Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
​​26 dekabr kuni quyosh tutilishi kuzatiladi

2019 yil 26 dekabr kuni Halqasimon quyosh tutilishi yuz beradi. Ushbu astronomik hodisani Respublikamizning barcha hududlarida qisman quyosh tutilishi shaklida kuzatish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, tutilish ertalab soat 08:00 da boshlanib, 10:06 gacha davom etadi. Soat 9:00 atrofida tutilish maksimumga ega bo‘ladi va unda quyosh gardishining uchdan bir qismi to‘siladi, deya xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Diqqat YANGILIK!

Norasmiy manbalarning ta'kidlashicha, 2020-2021 o'quv yilidan boshlab, quyidagi oliygohlar ta'limning KREDIT tizimiga o'tishi rejalashtirilmoqda.

1⃣ Farmatsevtika instituti
2⃣ M. Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti
3⃣ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
4⃣ Toshkent temir yo`l muhandislari instituti
5⃣ Buxoro davlat universiteti

Ta'limning kredit tizimi hozirgi vaqtgacha faqat Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va filiallari qo'llanilib kelinmoqda!

Kredit tizimi haqida tez orada batafsil ma'lumot beramiz! Bizni kuzatib boring, eng so'ngi va ishonchli yangiliklar faqat bizda!

P/S: Ma'lumotdan manba sifatida foydalanishingizni so'raymiz!

Talabalar kanali😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⏳Vaqt bamisoli poyga maydonidagi poygachi.
☝️Agar vaqtdan orqada qolsang u seni bu poygada mag'lub qiladi. Shunday ekan vaqtni bir soniyasini ham bekor ketirmasdan vaqtni poygada yutish kerak.💪

Xayrli tong, do'stlar!

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
2020 yil 1 yanvardan boshlab, tajriba-sinov tariqasida o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tayotgan 10 ta oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi.

1⃣ Samarqand davlat chet tillari instituti
2⃣ Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti
3⃣ Toshkent davlat yuridik universiteti
4⃣ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
5⃣ Toshkent Moliya instituti
6⃣ Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
7⃣ Toshkent farmatsevtika instituti
8⃣ O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti
9⃣ Urganch davlat universiteti
🔟 Toshkent temir yo'l muhandislari instituti

Talabalar kanali😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#IMHO

✡OTMlarda tanlov fanlari va o‘qituvchilarni tanlash tizimini yo‘lga qo‘yish qanday imkoniyatlar berishi mumkin?

❗️Birinchidan, bunda talaba hozirgi sistemadagi kabi 10-15ta fanni emas o‘ziga kerakli bo‘lgan fanlarni, ular xoh 5ta bo‘lsin, xoh 10ta, tanlaydi. To‘laydigan kontrakti miqdori esa tanlagan fanlari miqdoriga qarab belgilanadi.
❗️Ikkinchidan, agar talabaga o‘qituvchilarni ixtiyoriy tanlash imkoniyati berilsa, talaba o‘ziga eng ma’qul o‘qituvchining darsini tanlaydi va o‘sha o‘qituvchining maoshi darsiga kirgan talabalar soniga qarab belgilanadi. Bunda tajribasiz va o‘z ustida ishlamaydigan o‘qituvchilar yo izlanadi va yoki ishdan ketadi.

✅Ijtimoiy adolat - talaba o‘qishni istagan faniga qarab kontrakt to‘laydi, o‘qituvchi mahoratiga qarab maosh oladi.

❌Shunda o‘qiydigan joyim 10mln tugul uning yarmini to‘lashga ham arzimaydi kabi fikrlar barham topgan bo‘lar edi...

Hozirgi vaqtda faqat Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ta'limning kredit tizimi joriy qilingan

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ёджу техника институти тўғрисида Ҳукумат қарори қабул қилинди

Анча аввал Тошкент шаҳридаги Ёджу техника институти нима учундир вазирлик эълон қилган рўйхатда йўқлиги, лекин расман лицензияси борлиги ҳақида ёзгандим.
https://t.me/xushnudbek/1795

Вазирлик ушбу рўйхатни тайёрлаётганда лицензияси бор ОТМларни эмас, балки фақат Президент ёки Вазирлар Маҳкамаси қарори чиққан ОТМларни рўйхатга киритган бўлса керак, дегандим, чунки ўшанда Ёджу техника институти тўғрисида Ҳукумат қарори мавжуд эмасди.

Таълим сифатини назорат қилиш инспекциясининг хабар беришича, ваниҳоят жорий йилнинг 17 декабрь куни Вазирлар Маҳкамасининг “Тошкент шаҳридаги Ёджу техника институти фаолиятини ташкил этишнинг қўшимча чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори қабул қилинибди.

Қарорда қуйидагилар белгилаб қўйилди:

• Институт масъулияти чекланган жамият шаклидаги нодавлат олий таълим муассасаси ҳисобланади;

• Институт ректори муассислар томонидан Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги билан келишилган ҳолда лавозимига тайинланади ва лавозимидан озод қилинади;

• Институтнинг тузилмаси муассислар томонидан тасдиқланади;

• Институт таълим фаолиятини Ёджу технология институтининг (Корея Республикаси) ўқув режалари ва дастурлари асосида ўзбек, рус ва инглиз тилларида амалга оширади;

• Институт битирувчиларига Ўзбекистонда олий маълумот тўғрисидаги ҳужжат сифатида эътироф этиладиган белгиланган намунадаги диплом берилади;

• Институтга талабалар қабули умумий ўрта, ўрта махсус, касб-ҳунар маълумотга эга абитуриентлар ўртасида кириш имтиҳонларини Ёджу технология институти (Корея Республикаси) томонидан (ёки иштирокида) ўтказиш орқали амалга оширилади;

• Институтда ўқиш тўлов-контракт асосида, кундузги, сиртқи ва кечки шаклда амалга оширилади, талабалар ўқиши учун тўлов-контракт миқдори муассислар томонидан белгиланади.

Бундан ташқари қарор билан муассиснинг ҳар йили ижтимоий ҳимояга муҳтож оилаларнинг қобилиятли, иқтидорли ҳамда ўзлаштириш кўрсаткичлари юқори бўлган фарзандлари орасидан танлов асосида бепул (Институт гранти асосида) 10 нафардан кам бўлмаган абитуриентларни ўқишга қабул қилиш мажбуриятларини ўз зиммасига олиши тўғридаги таклифи маъқулланган.

Институтга Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси, Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳамда Ёджу технология институти (Корея Республикаси) билан келишган ҳолда, меҳнат бозори талаблари ва ижтимоий-иқтисодий ривожланиш истиқболларидан келиб чиқиб, келгусида янги бакалавриат таълим йўналишлари ва магистратура мутахассисликларини очиш ҳуқуқи берилди.
👉 @xushnudbek 👈

Батафсил👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Yaxshi_ishlarni_yoyish_kerak

ASSALOMU ALAYKUM!

Sizda yaxshi G'oya bormi?
Menda yaxshi taklif bor...

O'zbekistonning hamma viloyatida bo'ldik.
Afsuski har bir tumanda ishsiz yurgan, lekin ko'zlari yonib turgan yoshlarni uchratasiz.

Ba'zilarda imkoniyat bor-u, yaxshi Bir g'oyasi yo'q.
Ba'zilarning imkoniyati bo'lmasa-da, yaxshi g'oyalarga ega.

Shu muammoga oz bo'lsada yechim berish maqsadida ajoyib loyiha boshladik:

Bir oy davomida $300 bilan boshlasa bo'ladigan biznes rejalarni qabul qilib, kanalda e'lon qilib bormoqchimiz.
Har seshanba kuni haftaning eng yaxshi Biznes rejasi uchun ovoz beriladi. 100 ballik tizimda baholanib, Chorshanba kuni e'lon qilinajak.

Har hafta g'olib bo'lgan ishtirokchilarga $100 dan mukofot beriladi.

Roppa rosa bir oydan keyin $500, Keyin $1000, Keyin $3000, Keyin $5000 bilan boshlanadigan Biznes rejalar bilan davom ettirish niyatidamiz.

Bizni kuzating:
Har hafta 30 ga yaqin Biznes rejalar bilan tanishing, ovoz bering.
Loyihada qatnashing, g'olib bo'ling va $100 cho'ntakka soling.

@TalabaUz kanali tavsiya qiladi!

Yaqinlaringiz bilan baham ko'ring.👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFWlvblIPGlvuXCSfA
Ashulalarning eng zo'rlari😉
Talaba nolasi


Yaxshi kayfiyat tilaymiz😄😄😄

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Twitter 2019-yilning asosiy mavzularini ma’lum qildi.

Twitter mikrobloglar servisi 2019-yilda eng ko‘p muhokama qilingan shaxslar va hodisalar, trendda bo‘lgan mavzularni e’lon qildi, deb yozmoqda “Kommersant”.

Yangiliklar bilan bog‘liq xeshteglar orasida #NotreDame (Parijdagi Notr Dam sobori) katta yong‘in tufayli yetakchilik qilgan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqda Yaponiya Reyvi yillar hisoboti hamda Venesueladagi vaziyat ham keng muhokama mavzusiga aylangan.

Eng ko‘p muhokama qilingan siyosatchilar:

AQShning hozirgi prezidenti Donald Tramp;
AQSh sobiq prezidenti Barak Obama;
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin siyosatchilar o‘nligida oxirgi pog‘onadan o‘rin olgan. Qiziq tomoni, Putinning muhokamalarida birorta ham rasmi yo‘q, bu uning Twitter’da akkaunti yo‘qligi bilan bog‘lanmoqda.

Eng ommaviy sportchilar:

Neymar;
Lionel Messi;
Krishtianu Ronaldu.

Musiqachilar:

Koreyaning BTS boyzbendi;
Ayol qo‘shiqchi Ariana Grande;
reper Dreyk.

Aktyorlar:

Tom Xolland;
Kris Evans;
Zendaya.

Filmlar:

“Qasoskorlar: Final”;
“O‘yinchoqlar tarixi 4”;
“Joker”.

Seriallar:

“Taxtlar o‘yini”;
“Juda g‘alati ishlar”;
“Simpsonlar”.

Kanalga ulanish👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Талабалар турар жойидан ҳеч ким сабабсиз чиқариб юборилмайди

2019 йил 20 декабрдан 2020 йил 6 январгача олий таълим муассасалари талабалари, академик лицей ҳамда профессионал таълим муассасалари ўқувчилари қишки таътилга чиқишади.

Қишки таътил муддати талабаларга конституциявий ҳуқуқларидан фойдаланган ҳолда 2019 йилнинг 22 декабрида бўлиб ўтадиган Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси, халқ депутатлари вилоят, туман ва шаҳар Кенгашларига умумхалқ сайловларида иштирок этишлари учун ўзгартирилди.

Бундан кўзланган мақсад талаба-ёшлар ўзлари яшаб турган ҳудуддан туриб сайловларда иштирок этиши ҳамда узлуксиз дам олишлари учун имконият яратишдир.

Тошкент шаҳридаги талабалар турар жойларида 89 мингдан зиёд ёшлар истиқомат қилади. Муҳим сиёсий тадбирга тайёргарлик кўриш ва хавфсизлик нуқтаи назаридан 2019 йил 21 декабрь куни барча талабалар турар жойлари ёпилади.

Бунда гуруҳ раҳбарлари талабалар турар жойида истиқомат қиладиган ҳар бир талаба билан мулоқотда бўлган ҳолда уларнинг қишки таътилни мазмунли ўтказишларида кўмаклашади.

Янги йил ва сайлов муносабати билан авиа ва темир йўл чипталарига талабнинг ортиши ҳамда бошқа узрли сабабларга кўра доимий яшаш манзилига кетишга кечикадиган талабаларга шароит яратилади.

Талабалар турар жойида ҳеч ким сабабсиз чиқариб юборилмайди!

©Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Батафсил👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Hurmatli talabalar! Bu yil deputatlarimizga imkon beramizmi? Judayam katta va'dalarni berib tashlashayapti! Balkim bu safar so'zlarini ustida turishar. @TalabaUz ma'muriyati saylovga borib, kelajagimiz uchun ovoz berishni ma'qullaydi! Sizchi?
Anonymous Poll
51%
Kelajagimiz uchun ovoz beraman
25%
Va'dasini ustida turishsa, o'ylab ko'raman
25%
Yo'q, saylovda ishtirok etmayman!
#challenge

Saylovga 3 kun qoldi!


@TalabaUz kanali partiya a'zolarining saylov oldi "baland-parvoz gaplarini" inobatga olgan holda, o'z yordamini berishga qaror qildi!

Sizlarni qo'llab-quvvatlaymiz va kelajak uchun ovoz beramiz! Agar sizlar berayotgan va'dalar bajarilmasa, xalqning nafratiga mubtalo bo'ling👆

Hurmatli talabalar, yangi yildan stipendiyani ko'tarishga va'da bergan partiyalarni qo'llab quvvatlang!🤝
#challenge da kursdosh va do'stlaringiz bilan ishtirok eting. Asosiy fotosuratingiz chetiga, ushbu logotipni o'rnating! Oliygohingiz va guruhingizni yozib, @TalabaUz_MurojaatBot ga qoldiring. Biz uni kanalimizga e'lon qilib boramiz. Faqat sifatli va ushbu logotip qo'yilgan rasmlar qabul qilinadi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ASSALOMU ALAYKUM!

Jilmayib tong otdi, o‘zgacha bu kun,
Umid qil, Rahmondan degandek bugun.
Ming kundan afzaldir, ming kundan uzun,
Alloh muborak qilgan JUMAdir bugun!

🌙 JUMA MUBORAK!

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Dolzarb
#DEPUTATLARGA

Ish haqi oshdi desa talabalar yuragini ushlaydigan, bo‘m-bo‘sh cho‘natigini kavlaydigan bo‘lib qoldi.

Yaqinda xabar chiqdi. 1-yanvardan oylik ish haqi qanchadir % ga oshadi. Bu xabar keltirib chiqargan savollarning eng old qatori sizga ma’lum: “Kontrakt-chi?”

Kontrakt, ya’ni bitim. Oliy ta’lim bilan tuzilgan bitimdan farqli o‘laroq, bitimning xarakteristikasiga ko‘ra, uning shartlari o‘zgarmas bo‘ladi. Unda keltirilgan shartlar belgilangan muddatgacha so‘zsiz bajariladi va hokazo.

Talaba o‘qishga kirgan yili belgilangan kontrakt u o‘qishni bitirgungacha o‘zgarmasligi eng odilona qaror, nazarimda.

To‘g‘ri, oramizda kontrakt pulini ko‘zini yumib to‘lab yuboradiganlar bor. Kam emas. Lekin yillik daromadi zaruriy ehtiyojlardan ortmaydigan, hatto ba’zan yetmaydigan oilalar ham bor. Kam emas!

Iqtisoddan yaxshi xabardor emasman. Kontraktni oshirish orqali nimaga erishishimizni yoki kontrakt miqdorini muzlatib nimani yo‘qotishimizni baholay olmayman. Lekin kontrakt pulini 15-sanagacha to‘lay olmay butun guruh oldida izza bo‘lib “zamdekan”dan gap eshitganlarni, “charity box” tutgancha o‘rtog‘ining kontraktini to‘lashga yordamlashaman deb eshikma-eshik pul yig‘ib yurganlarni, xuddi shu muammo bilan dars qilishga vaqti qolmagan, kafe-restoranlarda ishlagan talabalarni, bolam o‘qisin deb yeyich-ichishidan tiygan ota-onalarni, ota-onamni qiynayapman deb ich-etini yeganlarni, kontraktga kirgani uchun o‘qiy olmay yana bir yil xor bo‘lib tayyorlanganlarni yoki umuman tashlab ketganlarni ko‘rganman. Ko‘p ko‘rganman.

Ochig‘i, menda taklif yo‘q. Men xalqman. Lekin siz, tepadagilar, deputatlar bekorga u yerda emassiz-ku. Nimadir o‘ylab toping. Nimadir qiling. Xalqni ortiq bo‘g‘mang. Yolg'on gapirmang. Iltimos!

Agar qaysidir partiya ushbu saylovda g'olib bo'ladigan bo'lsa, mana shu eng katta muommoni ham ko'rib chiqishingizni so'raymiz!

©@TalabaUz kanali ma'muriyati!

Do'stlarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👆👆👆
Yuqoridagi postni o'qib ko'rdingizmi?

Mana Adolat sotsial demokratik partiyasi mana shu yil oxirigacha OTMlar eski tabaqalashtirilgan stipendiya miqdoriga qaytishini aytib o'tgani to'g'risda fakt!

Agar bu ham shunchalik va'dabozlik bo'lsa, o'sha gap! Lekin, mabodo saylovda g'olib bo'lmasangiz, demak bularni bajarmaysizlarmi?🤔

Adolat sotsial demokratik partiyasidan javob xati kutamiz!

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Talaba.uz | Ta'lim portali
#Dolzarb #DEPUTATLARGA Ish haqi oshdi desa talabalar yuragini ushlaydigan, bo‘m-bo‘sh cho‘natigini kavlaydigan bo‘lib qoldi. Yaqinda xabar chiqdi. 1-yanvardan oylik ish haqi qanchadir % ga oshadi. Bu xabar keltirib chiqargan savollarning eng old qatori sizga…
Iltimos yuqoridagi postni o'qib ko'rib, kommentariyada o'z fikringizni qoldiring! Pastdagi videoga esa munosabatingizni bildiring!

OMTlarda eski tabaqalashtiriligan stipendiya miqdoriga qaytadimi?

Unutmang partiya a'zolari bizni kuzatishmoqda)
Adolat qani?🤔

Bunaqa qiynalib o'qiyotgan talabalar juda ko'p! Agar biz talabalarni himoya qilib, eski tabaqalashtirilgan stipendiya miqdoriga qaytarish to'g'risida rasmiy fakt bilan chiqsangiz, biz talabalarni sizlarni qo'llab-quvvatlaymiz!

Talabalarni kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA