Talaba.uz | Ta'lim portali
5.46K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
​#foydali
#talabalar_uchun

Toshkent shahrida taxsil olayotgan talabalar uchun avtobus yo'l kira narxlari. (shinam va taksidan qulay)


Toshkent - Yangiyer
Narxi: 15 000 so'm
Toshkentdan jo'nash vaqti: 10:00, 13:00, 16:30
Yangierdan jo'nash vaqti: 6:00, 12:30, 17:00
Sayohat vaqti: 2 soat 20 daqiqa
Yo'nalish uzunligi: 137.3 km.

Toshkent - Gagarin
Narxi: 20 000 so'm
Toshkentdan jo'nash vaqti: 9:00, 12:30, 16:00
Gagarindan jo'nash vaqti: 7:00, 12:30, 16:00
Sayohat vaqti: 2 soat 45 daqiqa
Yo'nalish uzunligi: 172.3 km.

Toshkent - Paxtaobod
Narxi: 15 000 so'm
Toshkentdan jo'nash vaqti: 13:05
Sayohat vaqti: 2 soat 50 daqiqa
Yo'nalish uzunligi: 178.1 km.

Toshkent - Zomin
Narxi: 24 000 so'm
Toshkentdan jo'nash vaqti: 08:30, 12:00, 17:30
Zomindan jo'nash vaqti: 07:00, 12:30, 17:00
Sayohat vaqti: 3 soat
Yo'nalish uzunligi: 194 km.

Toshkent - Jizzax
Yo'l haqi: 25 000 so'm
Toshkentdan jo'nash vaqti: 11:00, 14:00, 17:00
Jizzaxdan jo'nash vaqti: 07:30, 10:00, 17:00.
Sayohat vaqti: 3 soat 20 daqiqa
Yo'nalish uzunligi: 228 km.

Toshkent - Samarqand
Yo'l haqi: 35 000 so'm
Toshkentdan jo'nash vaqti: 08:00, 10:00, 12:00, 13:30, 15:00, 17:00
Sayohat vaqti: 4 soat 30 daqiqa
Yo'nalish uzunligi: 330,9 km

Toshkent - Qo'shrabod - Jush
Yo'l haqi: 51000 so'm
Toshkentdan jo'nash vaqti: 07:30
Jushdan jo'nash vaqti: 07:30
Sayohat vaqti: 5 soat
Yo'nalish uzunligi: 460,8 km.

Toshkent - Buxoro
Yo'l haqi: 66 000 so'm
Toshkentdan jo'nash vaqti: 9:30, 15:00, 18:00.
Sayohat vaqti: 8 soat
Yo'nalish uzunligi: 602,8 km.

Toshkent - Navoiy
Yo'l haqi: 52 000 so'm
Toshkentdan jo'nash vaqti: 8:30, 14:00
Sayohat vaqti: 6 soat
Yo'nalish uzunligi: 495,1 km

Toshkent - Zarafshon
Narxi: 67 000 so'm
Toshkentdan jo'nash vaqti: 06:00, 11:20
Sayohat vaqti: 9 soat 30 daqiqa
Yo'nalish uzunligi: 699.4 km

Toshkent - Kattaqo'rg'on
Yo'l haqi: 45 000 so'm
Toshkentdan jo'nash vaqti: 13:00
Sayohat vaqti: 8 soat 10 daqiqa
Yo'nalish uzunligi: 412,3 km

Toshkent - Xatirchi
Narxi: 50 000 so'm
Toshkentdan jo'nash vaqti: 8:50, 9:50
Sayohat vaqti: 8 soat 30 daqiqa
Yo'nalish uzunligi: 449.3 km

Toshkent - Uchquduq
Yo'l haqi: 65 000 so'm
Toshkentdan jo'nash vaqti: 08:20
Sayohat vaqti: 13 soat
Yo'nalish uzunligi: 785,2 km

Toshkent - Termiz
Yo'l haqi: 78 000 so'm
Toshkentdan jo'nash vaqti: 16:00, 17:00, 18:00
Sayohat vaqti: 18 soat 20 daqiqa
Yo'nalish uzunligi: 716,6 km

Toshkent - Denov
Yo'l haqi: 87 000 so'm
Toshkentdan jo'nash vaqti: 14:00, 16:00,18:20
Sayohat vaqti: 20 soat
Yo'nalish uzunligi: 818.6 km

Toshkent - Qorako'l
Narxi: 73 000 so'm
Toshkentdan jo'nash vaqti: 10:20, 17:00
Sayohat vaqti: 12 soat 30 daqiqa
Yo'nalish uzunligi: 664.3 km

Toshkent - Qarshi
Yo'l haqi: 54 000 so'm
Toshkentdan jo'nash vaqti: 12:00, 16:30
Sayohat vaqti: 7 soat
Yo'nalish uzunligi: 507 km.

Toshkent - Urganch
Yo'l haqi: 115 000 so'm
Toshkentdan jo'nash vaqti: 11:20, 15:30, 17:00
Sayohat vaqti: 12 soat
Yo'nalish uzunligi: 1055 km.

Toshkent - Nukus
Yo‘l haqi: 124000 so‘m
Toshkentdan jo'nash vaqti: 16:30
Sayohat vaqti: 16 soat
Yo'nalish uzunligi: 1216.5 km.

Toshkent - Xiva
Yo‘l haqi: 115.000 so‘m
Toshkentdan jo'nash vaqti: 18:00
Sayohat vaqti: 14 soat
Yo'nalish uzunligi: 970.1 km.

Talabalarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Benjamin Franklin "Har tong 5 da uyg'onib o'zidan so'rar edi!

"Men bugun nima yaxshi ish qila olaman?"

Barvaqt uyqu va barvaqt uyg'onish erkak kishini sog'lom boy va dono qiladi!

Yakshanba tongi xayrli o'tsin...

Yaqinlaringizga ulashing😊👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Eng qisqa ish haftasi qaysi mamlakatlarda mavjud? Ularning ichida norozilari ham bor…

6. Daniya

Daniyada nafaqat baxtli pensionerlar, balki eng baxtli ishchilar ham yashaydi – ularning ish haftasi 37,5 soatdan iborat. Ko‘plab muassasalar bu soatlarga tushlik uchun 30 daqiqalik tanaffusni ham kiritadi, bu esa ish vaqtini 35 soatgacha qisqartiradi. Daniyaliklar kuniga o‘rtacha 7 soat-u 20 daqiqa ishlamoqda, biroq ayni paytda ular yevropaliklar orasida eng ko‘p pul topmoqda – soatiga 37,5 yevro.

5. Isroil

Isroil ham ish haftasining davomiyligi bo‘yicha yaxshi o‘rinlarni egallaydi – o‘rtacha ko‘rsatkich atigi 36,3 soatni tashkil etadi. Isroilliklar kam ishlashadi, lekin ko‘p ish qilishadi. Dunyoda Isroil fuqarolari mehnatkash odamlar degan fikr bor, ammo ular o‘zlarini dangasa xalq deb bilishadi. Aytgancha, 42 soat rasmiy ravishda belgilangan me’yor hisoblanadi va shundan keyingina ortiqcha ish vaqti hisobga olinadi.

4. Irlandiya

Irlandlar haftasiga 35,3 soat ishlashadi. Biroq reytingdagi qo‘shnilardan farqli o‘laroq, Irlandiya iqtisodiy rivojlanishda ularga yon beradi, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish masalasida ham. Qizig‘i shundaki, 80-yillarda irlandlar qo‘shnilariga qaraganda ko‘proq ishlashgan – mahalliy qoidalarga ko‘ra ish haftasi 44 soat qilib belgilandi. Bugungi kunda ular ish vaqtini sezilarli darajada pasaytirishga erishdilar, ammo iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘smadi.
2016-yilgi Brexit, mahalliy mehnat bozorining sust rivojlanishi va boshqa muammolar odamlarni qo‘shni Angliyaga ishlashga borishga majbur qilyapti.
Aytgancha, Finlyandiyada bo‘lgani kabi Irlandiya qonunida ham 1997-yildan beri 48 soatdan oshmasligi kerak bo‘lgan ish haftasining maksimal muddati belgilangan.

3. Fransiya

Fransuzlar ham mehnatkashlar sirasidan emas, ularning ish haftasi rasman 35 soat davom etadi. Shunisi qiziqki, kasaba uyushmalari ko‘p yillar davomida uni qisqartirish va ish kunini 6 soatga yetkazish uchun kurashishni davom ettirmoqdalar. Eng muhimi, bu 1,5 soatlik tushlik tanaffusiga ta’sir qilmasligi kerak! Ammo shu bilan birga, hamma fransuzlar ham kuniga 7 soat ishlashni afzal ko‘rmaydi – ishchilarning kamida 50 foizi 1-2 soat ko‘proq ishlaydi. Advokatlarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i haftasiga 55 soat band bo‘ladi! Nega ular ish haftasini qisqartirish uchun kurashishyapti? Balki qo‘shimcha ish vaqti berilishi uchundir? Negaki, bu amalga oshsa, ularga odatdagi ish vaqtidan ko‘ra ko‘proq haq to‘lanadi-da.

2. Finlyandiya

Bu davlat ishchilarining ham sharoiti yomon emas – ular uchun ish haftasining davomiyligi 32 soatni tashkil qilishi mumkin. Aksariyati o‘rtacha 38 soat band bo‘ladi – bunday ish haftasi odatda mehnat shartnomalarida belgilanadi. Shuningdek, Finlyandiyada ish haftasining maksimal chegaralari – 40 soatdan oshmasligi ham qiziq. Shunisi e’tiborga loyiqki, ular o‘zlarini Yevropada eng kam ishlaydiganlar deb hisoblaydi. Bunday ma’lumot Eurostat’ga tayanib Fin iqtisodiy tadqiqotlar markazi tomonidan berilgan. Mahalliy tahlilchilar fikriga ko‘ra, ish davomiyligining qisqaligi davlatning iqtisodiyoti va raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir qiladi. Ammo soatlik ish haqi o‘rtacha 33 dollarni tashkil qilishi bunday fikrlarni shubha ostiga qo‘yadi.

1. Niderlandiya

Yevropadagi bu mamlakat kutilmaganda eng qisqa ish haftasiga ega bo‘lgan mamlakatga aylandi – o‘rtacha ish kuni, taxminan, 7,5 soat davom etishiga qaramay, u haftasiga atigi 27 soatni tashkil qiladi. 2000-yillarning o‘rtalarida gollandlar dunyoda birinchi bo‘lib 30 soatdan kam ish haftasini joriy etishdi va bu iqtisodiyotga hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmadi. Qirollikning ko‘plab fuqarolari haftada 4 kun ishlaydi va ularning deyarli bari yosh ota-onalardir.
Ammo rekord ham gollandlarni to‘xtatolmayapti – ular yanayam kamroq ishlashni xohlashadi. Bunga qaror qilganlar soatlik ish haqi stavkalariga o‘tmoqda. Bu yerda ish beruvchilarning o‘rtacha to‘lovlari soatiga, taxminan, 30 dollarni tashkil etadi...

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
So‘nggi yillarda bo‘layotgan islohotlarga qarab bir savol tug‘iladi odamda.

Islohot bo‘lyaptimi o‘zi? To‘g‘ri, progressiv o‘zgarishlar bo‘lyapti. Lekin bu islohot emas, evolushn natijasi. Nimani misol qilib olishimizdan qat’iy nazar hammasi o‘zgaradi. Hech bir narsa muqim emas. Demak, ijobiy siljishlarni hukumat yutug‘i deyish unchalik ham to‘g‘ri emasov...

Hukumat hech narsa qilmaslik va harakat o‘rtasida qotib turibdi. Oltin o‘rtalik deb o‘ylashayotgandir buni?..
Har hafta qaysidir pablik person qovun tushiradi, har hafta nimadir bo‘ladi. Qaysidir mulozim "ko'p go'sht yevorayapmiz" yana qaysi biridir "2.500.000 so'm bir oilada 5 nafar kishiga bir oyga yetadi" desa, mollarga passport berilishini aytmasa ham bo'ladi. Qovun tushishdan to‘xtamayapti. To‘g‘ri, tushayotgan qovunlarni biz bilayotganimiz ham yaxshi o‘zgarish. «So‘z erkinligi»... Lekin xalq bilaversa, bilaversa, hukumat o‘zgartirmasa, o‘zgartirmasa pichoq borib suyakka yetadi. Ilgari balandparvoz va’dalar berilmagan. Shu sababdan xalq ortiqcha narsa kutmagan. Boriga shukr deb yashayvergan. Hozirgi holat bolaga shirin kulchani maqtay-maqtay o‘zi yeb qo‘yishday gap.

Sistemamiz Oliy ta’lim muassasalaridagi ijodiy imtihonlar tizimiga o‘xshaydi. Imtihonga kirasiz, savol-javob, fikr almashish va suhbat yakunida siz zo‘r topshirdingiz, albatta kirasiz deyishadi. Javoblarni tekshirganingizda esa yerga yuzingiz bilan yiqilgan bo‘lasiz.

Salla desa kallani qo‘shib olib boradigan mulozimlar bor hali ham.
Yana o‘sha eski gap qaytariladi: Quruvchilar o‘zgartirilmasa, yangi uy qurishdan foyda yo‘q!

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Robert Kiosakidan ruhlantiruvchi so'zlar:

"Men doimo hamma narsaga umidsizlik bilan qaraydigan insonlarga hayron qolaman. Ular bu hayotda hech narsaga erishilib bo’lmasligini va muvaffaqiyat faqat tanlangan kishilarga tegishli deb ishonishadi. Hullas, aziz umidsizlar. Uyda yotib, pivani ichib, millionlar haqida hayol suradiganlarga muvaffiqat kelmaydi. Muvaffaqiyat - harakat qilgan, hech voz kechmagan va qattiq ishlagan insonga keladi.”

Xayrli tong, do'stim!

Yaqin insoningizga yuboring😊👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
IMG_20191214_211109.jpg
1.1 MB
#yangilandi

O'zbekistondagi oliygohlar reytingi! Kuchli 87 talik. Yangi variantda.

Darajalar dunyo bo'yicha!
✅Ishtiroki darajasida
✅Ta'sir darajasi
✅Soflik darajasi
✅Muvaffaqiyatlari darajasi

Top 3 talikda quyidagi oliygohlar:

1️⃣ O'zbekiston Milliy universiteti

2️⃣ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

3️⃣ Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali

Manba: @TalabaUz

Batafsil tez orada👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#hazil_time

Bolalikka qaytamiz.
Hammamizda bo'lgan holat😂😂

Do'stlarga ulashing👇😄
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Hurmatli talabalar hamda kanalimizning boshqa bir a'zolari! Ovozni holisona beringlar. Sizning shaxsingizni aniqlab bo'lmaydi! So'rovnoma anonim tarzda o'tkazilmoqda.

Imkon darajasida filiallar hamda viloyatlardagi OTMlarni ham chiqaramiz!

Qo'shimcha taklif va e'tirozlar uchun:
@TalabaUz_MurojaatBot
5000words @TUIT_ONLINE.pdf
24.2 MB
​​Mana sizlarga o‘sha mashxur innovatsion kitob!

Afzalliklar:

- Xotira mashqlari;
- 1 soatda 150-320ta so'z yodlash texnikasi;
- 15 daqiqada 80.000ta passiv lug'at strukturasi;
- Barcha noto'g'ri fe'llarni 2 soat ichida yodlab olish texnikasi.

Yangi innovatsion lug'at haqida

Bu lug'at jahon bo'yicha yagona innovasion lug'at
hisoblanadi. Ushbu lug'at o'z turlari ichida juda ham noyob hisobranib,
sizni lug'at masalasidagi barcha muammolaringizni hal etib beradi. Ingliz
tilini o'rganuvchi inson ko'p vaqtini yangi so'zlarni yodlashga sarflaydi.
Ayni shu 90%lik muammoingiz endilikda ushbu lug'at orqali butunlay

hal bo'ladi, sababi endilikda siz atiga 1 oy ichida 5000ta so'z yodlab olish
imkoniyatiga egasiz.


P.S: Ushbu kitobni sotayotganlardan uzr so'rab qolamiz. Marhamat, tekin yuklab oling!

Hajmi: 24MB

👉 Kanalimizga obuna bo'ling
va bundanda foydali ma'lumotlarga ega bo'ling!


KANALGA ULANISH👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Şahnoza Soatova blogi
Бизнинг фикримиз кимга қизиқ?

Демократик давлатларда ҳукумат жамоатчилик фикри билан ҳисоблашади, уни ўрганиб, биринчидан, ўз хатти-ҳаракатларини таҳрирлайди, иккинчидан, жамоатчилик фикрига таъсир ўтказишга ҳаракат қилади.

Жамоатчилик фикрини мунтазам ўрганиб бориш ҳокимиятнинг ўз халқи фикрини эътиборга олиши, ҳурмат қилиши ва у билан ҳисоблашиши белгисидир.

Ҳар қандай жамият, агар у яккаҳокимлик эмас, халқ ҳокимияти асосида мавжуд бўлса ёки мавжуд бўлишни истаса, жамоатчилик фикрини профессионал ва илмий асосланган тарзда мунтазам ўрганиб бориши ва ўрганиш натижаларини иложи борича баланд овозда жар солиши керак.

Аммо нега бизда ундай бўлмаяпти?

Мақолада сайловолди тарғиботи баҳонасида бизда жамоатчилик фикрига эътибор нақадар экани юзасидан айрим мулоҳазаларимни ёздим.


@shahnozxon
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TATUdagi o‘qitishning kredit tizimi haqida qisqacha.

Eslatib o'tamiz kelayotgan yildan 8 ta oliygoh kredit tizimiga o'tishi rejalashtirilmoqda. Tez orada batafsil ma'lumot beramiz

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Orzusiga ishonmaganlar hech qachon yuksalmaydi.

Agar siz qadam tashlamasangiz - siz joyingizdan qo'zg'almaysiz.
• Agar siz so'ramasangiz - siz javob ololmaysiz.
• Agar sinab ko'rmasangiz - maqsadga erishmaysiz. Ha barchasi sizning qólingizda!

Do'stlarga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​#1_daqiqaga_mumkinmi?

SAYLOVDA QATNASHISH UCHUN "MOTIVATSIYA" 😁

Menimcha, o’qishdan vaqtli ta’til olib, uyga ketayotganligimiz hurmati uchun ham saylovda qatnashishimiz kerak.

Mayli, hazil ham o'z o'rniga. Yaqinda qaysidir blogerning fikrini o'qib qoldim. Ilgari saylov bo'layotganligining aks-sadosi hech qayoqda eshitilmasdi. Odamlar saylov bo'layotganini bilishmasdi ham. Bu yil "qovunlar" hisobiga bo'lsa-da, biz saylov jarayonlariga ancha yaqinlashib qoldik. Saylovda qatnashish kerakligining eng asosiy sababi, agar siz saylovda qatnashmasangiz, kimdir sizning byulleteningizdan foydalanishi ehtimoli yuzaga keladi. "Shaffoflik" yo'qoladi. O'zi shundog'am juda adolatli yoki odilona o'tishiga ko'zimiz yetmaydigan saylov ham chippakka chiqadi. Yana bir gap, agar kimgadir ovoz bersangiz va u saylansa, ertaga oldingizdan muammolar yugurib chiqa boshlaganda so'kish yo qarg'ash uchun aniq mo'ljalga ega bo'lasiz.😄
Bu yarim hazil yarim chin, albatta. Xullas, sizga maslahatim - xohlasangiz tanga tashlab, xohlasangiz ko'zingizni yumib, xohlasangiz ismi chiroyliligi uchun, kimgadir ovoz bering. Agar nomzodlarning hech biriga ko'nglingiz tortmasa, byulletenga o'z ismingizni yozib tashlab keling.😁 Xullas, nima bo'lsa ham saylovda qatnashing! Hech bo'lmasa darsdan qochishga mosgina qilib ta'til boshlanishidan 4 kun oldin berilgan chegirmalar haqqi hurmati saylovda qatnashing, Olg'a, do'stim!
(Reklama huquqi asosida😁)

©@TalabaUz ma'muriyati

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA