Talaba.uz | Ta'lim portali
5.49K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Inetrvyu 24 | Inomjon Majidov - Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri bilan suhbat
#uzbekiston24

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA9
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI OLIY MA’LUMOTLI MUTAXASSISLARNI 2020-2021 O‘QUV YILIDA QUYIDAGI TA’LIM YO‘NALISHLARIDA IKKINCHI MUTAXASSISLIK BO‘YICHA TAHSIL OLISHGA TAKLIF ETADI:


KUNDUZGI VA KECHKI TA’LIM SHAKLLARIDA:

📚 5120100 Filologiya va tillarni o‘qitish (sharq tillari bo‘yicha)

KUNDUZGI, KECHKI VA SIRTQI TA’LIM SHAKLLARDA:

📙 5120300 Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)

📘 5120500 Sharq falsafasi va madaniyati

📗 5210300 Jahon siyosati (mintaqalar bo‘yicha)

📕 5231000 Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)


BUNING UCHUN OLIY MA’LUMOTLI MUTAXASSISLAR:

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Qabul komissiyasiga 2020 YIL 20 IYULDAN 20 AVGUSTGA qadar bo‘lgan muddatda murojaat qilishlari mumkin.

Koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olib, hujjatlar universitet rasmiy vebsayti uz orqali qabul qilinadi.(ON-LINE QABUL) Ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish to’g’risidagi Nizom

QABUL KOMISSIYASIGA QUYIDAGI HUJJATLAR TAQDIM ETILADI:

✔️ Rektor nomiga ariza(matn oxiridagi namunaga qarang);

✔️ Oliy ma’lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom va uning ilovasi nusxasi(xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992 yil 1 yanvardan keyin berilgan diplomlari o‘rnatilgan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim);

✔️ Pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi.

✔️ Diplom, uning ilovasi, pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat universitetga qabul qilish buyrug`i chiqarilishidan oldin oliy ma’lumotli mutaxassis tomonidan shaxsan ko‘rsatiladi va 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 dona fotosurat taqdim etiladi.

👨‍💻 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Qabul komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqib:

Ikkinchi oliy ma’lumot olish bo‘yicha kiruvchining birinchi ma’lumoti bilan taqqoslangan holda, o‘quv rejalari va dasturlaridagi farqlarni aniqlab, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida o‘qish kursini belgilaydi(birinchi yoki ikkinchi kursga);

Kiruvchining tegishli kursda o‘qishi uchun o‘quv rejalari va dasturlaridagi aniqlangan farqlarni topshirish tartibi va muddatlarini belgilay

Ikkinchi oliy ma’lumot bo‘yicha o‘qishga kiruvchilarni talabalar safiga qabul qilish qabul komissiyasi qaroriga asosan o‘qish uchun kontraktda belgilangan mablag‘ miqdori belgilangan tartibda o‘tkazilgandan so‘ng 15 sentyabrdan kechiktirilmay Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

Ikkinchi oliy ma’lumot olish bo‘yicha o‘quv jarayoni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida amalda kadrlar tayyorlanayotgan ta’lim yo‘nalishlari va ta’lim shakli bo‘yicha, shuningdek, talaba qabul qilingan kursga oid amaldagi normativ-uslubiy hujjatlar va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan qoidalar asosida tashkil etiladi.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefonlar:
71-233-34-28, (95) 515-15-05

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
❗️Bugun hujjat topshirishning oxirgi kuni!

Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishi, ma’lumotlarini tahrirlashi yoki yangi ma’lumot qo‘shish, shuningdek avval tanlagan yo‘nalishlarini o‘zgartirishi uchun bugun oxirgi imkoniyat. Tunda soat 23:59 dan keyin baza yopiladi va keyin hech qanday o‘zgartirish kiritib bo‘lmaydi.

‼️ O‘tgan yilda bitirgan abituriyentlar testga kirish uchun to‘lanadigan to‘lovni (111 ming 500 so‘m) bugun to‘lashlari shart. Bugun to‘lov qilishga ulgurmagan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! Ertaga yoki undan keyin qilingan to‘lovlar befoyda bo‘ladi.
Ⓜ️ Xushnudbek

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Bu yil ijodiy imtihonlar qoldirildimi?

Ijodiy imtihonlar qoldirilishi mumkin, lekin hali soʻnggi xulosa berilganicha yoʻq. Bu haqida Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti prorektori Alisher Matyoqubov OʻzAga bergan intervyusida maʼlum qildi.

— Hozircha oʻzgarish yoʻq, lekin, bugungi jarayonni inobatga olgan holda bu masala ham koʻrib chiqildi va shunday xulosa ham qilindi. Biroq hali rasman eʼlon qilingani yoʻq. Bundan qoʻrqmaslik kerak. Oʻtgan yili bizda uchta blokdan imtihon topshirilgan edi. Yaʼni, ona-tili adabiyot, ikkinchi blok ijodiy va chet-tili edi. Agar ijodiy imtihon boʻlmasa ona-tili va chet-tilidan imtihon topshiriladi. Hozir pandemiya sharoitida ijodiy imtihonning tashkiliy jihati muammo tugʻdirayapti. Menimcha, bu yil ijodiy imtihonlar qoldiriladi, – dedi Alisher Matyoqubov.

Intervyuni batafsil oʻqish:
https://bit.ly/39oEIFP

Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
2020-2021-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2020-yil 20-iyul 18:00 holatiga)

Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 1 452 789 nafar.
Shundan, joriy yil bitiruvchilari 530 496 nafar (36,52 %).


✅ Ta’lim shakli bo‘yicha:

👉 Kunduzgi ta’lim shakli – 785 869 nafar;
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 631 274 nafar;
👉 Kechki ta’lim shakli – 35 646 nafar.

✅ Tillar kesimida:

👉 O‘zbek tili – 1 270 529 nafar;
👉 Rus tili – 135 810 nafar;
👉 Qoraqalpoq tili – 43 295 nafar;
👉 Boshqa tillar – 3 155 nafar.

✅ Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:

👉 Samarqand davlat universiteti –73 792 nafar;
👉 Qarshi davlat universiteti – 56 822 nafar;
👉 Andijon davlat universiteti – 56 629 nafar;
👉 Urganch davlat universiteti – 52 008 nafar;
👉 Termiz davlat universiteti - 50 660 nafar.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Diqqat eslatma!

2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanishiga 3️⃣ soat qoldi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​⚡️ Abituriyentlarni ro‘yxatga olish to'liq yakunlandi!

⚡️⚡️ 2020-2021-o‘quv yili uchun
oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga jami 1.5 millionga yaqin abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

👉 Ta'lim shakllari va yo'nalishlar bo'yicha abituriyentlar miqdori va abituriyentlar o'rtasida raqobat bilan batafsil tanishing: http://oliygoh.uz/abituriyent/abituriyentlarni-royxatga-olish-yakunlandi

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#Qabul2020
2020-2021-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlandi

2020-2021-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish rasman yakunlanganini ma’lum qilamiz.

Ro‘yxatga olish 20-iyundan 20-iyulga qadar barcha hududlarda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali, respublikamizning 8 ta tumanida esa Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirildi.

Ro‘yxatdan o‘tgan jami abituriyentlar 1 484 085 nafarni tashkil etdi.
Shundan, joriy yil bitiruvchilari 536 144 nafar (36,13 %).

✅ Ta’lim shakli bo‘yicha:

👉 Kunduzgi
ta’lim shakli – 798 608 nafar (53,81 %);
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 648 733 nafar (43,71 %);
👉 Kechki ta’lim shakli – 36 744 nafar (2,48 %).

✅ Tillar kesimida:

👉 O‘zbek tili – 1 297 445 nafar (87,42 %);
👉 Rus tili – 139 115 nafar (9,37 %);
👉 Qoraqalpoq tili – 44 279 nafar (2,98 %);
👉 Boshqa tillar – 3 246 nafar (0,22 %).
Ⓜ️ DTM

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️31 iyul, juma - Qurbon Hayitining birinchi kuni

Bu haqda O‘zbekiston musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Misr Arab Respublikasidagi “Dorul Ifto” fatvo hay’ati tomonidan hijriy 1441 yil Zulhijja oyining birinchi kuni milodiy yil hisob bo‘yicha 2020 yil 22 iyul kuniga to‘g‘ri kelayotgani e’lon qilindi. Shu munosabat bilan Saudiya Arabistonida haj ibodatini ado etayotganlar cheklangan adaddagi mahalliy ziyoratchilar 2020 yil 30 iyul, arafa kuni Arafot tog‘ida jam bo‘ladilar.

“2020 yil 31 iyul, juma kuni esa Zulhijja oyining 10-kuni bo‘lib, Islom olamidagi eng ulug‘ bayram Iydul-Azho – Qurbon hayitining birinchi kuni bo‘ladi, insha Alloh”, - deyiladi xabarda.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Abituriyentlar diqqatiga!

👨🏻‍💻 2020-yil 20-iyul
kuni 2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

✅ Ma’lumki, test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (111.500 so‘m) miqdorida to‘lovni amalga oshiradilar.

❕ Test sinovlari uchun to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

📣 Hozirda onlayn ro‘yxatdan o‘tgan, lekin to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlar mavjud bo‘lib, ular 21-iyul kuni soat 23:59 qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkinligini ma’lum qilamiz.
Ⓜ️ DTM

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Ro‘yxatga olish yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani

👨🏻‍💻 2020-yil 22-iyul kuni soat 11:00
da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida “2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlari: raqamli ma’lumotlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi.

✅ Matbuot anjumanida Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Rajabov Sardor Baxtiyorovich, bosh boshqarma boshlig‘i Rajabov Barno Jo‘raqulovich, boshqarma boshlig‘i Qo‘chqarov Diyorbek Ulug‘bekovich ishtirok etadi.

📣 Tadbirga barcha turdagi ommaviy axborot vositalari vakillarini taklif etamiz.
Ⓜ️ DTM

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
O‘zbekiston muhandis-maslahatchilar uyushmasi uchta OTM bilan memorandum imzoladi.

Toshkent Davlat texnika universiteti (TDTU), Toshkent arxitektura-qurilish instituti (TAQI) va Toshkent kimyo texnologiya instituti (TKTI) talabalarda kasbiy mahoratni oshirish va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish sohasida O‘zbekiston muhandis-maslahatchilar uyushmasi (O‘zMMU) bilan hamkorlik qiladi.

Toshkentda O‘zbekiston muhandis-maslahatchilar uyushmasi (O‘zMMU) va mamlakatning uchta oliy ta’lim muassasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlar imzolandi. Bu haqda uyushma «Gazeta.uz»ga xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, memorandumlarni imzolashdan asosiy maqsad O‘zMMU va Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Toshkent kimyo texnologiya instituti o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdir.

Tashkilotlar kasbiy mahoratni oshirish va talabalar uchun amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qiladi. Ular birgalikda konferensiyalar, forumlar, seminarlar va davra suhbatlari o‘tkazadilar, ma’ruzalar va master-klasslar o‘tkazish uchun mutaxassislarni jalb qiladilar.

O‘zbekiston muhandis-maslahatchilar uyushmasi 2018 yilda mamlakat Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan. Uyushma faoliyatiga muhandis-loyihachilar va boshqa mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha OTMlari va loyiha tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni muvofiqlashtirish kiradi. Shuningdek, O‘zMMU o‘quv dasturlariga loyihalash va qurilishda yangi yutuqlar va innovatsion yondashuvlarni kiritishga yordam beradi.

«Albatta, biz tushunib turibmiz, respublikada muhandislikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan, asosiy muammolardan biri, bu kadrlarning yetishmasligidir. Shu jumladan, murakkab texnik muammolarni ijodiy va professional ravishda hal qilishga qodir bo‘lganlar — bu muhandislardir. Uyushma muhandislik sohasida malakali kadrlar tayyorlashga, shu jumladan, muhandislik loyihalash, shuningdek mazkur sohada respublikada shakllangan mutaxassislar yetishmovchiligini to‘ldirish uchun loyihalarni boshqarishga alohida e’tibor qaratishda davom etadi», — dedi O‘zbekiston muhandis-maslahatchilar uyushmasi direktori Afzal Xolmatov.

Uyushma mazkur hamkorlik doirasida mamlakatdagi OTMlar va muhandislik xizmatlari bozori ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar maydonchasiga aylanadi. Jumladan, o‘quv dasturlarini tayyorlash, OTMlari o‘qituvchilarining malakasini oshirish, istiqbolli kadrlarni izlash va tanlash sohasida.
Ⓜ️ Gazeta.uz

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​​​ Diplom seriyasi va raqami chiqmagan bitiruvchilar nima qiladi?

Joriy yilda bakalavr bosqichini bitirganlar uchun diplom va uning ilovasini elektron variantda yuklab olish uchun https://diplom.edu.uz sayti ishga tushirilgan edi.

Ammo ko‘plab bitiruvchilar mazkur platformadan yuklab olgan diplomlarida seriya va raqam yo‘qligini, natijada esa magistraturaga hujjat topshira olmayotganini ta’kidlashmoqda. Sababi http://magistr.edu.uz platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tayotganda diplom seriyasi va raqamini ham kiritish kerak bo‘ladi.

Ushbu masalada Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakili bilan bog‘landim va uning ma’lum qilishicha, ushbu muammo o‘z yechimini topgan. Ya’ni joriy yilda o‘qishni tugatganlar magistratura uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tayotganda diplom seriya va raqamini kiritishi shart bo‘lmaydi, bu ma’lumot tizimda avtomatik ko‘rinadi. Ushbu yangilik faqat joriy yilda bitirganlarga taalluqli, avvalgi yillarda o‘qishni tugatganlar diplom seriyasi va raqamini o‘zi kiritishi kerak.

Shuningdek, ayrim OTMlar haqiqatdan barcha bitiruvchi talabalari uchun diplom seriya va raqamini bazaga kiritib chiqmagani, lekin bugun/erta ushbu jarayon to‘liq o‘z yakuniga yetishini ta’kidlashdi.

❗️Agar qaysidir bitiruvchiga diplomning asli kerak bo‘lib qolsa (masalan, xorijdagi OTMga hujjat topshirish uchun), unda buni OTMdan olishi mumkin, buning uchun ma’muriyatga murojaat qilishi kerak bo‘ladi.
Ⓜ️ Xushnudbek

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig'ining maslahatchisi Feruza Madrahimova Toshkent davlat pedagogika universiteti prorektori etib tayinlandi

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hayrli tong, do‘stlar. Boshlangan kuningiz quvonchga to‘la bo‘lsin!

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Rossiya Federasiyasining Novosibirsk shahrida tahsil olayotgan 200 ga yaqin o‘zbekistonlik talaba charter reys orqali olib kelindi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida talabalar sanitariya qoidalariga ko‘ra tekshiruvdan o‘tdi. Ularning yuklari ham tegishli tartibda dezinfeksiya qilindi.

Talabalar o‘rnatilgan tartibda karantinga olinadi. So‘ngra oilasi bag‘riga qaytadi.

Talabalar bundan avvalroq Bosh vazir Abdulla Aripovga O‘zbekistonga qaytarishni so‘rab murojaat qilishgan edi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul2020 #Live
Chet tili sertifikati

👨🏻‍💻 20-iyundan 20-iyulga qadar ro‘yxatdan o‘tish davomida abituriyentlar tomonidan 8 660 ta hujjat chet tili sertifikati sifatida dasturga kiritildi.

✅ Bularning barchasi Davlat test markazi tomonidan tekshirildi va 8 079 ta sertifikat o‘z tasdig‘ini topdi.

❗️ 581 ta sertifikat esa talabga javob bermasligi aniqlandi. Jumladan:

👉 200 ta sertifikatda tilni bilish darajasi B2 dan past ekanligi;
👉 117 ta sertifikat milliy yoki xalqaro imtihon tizimlaridan olinmaganligi (o‘quv markazlari tomonidan berilgan yoki xalqaro bo‘lmagan sertifikatlar);
👉 69 ta sertifikatda amal qilish muddati tugaganligi;
👉 7 ta holatda sertifikatlarning haqiqiy emasligi;
👉 9 tasida sertifikat boshqa shaxsga tegishli ekanligi;
👉 va boshqa holatlar aniqlandi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Barno Rajabov, DTM bosh boshqarma boshlig‘i:

❗️Test sinovlarini keyinga ko‘chirish bo‘yicha taklif berilgan. Karantin cheklovlari qachon bekor qilinsa, imtihon o‘shanda o‘tkaziladi. Agar 15 avgustda bekor qilinsa, 15 avgustdan keyin, 1 sentyabrda bekor kilinsa, 1 sentyabrdan keyin o‘tkaziladi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul2020
Eng ko‘p tanlangan oliy ta’lim muassasalari

Abituriyentlar tomonidan ro‘yxatdan o‘tishda 1-OTM sifatida eng ko‘p tanlangan OTMlar:

1️⃣ Samarqand davlat universiteti – 75 ming 325 nafar.

👉 Kunduzgi ta’lim shakli – 32 903 nafar;
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 38 042 nafar;
👉 Kechki ta’lim shakli – 4 380 nafar.

2️⃣ Qarshi davlat universiteti – 58 ming 118 nafar.

👉 Kunduzgi ta’lim shakli – 24 432 nafar;
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 33 686 nafar.

3️⃣ Andijon davlat universiteti – 57 ming 498 nafar.

👉 Kunduzgi ta’lim shakli – 28 387 nafar;
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 29 111 nafar.

4️⃣ Urganch davlat universiteti – 53 ming 255 nafar.

👉 Kunduzgi ta’lim shakli – 25 471 nafar;
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 27 784 nafar.

5️⃣ Termiz davlat universiteti – 51 ming 787 nafar.

👉 Kunduzgi ta’lim shakli – 26 397 nafar;
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 24 996 nafar;
👉 Kechki ta’lim shakli – 394 nafar.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#Qabul2020
Tanlov ko’rsatkichi eng yuqori bo’lgan oliy ta’lim muassasalari

Birinchi sifatida tanlangan ta’lim yo‘nalishiga nisbatan (1 o‘ringa):

👉 Andijon tibbiyot instituti – 27,81 ta;
👉 Toshkent davlat yuridik universiteti – 24,35 ta;
👉 Toshkent tibbiyot akademiyasi – 24,2 ta;
👉 Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali – 22,58 ta;
👉 Navoiy davlat konchilik instituti – 19,5 ta.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA