ 2-imkoniyat:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining taklifiga ko'ra bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimida toʻlov-kontrakt asosida viloyatlardagi  davlat oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha 6 500 ta qabul parametrlari tasdiqlandi.

Bunda bazaviy toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlari davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtgan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida doimiy yashaydigan, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarini tamomlagan hamda oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijalariga koʻra 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantiriladi.

Tanlov qaydnomalari 2026-yilning 10-oktabriga qadar tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga belgilangan tartibda yetkaziladi.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
1-yo‘nalishda super-kontrakt asosida o‘qishga ruxsat berildi 

2026/2027-oʻquv yili kirish imtihonlari natijasiga ko‘ra, 2–5-yo‘nalishlardan biriga grant yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlar uchun o‘z xohishiga binoan 1-tanlagan yo‘nalishida o‘qish imkoniyati yaratildi. 

Unga ko‘ra:

➖ tanlovda ishtirok etib, 2–5-bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga o‘z xohishlariga ko‘ra ustuvorligi bo‘yicha tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) asosida o‘qishga ruxsat berildi(maqsadli qabul asosida tavsiya qilinganlar bundan mustasno); 

➖ bunda o‘qishga qabul qilish oliy ta’lim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan belgilanadigan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorida to‘lovni amalga oshirish sharti bilan amalga oshiriladi; 

➖ mazkur tartib barcha davlat oliy ta’lim tashkilotlariga, shu jumladan, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik berilgan OTTlarga ham tatbiq etiladi. 

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi birlashtirildi

Prezident farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi negizida yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Xitoy Lyaoning universiteti qarori.pdf
3.8 MB
❗️Xitoy Xalq Respublikasining pedagogika universiteti filiali tashkil etiladi

“O‘zbekistonda Xitoy Xalq Respublikasining Lyaoning pedagogika universiteti filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–359-son, 02.10.2026-y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, Xorazm viloyatida Lyaoning pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali tashkil etiladi.

🏫 Ta’lim jarayoni 2026/2027-o‘quv yilidan boshlanadi.

🌐 Ta’lim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida olib boriladi.

📚 O‘qish kunduzgi va muqobil ta’lim shakllarida tashkil etiladi.

🎓 2030/2031-o‘quv yiliga qadar o‘qishga qabul qilingan talabalar o‘qishning butun davri davomida to‘liq davlat granti asosida o‘qitiladi.

💰 2030/2031-o‘quv yilidan boshlab qabul parametrlarining 30 foizi davlat granti asosida shakllantiriladi.

🤝 Filial talabalarining amaliyotlari o‘quv rejalariga muvofiq hududdagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida, jumladan, dual ta’lim asosida yo‘lga qo‘yiladi.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Nostrifikatsiya bo‘yicha 2-yarim yillikda bo‘lib o‘tadigan imtihonlar grafigi eʼlon qilindi.

📈
Grafikda 2026-yilning IV choragi uchun xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik to‘gʼrisidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovlarini o‘tkazish muddatlari belgilangan.

💼 Unga ko‘ra, test sinovlari 2026-yilning oktyabr-dekabr oylarining quyidagi sanalarda tashkil etilishi rejalashtirildi:

📆 OKTYABR
:
✔️ 2026-yil 15-oktyabr
✔️ 2026-yil 29-oktyabr

📆 NOYABR:
✔️ 2026-yil 12-noyabr
✔️ 2026-yil 26-noyabr

📆 DEKABR:
✔️ 2026-yil 10-dekabr
✔️ 2026-yil 24-dekabr

‼️ DIQQAT: test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar ro‘yxati, test sinovi o‘tkaziladigan hududlar va test sinovlarini boshlanish vaqti haqidagi maʼlumotlar qo‘shimcha ravishda test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan muddatdan kamida 3 kun oldin eʼlon qilinadi.

📌 Izoh: test sinovlarini o‘tkazish muddatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, bu haqda qo‘shimcha maʼlumot beriladi.

Imtihonda ishtirok etadigan talabgorlar 👉 www.sinovtest.uz saytida namunaviy testlar bilan tanishishlari mumkin.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Koreys tilini bepul o‘rganish uchun yangi imkoniyat!

Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park Uzbekistan va Jahon banki tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan Language Proficiency Development Program doirasida koreys tilini o‘rganish bo‘yicha bepul onlayn kurslarga qabul boshlandi.

Dastur ishtirokchilarga koreys tili bilimlarini TOPIK 3–5 darajasigacha oshirish, muloqot, jamoada ishlash va kasbiy tayyorgarlik kabi soft skills ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, IT va ITES kompaniyalarida ishga joylashishga tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.


Ta’lim formati: onlayn darslar, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar.

Koreys tilini TOPIK 1, 2 yoki 3 darajasida biladigan hamda ta’lim jarayonida faol ishtirok etishga tayyor nomzodlar onlayn ariza topshirib, test sinovidan o‘tadilar.

Arizalarni 2026-yil 25-oktabrgacha topshirish mumkin.

Batafsil
Ro‘yxatdan o‘tish

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
7-oktyabr. Og'riqli bir kun.

Mana yillar o'tgan bo'lsa ham og'riq va iztiroblar aslo bosilmadi.

Vayron bo'lgan shaharlar, armonda qolgan umrlar va ko'z yoshlari daryo bo'lgan oilalarning dod-faryodi insoniyat vijdonida hali hamon aks etmoqda.

Unutmadik, unuttirmaymiz

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
😭3😁1
O‘zbekistonda ta’lim boshqaruvi endi qanday tashkil etiladi?
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

🔷Ta’lim va ilm-fan vazirligi
joriy faoliyat va tashkiliy ishlarga javob beradi. Ta’lim sifati, yangi maktablar, bolalar bog‘chalari va universitetlar qurilishi, shuningdek, tarbiya jarayoni va bolalar manfaatlarini himoyalash ularning tasarrufidadir.


🔷Ta’limni rivojlantirish markazi
ta’lim laboratoriyasi vazifasini bajaradi. Markaz mutaxassislari darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, dasturlar va metodikalarni ishlab chiqadi, shundan so‘ng ularni amaliyotga joriy qiladi, monitoring olib boradi va takomillashtiradi.


🔷Zafar Hoshimov rahbarligidagi guruh
mamlakatdagi o‘n mingta maktabning tuzilmasini tahlil qiladi. Ta’lim sifati va tuzilmasini yaxshilash bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish maqsadida ichki biznes-jarayonlarni o‘rganadi hamda tizimdagi muammo va kamchiliklarni aniqlaydi.


🔷Prezident Administratsiyasi
global masalalar — ta’lim sohasida strategiyani ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va umumiy siyosatni yuritish bilan shug‘ullanadi.


Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍1😭1
⚡️Pedagoglar farzandlari uchun 30% kontrakt chegirmasiga ariza qabuli boshlandi

Ota yoki onangiz pedagogmi? Unda kontraktning 30 foizi qoplab berilishi mumkin.

🔹 Imtiyoz davlat OTMlarida bakalavriat kunduzgi ta’limida o‘qiyotgan pedagoglar farzandlariga beriladi.
🔹 Ariza kontrakt.edu.uz platformasi orqali yuboriladi va 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
🔹 Bir nechta farzand o‘qisa, chegirma har biriga alohida qo‘llanadi.
🔹 Imtiyoz har o‘quv yili uchun bir marta beriladi.

Kimlarga berilmaydi: nodavlat va xorijiy OTMlar, ularning filiallari, harbiy OTMlar, qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan kontrakt hamda qo‘shma dasturlarda o‘qiyotganlarga.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️Pedagoglarning kontraktda o‘qiyotgan farzandlari uchun beriladigan 30 foiz chegirma haqida ayrim ma’lumotlar

Chegirma faqat DAVLAT oliygohida KUNDUZGI ta’limda o‘qiyotgan talabalar uchun beriladi;

👥 Chegirma har bir farzand uchun alohida qo‘llanadi. Demak, bir necha farzand kontraktda o‘qisa, barchasi uchun alohida 30 foizlik chegirma beriladi.

📝 Chegirma olish uchun kontrakt.edu.uz orqali ariza yuborish kerak. Ariza 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi va pedagogning farzandi ekanligi tasdiqlangach, chegirma avtomatik qo‘llanadi.

❌ Quyidagilarga chegirma berilmaydi:

➖ oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlari uchun;
➖ nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun;
➖ O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari uchun;
➖ qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt uchun;
➖ xorijiy hamkor OTMlarning qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlari uchun;
➖ kechki, masofaviy hamda sirtqi ta’lim shakli uchun.

🔁 Pedagog farzandlariga chegirma o‘quv yili uchun bir marotaba qo‘llaniladi. Demak, har yili qaytadan chegirma olish mumkin.

❗️Pedagog farzandlarining otasi yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda, keyingi o‘quv yilidan boshlab unga chegirma qo‘llash to‘xtatiladi.

Ayrim savollarga javoblar:

❓Pedagog deganda kim tushuniladi o‘zi?

Javob: Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyunda 3849-raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatida 465 ta lavozim nomi tasdiqlangan. Ushbu 465 ta lavozimda kim bo‘lsa, o‘shaning farzand(lar)i uchun 30 foizlik chegirma beriladi.

❓Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tarbiyachilar uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?

Javob: Ha, qo‘llanadi. Bog‘cha tarbiyachilarining kontraktda o‘qiyotgan farzandlari uchun ham 30% chegirma qo‘llanadi.

❓Oliygohlardagi tyutorlarning farzandlari uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?

Javob: yo‘q, tyutorlar ro‘yxatdan mavjud emasligi sababli ularning farzandlariga chegirma berilmaydi.

❓O‘quv markazlaridagi o‘qituvchilarning farzandlari uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?

Javob: yo‘q, o‘quv markazlari ro‘yxatdan mavjud emasligi sababli ularning farzandlariga chegirma berilmaydi.

❓To‘liq bo‘lmagan grantda o‘qiyotgan (50% davlat granti, 50% kontrakt) talabaning kontrakt summasi uchun ham chegirma beriladimi?

Javob: ha, chegirma beriladi. 50% kontrakt qismi uchun 30% chegirma qo‘llanadi.

❓Qaror chiqqunga qadar 2026/2027 o‘quv yili uchun to‘liq yoki qisman kontrakt to‘lovini to‘lab qo‘yganlar uchun chegirma qanday hisoblanadi? Ortiqcha to‘langan summa qaytariladimi yoki keyingi yil hisobi uchun o‘tkaziladimi?

Javob:
ha, to‘lab qo‘yganlar uchun ham chegirma qo‘llanadi va ortiqcha to‘langan summani istasa qaytarib olishi, istasa kelasi o‘quv yili uchun o‘tkazib yuborishi mumkin.

❓Pedagog xususiy ta’lim tashkilotida ishlasa ham chegirma beriladimi yoki faqat davlat ta’lim tashkilotida ishlashi kerakmi?

Javob: xususiy ta’lim tashkilotida, masalan, xususiy oliygoh, xususiy maktab yoki xususiy bog‘chada ishlayotgan pedagoglarning farzandlari uchun ham 30% chegirma beriladi.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
​🚨 DIQQAT: 18 OYLIK GOOGLE AI PRO OBUNASI TUGAMOQDA!

​Kurs ishi, diplom ishi, dasturlash va taqdimotlarni soniyalar ichida tayyorlashni xohlaysizmi? Unda bu imkoniyatni qo'ldan boy bermang — ushbu maxsus taklif 26-oktabr kuni o'z nihoyasiga yetadi!

​Google AI Pro (Google One) obunasi sizga nima beradi?

​🧠 Gemini imkoniyatlaridan kengaytirilgan foydalanish: Murakkab o'quv vazifalari, kod yozish, matnlar tahlili hamda rasmlarni yuqori aniqlikda yaratish va tahrirlash.

​☁️ 5 TB xavfsiz bulutli xotira: Gmail, Google Photos va Google Drive uchun umumiy 5 terabayt joy — telefon va kompyuteringiz xotirasi to'lib qolishini unuting!

​👥 Do'stlar bilan bo'lishish: Xotirani 5 nafargacha yaqiningiz yoki kursdoshingiz bilan ulashish imkoniyati.

​⏳ Muddati: To'liq 18 oy (1,5 yil!)

💰 Maxsus narx: 60 000 so'm

​⚠️ Shoshiling, 26-oktabr sanasiga sanoqli kunlar qoldi. Bunday shartlardagi obunani keyin topa olmaysiz!

​📩 Ulash va xarid qilish uchun: @WeTube_uz
❗️ Endi qaysi ta’lim bosqichlari yangi vazirlikka bo‘ysunadi?

Prezident farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi negizida Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etilmoqda.

Yangi vazirlik tarkibiga:

🏫 Maktabgacha ta’lim va tarbiya
📚 Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim
🎓 Professional ta’lim
🏛 Oliy ta’lim
🔬 Oliy ta’limdan keyingi ta’lim
👨‍🏫 Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish
📖 Qo‘shimcha va norasmiy ta’lim kiradi.


Ya’ni bog‘chadan boshlab oliy ta’lim va undan keyingi ta’limgacha bo‘lgan jarayonlar yagona vazirlik doirasida boshqariladi.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor

📌 Pedagoglarning farzandlariga beriladigan 30 foizlik chegirma uchun ariza topshirish namunasi.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi