Talaba.uz | Ta'lim portali
5.48K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hayrli tong azizlar. Boshlangan kuninglar yaxshi xotiralarga boy oʻtsin.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Har yili "Domo" kompaniyasi internetda 1 daqiqada nimalar bo'layotganini aks ettirgan Data Never Sleeps infografikasini ishlab chiqadi. Bu yilgi ma'lumotlar juda boshqacha, masalan:

♻️ Facebookda 147 ming rasm yuklandi;
♻️ Instagramda 347 mingdan ortiq storieslar joylandi;
♻️ YouTubeda esa 500 soatlik video yuklandi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Шошилинч хабар!

Тошкент шаҳар бўйлаб "Нафас ол, Ўзбекистон" («Дыши Узбекистан») кўнгиллилар жамоаси одамларга беминнат хизмат қилмоқда.

Нафас олишга қийналаётган Тошкент шаҳарлик ҳамюртларимиз учун мутлақо бепул кислород концентраторларини уйларига етказиб берилади.

❗️Бемор яхши бўлгунга қадар, кислород балондан фойдаланишади.

✅ Эслатиб ўтамиз, хозирда бизда 5 литр ва бир нечта 10 литрли аппаратлар мавжуд.

☎️Қуйидаги рақамлар орқали биз билан боғланинг:

+998900360127 Камила

+998901898683 Aсмик

+998998201110 Фирдавс

Ҳозирча фақат Тошкент шаҳри бўйича ишламоқдамиз. Концентраторларнинг сони ошса, қамровни кенгайтириш имконига эга бўлар эдик.

Каналимиз: @phenomenon_uz
Ҳомийимиз: @ezguamaluzb

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Kimyo va biologiya fanlarini rivojlantirish bo‘yicha qaror

«Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra:

👉 respublikaning har bir hududida bosqichma-bosqich kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan 14 ta tayanch maktablari tashkil etiladi;

👉 tuman (shahar)larda bosqichma-bosqich kimyo va biologiya fanlarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan 150 ta maktablar tashkil etiladi;

👉 ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilingan kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchilari hamda rahbar kadrlarining ustama haqi miqdori 2021-yil 1-yanvardan boshlab 50 %gacha oshiriladi;

👉 Davlat test markazi 2021-yil 1-fevralga qadar kimyo va biologiya fanlaridan bilimlarni baholash bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimini joriy qiladi. Milliy sertifikatga ega o‘quvchilar davlat OTMiga o‘qishga kirishda kimyo yoki biologiya fanidan test topshirishdan ozod etiladi hamda ularga maksimal ball beriladi;

👉 2021-yildan boshlab har 2 yilda bir marotaba OTM talabalari orasida kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro fan olimpiadalari o‘tkaziladi;

👉 mazkur olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan talabalarga bir martalik mukofot taqdim etiladi hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha magistraturaga davlat granti asosida imtihonsiz o‘qishga kirish huquqi beriladi;

👉 OTMlarning kimyo va biologiya yo‘nalishlari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadasi g‘oliblari hamda kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlari magistraturaga tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qishga ajratilgan kvota doirasida davlat grantlari asosida imtihonsiz qabul qilinadi;

👉 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab kimyo va biologiya yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlayotgan barcha OTMlar umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida ko‘p bosqichli (tuman (shahar) – viloyat – oliy ta’lim muassasasi) kimyo va biologiya fani bo‘yicha o‘zining olimpiadasini o‘tkazadi va 1-3 o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarni OTM mablag‘lari hisobidan imtihonsiz o‘qishga qabul qilish tartibi joriy etiladi;

👉 Olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan professor-o‘qituvchilarni rag‘batlantirish maqsadida 2021-yildan ularga bir marotaba oylik maoshining 100 % miqdorida haq to‘lash, shuningdek kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha talabalar uchun to‘garaklar olib borayotgan professor-o‘qituvchilarga o‘quv yili davomida OTM budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan oylik maoshlariga 25 % miqdorida ustama haq belgilash tartibi joriy etiladi;

👉 OTMlarning kimyo va biologiya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtiyozli diplomga ega bo‘lgan bitiruvchilari mazkur muassasalarning magistratura mutaxassisligiga qo‘shimcha imtihonlarsiz to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi;

👉 OTMlarning kimyo va biologiya mutaxassisligini a’lo baholar bilan tamomlagan magistrlarni tayanch doktoranturasiga imtihonlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilish tartibi joriy qilinadi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
✅ Toshkent pediatriya tibbiyot institutininng 2020/2021 o‘quv yili qabuli uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida qabul ko‘rsatkichlari tasdiqlandi ⬆️
#DoubleDegree

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️Uzoqda yashaydigan abituriyentlarni stadionlarga eltib qo‘yish uchun avtobuslar ajratilishi mumkin

Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Davlat test markazi axborot xizmati rahbari Orziqul Boboyev ma’lum qildi.

SAVOL: Kirish imtihonlari barvaqt bo‘lsa, kamiga biz viloyat markaziga uzoqdan boramiz. Abituriyentlarni olib borib-olib kelish uchun avtobuslar yo‘lga qo‘yilsa bo‘lmaydimi? Taksilar ham qimmatlaydi o‘sha kuni...

🚌 JAVOB: Tegishli vazirlik va tashkilotlar tomonidan test sinovi o‘tkaziladigan ob’yektlardan uzoqda joylashgan tumanlardan abituriyentlarni olib kelish va joyiga yetkazish bo‘yicha jamoatchilik transporti qatnovlarini yo‘lga qo‘yish ustida ish olib borilmoqda.


🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Abiturent_2020

⚡️ Rasman test sinovlari uchun 3 soat vaqt ajratiladi


O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2-son bayoni tasdiqlandi.

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari markaziy stadionlarda, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi.

Bunda, har 30 ta test topshirig‘ini yechish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) 90 daqiqa vaqt ajratiladi (60 ta test topshirig‘iga jami 180 daqiqa).

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul2020
Chet tilidan ko’p balli tizim bo’yicha imtihonlar o’rniga test sinovlari o’tkaziladi

✅ Davlat komissiyasining 2-son bayoniga muvofiq:

Pandemiya sharoitida abituriyentlar sog’lig’iga xavf-xatarning oldini olish hamda ularga qulay sharoit yaratish maqsadida 2020-2021-o’quv yili qabulida istisno tariqasida respublikadagi barcha davlat oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilishda ingliz, nemis va fransuz tillari kabi boshqa chet tillaridan ham ko’p balli tizim bo’yicha imtihonlar o’rniga test sinovlari o’tkaziladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​✅ Davlat komissiyasining 2-son bayoniga muvofiq:

Pandemiya sharoitida abituriyentlar sog’lig’iga xavf-xatarning oldini olish hamda ularga qulay sharoit yaratish maqsadida 2020-2021-o’quv yili qabulida istisno tariqasida:

👉 Test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o’tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar test sinovlari bilan almashtiriladi.

👉 Test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o’tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga kirish imtihonlari to’liq test sinovlari orqali amalga oshirilishini inobatga olib, faqat mazkur ta’lim yo’nalishlariga o’qishga kirish uchun ro’yxatdan o’tgan abituriyentlarga test topshiradigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo’lgan qo’shimcha 4 tagacha bakalavriat ta’lim yo’nalishlarini 2020-yil 16-avgustga (16-avgust kuni ham) qadar tanlash huquqi beriladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul2020
To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar uchun imkoniyat

👨🏻‍💻 Ma’lumki, 2020-yil 20-iyul kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

📋 Ro‘yxatga olish yakunlangandan so‘ng, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan, ammo test sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lovni to‘liq amalga oshirmagan abituriyentlar tomonidan ko‘plab murojaatlar kelib tushdi.

✅ Davlat komissiyasining 2-son bayoniga muvofiq:

2020-2021-o‘quv yili qabulida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan, ammo test sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlarga 2020-yil 16-avgustga qadar to‘lovni amalga oshirish uchun imkoniyat yaratilmoqda.

🔖 Ya’ni, test sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmagan abituriyentlar 2020-yil 16-avgustga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

❕ Ma’lumot uchun, ro‘yxatga olish yakunlari bo‘yicha jami 1 484 085 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. Bunda to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ham hisobga olingan.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul2020
IELTS Indicator istisno tariqasida tan olinadi

✅ Davlat komissiyasining 2-son bayoniga muvofiq:

Pandemiya sharoitida chet tilini bilish darajasini aniqlash bo’yicha test sinovlari o’tkazilmaganligini inobatga olib, 2020-2021-o’quv yili qabuli uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga o’qishga qabul qilishda IELTS Indicator B2 va undan yuqori darajasiga ega bo’lgan abituriyentlarga istisno tariqasida chet tili fanidan maksimal ball beriladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul2020
Oliy harbiy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan, ammo belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan nomzodlar diqqatiga!

✅ Davlat komissiyasining 2-son bayoniga muvofiq:

👉 Oliy harbiy ta’lim muassasalari qabul komissiyasining dastlabki tanlash bosqichida ijobiy baholangan, Davlat test markazining bazasiga kiritilgan, ammo kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tmagan talabgorlar 2020-2021-o‘quv yili qabulida test sinovlarida ishtirok etishini ta’minlash maqsadida 2020-yil 16-avgustga qadar (16-avgust kuni ham) oliy harbiy ta’lim muassasasi va mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

👉 Tizimida oliy harbiy ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirlik va idoralar rahbarlari dastlabki tanlash bosqichida ijobiy baholangan, ammo kirish test sinovlarida ishtirok etish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmagan talabgorlarga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash va onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun operativ tarzda xabar yetkazilishini ta’minlaydi.

👉 Bunda, avvalgi o‘quv yillarida ta’lim muassasalarini tugatgan talabgorlar kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun belgilangan to‘lovni amalga oshiradi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul2020
So‘x tumani uchun qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti

✅ Davlat komissiyasining 2-son bayoniga muvofiq:

2020-2021-o‘quv yilida Farg‘ona viloyati So‘x tumani uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan qabul parametrlariga nisbatan qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
👍1
#Qabul2020
Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialining qabul parametrlari

✅ Davlat komissiyasining 2-son bayoniga muvofiq:

Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialiga 2020-2021-o‘quv yilida “5240100-Yurisprudensiya (huquqbuzarlik profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlarining o‘qitish tillari kesimida taqsimoti tasdiqlandi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul2020
Imtiyozli qabul parametrlari

✅ Davlat komissiyasining 2-son bayoniga muvofiq:

2020-2021-o‘quv yilida Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialiga belgilangan imtiyozli qabul parametrlari tasdiqlandi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tavsiya

⚡️Sabr va harakat - bu insonni doim o'z oldiga qo'ygan maqsadlari tomon ruhlantiruvchi xislatlardir.

🚀Qahramonimiz Xayrullo Ruhiddinov biz cheklangan deb o'ylaydigan imkoniyatlarning aslida cheksiz ekanini isbotlay olgan insonlardan biri. O'zekistonda ko'zi ojizlar ichida IELTS'dan 6 baho olgan yagona yosh.
Ⓜ️ Modul 5

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
☝️🌙🌹JUMA MUBORAK!

🌺 Aytmoq istab sizga gaplarim.
🌺 Tentirayman parishon xalak.
🌺 Ikki dunyo orasin ochgan.
🌺 Aziz do‘stim JUMA MUBORAK.

🌸 Pok qalb ila jaynamoz oling.
🌸 Shaydo bo‘lsin minglarcha malak.
🌸 Ko‘zlaringiz iymonga boydir.
🌸 Aziz do‘stim JUMA MUBORAK.

🌹 Sochlariga oq tushgan Onam.
🌹 Otam uchun so‘rayman tilak.
🌹 Akam ~ ukam Opa ~ singillar.
🌹 Aziz do‘stim JUMA MUBORAK.

🍃 Musofirlar taqdiri ba’zan.
🍃 Osmon uzra yoymoqda falak.
🍃 Musofirlar guruxdoshlarim.
🍃 Aziz do‘stim JUMA MUBORAK.

🍀 Keling bugun bir dardlashaylik.
🍀 Duo qiling tolguncha bilak.
🍀 Eng go‘zal kun sayyidul ayyom.
🍀 Aziz do‘stim JUMA MUBORAK.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚠️O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2-son bayoni qaroriga muvofiq:

❗️ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining taklifiga ko‘ra 2020/2021 o‘quv yili qabulida respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriati va magistraturasiga o‘qishga kirishda xorijiy fuqarolarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish va o‘qishga qabul qilishni onlayn suhbat orqali amalga oshirishga ruxsat berildi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
❗️O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2-son bayoni qaroriga muvofiq:

♻️ 2020/2021 o‘quv yiliga respublika oliy ta’lim muassasalariga ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish uchun fuqarolarni abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish muddati istisno tariqasida 2020 yil 14 avgustdan 31 avgustgacha (31 avgust kuni ham) etib belgilandi.

⚠️ Ikkinchi oliy ta’lim bo‘yicha KIRISH SINOVLARI sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy amal qilgan holda belgilangan tartibga muvofiq oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan o‘tkaziladi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Tezkor #Muhim_xabar

📌 Talabalar kontrakti 10%ga arzonlashtiriladi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
BAYONOTI


Oliy va o‘rta ma’lim vazirligi jamoatchilik tomonidan pandemiya sharoitida oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish narxlarini optimallashtirish borasida bildirilgan ko‘plab murojaatlarni hisobga olib, ularni ijobiy hal qilish maqsadida Moliya vazirligi bilan birgalikda oliy ta’lim muassasalarida mavjud barcha resurslarni safarbar etish hisobiga qator takliflarni ishlab chiqdi.

Pandemiya sharoitida aholining to‘lov qobiliyati pasayishini hisobga olib, bugungi kunda belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘qitishning minimal xarajatlarini qoplay olmayotganligiga qaramasdan, farzandi to‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan oilalarga yengillik yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi 2020/2021 o‘quv yilida amaldagi bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori uchun kunduzgi shaklda o‘qiydigan barcha talabalarga 10 foiz chegirma beriladi.

Talabalarni qo‘llab-quvvatlash ushbu chegirma bilan to‘xtab qolmaydi.

Shu bilan bir qatorda, oliy ta’lim muassasalari tomonidan yetim, chin yetim, nogiron bo‘lgan talabalarga hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj, “temir daftar” ro‘yxatidagi oilalar farzandlari bo‘lgan talabalarga kontrakt to‘lovlarini qoplash uchun manzilli moddiy yordam ko‘rsatiladi. Bunda oliy ta’lim muassasalari mavjud mablag‘lari hisobidan talabalarning ijtimoiy holatidan kelib chiqib, 4,0 mln. so‘mgacha moliyaviy yordam ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qiyotgan 4 ming nafardan ziyod talabaga shartnoma miqdorining 35 foizini to‘lash orqali moddiy yordam ko‘rsatiladi. Ushbu moddiy yordam bir talabaga bir yilda 2,4 mln.so‘mdan 3,4 mln.so‘mgacha miqdorni tashkil etadi.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish (o‘zining, yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun to‘lovlarga yo‘naltiriladigan, soliq solinishi lozim bo‘lgan ish haqi va boshqa daromadlari daromad solig‘idan ozod qilingan bo‘lib, bunda bir nafar talaba uchun kontrakt to‘lagan oilaga bir yilda 770 ming so‘mdan 1 mln. 177 ming so‘mgacha mablag‘ daromad solig‘idan imtiyoz shaklida qaytadi.

To‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan talabalarga shartnoma shartlarini bajarishda beriladigan chegirmalar hisobiga davlat byudjetiga ortiqcha yuk tushmasligi uchun oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga tegishli xarajatlar normativlari qayta ko‘rib chiqiladi hamda ularda qo‘shimcha ta’lim xizmatlarni ko‘rsatish hisobiga byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilish orqali chegirma xarajatlarini qoplash choralari ko‘riladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan sohada olib borilayotgan barcha sa’y-harakatlar, avvalo, talaba-yoshlarga zamonaviy ilmlarni egallashlari uchun qulay shart-sharoit va ijodiy muhitni yaratish hamda sifatli ta’limni ta’minlab berishga qaratilgan. Shunday ekan, vazirlik talabalarni har qanday sharoitda ham asosiy maqsaddan chalg‘imaslik va o‘z sohasida yetuk mutaxassis bo‘lib yetishish uchun tinimsiz izlanishdan to‘xtamaslikka chaqiradi.

©Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA