Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
#EHTIYOT_BÖLING
#OGOHLANTIRAMIZ

Hurmatli talabalar, sizlarga shuni ma'lum qilamiz-ki, agar piyodalar o'tish joyidan o'tmasdan, noqonuniy tarzda yo'lni kesib o'tsangiz sizga 80.000 so'mga yaqin miqdorda jarima belgilanmoqda!

Stipendiya olmasak, o'zimizga zarar bo'lmasin yana!

P/S: Ehtiyotkorlik-qo'rqoqlik emasdur!😁

Barchani ogohlantiring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#ОТМ_янгиликлари

Ўзбекистоннинг етакчи тадбиркорлари талабаларга маҳорат дарси ўтишди

Тошкент давлат иқтисодиёт университетида Халқаро туризм факультети ва Маркетинг кафедраси томонидан “Сотиш тизимидаги янги инновациялар” мавзусида маҳорат дарси ўтказилди.

Ушбу маҳорат дарсида модератор сифатида “Office market”, “Dekos” компаниялари ҳамда “M faktor” лойиҳаси асосчилари Ҳасан ва Ҳусан Мамасаидовлар иштирок этдилар.

Тадбиркорлар йиғилганларга ўз тажрибаларидан келиб чиққан ҳолда бизнесни бошлаш машаққати, унда муваффақиятга эришиш сирлари, хатоларни енгиб ўтиш, рақобатда ютиб чиқиш омиллари ҳақида ўз тажрибаларидан келиб чиқиб, ҳаётий мисоллар билан айтиб бердилар.

- Кеча фойда бераётган нарса бугун иш бермай қолиши мумкин – қоидалар мунтазам ўзгариб туради. Шу сабабли эришилган натижада асло тўхтаб қолмаслик керак. Ижобий кайфиятдаги одамлар билан мулоқот қилиш, олдинга янги мақсадларни қўйиш лозим, - дея таъкидлашди модераторлар.

Маълумот ўрнида, кадрлар тайёрлашда иш берувчилар билан яқиндан ҳамкорлик қилиш ва ўқув жараёнларини бевосита амалиёт билан уйғун ташкил этиш мақсадида вазирлик ташаббуси билан ОТМларда йирик ишлаб чиқарувчилар ва хусусий тадбиркорлар билан ҳамкорликда лойиҳалар амалга оширилмоқда.

Манба: Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Каналга уланиш👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dublaj
TATU kredit tizimida tahsil oladigan talabalar tomonidan hazil video.

P/S: Yaqin 1-2 yil ichida boshqa OTMlar ham kredit tizimiga o'tadi😁

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Assalomualaykum

Budilnikni 5, 5-30, 6, 6-30, 7 ga qo‘yib, o‘zi arang 9 da turib, xuddi doim vaqtida turgandek "Voy, uxlab qolibmanuu" deydiganlar, xayrli tong))

Do‘stlarga ulashing👇😄
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
"Mahalladagi ayollarning" ta'kidlashicha, ko'p oliygohlarda kontrakt asosida tahsil olayotgan bitiruvchi talabalar uchun ham eski tizimda (3 lik, 4lik, 5lik) stipendiya berilayotgan ekan🤔.

Bu qanchalik haqiqat bilmadik. Kommentariyada o'z fikringizni qoldiring...

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Bitiruvchilarining birontasi ham Oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirmagan maktab rahbariyati faoliyatiga tanqidiy baho beriladi va ushbu maktablar keyingi yil birinchi bo‘lib attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tadi.

Do‘stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Келгуси йили информатика фанидан тест саволлари бўладими?

Айрим Телеграм каналларида келгуси йили информатикага алоқаси бор йўналишларда информатика фанидан алоҳида блок қўшилиши ҳақида хабарлар тарқалди. Мазкур хабар қанчалик тўғри?

ДТМ вакиллари билан боғланиб, ушбу масалага ойдинлик киритдим. Маълум қилинишича, келгуси йили информатика фани алоҳида блок бўлиши ҳақидаги хабарлар нотўғри. Келгуси йилда информатика фанидан саволлар бўлмайди.

Унда нима учун ДТМ сайтида тасдиқланган дарсликлар рўйхатида информатика фанидан ҳам дарсликлар кўрсатилган?

Бунинг сабаби шундаки, ҳарбий ОТМларда эски тартиб ҳалигача сақланиб қолган. Яъни ҳарбий йўналишдаги ОТМларда тестда 36 та савол тушади, математика блокидан 6 та савол информатика фанидан бўлади. Шу сабабли ДТМ сайтида информатика фанидан ҳам дарсликлар рўйхати эълон қилинган.

Агар Сиз ҳарбий ОТМга топширмасангиз, унда иккиланиб ўтирманг, тестда информатика фанидан саволлар бўлмайди, дейишмоқда расмийлар.

P.S.: саёҳат ўз йўлига, абитуриентлар эсдан чиқмасин :)

👉 @xushnudbek 👈

Каналга уланиш👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Edu.uz
#Расмий

ЎзР таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш бўйича Давлат комиссиясининг 2019 йил 21 октябрдаги 9-сонли билан кўпчилик абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари ҳамда ОТМлар ректорларининг мурожаатларини инобатга олиб, 2019/2020 ўқув йилида ОТМлар бакалавриатига тўлов-контракт асосида талабаликка тавсия этилган (шу жумладан, табақалаштирилган тўлов-контракт асосида ўқиш истагини билдирган) абитуриентлар, ўқиши кўчирилган ва қайта тикланган талабалар ўқиши учун тўлов ҳақини ўтказиш ҳамда талабалар сафига қабул қилишни расмийлаштиришнинг сўнгги муддати 2019 йилнинг 20 ноябри этиб белгиланди.

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг расмий телеграм каналига уланиш👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AudocFp7PIMcQ
Финландияда нега оммавий коррупция йўқлиги ва ҳеч қачон бўлмаслиги ҳақида 5 тушунтириш.

1. Финнлар асло ҳашамат ва дабдабага ўч эмаслар. Дабдабаю асъаъса — дегенерат (туғма жисмоний ва руҳий нуқсонларга эга инсон) лар учун ўрта асрлар шарқига хос кўнгилхушликдир. Тилла унитаз, фақат дегенератлар учун холос.

2. Финнлар ўз халқининг бошқа вакиллари ҳисобидан ўз оиласининг бойиши — ўз халқидан нафратланиш эканлигини билади. Фақатгина номард, ноинсоф инсонларгина бундай йўл тутиши мумкин.

3. Финнлар бюджет (халқ) пулларини «туя» қилиш — ўз фарзандлари, невараларига нисбатан нафрат эканлигини аниқ-тиниқ тушуниб етишади, чунки айнан ўз авлодлари шу йўллардан юришади, шу мактабларда ўқишади. Ўз фарзандлари ва невараларини фақатгина бадбахт инсонгина ёмон кўриши мумкин.

4. Финнлар аниқ ишонишадики, ўғри инсон — доимо қўрқоқ бўлади. У доим фош бўлиш ва ўз қилмишларига адолатли жазо берилишидан қўрқиб яшайди. Бундай инсон ҳеч қачон эркин бўла олмайди. Бундай инсон халқ назаридан ажралиб қолган олқиндидир.

5. Финнлар ўз фарзандини бирор жойга «жойлаштириб» қўйиш — алал-оқибатда ўзларига жуда катта зиён етказишини билишади. Агар инсон ҳаммасига ўз билими ва муваффақиятлари орқасидан ўзи эришмаса ёки камида меросга қонуний қўшилмаса — унга ёмон бўлиши аниқ. Келажакда фарзанди бошига муаммоларни фақатгина аҳмоқ одамгина раво кўриши мумкин.

✍ Шуҳрат Шокиржонов

Каналга уланиш👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#hazilni_zili🙊
#kechgi_yangilik😁

"Biz korrupsiyaga qarshimiz"
mavzusi bo'yicha o'tkazilgan tanlovda 150 ming so'm bergan ishtirokchi g'olib bo'ldi😂

Tarqating😄👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Birinchi prezidentimiz Islom Karimovdan siz-u biz uchun ajoyib motivatsiya.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Quyosh tizimida yangi mitti sayyora aniqlandi.

Evropa janubiy observatoriyasi astronomlari Quyosh tizimida yangi Gigeya mitti sayyorasi mavjudligini aniqlashdi.

Qadimgi greklarning salomatlik ma’budasi sharafiga Gigeya deb nomlangan sayyora Quyosh atrofida aylanadigan Mars va Yupiter orbitalari orasidagi asteroidlar belbog‘ida joylashgan. Mitti sayyoraning diametri 430 km atrofida.

Gigeyani birinchi bo‘lib italiyalik astronom Annibale de Gasparis 1849-yilda aniqlagan bo‘lsa-da, u bugunga qadar rasman asteroid deb hisoblab kelinardi.

Gigeya asteroidlar belbog‘idagi eng yirik ob’ekt emas. U kattaligi jihatidan Tserera (950 km), Vesta (525 km) va Palladadan (512 km) keyingi o‘rinda turadi.

XIX asr boshlariga qadar ularning uchovi ham haqiqiy sayyora deb hisoblab kelingan, ammo keyinchalik asteroid deb topilgan.

Sayyora deb hisoblanishi uchun samoviy jism bir nechta shartlarga to‘g‘ri kelishi kerak:

-quyosh atrofida orbita bo‘ylab aylanishi;

-boshqa sayyoraning yo‘ldoshi bo‘lmasligi;

-dumaloq shaklni saqlab turish uchun etarlicha gravitatsiyaga ega bo‘lishi;

-orbitasini boshqa kichik jismlardan tozalash uchun yetarlicha vaznga ega bo‘lishi kerak.

Agarda dastlabki uchta shart bajarilsa, sayyora mitti deb hisoblanadi.

Birinchi bo'lib tarqating👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#fact

​​Ruchka haqida qiziqarli faktlar. Undan har yili qancha odam o‘ladi?

Kundalik hayotimizda ruchkaning o‘rni juda katta, ammo biz bu faktni har doim ham his qilavermaymiz. Quyida u haqida bir qator ma’lumotlar bilan tanishib olishingiz mumkin.

1. Ilk marotaba ishlab chiqarilgan avtoruchka bahosi 12 dollarga teng bo‘lgan. Hozirgi kunda shu pulga siz ruchka-radio sotib olishingiz mumkin.

2. Sharikli ruchkalar ilk bor 1945 yili sotuvga qo‘yilgan. Sharikli ruchka ishlab chiqarish uchun esa mutaxassislar 57 yil burun patent olishgandi. Birinchi kunning o‘zida o‘shanda 10 mingtadan ziyod sharikli ruchka sotilgan.

3. Psixologlarning gapiga qaraganda, fikrlash jarayonida ruchka kemirib o‘tiradiganlar tabiatan ijodkorlikka moyil bo‘lishadi.

4. Avtoruchkadan yer yuzining 92 foiz aholisi unumli foydalanadi.

5. Rossiya aholisi 140 million atrofida, ammo bu o‘lkada har yili 600 million dona ruchka ishlatiladi.

6. Kampuchiya hindular qabilasi yetakchisi qabiladoshlarga negadir avtoruchkadan foydalanishni, uni kissasi

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#duv_duv_gap

"Mahalladagi ayollarning" gaplariga ko'ra, 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab Toshkent Davlat Yuridik universitetiga kirish imtihon bloklari ketma ketligi quyidagicha o‘zgarar ekan:

1-blok Tarix, 2-blok Ingliz tili. Ammo hozircha bu haqda rasman xabar berilmadi.

2019-2020 o‘quv yilida esa TDYuUda 1-blok Ona tili va adabiyoti, 2-blok Ingliz tili, 3-blok Tarix fani bo‘lib o‘zgargan edi...

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Umumta’lim fanlaridan test topshiriqlari to‘plamlari nashr etildi

Davlat test markazi hamda “Davr press” nashriyot-matbaa uyi qo‘shma loyihasi asosida barcha umumta’lim fanlaridan test topshiriqlari to‘plamlari tayyorlandi.

To‘plamdan 2019-yilgi test sinovlarida foydalanilgan test topshiriqlari o‘rin olgan. To‘plam o‘qituvchilar, oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar va keng jamoatchilik uchun mo‘ljallangan.

Joriy yilning 1-noyabridan "Ona tili va adabiyot", "Matematika", "Fizika" fanlaridan test topshiriqlari to’plamlari sotuvga chiqariladi.

Boshqa umumta’lim fanlaridan test topshiriqlari to‘plamlarini esa bosqichma-bosqich noyabr oyi yakuniga qadar sotuvga chiqarish rejalashtirilgan.

Test topshiriqlari mazmuni bo’yicha takliflar va fikr-mulohazalaringizni test@dtm.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

✍ Davlat test markazi

Do'stlaringizga ulashing👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​Nima uchun “ikkichi”lar kelajakda a’lochilardan ko‘ra omadliroq bo‘ladi⁉️
(Erinmasdan oxirigacha o'qing)

Britaniyalik jurnalist Djon Xaltivanger maktabda qo‘yiladigan baho bolaning intelektual qobiliyati ko‘rsatkichini belgilamasligi haqidagi shov-shuvli maqolani e’lon qildi. Unda yozilishicha, ikki bahoga o‘qigan o‘quvchilar a’lochilardan ko‘ra, hayotda ko‘proq muvaffaqiyatlarga erishar ekan. “Adme.ru” nashri muallifning fikri bilan sizni tanishtirishga qaror qildi.

Tajribadan ma’lum bo‘ldiki, a’lo bahoga to‘la attestat baxtli kelajakni ta’minlamas ekan. Har doim ham ikki bahoga o‘qigan o‘quvchi ishsiz, pulsiz qolmas ekan. Boy va omadli insonlar orasida maktabda yomon baholarga o‘qiganlar anchaginani tashkil etadi. Ularning muvaffaqiyatiga butun dunyo tan bergan.

Masalan, Stiv Jobs, Mark Sukerberg, Bill Geyts biror kollejni tamomlamagan. Samoga ilk sun’iy yo‘ldoshni uchirgan Sergey Korolyov ham maktabda uchga o‘qigan. Vladimir Mayakovskiy ham yomon o‘qiganidan “Anna Karenina” asarini oxirigacha o‘qimagan. Iosif Brodskiyning maktabda yomon o‘qigani adabiyotdan Nobel mukofotini olishiga xalaqit qilmagan.

Aql — mavhum tushuncha bo‘lgani bois, bilim olishda erishilgan muvaffaqiyat bilan unga ob’yektiv baho berib bo‘lmaydi. Maktab har doim ham bolaning mustaqil hayotga qadam qo‘yishi uchun muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qilavermaydi. Bitiruvchining maktabdan tashqarida erishgan muvaffaqiyati orqaligina buni aniqlash mumkin.

Muvaffaqiyatga erishish uchun bolada qiziqish, qat’iyat, sabr-toqat, eng asosiysi muvaffaqiyatsizlikning qadrini anglash tuyg‘ulari bo‘lishi lozim. Shuning uchun maktabda hech kim nazar-pisand qilmagan ikkichilar dunyoni boshqarishadi. Ular yoshligidan omadsizlikka uchrab o‘rganganlaridan u bilan kurashish yo‘llarini boshqalardan ko‘ra yaxshiroq bilishadi. Aynan “ketmoni uchgan” tadbirkorlarda ham shu xususiyat mavjud bo‘ladi. Ular tavakkal qilishdan, qonun-qoidalariga bo‘ysunmaslikdan qo‘rqmay, biror o‘ziga xos yangilik yaratishga harakat qilishadi.

Yomon bahoga o‘qiganlar orasida o‘z fikriga ega, ijodiy shaxslar ko‘plab uchraydi. Psixologlarning ta’kidlashicha, bunday bolalarga hamma uchun birdek qo‘llanadigan maktab tartib-qoidalari yoqmaydi. Maktabda o‘qituvchilar bolaga o‘z fikrini singdirishga urinishadi, ularning o‘z nuqtai-nazarlari, fikrlari bo‘lishiga kam e’tibor berishadi. O‘qituvchining fikrini o‘ziga singdirgan bola boshqacha bo‘lishi haqida o‘ylab ham ko‘rmaydi. Ikkichi bolalar esa o‘qituvchiga quloq solsa-da, o‘z fikridan qaytmaydi, natijada g‘alaba qozonishadi.

Bu degani har doim ham maktabda yomon baholarga o‘qish muvaffaqiyat kaliti bo‘lib xizmat qiladi, degani emas. Kundalikdagi “besh” baholar ham kelajakda hamma ishlar a’lo bo‘lishidan darak bermaydi. Baholar qog‘ozdagi raqamlar, xolos. Bolaning kelajagini maktabdagi baholar emas, xulq-atvor, tajriba va aloqalar belgilaydi.

Agar maktab va oliy ta’lim muassasassini ko‘ngildagidek bitira olmagan bo‘lsangiz, bundan xafa bo‘lmang. Hayot turli parvoz va qulashlardan iboratdir. Maktabda foydali bilimlarga ega bo‘lgan bo‘lsak, haqiqiy, hayotiy bilimga maktabni tark etganimizdan keyin erishamiz.

Hech qachon bilim olishdan to‘xtamang, hech qachon omadsizliklarga taslim bo‘lmang, asosiysi bilim olish jarayonidan lazzatlanishni unutmang!

Yaqinlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
-Nima deb o'ylaysiz oq tuxum foydalimi yoki jigarrang?
-Talabaga farqi yo'q😝

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#anaqa

Ahvolimiz...🤦‍♂

Talabalarning shuncha kontrakt pulini nima qilayapti, OTM rahbarlari?
"Kontraktni ko'tarding, sharoitni yaratib qo'y... Har tomonlama talabani qonini ichmasdan😡"

Talabani xatosi uchun kursda kursga qoldiradi, "ma'sullar"ni xatosi uchun esa yuksaklarga ko'taradi... Yashavvor, shavvoz👋


🏢Foto Avtomobil yo'llar institutida olingan.

Ma'sullarga yetkazamiz😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA