Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
​STUDENT BU-

#bitiklar
👇👇👇👇

🔹Student bu - o‘z kvartirasida faqat gorox-makaron ichib, qizini qimmat restoran, kafelarda ovqatlantira oladigan"JENTLMEN".

🔹 Student bu - hech bir fandan daftar tutmasa ham 100.000 so‘mlik sumka ko‘taradigan, ichida faqat avtobus uchun 2000 so‘m olib yurish uchun 120.000 so‘mga karman sotib oladigan "KRUTOY".

🔹Student bu - 6 oy umuman dars qilmasdan, bir kecha-kunduzning ichida 6 oylik konspektni yozishga ulguradigan "PROFESSOR".

🔹 Student bu- schetida bir senti bo‘lmasa ham 750$ lik Iphone ko‘tarib yuradigan "BOYVACHCHA".

🔹Student bu- darsda o‘tirib ham naushnikda qo‘shiq eshitib, ham konspekt qilib, ham telefonida netda o‘tiroladigan "SEZAR".

🔹 Student bu- atigi 340.000 so‘m stipendiya olish uchun 10.000.000 so‘m kontrakt to‘lay oladigan "MILLIONER".

🔹Student bu- uydan futbolka-jinsida chiqib, dekanni yoniga oq ko‘ylak-galstukda kiradigan "INTELLIGENT".

🔹 Student bu - butikda 100 $ ga ko‘rgan kiyimini Bozardan 85.000 so‘mga tushirib ololadigan "BIZNESMEN".

🔹Student bu - o‘zi 500 so‘mlik pirashka eb yurib, qizini tug‘ilgan kuniga 300 dona atirgul sovg‘a qila oladigan "ROMANTIK" !!!

🔘 Ammo tan olish kerak- Studentligim-oltin davrim deyishganini.

❗️Do’stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Audio52021.m4a
2.4 MB
#sessiya_haqida
#obunachilarimizdan

Exxx talabalik davrim mening😊


Bu qo'shiqni 100 kishiga yuboring. Ertaga hisobingizga 1$ pul tushadi😂👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
График (ўқишни кўчириш).xlsx
434.8 KB
Диққат, эълон!

2019/2020 ўқув йилида хорижий олий таълим муассасаларидан ўқишни кўчириш ва кўчириб қайта тиклаш учун масофавий онлайн тест синовларни ўтказиш ГРАФИГИ.

Тест топширувчилар ўзлари билан паспорт олиб келишлари сўралади.

Номзодлар графикда кўрсатилган манзилга, белгиланган вақтда келишлари керак.

Тест топширувчилар диққатига!

Ўқиш кўчирилиши сўралган олий таълим муассасаси номи, таълим йўналиши тўғри киритилганлигини текширинг. Агар хатолик қайд этилган бўлса +99897-145-01-52 телефон рақамига қўнғироқ қилишингиз сўралади.

@Eduuz Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Батафсил👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ
"Kontrakt" mavzusi abadiy ...😄

Kontraktda o'qiydigan tanishingizga jo'nating😁👇


https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
O‘zbekistonda xorijiy OTM tomonidan berilgan masofadan o‘qitilgan va 3 yillik sirtqi ta’lim diplomlari tan olinmaydi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Ayni paytda O‘zbekistonda oliy ta’lim, kunduzgi, kechki va sirtqi shaklda olib boriladi. Amaldagi qonunchilikda oliy ta’lim olish uchun masofaviy ta’lim shakli nazarda tutilmagan.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi 620-sonli qarori bilan bilan tasdiqlangan Nizomning 5-bob 36-bandida ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilmagan ta’lim shaklida olingan bo‘lsa tan olishni rad etishga asos bo‘lishi belgilangan.

Yuqoridagilarga asosan xorijiy OTMlarda masofadan turib o‘qigani uchun berilgan diplomlar O‘zbekistonda tan olinmaydi.

Bundan tashqari, bir qator xorijiy OTMlari tomonidan bakalavriat uchun 3 yil yoki undan kam muddatga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga taklif etilmoqda.

Yurtimizda sirtqi ta’limda o‘qish muddati 5 yil etib belgilangan bo‘lib, xorijiy davlatlarda kasbiy ma’lumot to‘g‘risida hujjat beradigan ta’limning umumiy me’yoriy davri (to‘liq umumiy o‘rta yoki o‘rta ma’lumot olingandan keyin) O‘zbekiston ta’lim standartlarida nazarda tutilgan davrdan ikki yildan kam bo‘lsa hujjatlarni tan olish rad etilishi belgilangan.

Shunday qilib, xorijiy OTMlarning bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shaklida 3 yil yoki undan kam muddatda o‘qib olingan diplomlari O‘zbekistonda tan olinmaydi.

Quyidagi holatlarda xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar maxsus sinovlarsiz tan olinadi:

1. O‘zbekiston hududida filiallari mavjud OTMlarni tugatganlar;

2. Dunyo universitetlari reytingida TOP-1000talikka kirgan OTMlarni tugatganlar;

3. Mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvotalar hisobidan xorijiy OTMlarni tugatganlar;

4. 1992 yil 1 yanvargacha xorijiy OTMlarga o‘qishga kirganlar;

5. Yevropa sifat kafolati assosiasiyasi (ENQA) tomonidan akkreditasiyalangan OTMlarni tugatganlar;

6. AQSh, Avstraliya, Isroil, Kanada, Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiya davlatlarining vakolatli organlari tomonidan akkreditasiyalangan OTMlarni tugatganlar;

7. Mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun O‘zbekiston vazirlik va idoralari tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan xorijiy OTMlarni tugatganlar;

8. O‘zbekiston Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlar bo‘yicha xorijiy OTMlarga maqsadli o‘qishga yuborilganlar.

Batafsil ma'lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#biroz_hazil
​​​Yuragi qayerdaligini bilmaydigan talaba

Yakuniy imtihonlar arafasida talabalar orasida qanday qilib bo'lsa ham baholarini olish tashvishi oralab qoladi. O'z vaqtida o'qib, darslarga to'liq qatnashgan yoshlarning ko'ngli to'q, ammo biroz dangasaroq, qandaydir sabablar tufayli saboqlarga qatnasha olmaganlarning esa holiga voy. "Tushungan" o'qituvchi uchrasa-ku, bir amallashar, ammo "tushunmaydigan"lari ham bor-da.

Aslida, bu bugunning gapi emas. Necha zamonlardan beri avlodlardan avlodlarga "meros" bo'lib o'tmoqda. Qolaversa, bu "tashvish" faqat bizda emas, dunyo talabalari orasida ham bor. Shuning uchun bo'lsa kerak, haqiqatu to'qimalar aralash turli-tuman hikoyalar ham davrdan davrga o'tib boraveradi.

Shunday hikoyalardan biri quyidagicha: Peterburg harbiy-tibbiyot akademiyasida dars bergan taniqli rus shifokori Sergey Petrovich Botkinning oldiga bir talaba kelibdi. U shunday talaba ekanki, ma'ruzalarga ham, amaliy mashg'ulotlarga ham qatnashmagan. Shu bois o'qituvchining hech bir savoliga javob bera olmabdi. Shunday qilib, shifokor uchinchi marta baho so'rab kirgan boyagi talabani quvib solibdi. Birozdan so'ng uning do'stlari hovliqib ustozlarining oldiga kelishibdi-da, baho ololmagan kursdoshlari juda xafa bo'lgani, yuragiga pichoq urmoqchi ekanini aytishibdi.

S. Botkin esa bamaylixotir shunday degan ekan: "Tashvishlanmanglar, do'stingiz inson tanasining tuzilishini bilmaydi. Shuning uchun u yuragini topolmaydi".

Do'stlarga ulashing👇👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#Қабул_2019

ҚЎҚОН УНИВЕРСИTЕTИ ҲAҚИДA❗️

Яқинда очилган нодавлат олий таълим муассаси ҳисобланмиш Қўқон университети ҳақида аниқлаган бир мунча янгиликларимизни тақдим этамиз.

👉 Қабул муддати: 5-сентабрдан 20-сентабрга қадар
👉 Қабул вақти: 09:00 дан 17:00 гача бўлиб ўтади.
👉 Керакли ҳужжатлар:
- Диплом (иловаси билан)
- Паспорт ёки метирка
👉 Имтиҳон шакли:
- Хорижий тил ва адабиёти ҳамда рус тили ва адабиёти йўналишлари учун суҳбат асосида. Қолган таълим йўналишлари учун тест асосида.
👉 Tаълим тили: Ўзбек, рус ва инглиз тилларида
👉 Контракт миқдори: ҳозирча тасдиқланиш арафасида экан
👉 Tаълим бошланиши: Ўқув жараёнлари октябр ойидан бошланади.
👉 Диплом: Белгиланган стандарт асосида - ҳозирги ОTMлар каби бир хил
👉 Перевод: Tалабалар ўқишини кўчириш имкониятига эгалар.
👉 Университет манзили: Қўқон шаҳри, Tуркистон кўчаси, 28-а уй. Собиқ Қўқон сервис ва тадбиркорлик касб-ҳунар коллежининг асосий биноси.
☎️ +99891 139 75 15

Батафсил маълумот👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
@TalabaUz.pdf
804.2 KB
Ushbu ro'yxatdagi TALABALAR o'qishga GRANTga qabul qilindilar

Oliy ta'lim muassasalariga belgilangan qabul parametrlaridan tashqari qo'shimcha davlat GRANTI asosida qabul qilinadigan Farg'ona "Temurbeklar maktabi" harbiy akademik litseyining 2018-2019 o'quv yili bitiruvchilari ro'yxati.

Talaba va abituriyentlar uchun birinchi raqamli kanal👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Hurmatli Yodju oliygohiga imtixon topshirgan abiturientlar siz kutgan ong ham yetib keldi. Kirish imtihon sinovlari natijasini result.ytit.uz yoki yodju.uz veb saytidan bilib olishingiz mumkin.

Siz uchun bosqichma-bosqich qo’llanma:

1. Yuqoridan ko’rsatilgan veb saytlardan biriga kirish
2. Pasport seriyasini kiritish
3. Maxsus ID kodni bilib olish
4. “Test natijasini bilish” tugmasini bosish
5. Maxsus ID kodni kiritish

Batafsil ma'lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Har bir kishiga kun davomida kamida o'n marotaba hayotini o'zgartirishga imkoniyat beriladi.

Omad esa imkoniyatni ishlata olganga kulib boqadi.

Kuningiz omadli bo’lsin !


KANALGA ULANISH👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Учта йўналишга ҳам кира олмаганлар қайси бирида супер-контрактда ўқиш мумкин?
#abituriyent

Супер-контракт ҳақида берган маълумотларимдан кейин, бир қанча саволлар келиб тушди. Бирин-кетин жавоб беришга ҳаракат қиламан.

Савол: Агар абитуриент учала йўналишга ҳам кира олмаса, унда супер-контрактнинг қайси бирини танлаши мумкин?

Жавоб: Ўз хоҳлаганини танлайди. Хоҳласа, 1-йўналишда супер-контрактда ўқиши мумкин, хоҳласа, 2-йўналишда. Агар ўзига маъқул келса, 3-йўналишда ҳам ўқиши мумкин.


Савол: Агар абитуриент 1 ёки 2-йўналишга кира олмасаю, лекин 3-йўналишга контрактга кирса, бундай ҳолатда 3-йўналишда ўқишни истамасдан, 1 ёки 2-йўналишга супер-контрактга кирса бўладими?

Жавоб: Ҳа, бўлади. Агар оддий контрактда ўқишни истамай, ўзи йиқилган 1 ёки 2-йўналишда қиммат контрактда ўқишни истаса, тегишли ОТМ ректори номина ариза билан мурожаат қилиши мумкин.
©@xushnudbek

Каналга уланиш👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
Oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 4 sentyabrdan boshlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil
12 noyabrdagi “2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq 2019 yil 31 avgustdan 3 sentyabrgacha dam olish kunlari etib belgilangani, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayrami munosabati bilan oliy ta’lim muassasalari jamoalariga munosib dam olish sharoitlarini yaratish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida yangi 2019/2020 o‘quv yili 4 sentyabrdan boshlanadi.
@eduuz

Eng so'ngi yangiliklar👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😊Assalom-u alaykum, qadrdonim! JUMA tongi muborak bo'lsin.

Do'stlaringizga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Voydood😫😫, stipendiya💰💰qachon tushadi?!😂🙈

Talabalik-oltin davrim!

Kanalga ulanish👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#sessiya_hazillari

✅ Xafa bulma hamma ham uchga yopolmaydi
😂😂😂😂😂

✅ Uxlama O'zbek xalqi,
Hozir taraqqiyot davri.
Uxlama talaba axli,
Hozir sessiya davri.😂😂😂


✅ Agar sessiyagacha bosh ishlamasa, sessiya payti oyoq rosssaaaa ishlaydi.
🙈🙈🙈

✅ Statistika ma'lumotlariga qaraganda talabalar uchun eng qiyini bu sessiya yopish bo'lsa, undan so'ng eng qiyini uyqudan uyg'onish ekan...😅
Uyg'oning buyuk talabalar sizni leksiya kutmoqda...

Talabalarga yuboring😄👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Apellyatsiya shikoyatlari bo'yicha arizalarni qabul qilish yakunlandi

Apellyatsiya shikoyatlari 21-avgustdan 30-avgustgacha Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida yozma va elektron shaklda qabul qilindi.

10 kun davomida 3 303 ta apellyatsiya shikoyatlari kelib tushdi. Ushbu arizalar hududlar bo'yicha quyidagicha taqsimlangan:
Qoraqalpog'iston Respublikasida - 53 ta;
Andijon viloyatida - 108 ta;
Namangan viloyatida - 84 ta;
Farg'ona viloyatida - 188;
Buxoro viloyatida - 166 ta;
Xorazm viloyatida - 138 ta;
Surxondaryo viloyatida - 145;
Qashqadaryo viloyatida - 304 ta;
Jizzax viloyatida - 120 ta;
Navoiy viloyatida - 92 ta;
Samarqand viloyatida - 266 ta;
Sirdaryo viloyatida - 59 ta;
Toshkent shahrida - 1 580 ta.

Apellyatsiya shikoyatlarini ko'rib chiqish 26-avgustdan boshlangan bo'lib, bugun (30-avgust) mazkur jarayonning beshinchi kuni yakunlandi.

Ikki smenada jami 321 nafar ariza bergan abituriyentning e’tirozi ko‘rib chiqish rejalashtirilgan edi.
Shundan 258 nafari jarayonda ishtirok etdi, 63 nafari esa ishtirok etmadi.

O'zbekiston Respublikasining Mustaqillik bayrami munosabati bilan apellyatsiya shikoyatlarini ko'rib chiqish 4-sentabrdan davom ettiriladi.

©Davlat test markazi

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​#BAYRAM_MUBORAK
#YIGIRMA_SAKKIZ_YOSHING_MUBORAK

Assalomu alaykum aziz Vatandoshlar! Barchangizga Mustaqilligimizning 28 yilligi muborak bo'lsin!

Vatanimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!


https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Ajoyib yangilik!

Samarqandda yana bir universitet filiali tashkil etiladi


Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.

Loyiha matni bilan batafsil mana bu yerda tanishishingiz mumkin: https://regulation.gov.uz/uz/document/7075

Batafsil ma'lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA