Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
#2_minut_vaqtingizni_ajraring😊👇

🙋‍ Talabalik paytidayoq kompaniya tashkil qilish uchun bilish kerak bo‘lgan 5 narsa 👍

Facebook, Snapchat, Modcloth — bular talabalik paytida boshlangan mashhur loyihalarning bir nechtaginasi xolos. Balki bu qo‘rqinchli va ishonchsiz ko‘rinsa ham, o‘qish paytining o‘zidayoq kompaniya tashkil qila olishingiz mumkin. Va bu borada bilish kerak bo‘lgan 5 narsa:

1.Ishlashga tayyor bo‘ling. Ko‘pchilik yoshlar biror loyiha o‘ylab, keyin tadbirkorlikni boshlasam, shunda kamroq ishlayman deb o‘ylaydi. Lekin, kompaniya rahbari bo‘lish xodimlarga nisbatan ko‘proq ishlashni talab qiladi;

2.Hamkorlaringizni aql bilan tanlang. Ish boshlashda hamkor tanlash — investor topish, mahsulotni sotish yoki boshqa narsalardan ancha muhimroq hisoblanadi. Hamkoringiz siz bilan birgalikda loyiha ustida ishlash uchun ko‘proq vaqt ajrata olishi kerak. Uni hurmat qilishingiz va ishona olishingiz juda muhim. Shuningdek, bugungi kunda texnik hamkorsiz investor topish ham muammo;

3.Hozirdan ko‘ra yaxshiroq vaqt bo‘lishi mumkin emas. Talabalik vaqtida ish boshlash juda yaxshi. Chunki bu paytda hali katta hayotga to‘liq kirib ulgurmagan bo‘lasiz va sizda muammolar kamroq bo‘ladi. Shuningdek, bo‘sh vaqtingiz ham ko‘p. Agar ishingiz o‘xshamasa ham tajribaga ega bo‘lasiz. Siz o‘qishni bitirishingiz bilan ish topishingizda juda ko‘p raqiblar bo‘ladi. Agar talabalik vaqtida biror ishni boshlay olsangiz, o‘qishdan keyin ham o‘z ish o‘rningizga ega bo‘lasiz;

4.Atrof-muhitni ko‘proq o‘rganing. Professorar, kursdoshlar va boshqa kishilar bilan ko‘proq muloqot qilish. Har xil tadbirlarda qatnashish. Qo‘shimcha kurslarda o‘qish va hududingizdagi biznes sharoitlari bilan tanishish muhim;

5.Sizga hayot yo‘lidan tajribalarini bo‘lishadigan kishini toping. Ular sizga maslahat berishadi. Istalgan omadli tadbirkordan so‘rang, ular ham kimdandir doimiy maslahat olib turishadi. Buning uchun esa biznesda allaqachon bo‘lgan va u yerda nimadir qilgan insonlar bilan tanishishingiz, ulardan tavsiyalar olib turishingiz zarur. Bu albatta, xato qilishingiz oldini oladi‼️


Do'stlarga ham ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
"Pojalusta nenado tak"😂🤦‍♂

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalom-u alaykum!

Haftaning boshi, "og‘ir kun" deb ataluvchi dushanba boshlanmoqda. Haftani qanday boshlasak, shunday yakunlaymiz. Shunday ekan kuningizni qanday o‘tkazish, avvalo, o‘zingizga bog‘liq! Hormang-tolmang, kechgacha chiroyli tabassum qilishdan charchamang! Zero, sizning tabassumingiz ko‘plarning ko‘ngliga xush yoqadi😉😊

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#birinchi_qor Kuni kecha Qoraqalpog'istonda qor yog'di.

❄️☃⛄️ Birinchi qor muborak ⛄️☃❄️

Do'stlarga ham ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​​​#tarixdabugun

4-noyabr – Tutanxamon maqbarasi ochilgan kun.

Qadimgi Misrda hukm surgan fir’avnlar sulolalari haqida barchamiz eshitganmiz, o‘qiganmiz. Kimdir ko‘proq ma’lumotga ega, kimdir kamroq. Kimlardir hech narsa bilmasligi ham mumkin.

Eng mashhur fir’avnlardan biri Tutanxamondir. 1922-yilning shu kuni – 4-noyabrida uning maqbarasi ochilgan. Shundan so‘ng u filmlar qahramoniga aylandi, uning maqbarasi haqida afsona va rivoyatlar to‘qildi.

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​​​#Xalqaro_hamkorlik

O‘zMU rektori Yaponiyaning faxriy ordeni bilan taqdirlandi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti rektori Avaz Marahimov Yaponiyaning “Do‘stlik” ordeni va “Eng nufuzli faxriy” unvoni bilan taqdirlandi.

O‘zMU rektori boshchiligidagi delegasiya Yaponiyaga tashrifi doirasida Soka universiteti bilan besh yilga mo‘ljallangan hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra ikki davlat universitetlari o‘zaro professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini amalga oshiradi, ilmiy izlanishlarni birgalikda olib boradi.

Bundan tashqari Termiz va Axsikentda yaponiyalik hamkorlar bilan birgalikda arxeologik va etnografik ilmiy ekspedisiyalarni tashkil etishga ham kelishildi.

Tashrif doirasida Soka Gakkay Interneshnl Prezidenti Daysaku Ikeda O‘zMUning “Faxriy doktori” unvoni bilan taqdirlandi.

Manba: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Tanlov

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda tanlov e’lon qiladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida shu yilning may oyidan boshlangan “Higher Education for employability” (Ish bilan ta’minlashda oliy ta’limning ahamiyati) dasturi doirasida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan tanlov e’lon qiladi.

✅ Tanlov dasturning quyidagi asosiy yo‘nalishlari doirasida amalga oshiriladi:

👉 oliy ta’lim sifatini ta’minlash;
👉 bitiruvchilarning mehnat bozori talablariga mosligini ta’minlash;
👉 o‘quv dastur va fanlarni ingliz tilida o‘qitish.

Loyihaning 2019/2020 o‘quv yili uchun byudjeti – 200 000 funt sterling.

Dasturda ishtirok etish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasalari o‘z loyihalari bilan qatnashishlari mumkin.

Arizalar shu yilning 16 noyabr kunigacha qabul qilinadi.

Ariza shaklini yuklab olish.

Manba: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
#bolalik😊

Siz ham yoshligingizda huddi shunaqa o'yin o'ynaganmisiz?😄

Xayrli tong do'stlar! Yana bir yangi tong muborak bo'lsin!

DO'STLARINGIZGA HAM ULASHING!👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
"Mahalladagi xotinlarning" ta'kidlashicha, stipendiya haqidagi nizom tez orada tasdiqlanadi. "Avvalgi holatiga qaytadi" deb iddao bilan ta'kidlashmoqda...😉

Bizni kuzatib boring, eng ishonchli va rasmiy xabarlar faqat bizda😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​​​⚡️⚡️⚡️Коррупция урчигани туфайли “Нархоз” ректори ишдан олинди

Узоқ йиллар давомида турли “ўйин”лари билан кенг оммага машҳур, халқ орасида “пулхоз” номи билан танилган Тошкент давлат иқтисодиёт университетида катта ўзгаришлар содир бўлмоқда.

Бугун, Президент маслаҳатчилари Шерзод Кудбиев ва Абдужаббор Абдувоҳидов ҳамда ДХХ, прокуратура органлари вакиллари бошчилигида ўтказилган йиғилишда олий таълим муассасалари уйғониши зарур эканлиги, бундан буён қабул жараёнидан бошлаб битириш жараёнига қадар очиқлик ва ошкоралик тамойиллари асосий бўлиши, бунга қарши чиққанларга эса қатъий жазо кўрилиши таъкидланди.

Бунинг биринчи исботи сифатида ТДИУ ректори Баҳодир Ходиев лавозимидан озод этилди. Бунинг ортидан “Нархоз”да катта тозалаш ишлари ҳам амалга оширилиши таъкидланди.
@xushnudbek

Батафсил👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Ahvolimiz

Jizzaxdan gapiramiz! Bizda ahvol shunaqa😃😎

Doskaniyam tashlab yuborishsa bo'larkan! Stollarni-ku mayli, o'tgan safar ham gapirdik foydasi bo'lmadi!

Foto: Jizzax Politexnika instituti

P/S: O'sha gap uyateee


Ma'sul shaxslarga yuboramiz😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Тошкент давлат иқтисодиёт университети ректори лавозимига Олий ва ўрта махсус таълим вазирининг биринчи ўринбосари Конгратбой Авезимбетович Шарипов тайинланди.

Конгратбой Шарипов илгари Тошкент шаҳридаги Турин политехника университети ректори сифатида жуда муваффақиятли иш олиб борган ва университетда сифатли таълим тизими яратишда катта меҳнат қилган мутахассис сифатида кўпчиликка маълум.


👉 @xushnudbek 👈

Батафсил👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Talabaning izohli lug'ati.

1. Universtitet - “Tom tog‘aning kulbasi"
2. Dekan – “Cho‘qintirgan ota”
3. Jurnal – “Daydi qizning daftari”
4. Konspekt – “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”
5. Kafedra – “Shaytanat”
6. Stipendiya –“Hayotga muhabbat”
7. YI yetakchisi – “Choliqushi” yoki “Robingud”
8. Kompyuterdagi test –“Alvido qurol”
9. Supervizor –“Maymun yetaklagan odam”
10. Seminar – “Jimjitlik”
11. Yakshanba – “Asrga tatigulik kun”
12. O‘tgan semestr – “Yo‘qotganlarim va topganlarim”
13. Kurator – “Portobello jodugari”
14. Oraliq nazorat – “Jar yoqasidagi chaqmoq”
15. Besh baho – “Tushda kechgan umrlar”
16. Amaliyot –“Yolg‘izlikning yuz yili”
17. Gruppa – “Xo‘rlanganlar”
18. Starostalar majlisi – “Jinlar bazmi”
19. Yotoqxona – “Molxona”
20. Qorovul – “Revizor”
21. Qavat starostasi – “Xarobadan chiqqan millioner”
22. Oshxona – “Ko‘ngil deydiki... ”
23. Stipendiant – “Yashna Quyosh”
24. Otrobotka – “O‘tgan kunlar”
25. Jismoniy kafedra – “Mehrobdan chayon”
26. Ma’ruza - "Otamdan qolgan dalalar"
27. Rektorat – “O‘lim vodiysi”
28. Yozgi ta’til – “Dunyo bo‘ylab 80 kun”

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda buxanka non narxi so‘nggi 20 kun ichida ikkinchi marta qimmatlashdi!

O‘zbekistonda qolipli non (buxanka) narxi yana qimmatlashdi. Bu buxankaning so‘nggi 20 kun ichida ikkinchi marta qimmatlashishi hisoblanadi. Hozirda Toshkentdagi turli savdo do‘konlarida buxanka 1 600 so‘mdan 1 900 so‘mgacha sotilmoqda.

Buxanka narxi oxirgi marta 15 oktyabr kuni qimmatlashgan. O‘shanda «buxanka» 1 350—1 500 so‘mdan sotila boshlangan edi.

Ma’lumot uchun, 2019 yil 1 oktyabrdan un va «buxanka» xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim toifalariga beriladigan har oylik pul kompensasiyasi 50 ming so‘mga oshirilgan.

Ana endi......

Ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Bedorlik zarur.

Ibrohim YULDASHEV, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori:

Bugun juda og‘ir yig‘ilish bo‘ldi. Masala – oliy ta’lim tizimidagi korrupsiya holatlari va uni bartaraf etish choralari haqida. Oliy ta’lim tizimida ishlayotganimga 41 yil bo‘lyaptiki, bunday jiddiy, o‘ta og‘riqli masala qo‘yilgan yig‘ilishni eslolmayman. Bu bugungi zarurat tufayli bo‘lganligini yaxshi anglab turibmiz.

Yaqin o‘tmish sarqiti hanuz davom etayotganligi juda achinarli, qolaversa, bu sohadagi salbiy holatlar haqida gap ketganda yuraklarimiz zirqirab ketyapti. Bugun har birimiz ko‘zimizni kattaroq ochishimiz, o‘z kelajagimizga o‘zimiz bolta urayotganligimizni yurakdan, vijdonan his etishimiz vaqti allaqachon kelganini sezishimiz shart!

Taklifim: bugun har birimiz, kim bo‘lishimizdan qat’iy nazar, o‘z kelajagimiz yaratilayotgan kunimizda har qanday qing‘irlikni uloqtirib, buyuk O‘zbekistonimizning buyuk davlat bo‘lib taraqqiy etishiga munosib hissamizni qo‘shishimiz shart.

Batafsil: http://edu.uz/uz/news/view/1732

Manba: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​#RADDIYA

@TalabaUz telegram kanalimizda tarqalgan "Jizzax politexnika institutidagi auditoriya ahvoli"surati yuzasizdan institut ma'sullari tomonidan rasmiy munosabat bildirildi

"Siz ko‘rib turgan suratda Jizzax politexnika institutining 238-sonli o‘quv xonasi tasvirlangan. Surat muallifi auditoriyadagi doskaning eskiligiga urg‘u berib, bu bilan o‘qitish sifatining pastligiga sha’ma qilgan. Xo‘sh, aslida ahvol qanday?

Bu va boshqa barcha auditoriyalar joriy o‘quv yiliga kapital ta’mirdan chiqarilib, yetarlicha jihozlangan. Bu xonada ikkita doska bo‘lib, biri oddiy, yana biri interaktiv doska. Bo‘r bilan yoziladigan doskadan uchayotgan bo‘r zarralari xonaning polini iflos qilmasligi hamda tozalashda muammo keltirib chiqarmasligi uchun auditoriyaga mas’ul xodim tomonidan doska pastiga tunukadan profil o‘rnatilgan.
Ammo qo‘shimcha uskuna devorga mustahkam qotirilmagan. Va vaqtincha Siz yuqorida ko‘rib turgan holatga kelgan. Hozirda suratdagi kamchilik bartaraf etilib, birlamchi zaruriy sharoitlar yaratilgan.


Hurmatli talaba! Barcha e’tiroz va shikoyatlaringizni institut foyesiga o‘rnatilgan maxsus qutiga tashlashingiz yoki mas’ul shaxslarning telegram raqamlariga yuborishingiz mumkin. Yoki shunchaki o‘zingiz tahsil olayotgan dargohning buzilgan, singan, lat yegan buyumlarini tashabbus ko‘rsatib, o‘zingiz ham sozlab qo‘yishingiz mumkin. Ammo oliygohingizni sharmanda qilishga shoshmang. O‘ylab ko‘ring, bu Sizga nima beradi? Institutga-chi?..." deb yakunlangan institutning rasmiy sahifasida...

Hurmatli, instituti matbuot kotibi hamda ma'sullari! Tanqidni to'g'ri baholab yondashganingiz uchun tashakkur!

Fotosuratni yuborayotgan talabalar esa sharmanda qilish niyatidan yiroqda. Ular kontrkat uchun "otti kalasiday" pul to'layapti. Stol-stul, parta yetishmasa imkoniyat yaratib berilishi kerak. Bunaqa bitta stolda 2-3 nafar talaba qanday dars qilishadi? Doskaniku, mayli to'g'rilabsizlar! Rahmat😊

O'tiradigan stolini joyiga qo'yinglar!


P/S: @TalabaUz ma'muriyati hech qaysi oliygohga g'araz niyatda emas! Kimlar uchundir bu muommolar arzimas ko'rinar, lekin ertaga katta muommolar ham shunday ko'rinib qolmasmikan?!

Tanqidni to'g'ri baholang!

Talabalar kanali😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA