Talaba.uz | Ta'lim portali
5.46K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
​​2020 yilda O‘zbekistonda yana 3 ta Rossiya OTM filiali ochiladi

2020 yili O‘zbekistonda Perm davlat farmatsevtika akademiyasi filiali ochilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev matbuot anjumanida e’lon qildi.

Elchining aytishicha, kelgusi yili O‘zbekistonda Rossiyaning yana 3 ta oliy ta’lim muassasasi filiali ochilishi rejalashtirilgan. Ular orasida Astraxan davlat texnika universiteti va Sankt-Peterburg tog‘ universiteti ham bor.

Bundan tashqari, Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti, Moskva arxitektura universiteti va Pushkin nomidagi rus tili instituti filiallari ham ochilishi mumkin.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Assalomu alaykum, hurmatli, qadrdon kanalimizning obunachilari, tinib tinchimas talabalari hamda professor-o'qituvchilari!

☃Sizlarni kirib kelayotgan Yangi 2020- yil bilan qutlayman! Ushbu yil ham yangi va omadli g'oyalarga boy bo'lsin.
🌬Kelayotgan 366 kun o'tgan hamma kunlardan yaxshi bo'lsin.
🕐Yangi 12 oy umid va ishonch, har yangi daqiqa esa quvonch va shodliklar keltirsin. Har bir yangi soniya chin sevgi va samimiy do'stlikka yog`irilishini tilayman.☺️

🎊Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lidagi sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.


✅Aziz do'stlarim hayotda eng muhimi dangasalik qilmaslikdir😉!
Hozir men yuborgan «XABAR»ni o'qiyotgan ekansiz, demak siz erinmay, telefoningizni qo'lingizga olib, bir nechta tugmalarni bosishga kuch topa oldingiz. Barakalla! Yil davomida buni saqlab turing! Axir dangasalikni enggan odamlargina oz maqsadlariga erishadilar. Yangi yil muborak bo'lsin!


Hurmat bilan kanal admini Nodirbek Ashirov

🎓Talabalar kanali😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
🎄 🎄
🎄 🎄
🎄🎄🎄🎄🎄
🎄 🎄
🎄 🎄

🎄
🎄 🎄
🎄 🎄
🎄🎄🎄🎄
🎄 🎄
🎄 🎄

🎄🎄🎄🎄
🎄 🎄
🎄 🎄
🎄🎄🎄🎄
🎄
🎄

🎄🎄🎄🎄
🎄 🎄
🎄 🎄
🎄🎄🎄🎄
🎄
🎄

🎄 🎄
🎄 🎄
🎄 🎄
🎄🎄
🎄
🎄
🎄

❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️

🎅 🎅
🎅🎅 🎅
🎅 🎅 🎅
🎅 🎅 🎅
🎅 🎅🎅
🎅 🎅

🎅🎅🎅🎅🎅
🎅
🎅
🎅🎅🎅🎅
🎅
🎅
🎅🎅🎅🎅🎅

🎅 🎅
🎅 🎅 🎅
🎅 🎅 🎅 🎅
🎅🎅 🎅🎅
🎅 🎅

❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️

🎁 🎁
🎁 🎁
🎁 🎁
🎁🎁
🎁
🎁
🎁

🎁🎁🎁🎁🎁
🎁
🎁
🎁🎁🎁🎁
🎁
🎁
🎁🎁🎁🎁🎁

🎁
🎁 🎁
🎁 🎁
🎁🎁🎁🎁
🎁 🎁
🎁 🎁

🎁🎁🎁🎁
🎁 🎁
🎁 🎁
🎁 🎁
🎁 🎁 🎁
🎁 🎁
🎁 🎁
🎁 🎁

❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️

💚 💚
💚 💚
💚 💚
💚
💚
💚
💚
💚
💚
💚💚💚💚💚💚

💙💙💙💙
💙 💙
💙 💙
💙 💙
💙 💙
💙 💙
💙💙💙💙

💚 💚
💚 💚
💚 💚
💚
💚
💚
💚
💚
💚
💚💚💚💚💚💚

💙💙💙💙
💙 💙
💙 💙
💙 💙
💙 💙
💙 💙
💙💙💙💙

Kirib kelayotgan yangi 2020-yil muborak bo'lsin!

Do'stlarga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️⚡️ Президент қарори: 1 февралдан иш ҳақлари, пенсия, стипендия, нафақа 7 фоизга оширилади

2020 йилнинг февралидан бюджет ташкилотлари ва муассасалари ходимлари иш ҳақлари, пенсия, стипендия, нафақа ҳамда кам таъминланан оилаларга моддий ёрдамлар миқдори 1,07 бараварга оширилади. Бу Шавкат Мирзиёевнинг 30 декабрда қабул қилинган қарорида кўзда тутилган.

Шундай қилиб, 1 февралдан бошлаб

• Меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори — 679 330 сўм (ҳозир 634 888 сўм);

• Ёшга доир пенсиялар – ойига 466 680 сўм (ҳозир 436 150 сўм);

• Болаликдан ногиронларга бериладиган нафақа – ойига 466 680 сўм (ҳозир 436 150 сўм);

• Пенсияни ҳисоблашнинг базавий миқдори – 238 610 сўм (ҳозир 223 000 сўм);

• Базавий ҳисоблаш — 223 000 сўм (ўзгаришсиз қолади) - изоҳ: жарималар, мажбурий тўловлар оширилмайди дегани бу).

P/S:Стипендия 7 фоиз ошса😁🙃,
Контракт ҳам ошади. Икки ўн беш бир ўттиз🙈

Янги йил билан!

Дўстларга улашинг👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️⚡️ 31 декабрь куни "Тошкент Сити"да дронлар шоуси ўтказилади.

Хабар беришларича, 20:00 дан кейин бошланиши режалаштирилаётган шоуда 250 та дроннинг парвози назарда тутилган бўлиб, бундай йирик кўламли томоша Марказий Осиёда илк маротаба ташкил этилди.

Дронлар 150 метр баландликда ва 250 метр кенгликда ҳаракатланади.

Каналга уланиш👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi 2020-yilingiz muborak bo'lsin, aziz yurtoshlar!!!

👏👏👏
0⃣1⃣⏺0⃣1⃣⏺2⃣0⃣2⃣0⃣

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Sen aynan barchasini tashlab ketishga tayyor bo‘lgan vaqt - sen g‘alabaga eng yaqin kelgan paytingdir.
Bir eski xitoy maqoli bor : «Barini tashlab ketish vasvasasi muvaffaqiyat juda yaqin bo‘lganida kuchli bo‘ladi».

Xayrli kun azizlar😊 Yilning birinchi kuni muborak bo'lsin!

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
1 февралдан ойлик иш ҳақларининг оширилиши тўғрисида келиб тушаётган саволлар бўйича иккита жиҳат ҳақида маълумот бермоқчи эдим:

👉 илк маротаба иш ҳақлари, стипендия ва пенсиялар мустақил равишда ошмоқда. Илгари ойлик ошса, солиқлар ҳам, жарималар ҳам, давлат божлари ҳам ошарди. Ўтган йили кўпчилик «энг кам иш ҳақи» деган атама нима учун иккига ажралиб, «меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори» ҳамда «базавий ҳисоблаш миқдори» атамалари пайдо бўлганида ҳайрон бўлганди. Мана, ўша ўзгаришнинг илк марта фойдаси сезилмоқда;

👉 талабаларни қизиқтирадиган саволга келадиган бўлсак, 1 мартдан, яъни кейинги семестрдан давлат ОТМларида тўлов-контракт миқдорлари ҳам 7 фоизга ошади, чунки контрактлар айнан меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдорига "боғлаб қўйилган". Бунда талабалар айнан 2-ярим йиллик учун қилинадиган тўловни 7% қимматроқ нархда амалга оширишлари керак бўлади. Олдиндан эски нархда тўлаб қўйганлар ҳам барибир орадаги фарқни қайта ҳисоб-китоб қилишлари лозим.

©Хушнудбек Худойбердиев ҳуқуқшунос ва блогер

Каналга уланиш👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Kirish imtihonida chet tilidan maksimal ball olish uchun qaysi darajaga ega bo‘lish kerak?

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab, fanlar majmuasiga chet tili kiritilgan bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga B2 va undan yuqori daraja talab etiladi.

Agar abituriyent B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lsa, unga ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi.

2019/2020 o‘quv yilida chet tili birinchi fan bo‘lgan ta'lim yo‘nalishlari uchun DTM tomonidan berilgan chet tilini bilish to‘g‘risidagi sertifikat (milliy sertifikat) yoki IELTS (5.5), TOEFL IBT (72 ball) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha B2 va undan yuqori til bilish darajasi talab qilingan.

Chet tili asosiy fan bo‘lmagan ta'lim yo‘nalishlari uchun esa mos ravishda IELTS imtihonidan 4.5, TOEFL IBT’dan 42 ball, SEFR imtihonidan B1 va undan yuqori daraja so‘ralgan.


Biroq 2020/2021 yilgi kirish imtihonlarida bu tartib biroz o‘zgardi.

Davlat rahbarining 2019-yil 13- maydagi «Oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilishi chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga binoan, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab, test sinovlari majmuasiga chet tili kiritilgan barcha bakalavriat yo‘nalishlari uchun til darajasi bir xil etib belgilangan.

Bunda barcha bakalavriat yo‘nalishlariga ingliz tili uchun milliy sertifikat yoki IELTS (5.5), TOEFL IBT (72), Cambridge Assessment English FCE uchun B2 va undan yuqori daraja talab etiladi.

Lekin istisnoli holat shundaki, 2019 yilga qadar DTM tomonidan berilgan milliy sertifikatning amal qilish muddati ushbu sertifikatning amal qilish muddati davrida saqlab qolinishi ham qarorda ko‘zda tutilgan.

Bu degani B1 darajadagi 2019 yilga qadar DTM tomonidan berilgan milliy sertifikat (amal qilish muddati tugamagan bo‘lsa) ham abituriyentga kirish imtihonida imtiyoz berishi mumkin.

DTM matbuot xizmati xodimi Jamshidbek Odilovning ta'kidlashicha, bu istisno xalqaro sertifikatlarga nisbatan qo‘llanmaydi. Chunki xalqaro sertifikatlar ilk marta 2019-yildan milliy OTMga kirish uchun imtiyoz sifatida tan olindi. Shuning uchun 2019-yildan oldin olingan B1 darajadagi xalqaro sertifikatlarning imtiyozi 2020/2021 o‘quv yili uchun imtihonda abituriyentga maksimal ball bermaydi.

Demak, bundan buyog‘iga birinchi yoki ikkinchi fan ekanidan qat'i nazar chet tilidan imtiyoz olish uchun harakat qilib IELTS imtihonini topshirmoqchi bo‘lganlar 5.5, TOEFL’dan esa 72 ball, CEFR’dan B2 daraja va undan yuqori olish uchun harakat qilishlari zarur.

«Agar bolada savollar varaqasidagi testni ishlashdan ko‘ra bilimim kuchliroq, o‘zimni sinab ko‘raman, degan xohishda bo‘lsa va chet tili bo‘yicha sertifikat uchun imtihon topshirib, oldindan imtiyozga ega bo‘lsa, unga chet tilidan maksimal ball beriladi.

Agar bu imtiyozdan foydalanmasa ham, bu – uning o‘z xohishi. Kirish imtihonida B1 darajadagi 30ta test topshirig‘ini bajaradi va bilimiga mos balga ega bo‘ladi», - deya ushbu tizimga izoh berdi Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Sevara Zuparxodjayeva.

Ma'lumot uchun, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti 2019 yildan oldingi B1 sertifikatlarini (amal qilish muddati tugamagan bo‘lsa ham), Toshkent davlat yuridik universiteti esa writing (yozish) ko‘nikmasi 5.5 balldan past IELTS sertifikatlarini qabul qilmaydi.

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#SESSIYA_YAQIN

Megabaytingizga achinmasdan ko'rishingizni tavsiya qilaman😄

Talabalar uchun yakuniy imtixonlarda shpargalkadan foydalanish sirlari😳

Faqat qo'lga tushib qolsangiz......😂😂😂 Hullas videoni tomosha qiling, sizga ALBATTA yoqadi

Kanalga ulanish👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Konkursimiz o'z nihoyasiga yetdi!
(Ayrim sabablarga ko'ra, kech e'lon qilayapmiz. 20.20 dagi o'yin natijalarini obunachilar tashlashdi!


Demak,
1⃣ - o'rin 1-ishtirokchi TATU talabasi Sanjar 300.000 so'm

2⃣ - o'rin 28-ishtirokchi Sharqshunoslik instituti talabasi Alokhiddinova 150.000 so'm

3⃣ - o'rin 2 -ishtirokchi Sharqshunoslik instituti talabasi Zari 50.000 so'm

@TalabaUzAdmin ga sovrinni olish uchun murojaat qiling!

G'oliblarni tabriklaymiz👏👏
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
Diqqat YANGILIK!

Norasmiy manbalarning ta'kidlashicha, 2020-2021 o'quv yilidan boshlab, quyidagi oliygohlar ta'limning KREDIT tizimiga o'tishi rejalashtirilmoqda.

1⃣ Farmatsevtika instituti
2⃣ M. Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti
3⃣ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
4⃣ Toshkent temir yo`l muhandislari instituti
5⃣ Buxoro davlat universiteti

Ta'limning kredit tizimi hozirgi vaqtgacha faqat Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va filiallari qo'llanilib kelinmoqda!

Kredit tizimi haqida tez orada batafsil ma'lumot beramiz! Bizni kuzatib boring, eng so'ngi va ishonchli yangiliklar faqat bizda!

P/S: Ma'lumotdan manba sifatida foydalanishingizni so'raymiz!

Talabalar kanali😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
🔘 Oʻzbekistondagi Britaniya Kengashi (British Council) oʻzbekistonlik 10 nafar talabaga 3 ming funt-sterling miqdorida grant taqdim etadi.

Grantni qoʻlga kiritish shartlari:
✔️ 18 yoki undan katta yoshlilar qatnasha oladi
✔️ Nomzod Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi va Oʻzbekistonda yashayotgan boʻlishi kerak
✔️ 2020-yil fevral oyi oxirigacha Britaniya Kengashida IELTS imtihoni topshirish kerak
✔️ IELTS dan umumiy 5 yoki undan yuqori ball olish kerak
✔️ Nomzod 2020-yil kuzgi yoki 2021-yil bahorgi semestrda bakalavriat bosqichida oʻqishni boshlash uchun hujjat topshirishi kerak
✔️ Nomzod hujjat topshirayotgan universitetda qabul uchun IELTS sertifikati talab etilishi kerak
✔️ Nozmod 2020-yil iyuligacha universitetga qabul qilinganlik haqidagi maʼlumotnmani taqdim etishi kerak

🗓 Ushbu grantga arizalar 2020-yilning 29-fevraliga qadar qabul qilinadi.

☝️ Grantga hujjat topshirishda IELTS sertifikat, pasportga moʻljallangan rasm oʻlchamidagi fotosurat, pasport yoki boshqa ID, 500 soʻzdan oshmagan insho talab etiladi. Talablar va boshqa maʼlumotlar bilan SHU YERDA batafsil tanishing.

Tez orada kanalimizda boshqa GRANTlarni ham tashlab boramiz

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Bugun, 2 yanvar kuni Toshkentda yana dronlar shousi bo‘lib o‘tadi.

Xabaringiz bor 2019 yilning 31 dekabrida Toshkent Sitida dronlar shousi o‘tkazilgan edi. Toshkent osmonida 250 dan ortiq uchar qurilmalarning harakatlanishi ko‘pchilikni qiziqtirdi va bayramga o‘zgacha ruh baxsh etdi. ​

“DAVERGEODEZKADSTR” qo‘mitasi hamyurtlarimizning katta qiziqishni inobatga olgan holda bugun, 2 yanvar kuni soat 19:00 dan so‘ng yana shunday shou o‘tkazishga qaror qildi. Qo‘mita axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bu safar tomoshalar O‘zbekiston Milliy kutubxonasi yonidagi maydonda tashkil etiladi.

Do'stlarga ulashing😄👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Juda ko'pchilik talabalarda kuzatilgan holat. Shunday emas-mi?😁🙊

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​​Hammasi yaxshilikka!

❌ U "politsiyachi" bo'lmoqchi edi- "nimjonsan" dedilar.

❌ KFCda ofitsant bo'lib ishlamoqchi edi "xunuksan" dedilar.

❌ Garvard universitetiga 9 marta imtixon topshirdi va barchasidan yiqildi. Chunki uni "bilimsiz" dedilar. Ammo u jilmayishdan tabassum qilishdan, o'ziga ishonishdan to'xtamadi.

✅ Bugun esa uni rad etganlar bir paytlar u bilan gaplashganlarini aytib maqtanib yurishibdi. Biz uni shu darajaga yetkazdik deyishadi. Bugun u dunyoning eng muvaffaqiyatli kishilari qatorida. Uni hamma taniydi lekin uni koyigan rad etganlarni hech kim tanimaydi, tanishni ham xohlamaydi. Gap kim ustida borayotganini payqadingiz chamamda.

📓 Jek Ma "Alibaba group" asoschisi.

🤔 Sizchi? Rad javoblaridan tushkunlikka tushayabsizmi, hayotda sizga ishonishmayaptimi, sizni qadrlay, baholay olishmayaptimi. Demak bu sizga berilgan sinov. Muximi chekinmasligingiz kerak.

Hech qachon bo'sh kelmang💪

Do'stlarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
❗️Яхши хабар: контракт тўлови учун ўтказиладиган иш ҳақига солиқ имтиёзи сақлаб қолинди

‼️Янада яхши хабар: имтиёз қисмига энди турмуш ўртоқлар ҳам қўшилди

Ёдингиздами, анча аввал янги таҳрирдаги Солиқ кодекси лойиҳасида талабаларнинг контрактларига ўтказиладиган иш ҳақига оид имтиёзни бутунлай бекор қилиш таклиф этилаётгани ҳақида ёзгандим.

Лекин Президент томонидан имзоланган янги таҳрирдаги Солиқ кодексида ушбу имтиёз сақлаб қолинибди. Аксинча имтиёз аввалгидан ҳам кенгайиб, энди турмуш ўртоғининг (эр ёки хотин) контракти учун ўтказилган иш ҳақидан ҳам даромад солиғи олинмайдиган бўлибди.

Ўзи қандай имтиёз бор эди?

Аввалги Солиқ кодексининг 179-моддаси 31-бандига биноан, фуқароларнинг солиқ солинадиган иш ҳақи ва бошқа даромадларининг Ўзбекистон олий ўқув юртларида таълим олиш учун (ўзининг ўқиши ёки йигирма олти ёшга тўлмаган фарзандларининг ўқиши учун) йўналтириладиган суммалари даромад солиғидан озод қилинар эди.

Бу нима дегани?

Масалан, ота ўз фарзандининг контракти учун иш ҳақининг бир қисмини, айтайлик 1 млн сўмини тўғридан-тўғри институт ҳисобига ўтказади дейлик. Бунинг учун институтдан шартнома (ҳисоб-рақам) олиб, ташкилот бухгалтериясига ариза бериб қўйиш керак эди. Бундай вазиятда агар ота 3 млн сўм ойлик олса, демак фарзандининг контракти учун ўтказган 1 млн сўмдан даромад солиғи ушланмас, фақат қолган 2 млн сўмдан солиқ олинарди.

Бу ерда асосий жиҳат шунда эдики, фақат ўзининг ёки 26 ёшга тўлмаган фарзандининг контракти учунгина шундай имтиёз бериларди. Турмуш ўртоғи, ака-укаси, келини ёки бошқа қариндошларининг контракти учун иш ҳақидан ўтказилса ҳеч қандай имтиёз қўлланмасди.

Энди нима бўлди?

Янги таҳрирдаги Солиқ кодексининг 378-моддаси 16-бандига биноан, Ўзбекистон Республикасининг олий ўқув юртларида таълим олиш (ўзининг, йигирма олти ёшга тўлмаган фарзандларининг ёки эрининг (хотинининг) таълим олиши) учун йўналтириладиган солиқ солиниши лозим бўлган иш ҳақи ва бошқа даромадларига солиқ солинмайди.

Демак, қуйидаги 3 тоифанинг контракти учун ўтказилган иш ҳақларидан даромад солиғи ушланмайди:

1) фуқаро ўзининг контрактига ўтказса;
2) 26 ёшга тўлмаган фарзандининг контрактига ўтказса;
3) эрининг (хотинининг) контрактига ўтказса.

Талабалар ва уларнинг ота-оналари енгил нафас олишлари мумкин. Талабаларнинг турмуш ўртоқлари эса хурсанд бўлишга ҳақли 😊
©@xushnudbek

Батафсил👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA