Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
«5ta fandan imtihon qilish bilan achchiq haqiqatni tan olyapmiz» – Asliddin Odilov.

2020 yildan boshlab, OTMga kirishda abituriyentlar topshiradigan imtihon fanlari 3tadan 5taga ko‘paymoqda.

Bunday yangi tartibning joriy etilgani amalda maktab ta’limining sifatsizligi tan olinganini anglatadi, deb hisoblaydi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Bosh boshqarma boshlig‘i Asliddin Odilov.

Odilov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda yangi mexanizm haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Sinov fanlarining 5ta bo‘lishi mazkur fanlarni o‘zlashtirish, o‘qish va o‘qitish ishiga ijobiy munosabatni shakllantiradi. Boshqa tomondan esa, bu achchiq bir haqiqatni ochiq-oydin tan olishimizni ko‘rsatyapti. Ya’ni maktabda sifatsiz bilim berilgan, attestatlarga baholar sun’iy ravishda oshirib quyilgan va unga ishonchsizlik munosabati sifatida kirish imtihonlarida majburiy tarzda ona tili, tarix va matematikadan bilimni sinayapmiz.

Kirish imtihonidan bilimsiz odamni bilimini oshirish yo‘li sifatida foydalanish – bu katta xato.

Muammoni bartaraf etish uchun uning ildizini topib yo‘q qilish zarur. Demak, islohotlar aynan maktablarda ta’lim berish sifatini oshirish, bilimni ob’yektiv baholash tizimini joriy etishga qaratilishi lozim. Maktabni bitirib, attestat olayotgan barcha o‘quvchi yoshlar ona tili, tarix, matematika va boshqa fanlardan bazaviy bilimga ega bo‘lib chiqishlarini ta’minlashimiz kerak
», – deydi Asliddin Odilov.

Ta’lim sohasi rasmiysiga ko‘ra, so‘nggi uch yilda kirish imtihonlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan islohotlar asosan 3ta global muammoni yechishga qaratilgan:

-testni o‘tkazishdagi adolatsizliklar va korrupsiya holatlari;
-yoshlarni oliy ta’limda tanlovga ega emasligi;
-test tizimining «qora qutiligi».

«Yuqoridagi muammolarni yechish bo‘yicha ko‘p ishlar qilindi: bakalavriat bosqichiga kirish imtihonlari adolatli o‘tkazilishiga erishdik, yoshlar uchun tanlov imkoniyatlarini yaratdik, DTMni xalq oldidagi hisobdorligini oshirdik.

Lekin eng achinarlisi, test tizimining asosan yodlashga asoslangani, testologiya qoidalariga amal qilinmasligi, mantiqiy fikrlash va olgan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish, ta’limning keyingi bosqichini davom ettirish ko‘nikmalariga baho berilmasligini bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlarga to‘liq guvoh bo‘lmayapmiz.

Natijada, tabaqalashtirilgan ta’lim tizimi hosil bo‘ldi, maktab va oliy ta’lim dasturlari o‘rtasidagi uzviylik va uzluksizlik yo‘qoldi: maktab beradigan bilim oliy o‘quv yurtiga kirish uchun yetarli emasligi, maktab imtihonlari uchun alohida tayyorlanish, institut uchun alohida repetitorga borish, institutga kirgan taqdirda ham oliy ta’lim dasturlarini o‘zlashtira olmaslik holatlari kuzatilyapti.

Shuning uchun asosiy maqsad – barcha yoshlar uchun bir xil darajadagi ta’lim olish imkoniyatlari va sharoitlarini yaratish, ta’lim turlari o‘rtasida uzluksizlik va uzviylik ta’minlanishi lozim
», – deydi u.

Asliddin Odilovning aytishicha, joriy etilishi rejalashtirilayotgan yangi tizim quyidagi maqsadlarga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim:

Maktab uchun – yakuniy davlat attestasiyalari bilan uyg‘unlashtirish va attestatga DTM imtihonlarining natijalari bo‘yicha baho quyilishi;
OTM uchun – kirish imtihoni sifatida qabul qilinishi;
Ta’lim sifati nazorati – ta’lim sifatini ob’yektiv baholanishi.
«Umumta’lim maktablarining yakuniy attestasiya natijalariga ko‘ra, 3ta fandan markazlashgan holda sinovlarni olishni tashkil etish yo‘lga qo‘yilsa, maktablarning o‘z ishiga mas’uliyati oshadi, olingan natijalarga ko‘ra maktablarning bilim samaradorligini aniqlashga va respublika bo‘yicha qo‘shimcha sinovlar o‘tkazmasdan maktablar reytingini belgilashga imkoniyat yaratilgan bo‘lar edi», – deb qayd etdi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi Bosh boshqarma boshlig‘i.

Manba: kun.uz

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Талабаларга кечиктирилган стипендия тўлаб берилди

Ижтимоий тармоқларда Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия ва спорт университетида талабаларга стипендия берилмаётганлиги тўғрисидаги хабар тарқатилди.

Мазкур ҳолат вазирлик томонидан тезкор равишда ўрганиб чиқилди. Маълумки, 2019/2020 ўқув йилидан бошлаб талабаларга тўловларни амалга оширишда қулайлик яратиш, аҳолининг кенг қатлами учун олий таълимнинг ҳаммабоплигини таъминлаш мақсадида тўлов-контракт қиймати миқдорлари икки хил кўринишда – “стипендияли” ва “стипендиясиз” этиб белгиланди.

Университетда тўлов-шартнома асосида ўқийдиган талабаларга стипендия тайинлаш ва беришдаги кечикишлар ўз навбатида талабалар томонидан тўловларни турли миқдорда ва вақтда амалга оширилиши билан боғлиқ.

Ҳозирда барча ташкилий масалалар якунига етказилди ва тўлов-шартнома асосида ўқийдиган талабаларнинг пластик карталарига стипендия ўтказиб берилган. Стипендиянинг нақд пул қисми эса, 18 ноябрь – душанба кунидан тарқатилиши маълум қилинди.

Ҳурматли талабалар, Сиз таҳсил оладиган олий таълим муассасасида ҳам стипендия тайинлаш ва тўлаш билан боғлиқ муаммолар мавжуд бўлса, марҳамат, изоҳларда ёзиб қолдиринг.

@TalabaUz_MurojaatBot

Вазирлик талабалар, уларнинг ота-оналари, ва кенг жамоатчилик вакиллари – барча билан мулоқот қилишга доим тайёр.

@eduuz Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Ахборот хизмати

Каналга уланиш
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
@TalabaUz_MurojaatBot imizga juda ko'p xabarlar kelib tushmoqda. Barcha xabarni o'z holicha sizlarga ulashdik.
Nomlari ko'rsatilgan OTMlar keraklicha hulosa qilishadi deb o'ylaymiz.

1⃣ "Ислом Каримов номидаги Тошкент Давлат Техника университети талабаси ман

Стипендия бир хил килиб белгилаганда ало бахо ларга укиган ( яни сессия ни 5 га ёпган), фаол булган ва хоказо, шунака табалабаларга 50% га кушимча стипендия берилади бунинг учун фонд ташкил килинади дейилганди. Минг афсуски хали фонд умуман ташкил килинмаган бизни университет да, кушимча 50% стипендия дан дарак хам йук, хеч ким билмаябти качон фонд ташкил килинишини на замдеканлар. Ноябр ойини хам ярмига келдик, фонд йук, у хакида дарак хам йук... Бир хил булди стипендия, контракт ошди, булдида энди,хеч булмаса фонд ни ташкил килиш керак ку ахир..."

2⃣ "Salom man jahon tillarida uqiyman bizada ham shu muomo stependiya muamosi 3 oydan beri stependiya olmadik"

3⃣ Assalomu alaykum ! Men tòlov-kontrakt asosida 4-kurs talabasiman. Stipendiya bir xil bòlganligi sababli hammaga 400.000 beriladi deb talabalarni "juda quvontirishdi". Bu quvonchimiz bilan biz talabalar ko'pchilgi ta'limni stipendiyasiz shaklga òtkazdik. Lekin yaqinda Ta'lim vaziri talabalarga bahosiga qarab stipendiya tòlanadi deyishgandi.(Hozircha jimjitlik) U holda 4 lik , 5 lik stipendiya oladigan talabalar holi qanday boladi?

4⃣ ÖzDJTUda ham hali stipendiya berishmadi. Naqd pul u yog'da tursin hattoki plastiklarimiz ham hali chiqmagan. Marketing va buxgalteriya bo'limlariga bu masalada murojaat qilsak, birorta tayinli gap ham aytishmayabdi. To'gri, grand asosida o'qiyotgan talabalar stipendiya olishgan. Ammo shartnoma asosida o'qiyotganlarchi? Stipendiya hozir ularga koproq kerak emasmikan? Ahir 3oy oz muddat emasku.

5⃣" TATU Qarshi filiali da ham xuddi shu holat stipendiya berilmagan. O'ziku 400 ming sòmni kontraktga yònaltirganmiz. 5 ga yopib ham 60 ming sòmlik stipendiyani ololganimiz yòq"

6⃣Man BuxDu da Agronomiya va biotexnologiya fakultetida byujet asosida tahsil olaman. Mani qiziqtirayotgan tomoni BuxDu han kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarning kòpi hali stipendiyasiz yuribdi. Bunga shunchaki qòl siltab keta olmadim. Qaysi oliy ta'lim muassalarida stipendiya hali ham berilmagan degan postga asos yozdim. Bizlar 3 oylik tòliq olib bo'ldik. Lekin kontrak óqiydiganlarning kòpi olmayapti hali ham 3 oylik stipendiyalarini. Sababi shu ekan 16-oktabrgacha kontrak pulini tòlamaganlar stipendiya berilmagan ekan. 16-oktabrdan oldin tòlagan talabalar 2 oyligini olib bòlishdi. Nimaga bunaqa holat bòlyapti tushunarsiz.

7⃣ Samarqand davlat universitetida ham sentyabr, oktyabr va noyabrga holiyam talabalar kontrakda oʻqiydiganlar, stipendiya olganlari yoʻq. Baʼzilari olgan qolganlari olgani yoʻq.

BUNISI UMUMAN OSHIB TUSHDI
👇👇👇
8⃣ Men Qoraqalpoq Davlat Universiteti 3 kurs talabasiman. Bizning OTM mizda barcha talabalardan majburiy tarzda stependiyalarini 100 % plastik karta orqali olish to'g'risida ariza olingandi . Bunisi yetmaganidek yaqinda plastik kartalarimizni "Humo" plastik kartalariga almashtirish haqida ariza majburiy tarzda olindi va olinmoqda. "Humo" plastik kartalari ko'pchilik yerlarga, bozor va do'konlarga o'tmas ekan, shu bilan birga clik tizimida ham kamchiliklar bor. Biz bu muammolar haqida aytganimizda Universitet mutasaddilari aynan shu kamchiliklar tufayli talabalar majburiy "Humo" plastik kartalariga o'tkazilayotgani va shu orqali bu plastik kartalar ommalashtirilishi aytildi. Agar ariza yozmasak stependiyasiz qolib ketishimiz haqida po'pisa ham qilindi..

Mana sizlarga voqealar rivoji. Hali murojaatlar portalimizga bunaqa xabarlardan son mingta kelsa kerak)

Hurmatli Oliy va o'rta ta'lim vazirligi mutasaddilari! Sizlarga yolg'on ma'lumot berib, sizni ham talabalarni ham aldashmayaptimikan? Juda ko'pchilik xatto plastik kartochka ham olmagan, stipendiya u yoqda tursin

Sizdan yuqoridagi murojaatlarga e'tibor berishingizni so'rab qolamiz!

Do'stlarga ulashing, kanalimizga obuna bo'ling👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#obunachimizdan

TATU SAMARQAND FILIALI

Trikotajkadagi bino...

📌Ichkaridan boshlaymiz.
🧩 Rozetka bitta xonaga bitta.
🧩 Faqat stul, parta.
🧩 3-Etajni sovuq urib ketadi.
🧩 Isitishga avval ko‘mir ishlatilgan.
🧩 Yotoqxona mavjud EMAS! avval kollej talabalari va malaka oshiruvchi domlalar dars o‘tishgan.
🧩 Internet bormagan.
🧩 Stansiyasi bizni komplarni quvvatini ko‘tarolmay yonib ketadi.
🧩 Judayam oddiy to‘rt devordan iborat xonalar.
🧩 Tashqaridan qarasak uch etaj bino ekan.
🧩 Borish tomonda yo‘l qarovsiz, musor xona bo‘lib yotibdi.
🧩 Yaqin atrofda arzirli kvartira qo‘yadigan odam yo‘q.
🧩 Borlariyam kuniga 15.000 deb olishgan. Bunga sabab kunab ketuvchilarning ko‘pligi, Avashnoyda ishlab tunab qolganlar dastidan bezor bo‘lishgan.
🧩Kvartirada xonalar 10kishilik
🧩Do‘stim kecha kishi boshiga 200minglik kvartira topdi, bazo‘r.
🧩 Aholisi aytishga arzimaydigan holatda.
🧩 Malaka oshiruvchilar ham bir oydan turib narxni ko‘tarib, havolatib ketishgan.

🧩Ho‘p kvartiralar bor yo‘q emas, lekin geofizikada bundanam yomonku.😅🤣

🧩 Har tomonlama bizga ne-ajidenniy bino.
📌Endi rahbariyatdan gapiramiz.
🧩Rahbariyatimiz bu binoga 8-maydagi Prezident qaroriga asosan egalik huquqini olishgan. Shundan keyin harakatni qilishgan.
🧩Bir necha bor ta‘mirlash ishlari to‘xtatib qo‘yilgan. Boshqa masalalar ham bor, lekin bosh og‘rig‘i to‘g‘risi yozmayman.🤕

😰Bunaqa sargardon bo‘lamiz deb o‘ylamagandim rosti.

P/S: Ayrim rahbarlar tanqidiy maqoladan xulosa qilish, unda ko‘tarilgan masala yechim o‘rniga, ijodkorning ovozini o‘chirishga urinish, unga tahdid qilish bilan ovvora. Bilmadim, buni qanday izohlash mumkin?

Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Hayrli tong do'stlar. Boshlangan yangi kun barchaga omadli kelsin.

Assalamu alaykum!

Bugungi kuningiz oldingi kunlaringizdan ko‘ra yaxshiroq bo‘lsin.

Yangi kunni yaxshi niyatlar bilan, ezgulikka intilish bilan boshlang.

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Yaqin kelajak 😕

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
👍1
21 asr vabosi - selfimaniya😁

Do'stlarga ulashamiz
😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​O‘zbekistonda Buyuk Britaniyaning farmatsevtika sohasidagi nufuzli oliy ta’lim dargohi filiali tashkil qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish hamda aholini dori vositalari bilan ta’minlash borasidagi ishlar tahlili va galdagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Toshkent viloyatining Qibray tumanida Buyuk Britaniyaning nufuzli oliy ta’lim dargohi filiali tashkil qilish vazifasi qo‘yildi.

Bunda yaqin besh yilda mahalliy original dori vositalari sonini kamida 100 taga yetkazish, sanoat usulida ishlab chiqarish, shu maqsadda korxonalar va ilmiy tekshirish institutlari hamkorligida Qibray tumanida zamonaviy texnopark hamda Buyuk Britaniyaning nufuzli oliy ta’lim dargohi filialini tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Zamon talabiga mos kadrlar tayyorlash, soha mutaxassislarining xorijda malaka oshirishini tashkil etish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
O'zbekistondagi siyosiy partiyalarning asosiy farqlari.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​#munosabat

✍️ TATU Samarqand filiali Matbuot xizmati kecha post qilib qoldirilgan tanqidiy maqolamizga munosabat bildirib o'tibdilar
___________________________
✅ Joriy yilning 15 noyabr kuni soat 23:00 lar atrofida Telegram ijtimoiy tarmog'idagi ayrim kanallarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining "C" binosi holati to'g'risida tanqidiy post ommaga havola etildi.

✅ Bunga filial Matbuot xizmati quyidagicha izoh beradi:

- 2019 yil may oyida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialiga Samarqand Ijtimoiy Iqtisodiyot kolleji binosiga egalik qilish huquqi berildi.

✅ Hozirda TATU Samarqand filiali "Kompyuter injiniringi" fakultetining III va IV bosqich talabalari o'sha binoda tahsil olishmoqda.

✅ Tanqidiy postga keladigan bo'lsak, unda keltirilgan binoning holati tan olishimiz lozim ideal darajada emas. Ammo postda internet, elektr energiyasi, sinf honalar, bino atrof-muhiti borasida haddan tashqari bo'rttirib yuborilgan.

✅ Isitish tizimi va yotoqxona borasida muammolarimiz bor. Bu muammolarni halqilish hamda ushbu holatni ijobiy tomonga o'zgartirish borasida filial rahbariyati tomonidan bir qator ishlar olibborilmoqda.

✅ Ijodkor (post muallifi)ga keladigan bo'lsak, unga bosim o'tkazishga hechkimning haqqi yo'q. Biz haqiqatga tik boqishimiz lozim. Filialda hatto muallif kim ekanligi to'g'risida hechqanday surushtiruv ishlari ham olib borilgani yo'q.
__________________________

✍️ TATU Samarqand filiali
Matbuot xizmati


P/S: Tanqidni to'g'ri baholab, munosabat bildirgan TATU Samarqand filiali matbuot xizmatiga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz!
Va shu o'rinda muommolarni tez orada bartaraf etishadi deb o'ylaymiz.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Hurmatli talabalar! Sizlarni yangi kun hamda 17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan muborakbod etamiz! O'qish va ishlarda omad va zafar yor tilab qolamiz! 👏👏

Talabalar kanali😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​Assalomu alaykum. Xayrli kun.

Barcha talabalarni bugungi bayram bilan @talabauz jamoasi chin qalbdan muborakbod etadi.

Elimizga, yurtimizga va vatanimizga foydasi tegadigan o'z kasbining oliy darajadagi yetuk mutaxasisi bo'lib yetishishingizni tilaymiz.

Barchasi biz yoshlarning qo'limizda ekanligini unutmagan xolda "Oltin davr"ni shunchaki bexuda o'tkazmang. O'qing, o'rganing va bu davrni qadriga yeting.

Barchangizga omad.

Talabalarga ulashing😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BUGUN_BAYRAM

Kim nima desa desinu, lekin bugun bayram. Hamma ishlaringizni tashlang. Bir yilda bir marta keladigan ushbu kunni to'rt devor ichida o'tkazmasdan, talaba do'stlar bilan (oshib ketmaydigan darajada😉) bayramni nishonlang!

Bitiruvchi kurslarimiz, sizlar uchun talabalar bayrami bugun oxirgisi😉, agar magistraturaga kirib o'qishni davom ettirmasangiz)))

Hullas, bugun g'ayra-g'ayra bo'ladi,
..... bordim bo'ladi😁(hazil)

Hamma raqsga tushsin🥳🕺💃

Talabalarga yuboramiz)👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#glavniyga

Happy World Students Day!

Talabalarga ulashing😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Kontraktingiz kamayib stipendiyangiz ko'paysin. 😄

Talabalarga ulashamiz 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA