Talaba.uz | Ta'lim portali
5.46K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
​2020 yilda O‘zbekistonda 18 ta OTM faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Oliy va o‘rta maxsus vazirligi matbuot xizmati Oliy ta’lim qamrovini oshirish va ta’lim sifatini yaxshilash borasida amalga oshiriladigan loyihalarni ma’lum qildi. Unga ko‘ra 2020 yilda:

1. 18 ta yangi oliy ta’lim muassasasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi:
* 10 ta mahalliy oliy ta’lim muassasasi;
* 3 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasi;
* 5 ta davlat–xususiy sheriklik shartlari asosida.
2.  Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash ikki martaga oshiriladi.
3. 18 ta yangi OTM tashkil etilishi va qo‘shma ta’lim dasturlari kengaytirilishi natijasida yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrovi 25 foizga yetkaziladi.
4.  Muhandislik-texnik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul parametrlari ulushi 28 foizga ko‘paytiriladi;
5. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilaridan magistratura mutaxassisliklariga qabul qilingan talabalar ulushi 10 foizga oshiriladi.
6.  Xorijiy tajribalar asosida talabalarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida OTMlarda o‘quv jarayoni kredit-modul tizimida takshil etilib, ta’lim jarayonlarini elektron ta’lim boshqaruv tizimi orqali nazorat qilish joriy etiladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Sunamiga o‘xshash tuman. Go‘zal manzara 😃

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​​​OTMga imtiyozli kirish imkoniyati bittaga ortadi

Musobaqaning respublika bosqichida sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritganlar oliy taʼlim muassasalariga test sinovlarisiz va kasbiy imtihonlarsiz oʻqishga kirish huquqi beriladi. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtidorli sportchilarni taqdirlash va ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasida
 keltirib oʻtilgan.

Hujjatga muvofiq, endilikda xalqaro va respublika sport musobaqalari gʻolib va sovrindorlari quyidagicha taqdirlanadi:

Respublika va xalqaro sport musobaqalarning individual turlarida gʻolib va sovrindorlikni qoʻlga kiritgan imtiyozga ega sportchilar oliy taʼlim muassasasiga qoʻshimcha davlat granti asosida test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonlarsiz qabul qilinadi.

Respublika va xalqaro musobaqalarning jamoa turlarida gʻolib va sovrindorlikni qoʻlga kiritgan komandalarning (oʻz komandalari tarkibidan – akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari bitiruvchilaridan uch nafar nomzodni belgilaydilar) imtiyozga ega sportchilari oliy taʼlim muassasasiga qoʻshimcha davlat granti asosida test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonlarsiz qabul qilinadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligining tavsiyasiga asosan, Respublika va xalqaro musobaqalarning jamoa turlarida gʻolib va sovrindorlikni qoʻlga kiritgan komandalarning qolgan vakillariga ularning sportdagi natijalarini inobatga olgan holda oliy taʼlim muassasasiga qoʻshimcha davlat granti asosida test sinovlarisiz qoʻshimcha imtihonlarsiz qabul qilinishi mumkin.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
🌊 Boy-badavlat bo'lishga intilmang aksincha omadli bo'lishga intiling, chunki Titanikdagilarning hammasi boy edi lekin undan faqat omadlilarigina tirik qolishdi..!

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ўқув йилининг иккинчи ярим йили учун тўлов-контракт миқдорлари ўзгариши мумкин

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 31 декабрдаги “Ўзбекистон Республикасининг “2020 йил учун Ўзбекистон Республикасининг давлат бюджети тўғрисида”ги қонуни ижросини таъминлаш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Қарорига мувофиқ, 2020 йил 1 февралдан бошлаб бюджет муассасалари ва ташкилотлари ходимларининг иш ҳақи, пенсиялар, стипендиялар, нафақалар ҳамда кам таъминланган оилаларга бериладиган моддий ёрдам миқдори 7 фоизга оширилди.

Олий таълим муассасаларида ўқитиш харажатларининг асосий қисмини, яъни 91 фоизини иш хақи ва стипендия тўловлари ташкил этиши инобатга олиниб, 2019/2020 ўқув йилидан тўлов-контракт асосида ўқитиш қиймати республикадаги меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдорига боғланди ва унга нисбатан карра баробарида белгиланди.

Амалдаги тартибга кўра, контракт асосида ўқитишнинг тўлов миқдори (оширилган тўлов-контракт миқдори бундан мустасно) меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдорига мутаносиб равишда жорий ўқув йилининг иккинчи ярми учун ўзгариши мумкин.

Шу муносабат билан, 2019/2020 ўқув йилининг иккинчи ярим йили учун олий таълим муассасаларида тўлов-контракт асосида ўқитиш қийматларига ўзгартириш киритилганда, қўшимча маълумот берилади.

ОЎМТВ Ахборот хизмати

Батафсил
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
Biz “Adolat”ni yoqlagan edik. Adolat sindi.

Mayli, peshqadam ikki partiya haqida bir chimdimdan fikr.
Sizningcha, LiDeP nimaga “o’tib ketdi”?
- Prezident qaysi partiyadan, uka?
- Lidepdan, amaki.
- Unda bizlar ham Lidepga ovoz beramizda.

Aks holda, kimsan “ko’p go’sht yeb qo’yayapsizlar” degan qovunchining (Aktam Hayitov) partiyasi oldinga o’tib ketarmidi?

- Ko’p go’sht yeyapmiz deb javragan qaysi partiyadan edi?
- Lidepdan, amaki.
- Ha, ............ Lidep

Afsuski, Lidep yana oldinda. Oldingi hukumat ham Lidepdan bo’lganini va hammayoq qovunlab ketganini hisobga olsak, bu safar Milliy tiklanishga imkoniyat bergan durust.

Hukumat “prezident”ning partiyasidan bo’lsin degan yozilmagan qonunni yozib ulgurmaslaridan avval "Milliy tiklanish"ni yoqlash kerak.Hali imkoniyat bor. Alisher Qodirov talabalar uchun ham imkoniyat yaratib berishlariga ishonamiz

Talaba.uz adminlari shu fikrda. Siz ham o’z fikringizni kommentlarda qoldiring!

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Talaba.uz | Ta'lim portali
Biz “Adolat”ni yoqlagan edik. Adolat sindi. Mayli, peshqadam ikki partiya haqida bir chimdimdan fikr. Sizningcha, LiDeP nimaga “o’tib ketdi”? - Prezident qaysi partiyadan, uka? - Lidepdan, amaki. - Unda bizlar ham Lidepga ovoz beramizda. Aks holda, kimsan…
Xayrli kech hurmatli talabalar! Xabaringiz bor ertaga 25 ta saylov uchastkasida qayta saylov bo'lib o'tadi! Bu safar adashmasdan, munosib nomzodga ovoz berishingizni so'raymiz!

Takroriy ovoz berish bo‘ladigan 25 ta saylov okruglari ro‘yxati:

8-Aqmang‘it
9-Andijon
32-Jizzax
33-Do‘stlik
35-Gʻallaorol
36-Paxtakor
37-Sharof Rashidov
44-Sardoba
49-Uychi
56-Registon
57-So‘g‘diyona
67-Pastdarg‘om
76-Sherobod
83-Oltinsoy
87-Angren
89-Bo‘ka
102-Yaypan
104-Uchko‘prik
106-Bog‘dod
117-Urganch
133-Shaxrisabz
134-Yakkabog‘
135-Gʻuzor
148-Ko‘kcha
150-Shayxontoxur

@TalabaUz ma'muriyati!
Talaba.uz | Ta'lim portali pinned a photo
​​Agar puling kam bo‘lsa – biznes qil yoxud Rokfellerning qiziq fikrlari.

Tadbirkor qizil kostyum, yarqirab turgan tufli kiyishi va Bentli sotib olishi bilan uning ustiga osmondan pullar yog‘ilishni boshlaydi. Ko‘p kinofilmlarda aynan shu lavhani ko‘rish mumkin.

2014

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Talabaga_eslatma

❗️ Ertaga, 6 yanvar - dushanba o‘qishning birinchi kuni.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari, akademik lisyey va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun o‘qish boshlanadi.

©@eduuz -Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Дипломи тўғридан-тўғри ёки синовларсиз тан олинади, дейилган хорижий ОТМ танлашда адашманг!​

Ўтган ойда Ўзбекистонда олий таълим муассасаси сифатида фаолият кўрсатиш ҳуқуқи эга бўлмаган ташкилотлари ҳақида хабар берилганидан сўнг, бир қатор Россия Федерация ОТМлари ва юртимиздаги консалтинг ташкилотлари томонидан ушбу хабарга эътирозли муносабат билдирилди. Ушбу вазият юзасидан Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси бошлиғи Улуғбек Ташкенбаев аниқлик киритади.

Батафсил👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ayni vaqti ijtimoiy tarmoqlarda oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan o'qishlar 11 - yanvardan boshlanishi to'g'risda yolg'on xabarlar tarqalib yuribdi!

Bu masala bo'yicha Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot kotibi bilan bog'landik va rasman yolg'on xabarligi tasdiqlandi!

Hurmatli talabalar bunaqa xabarlarga ishonib qolmasligingizni so'raymiz!

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​Ta’lim krediti haqida batafsil

Kredit miqdori: talaba va OTM o‘rtasida tuzilgan to‘lov-kontrakt shartnomasi miqdorida

Muddati: bakalavr bosqichi uchun – 10 yilgacha, magistratura bosqichi uchun – 5 yilgacha.

Foizi: ikki xil kategoriya bo‘yicha turli foizlarda beriladi:

chin yetimlarga, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga – nol foiz stavkasi (foizsiz kredit);
talabalarning qolgan toifalariga – Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo‘lmagan miqdorda (hozir 16%).

Kimlarga beriladi: OTMlarga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalarning o‘zlariga, ularning ota-onalariga yoki vasiylariga.

Kredit ta’minoti: kredit ta’minoti sifatida quyidagilardan biri yoki bir nechtasi taqdim etilishi mumkin:

a) mol-mulk yoki qimmatli qog‘ozlarni garovga qo‘yish;
b) bankning kafolati;
v) uchinchi shaxsning kafilligi;
g) sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytara olmasligi xavfi sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi;
d) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining kafilligi (faqat chin yetimlar va «Mehribonlik uylari»da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari va kam ta’minlangan oilalardan chiqqanlar uchun).

Qanday hujjatlar kerak?

Ta’lim kreditini olish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) ariza;
b) talaba va OTM o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt);
v) mahalladan yashash joyi to‘g‘risida ma’lumotnoma:
g) kreditni qaytarishning ta’minlanishi to‘g‘risida hujjat;
d) imtiyozli ta’lim kreditlari olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar tegishli tasdiqlovchi hujjat.

Ariza qancha vaqtda ko‘rib chiqilishi kerak?

Ariza bank tomonidan 10 ish kunida ko‘rib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar kredit berilmasligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda arizachiga kredit berishning rad etilishi sababi ko‘rsatilgan yozma xulosa berishi lozim. Sizga shunchaki og‘zaki rad javobi berishlariga yo‘l qo‘ymang. Yozma ariza qoldiring va banklar albatta asoslangan yozma javob berishsin. Bu kelgusida asossiz rad qilinganlik uchun shikoyat qilish huquqini beradi.

Kredit qachon to‘lanadi?

Ta’lim kreditlari bo‘yicha mablag‘lar har yarim yilda yillik kontrakt miqdorini ikki teng qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Bunda, 1-kurslar uchun 1-yarim yillikda 1 oktyabrgacha, 2-yarim yillikda 15 martgacha to‘lanishi mumkin. 2-kursdan boshlab sentyabr va mart oyining 5-sanasidan kechiktirilmasdan to‘lanadi.

Kam ta’minlanganlar uchun imtiyoz bormi?

Kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan talabalar uchun kredit bo‘yicha qo‘shilgan foizlarning 50 foizi tuman Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan to‘lanadi.

Maxsus sirtqi, kechki va sirtqi ta’lim uchun ham ta’lim krediti olsa bo‘ladimi?

Nizomga ko‘ra, ta’lim krediti faqat kunduzgi bo‘limlarda o‘qiyotgan talabalarga beriladi. Shunga ko‘ra, maxsus sirtqi, kechki va sirtqi bo‘limlar uchun ta’lim krediti ajratish nazarda tutilmagan.

Xorijlik fuqarolar ham ta’lim krediti olishi mumkinmi?

Yo‘q. Nizomga ko‘ra, ta’lim krediti faqat O‘zbekiston fuqarolariga beriladi. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham Nizomda nazarda tutilmagan.

Agar talaba talabalar safidan chetlatilsa nima bo‘ladi?

Agar talaba o‘qish davri tugamasdan talabalar safidan o‘chirilsa, OTM rahbariyati rektor (direktor)ning buyrug‘i chiqqan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida bu haqda bankka xabar berishi kerak, qarz oluvchi esa o‘z navbatida uch oy muddatda ta’lim krediti va unga qo‘shilgan foizlar bo‘yicha qarzlarni to‘liq qaytarishi lozim.

Agar OTM o‘z vaqtida bankni ogohlantirmasa nima bo‘ladi?

Talabaning talaba safidan chiqarilishi OTM tomonidan bankka o‘z vaqtida ma’lum qilinmagan taqdirda, OTM ushbu davr uchun hisoblangan foizlarni bankka to‘lashga majbur.

Faqat ushbu shartlar shartnomada aks etgan bo‘lishi kerak.

Kreditni muddatidan oldin yopsa bo‘ladimi?

Ha,kreditni muddatdan oldin qaytarish mumkin

Talabalarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​​​☝️Omadingiz bor ekan...

• Agar bugun ertalab sog‘-salomat uyg‘ongan bo‘lsangiz, dunyodagi 330 million insondan baxtliroq ekansiz!

• Agar bu tongni tanda dardsiz kutib olgan bo‘lsangiz, ayni damda 1 milliard insondan omadliroq ekansiz!

• Urush tahlikasi va xavf-xatarsiz, hayotingizga tahdidsiz kun kechirayotgan bo‘lsangiz, 500 million insondan toleliroq ekansiz!

• Muzlatgich va javonlaringizda oziq-ovqat, egningizda kiyimingiz va tunda uxlash uchun uyingiz bo‘lsa, dunyodagi 3 milliard inson sizga havas qiladi!

• Cho‘ntagingizda yoki hisob raqamingizda pulingiz bo‘lsa, dunyodagi omadi kulgan 1 milliard insondan birisiz!

• Ushbu maqolani o‘qiy olyapsizmi, demak, dunyodagi 2 milliard savodsizning biri emassiz!

Shunday ekan, nega jimsiz?!
Shukr qilmaysizmi?!
Alhamdulillah deng!


Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
«Kontrakt to‘lashda qiyinchiliklar va 5 yanvardagi fotiha to‘yi» – Gʻuzorda o‘zini osib qo‘ygan qiz ishining ayrim tafsilotlari ochiqlandi.

Avvalroq saytimizda Qashqadaryoning Gʻuzor tumanida 22 yoshli talaba qiz uyida o‘zini osib qo‘ygani haqida xabar bergan edik.

“Daryo” o‘sha voqea yuzasidan manbalariga tayanib ayrim tafsilotlarni ochiqladi.

Ma’lum bo‘lishicha D.M.ning oilasida 6 nafar farzand bor. Ularning 3 nafari kotraktda o‘qiydi. Otasi o‘qituvchi onasi esa uy bekasi. Oiladagi yetishmovchiliklar kelishmovchilikka sabab bo‘lgani tahmin qilinmoqda.

Qiz o‘qishda hech kim bilan tortishmagan va og‘ir bosiq bo‘lgan.

O‘sha kuni qiz soat 10 larda non yopgan va oradan yarim soat o‘tib osilgan holda topilgan. Qizning otasining ma’lum qilishicha 5 yanvarda qizning fotiha to‘yi bo‘lishi kerak bo‘lgan.

Manba: everyday.uz

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
– Poytaxdan Toshkentga kelib o‘qish oson bo‘lmagan ekan. 🧐

Nimalar bo'lyapti hayronman 🤷🏻‍♂

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Samarqand davlat universiteti top 500 talikka kira oladi??

"Mana ahvol. Bayramdan keyin ta'mirlanadi degan uydirma bilan bizni aldashgandi. Yangi yildan keyingi ahvol bu. Xonalar sovuq. Derazalarni oynasi yöq. Oynasi yo'q lanati derazalarni. Gaz tugul svet ham problema. Yashasin SamDU! Kirayotgan milliardlarni esa hisob kitobi yo'q. Qayoqqa ketayabdi shuncha tushum? Hech kim söramaydi. Kontraktlarni otni kallasidek qilishdi. Hech bumaganda sharoit qilib berishsin. Ta'limniku gapirmasa bo'ladi.

Sovuq xonalarda yigitlar mayli chidashadi lekin bolalik, xomilador kelinchak talabalar va qizlar qiynalishayabdi
Iltimos bloglarizda yoritinglar..."

Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari nomidan.

P/S: SamDu mutasaddilariga murojaat. Chindan ham talabalarning kontrakt pulini qayerga sovurayapsizlar?🤔
Javob kutamiz!


Tarqatinglar👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Bir millatni yo‘q qilish uchun atom bombasi yo uzoq masofaga uchuvchi raketa bo‘lishi shart emas. Buning uchun ta’lim darajasini tushirish va talabalarni aldov (shpargalka)ga o‘rgatishning o‘zi kifoya. Shunday qilinsa:

Kasal aldov bilan muvaffaqiyatga erishgan shifokor qo‘lida o‘ladi.
Uylar aldov bilan diplom olgan muhandis qo‘lida qulaydi.
Moliya aldov bilan diplom olgan hisobchi qo‘lida inqirozga uchraydi.
Insoniylik aldov bilan diplom olgan din shayxi qo‘lida halok bo‘ladi.
Adolat aldov bilan diplom olgan sudya qo‘lida barham topadi.
Farzandlar ongi aldov bilan diplom olgan o‘qituvchi qo‘lida xarob bo‘ladi.

TA’LIMNING QULASHI MILLATNING QULASHIDIR.

✍ Mubashshir Ahmad

Do'stlarga ulashing 👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA