Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat!

O'zbekistonlik 17 yoshli yigit bir vaqtning o'zida 18 ta OTMga o'qishga kirdi.

U qanday qilib bunday natijaga erishdi?

📹 Batafsil video orqali ko'rishingiz mumkin


Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy bankining stipendiyasiga tanlov e’lon qilinadi


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus stipendiyasi oliy ta’lim muassasalari bank va axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriaturaning kunduzgi bo‘limi oxirgi kursida hamda magistratura bosqichida ta’lim olayotgan, tanlov asosida saralab olinadigan talabalarga tayinlanadi.

2019/2020 o‘quv yili uchun Markaziy bank stipendiyasi 1 oktyabrdan boshlab tayinlanadi.
Hujjatlarni qabul qilish muddati - 2019 yil 5 - 15 sentyabr, ko‘rib chiqish va tanlov muddati - 16 sentyabr - 25 sentyabr.
Markaziy bank stipendiyasi respublika hududida o‘rnatilgan bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

Markaziy bank stipendiyasini tayinlash uchun quyidagi mezonlar belgilanadi:
o‘quv jarayonida (so‘nggi semestr natijalariga ko‘ra) yuqori reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lishi;
davlat tili, rus tili va bitta xorijiy tilni mukammal bilish talab qilinadi
(IELTS - 7.0 / TOFFL - 94 sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlar ingliz tili test sinovidan ozod etiladi);
bank va axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro yoki respublika olimpiadasi g‘olibi yoki sovrindoriga ustuvorlik beriladi.

Bog‘lanish uchun telefon raqamlari (71) 212-6064, 212-6044.

Batafsil ma’lumot👇👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Подготовка к поступлению в медицинские ВУЗы. Изучение биологии, химии (русским группам).
Ориентир: метро Хамид Алимджан. По вопросам обращаться: +99897 7692902

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
ОРЗУЛАР албатта амалга ошади✅

Етти ёшимда отамдан: «Қачон бизнинг ҳам Майкл Жексонникидай катта уйимиз бўлади?» - деб сўрардим.

Отам менга қараб: «Бу амалга ошмайдиган орзу» - дерди.

Вақтлар ўтиб мен ҳатто унданда катта уйга эга бўлдим, бироқ энди унда отам йўқ эди.

Шу пайт: «Катта уйим бўлмасада, қанийди отам қайтиб келса!» - дея орзу қила бошладим.


Пул бу ҳамма нарса дегани эмас экан.

Криштиану Роналду ©

Каналга уланиш👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#bolalik😊

Siz ham yoshligingizda huddi shunaqa o'yin o'ynaganmisiz?😄

Xayrli tong do'stlar! Yana bir yangi tong muborak bo'lsin!

DO'STLARINGIZGA HAM ULASHING!👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
5112000-Жисмоний маданият, кундузги.pdf
699.1 KB
DIQQAT!

2019/2020- o‘quv yilida bakalavriatga test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihon orqali o‘qishga qabul qilish bo‘yicha yakuniy tanlov natijalari e'lon qilinmoqda!

Termiz Davlat universiteti "Jismoniy madaniyat" yo'nalishi imtixon javoblari
#kunduzgi

Boshqa OTMlar tez orada👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​#hazil
👨‍🎓 Talaba lug’ati 😎

▪ Abituriyentlik davri – “Yolg’izlikning yuz yili”
▪1-avgust – “Asrga tatigulik kun”
▪ Imtihon – “Dahshat”
▪ Imtihonga kirish oldidan tekshiruv – “Alvido, qurol”
▪ Talabalikka tavsiya etilmagan abituriyent – “Bemor”
▪ Talabalikka tavsiya etilgan abituriyent – “Alvido, bolalik” yohud “Qushdek yengil bo’ling”
▪ Universitet – “Javohirlar sandig’i”
▪ Talaba – “Odam bo’lish(i) qiyin”
▪ Dars – “Suv ostida sakson ming kilometr”
▪ Ma’ruza – “Tushda kechgan umrlar”
▪ Konspekt – “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”
▪ Amaliy mashg’ulot – “Jimjitlik”
▪ Talabalar darsga tayyor emas – “Abadiyat qonuni”
▪ Stipendiya – “Ulug’bek xazinasi”
▪ Sessiya – “Bozor dunyo” yohud “Dunyoning ishlari”
▪ Qayta topshirishga qolgan talaba – “Urushning so’nggi qurboni”
▪ Amaliyot – “Gulliverning sayohatlari”
▪ Talabalik yillari – “Bahor qaytmaydi”…

KANALGA ULANISH👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#DIQQAT_ELON

Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni respublika oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha 2019 yilning 28-30 avgust kunlari o‘tkazilgan maxsus sinovlar (on-layn test, kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalari bo‘yicha o‘tish bali Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalari uchun 56,7 ballni tashkil etadi.

🔵Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish uchun maxsus sinovlar (on-layn test, kasbiy (ijodiy) imtihon) topshirgan va sinovlar natijalariga ko‘ra 56,7 va undan ortiq ball to‘plagan fuqarolar 2019 yilning 3 sentyabridan tegishli oliy ta’lim muassasalariga murojaat qilishlari mumkin.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati:

✅O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;

✅O‘zbekiston milliy universiteti;

✅O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti;

✅Toshkent davlat texnika universiteti;

✅Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali;

✅Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali;

✅Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali;

✅Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

✅Toshkent moliya instituti;

✅Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;

✅Toshkent davlat sharqshunoslik instituti;

✅Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

✅Toshkent davlat pedagogika universiteti;

✅Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filiali;

✅Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti;

✅Andijon mashinasozlik instituti;

✅Andijon davlat universiteti;

✅Buxoro davlat universiteti;

✅Buxoro muhandislik-texnologiya instituti;

✅Guliston davlat universiteti;

✅Jizzax politexnika instituti;

✅Qoraqalpoq davlat universiteti;

✅Qarshi davlat universiteti;

✅Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti;

✅Namangan davlat universiteti;

✅Namangan muhandislik-qurilish instituti;

✅Namangan muhandislik-texnologiya instituti;

✅Samarqand davlat universiteti ;

✅Samarqand davlat chet tillar instituti;

✅Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;

✅Termiz davlat universiteti;

✅Termiz davlat universiteti Denov filiali;

✅Farg‘ona davlat universiteti;

✅Farg‘ona politexnika instituti;

✅Urganch davlat universiteti;

✅Navoiy davlat pedagogika instituti;

✅Nukus davlat pedagogika instituti;

✅Jizzax davlat pedagogika instituti;

✅Qo‘qon davlat pedagogika instituti;

✅Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti;

✅Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti;

✅Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mushakbozlikdan EXCLUSIVE video😍

Bunaqasi TARIXda bo'lmagan. Megabaytingizni qizg'onmang.

To'liq video😊😊😊

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Bugun qanaqa kunligini bilasizlarmi?

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Bugun Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov vafot etgan kun...

Siz doim qalbimizdasiz!!!

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Хушхабар!

Хоразмда Малайзия университети филиали очилади

Малайзия Технология университетининг («Universiti Teknologi Malaysia» – UTM) бакалавриат ва магистратура дастурлари бўйича филиалида инжиниринг, ахборот технологиялари, фундаментал фанлар ва менежмент йўналишлари бўйича таълим берилади. Бу ҳақда Ўзбекистон Ташқи ишлар вазирлиги сайтида хабар берилмоқда.

Хоразм вилояти ҳокимлиги ва UTM ректори билан учрашув давомида Профессор-ўқитувчилар таркибининг малакасини ошириш ва талабалар алмашиш соҳасида ҳамкорлик қилиш бўйича «Йўл харитаси» ишлаб чиқишга келишиб олинди, шунингдек, Хоразм вилоятидаги тегишли олий таълим муассасаси негизида франчайзинг модели бўйича Малайзия олий таълим муассасаси дастурларини жорий этиш, келгусида UTM филиалини очиш тўғрисида битим имзоланди.  

Маълумот учун: UTM 1904 йилда асос солинган давлат олий таълим муассасаси ҳисобланади. «QS World University Rankings» статистикасига кўра, UTM «QS Asian University Rankings» версияси бўйича 228-ўринни ва Осиёдаги олий таълим муассасалари орасида 47-ўринни эгаллайди. Ҳар йили олий таълим муассасасини 12 мингдан ортиқ талаба битиради.

KANALGA ULANISH👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#кун_фотоси
Эхх бу талабалар нималарни ўйлаб топишмайди-я?😃🤦‍♂

Транспортда ухлаш учун яхши ғоя. Қоғозчада "Мени фалон жойда уйғотиб юборинг" деб ёзилган 😯

Каналга уланиш👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Magistratura_javoblari

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti "Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit fizikasi" yo'nalishi bo'yicha MAGISTRATURA javoblari!

Tez orada qolganini ham tashlashga harakat qilamiz👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
TATU Magistratura javoblari e'lon qilindi!

"Axborot xavfsizligi" yo'nalishi

Tez orada qolganlari, birinchi bizda😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#Qabul2019

Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

O‘zR Vazirlar Mahkamasining 2019 yilning
17 avgustdagi 683-sonli qaroriga muvofiq 2019/2020 o‘quv yili uchun Qo‘qon universiteti joriy yilning 5 sentyabridan o‘z faoliyatini boshlaydi.

Universitetda quyidagi ta’lim yo‘nalishlarda bakalavrlar tayyorlanadi:

👉 Iqtisodiyot;
👉 Menejment;
👉 Moliya;
👉 Tadbirkorlik;
👉 Maktabgacha ta’lim;
👉 Boshlang‘ich ta’lim;
👉 Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili.

Qo‘qon universitetida talabalar kunduzgi ta’lim shaklida, to‘lov-shartnoma asosida o‘qitiladi.

Bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Hujjatlar 2019 yilning 5 sentyabridan 20 sentyabriga qadar qabul qilinadi (yakshanba kunlari ham).

Universitet qabul komissiyasi abituriyentlarni quyidagi hujjatlar asosida maxsus baza orqali ro‘yxatdan o‘tkazadi:

1. Pasport (tug‘ilganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma) asli;
2. Umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan) asli;
3. Chet tili sertifikati (agarda mavjud bo‘lsa) asli va nusxasi.

Hujjatlar Qo‘qon servis va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji (Qo‘qon shahri, Turkiston ko‘chasi, 28-a uy) da qabul qilinadi.

Mo‘ljal: Qo‘qon markaziy stadioni.

✅ Iqtisodiyot, Menejment, Moliya va Tadbirkorlik ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar quyidagi fanlardan test topshiradilar:

- Matematika (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 ball);
- Ingliz tili (har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 ball);
- O‘zbek tili va adabiyoti (har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 ball).

✅ Maktabgacha ta’lim:
- Biologiya (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 ball);
- O‘zbek tili va adabiyoti (har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 ball);
- Tarix (har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 ball).

✅ Boshlang‘ich ta’lim:
- O‘zbek tili va adabiyoti (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 ball);
- Matematika (har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 ball);
- Ingliz tili (har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 ball).

✅ Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili:
- Ingliz tili (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 ball);
- O‘zbek tili va adabiyoti (har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 ball);
- Tarix (har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 ball).

Xorijiy fuqarolar universiteti tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan suhbat asosida qabul qilinadi.

Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar uchun o‘qish 2019 yilning 2 oktyabr kunidan boshlanadi.

Murojaat uchun telefonlar (Call center):
+998 73 545-44-44

©Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Batafsil ma'lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul2019

Qo‘qon universitetiga qabul bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar

1️⃣ Universitetga ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning iqtidorli va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan farzandlari orasidan tanlov asosida kamida 10 nafar abituriyentlar grant asosida o‘qishga qabul qilinadi;

2️⃣ Barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatning ingliz tili uchun - milliy sertifikat V2 va C1 yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5 va undan yuqori), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72 va undan yuqori) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalariga ega bo‘lgan abituriyentlar kirish imtihonlarisiz suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi;

3️⃣ Test sinovlari majmuasiga chet tili birinchi (asosiy) bo‘lmagan fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatning ingliz tili uchun - milliy sertifikat B1 yoki International English Language Testing System (IELTS 4,5-5,0), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 42-71) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalariga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu fandan kirish imtihonlarisiz belgilangan maksimal ball beriladi;

4️⃣ Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari g‘oliblari tegishli ta’lim yo‘nalishlari doirasida kirish imtihonlarisiz grant asosida o‘qishga qabul qilinadi;

5️⃣ O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib borayotgan mahalliy yoki xorijiy OTMlarida tahsil olayotgan talabalarga Qo‘qon universitetiga o‘qishlarini ko‘chirib davom ettirish yoki o‘qishdan chetlatilgan talabalar uchun o‘qishga qayta tiklash imkoniyati beriladi.

To‘lov-kontrakt miqdorlari:

➡️ Iqtisodiyot – 18.411.520 so‘m
➡️ Menejment – 18.411.520 so‘m
➡️ Moliya – 18.411.520 so‘m
➡️ Tadbirkorlik – 18.411.520 so‘m
➡️ Mehmonxona va turizimni boshqarish – 18.411.520 so‘m

(Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan (634880 so‘m) 29 barobari).

➡️ Maktabgacha ta’lim – 17.141.760 so‘m
➡️ Boshlang‘ich ta’lim – 17.141.760 so‘m
➡️ Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili – 17.141.760 so‘m

(Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan (634880 so‘m) 27 barobari.)

❗️Xorijiy fuqarolar uchun – 2500 AQSh dollari.

Batafsil ma'lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#no_comment
Sizning talabalik guvohnomangiz qayerda? 😅

Kanalga ulanish👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
​​#Taxminan

❗️Yangi o'quv yilidan kontrakt narxlari

Xabaringiz bor, o‘tgan yili ilk marotaba OTMlardagi to‘lov-kontraktlar miqdori eng kam ish haqiga bog‘lab qo‘yilgandi.

Bu esa shuni anglatadiki, ish haqlari oshsa, kontrakt ham xuddi shuncha foizga oshadi. Faqat qoidaga binoan, EKIH miqdori oshirilganda kontraktlar navbatdagi semestrdan boshlab oshiriladi.

✅ENG KAM ISH HAQI - oyiga 223.000 so'm

Xullas, yangi o'quv yilidan kontrakt miqdorlari tasdiqlansa quyidagicha bo‘ladi:

BAKALAVRIAT
(kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim uchun)

1-toifa:
- Pedagogika, shu jumladan kasbiy ta’lim
- Gumanitar fanlar
- Matematika, amaliy matematika va informatika, tabiiy fanlar
- Sosiologiya va psixologiya
- Muhandislik ishi, ishlab chiqarish texnologiyalari
- Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligida menejment, qishloq xo‘jalik texnikasi, veterinariya, irrigasiya va meliorasiya
- Ijtimoiy ta’minot
- Sport faoliyati
- Atrof muhit muhofazasi, hayotiy faoliyat xavfsizligi

45 barobar – 10 mln 035 ming 000 so‘m

2-toifa:
- Sharq filologiyasi, turkiy tillar filologiyasi, roman-german filologiyasi, tarjima nazariyasi va amaliyoti, o‘zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti
- Jurnalistika va axborot
- Kompyuter texnologiyalari va informatika, aloqa va axborotlashtirish, telekommunikasiya texnologiyalari
- Arxitektura va qurilish
- Xizmat ko‘rsatish sohasi
- Transport

✅46 barobar – 10 mln 258 ming 000 so‘m

3-toifa:
- San’at
- Arxitektura, qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish

✅50 barobar - 11 mln 150 ming 000 so‘m

4-toifa:

- Iqtisod
- Axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment
- Sog‘liqni saqlash.

✅55 barobar - 12 mln 265 ming 000 so‘m

5-toifa:
- Jahon siyosati
- Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar

✅60 barobar - 13 mln 380 ming 000 so‘m

MAGISTRATURA

1-toifa: 49 barobar – 10 mln 927 ming 000 so‘m.
2-toifa: 51 barobar – 11 mln 373 ming 000 so‘m
3-toifa: 55 barobar – 12 mln 265 ming 000 so‘m
4-toifa: 61 barobar – 13 mln 603 ming 530 so‘m
5-toifa: 66 barobar – 14 mln 718 ming 000 so‘m

IKKINChI MUTAXASSISLIK
(kunduzgi, sirtqi)


1-toifa: 49 barobar – 10 mln 927 ming 000 so‘m
2-toifa: 51 barobar – 11 mln 373 ming 000 so‘m
3-toifa: 55 barobar – 12 mln 265 ming 000 so‘m
4-toifa: 61 barobar – 13 mln 603 ming 530 so‘m
5-toifa: 66 barobar – 14 mln 718 ming 000 so‘m.

Talaba va abituriyentlar uchun birinchi raqamli kanal😉👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​«МИФИ»нинг биринчи хорижий филиали Ўзбекистонда очилди.

Россия миллий ядро тадқиқот институти “Москва инженерлик-физика институти”нинг Тошкентдаги филиали очилди. Бу ҳақда Kun.uz мухбири хабар бермоқда.

Қайд этилишича, очилиш маросимида Ўзбекистон бош вазири Абдулла Арипов, “Росатом” раҳбари Алексей Лихачёв иштирок этмоқда.

“Ушбу муҳим тадбиримиз мустақиллик байрамини нишонлаш кунларига тўғри келгани алоҳида аҳамиятга эга. Маълумки, ушбу олий таълим даргоҳи Ўзбекистон президентининг ўтган йил июль ойида қабул қилган алоҳида қарорига мувофиқ ташкил этилди. Давлатимиз раҳбари бир йил олдин Ядро физикаси институтига ташриф чоғида айнан шу жойда ушбу институт филиалини ташкил этиш бўйича кўрсатма берган эди. Кўриб турганингиздек, ҳозир бу ерда замонавий ва инновацион ўқув корпуси қуриб битказилди ва халқаро стандартларга мувофиқ энг замонавий лаборатория ускуналари ҳамда ўқув жиҳозлари билан таъминланди. Ушбу олий таълим муассасасининг ташкил этилиши мамлакатимизда Марказий Осиёда биринчи атом электр станциясининг барпо этилиши билан боғлиқдир. Шу сабабли, махсус билим ва кўникмаларга эга юқори малакали мутахассисларга талаб жуда юқори бўлади. Тошкент шаҳрида ташкил этилган ушбу институт филиали халқ таълим стандартлари даражасидаги юқори малакали муҳандис-техник кадрларни тайёрлашни таъминлашига ишончимиз комил”, - деди Абдулла Арипов.

Жорий йилда саралов фақат бакалавр дастурларига тўрт ихтисослик бўйича ўтказилди:

Ядровий энергетика ва иссиқлик физикаси;
Ядровий физика ва технологиялар;
Иссиқлик энергетикаси ва иссиқлик техникаси;
Электр энергияси ва электр техникаси.

ОТМ талабалари халқаро стандартларга мувофиқ ядровий энергетика ва иссиқлик физикаси бўйича муҳандислик-техник мутахассисликларига ўқитилади.

“МИФИ” филиали Улуғбек посёлкасида Ядровий физика институти яқинида жойлашган. Филиалга ўқув корпуси сифатида берилган биноларда реконструкция ва қурилиш ишлари олиб борилди. ОТМда энг янги технологиялар билан таъминланган 11 замонавий лаборатория, талабалар ва педагоглар учун ётоқхона ҳамда спорт комплекси, кутубхона фаолият юритади.

Каналга уланиш👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA