Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❓O‘quvchilarning maktabda olgan baholari OTMga kirish imtihonlarida inobatga olinsa, bu maktablarda korrupsiya holatlarining avj olishiga sabab bo‘lmaydimi?

📹 Sherzod Shermatov, Xalq ta’limi vaziri

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​Milliy reytingda kuchli uchlikka kirgan OTMlarga akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi

O‘zbekistondagi Milliy reytingning kuchli uchligiga kirgan oliy ta’lim muassasalariga akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi. Bu haqda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Toshkenboyev AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Ulug‘bek Toshkenboyevning so‘zlariga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingida so‘nggi 5 yil davomida doimiy ravishda birinchi 3 ta o‘rindan birini egallagan OTMlarga oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash bo‘yicha akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi.

Akademik va moliyaviy mustaqillikni belgilashda esa xalqaro ta’rif va standartlarga asoslaniladi, ya’ni mustaqillik mezonlari Yevropa universitetlari assotsiatsiyasi standartlariga muvofiq qabul qilinishi belgilanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ilk marta OTMlar reytingi 2018-yilda tuzilgandi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi oktabr o‘rtalarida 2020-yil bo‘yicha OTMlarning milliy reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra,  gumanitar va iqtisodiy sohada O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent moliya instituti, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti yetakchi o‘rinlarni egallagan.

Talaba.uz official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Har bir hududda kamida bittadan nodavlat OTM ochiladi

2021 yil 1 sentyabrga qadar har bir hududda kamida bittadan nodavlat oliy ta’lim tashkiloti tashkil qilinadi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov ma’lum qildi.

✅ Ta’kidlanishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan mazkur yangilik oliy ta’lim sohasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingida so‘nggi 5 yil davomida doimiy ravishda birinchi 3 ta o‘rindan birini egallagan OTMlarga oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash bo‘yicha akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi.
 
Talaba.uz official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 Ҳарбий тавсияномага эга абитуриентлар масаласи ижобий ҳал этилди

Жорий йилда ҳарбий қисм қўмондонлиги тавсияномасига эга жами 13107 нафар абитуриент олий таълим муассасаларининг бакалавриат таълим йўналишларига ўқишга кириш учун рўйхатдан ўтган бўлиб, масъул ваколатли органлар томонидан дастлабки текшириш натижаларига кўра, 1828 нафар абитуриентнинг ҳарбий қисм қўмондонлиги тавсияномаси тасдиқланмаган эди.

Масъул ваколатли органлар ҳамда тегишли вазирлик ва идоралар билан қайта текшириш натижаларига кўра, 1828 нафар абитуриентдан 1516 нафари ҳарбий қисм қўмондонлиги тавсияномасига эга эканлиги, 172 нафари сафарбарлик чақирув резервида хизмат қилганлиги, 85 нафари ҳарбий хизматни ўтамаганлиги ва 55 нафари муддатли ҳарбий хизматни ўтаганлиги, лекин ҳарбий қисм қўмондонлиги тавсияномасига эга эмаслиги аниқланди.

Давлат тест маркази томонидан тавсияномаси тасдиқланган абитуриентларнинг тест синовида тўплаган баллари асосида танлов натижалари (ҳар бир таълим шакли ва олий таълим муассасаси кесимида) ҳисобланганда 1516 нафар абитуриентдан 128 нафари давлат грантига, 478 нафари тўлов-контрактга ўтиш балларига тенг ёки ундан юқори (рўйхатдан ўтишда танланган 1-олий таълим муассасасида имтиёз доирасида ўтиш балига нисбатан) балл тўплаганлиги маълум бўлди.

Ушбу масала Ўзбекистон Республикаси таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш бўйича Давлат комиссиясининг навбатдаги мажлисида кўриб чиқилиб, тегишли вазирлик ва идоралар билан келишилган ҳолда абитуриентларнинг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш мақсадида Давлат комиссиясининг 6-сон баёни билан мазкур абитуриентларнинг 128 нафари давлат гранти асосида, 478 нафари эса тўлов-контракт асосида талабаликка тавсия этилди.

Ҳозирда талабаликка тавсия этилган абитуриентларнинг қайдномаси олий таълим муассасаларига тақдим этилмоқда.

Талабаликка тавсия этилган абитуриентлар ўз натижаларини шахсий кабинетлари (abitur.dtm.uz) орқали кўришлари мумкин.

Talaba.uz official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#DIQQAT_RASMAN

Tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida an’anaviy ta’limga o‘tishga ruxsat berildi

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi davrida tibbiyot xodimlariga talab yuqoriligini inobatga olib, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida o‘qish jarayonlarini qisman an’anaviy shaklga o‘tkazishga ruxsat berildi.

✅ Shunga ko‘ra, oktyabr oyidan:

➖ Toshkent tibbiyot akademiyasi va uning filiallari,
➖ Toshkent tibbiyot pediatriya instituti,
➖ Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti,
➖ Toshkent farmasevtika instituti,
➖ Toshkent davlat stomatologiya instituti,
➖ Andijon davlat tibbiyot instituti,
➖ Buxoro davlat tibbiyot instituti,
➖ Samarqand tibbiyot institutining bakalavriat yo‘nalishini bitiruvchi bosqich talabalari hamda magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) talabalari uchun an’anaviy shaklda o‘qishlar boshlanmoqda.

Talaba.uz official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Kelgusi yilgi kirish imtihonlari qanday bo‘ladi?

Kelgusi yilda 5 ta fandan test bo‘lishi aniq, bu Prezident qarorida belgilangan. (Bu yilgi pandemiya istisnosi sabab bekor qilindi degani, har yili shunday bo‘ladi degani emas.)

Majburiy fanlar bloki:

👉Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;

👉Matematika - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;

👉O‘zbekiston tarixi - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 94.5 ball.
Ona tili va O‘zbekiston tarixi fanidan xar bir savolga 1 daqiqagacha, matematikadan - 1,5 daqiqagacha vaqt ajratiladi.

Ta’lim yo‘nalishiga mos asosiy blokdagi fanlar (yo‘nalishiga qarab o‘zgaradi):

➡️1-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan;

➡️2-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 186 ball.
Asosiy blokdagi 2 ta fan uchun jami 2 soat vaqt beriladi.

Eng maksimal ball 280,5 ball bo‘ladi;

Talaba.uz official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
Kelgusi yilgi kirish imtihonlari qanday bo‘ladi? Kelgusi yilda 5 ta fandan test bo‘lishi aniq, bu Prezident qarorida belgilangan. (Bu yilgi pandemiya istisnosi sabab bekor qilindi degani, har yili shunday bo‘ladi degani emas.) Majburiy fanlar bloki: 👉Ona…
❗️Diqqat qiling!

Ayrim yo‘nalishlarda majburiy blokdagi fan bilan maxsus blokdagi fan bir xil bo‘lib qolishi mumkin. Masalan, matematika yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyent majburiy blokda ham, mutaxassislik blokida ham matematika fanidan test ishlaydi. Bu ikkalasining asosiy farqi —majburiy blokdagi savollarning barchasi soddalashtirilgan, eng oson darajada bo‘ladi, mutaxassislik blokidagi savollar esa turli murakkablikda (oson, o‘rtacha, qiyin) bo‘ladi;

5 ta fandan test bo‘lishga oid tartib, faqat davlat OTMlariga taalluqli. Shu paytgacha bo‘lgani kabi bu yangi tartib harbiy, diniy, xususiy, nodavlat va xorijiy OTMlarga aloqador emas.

🔖3 ta majburiy fan magistratura uchun taalluqli emas.

🔖3+2 ko‘rinishdagi ushbu tartib. bakalavriatning barcha ta’lim shakllari (kunduzgi, sirtqi, kechki) uchun birdek qo‘llanadi;

Majburiy blokda ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) fanidan tushadigan 15 ta savol ichida Adabiyot fanidan test savollari bo‘lmaydi.

Talaba.uz official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Tojikistonda o‘qiyotgan yurtdoshlarimiz diqqatiga:

Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, Tojikistonning koronavirusga qarshi kurashish Respublika shtabi tomonidan o‘qishini davom ettirish maqsadida chet el fuqarolariga mazkur davlatga kirishga ruxsat berilgan.

✅ Shu bilan birga, xorijiy fuqarolar sanitar-epidemiologik qoidalarga amal qilishlari va ularda koronavirus mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (Tojikistonga kirib kelishdan oldin 96 soat oldin (4 sutka) PSR metodi bilan olingan test natijalari) bo‘lishi talab etilmoqda.

Ⓜ️ Tashqi ishlar vazirligi

Talaba.uz official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
O‘qishni boshlash bo‘yicha qaror qabul qilish vakolati OTMning o‘zida qoldirilishi mumkin

2020-2021 o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura bosqichida o‘qishni onlayn yoki an'anaviy tarzda boshlash bo‘yicha qaror qabul qilish vakolati oliy ta'lim muassasalarining o‘zida qoldirilishi mumkin. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligidagi manbaga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

«Hozirgi vaziyat mutasaddilardan o‘ta ehtiyotkorlikni talab qiladi. Avvalo qabul qilinadigan qaror qanday natijalarni keltirib chiqarishini turli talqinlarda ko‘rib chiqish kerak. Hozir o‘ylamasdan qaror qabul qilib yuborilsa-yu, bu odamlar orasida kasallik ko‘payib ketishiga olib kelsa, keyin buni hech kim to‘xtata olmaydi.

Umuman, oliy ta'lim sohasini maktabgacha ta'lim yoki umumiy o‘rta ta'lim tizimi bilan solishtirib bo‘lmaydi. Bizda vaziyat xavfliroq.

Bilishimcha, bakalavriat va magistratura bosqichida o‘qishni onlayn yoki an'anaviy tarzda boshlash bo‘yicha qaror qabul qilish vakolati oliy ta'lim muassasalarining o‘zida qoldirilishi ham mumkin. Bunda OTM qaysi ta'lim yo‘nalishida o‘qishni onlayn davom ettirish yoki an'anaviy tarzda boshlash qarorini qabul qiladi. Masalan, talabalarga tarix fani bo‘yicha mavzularni masofaviy ham o‘qitsa bo‘ladi yoki tibbiyot yo‘nalishida an'anaviyga qaytish kerak, degandek.

Ikkinchidan, ota-onalar va talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari ham tayyor bo‘lgan. Ko‘rgan bo‘lsangiz, u yerda ishtirokchilar an'anaviy darslarni ko‘proq xohlashyapti. Bu borada shu hafta yakuniy qaror qabul qilinadi»
, dedi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi vakili.

Vazirlik axborot xizmati xodimi Bahriddin Shayvaliyev esa 2 noyabrdan boshlab barcha oliy ta'lim muassasalarida an'anaviy darslar boshlanishi bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.

«O‘qishni qaysi shaklda boshlash bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma o‘z yakuniga yetdi va yakuniy qaror tez orada e'lon qilinadi.

Oliy ta'lim muassasalarida 2 noyabrdan boshlab an'anaviy darslar boshlanishi bo‘yicha tarqalayotgan xabarlar rasmiy asosga ega emas.

Qanday qaror qabul qilinganda ham talabalarga tayyorgarlik uchun ma'lum vaqt beriladi»,
– dedi u.
Ⓜ️ Kun.uz

Talaba.uz official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#DIQQAT

Oliy ta’lim muassasalarida 2- noyabrdan boshlab an’anaviy darslar boshlanishi bo‘yicha tarqalayotgan xabarlar rasmiy asosga ega emas...

Talaba.uz official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Harbiy tavsiyanomasi tasdiqlangan abituriyentlar tanlovi qanday o‘tkazildi?!

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 6-son bayoni bilan tavsiyanomasi tasdiqlangan 606 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.

Mazkur abituriyentlarning tanlov natijalarini hisoblashda abituriyent ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan 1-oliy ta’lim muassasasidagi imtiyoz doirasida o‘tish bali asos qilib olindi.

Misol uchun, Samarqand davlat universitetining kunduzgi ta’lim shaklida harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega abituriyentlar uchun:

👉 davlat granti asosida o‘tish bali – 86,1 ballni;

👉 to‘lov-kontrakt asosida o‘tish bali – 56,7 ballni tashkil etgan.

Agar abituriyent 86,1 yoki undan yuqori ball to‘plagan bo‘lsa, davlat granti asosida, 56,7 yoki undan yuqori ball to‘plagan bo‘lsa, to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etildi. 56,7 balldan kam ball to‘plaganlar esa talabalikka tavsiya etilmadi (quyida keltirilgan rasmga qarang).

Huddi shunday barcha abituriyentlarning tanlov natijalari o‘zlari tanlagan ta’lim shakli bo‘yicha birinchi oliy ta’lim muassasasi kesimida ko‘rib chiqilgan.

Buning natijasida Davlat komissiyasining 6-son bayoni bilan 128 nafar abituriyent davlat granti asosida, 478 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etildi.

Bunda oldin talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning ham huquqlari saqlanib qolingan bo‘lib, Davlat komissiyasining 6-son bayoni bilan talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun qo‘shimcha qabul parametrlari ajratildi.
Ⓜ️ Davlat test markazi

Talaba.uz official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Hukumat qarori (655-son, 27.10.2020 y)ga muvofiq, 2021 yil 1 martga qadar transformatsiya qilish uchun 5 ta OTM ochiq tanlov asosida saralab olinadi.

🏢 2021/2022 o‘quv yilidan tajriba-sinov tariqasida transformatsiya qilinadigan oliy taʼlim muassasalarida:

👉 bakalavriat va magistratura uchun to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari ularning o‘zlari tomonidan belgilanadi;

👉 bakalavriatga kirish imtihonlari mustaqil o‘tkaziladi;

👉 taʼlim jarayoniga hamkor sifatida biriktirilgan nufuzli xorijiy OTM professor-o‘qituvchilari jalb qilinadi.

Talaba.uz official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​​​TDYUning xorijdagi ilk fakulteti ochildi

Toshkent davlat yuridik universiteti va Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti o‘rtasida qo‘shma fakultetni tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda ikki oliy ta’lim muassasasi rahbariyati, mas’ul xodimlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

ZOOM platformasi orqali bo‘lib o‘tgan tadbirda oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilanganidek, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini Markaziy Osiyoda xalqaro ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi «xab»ga aylantirish, mamlakatimizga xorijiy talabalar va investisiyalarni jalb etish, TDYUning xalqaro reytinglarga kirishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan mazkur fakultet universitetning xorijdagi ilk fakulteti ekani qayd etildi.

Qo‘shma fakultetda nafaqat Tojikiston Respublikasi, balki boshqa xorijiy mamlakatlarning fuqarolari ham o‘qishi mumkin. O‘qish xalqaro standartlarga muvofiq ingliz va rus tillarida olib boriladi.

Fakultetda kadrlar tayyorlash «bakalavriat» bosqichida «3+1» va «magistratura» mutaxassisliklarida «1+1» ikki tomonlama diplom dastur doirasida amalga oshiriladi va bitiruvchi talabalar Toshkent davlat yuridik universiteti va Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti diplomlarini qo‘lga kiritadi.

Ma’lumot uchun, Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti Xo‘jand shahrida joylashgan bo‘lib, 6 ta fakultet, 3 ta o‘quv korpusi va 11 ta o‘quv laboratoriyalarini o‘z ichiga oladi. Universitetda 388 nafar professor-o‘qituvchi, jumladan, 148 nafar fan nomzodi va doktori faoliyat yuritadi.

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​❓ Super-kontrakt uchun ta’lim krediti olsa bo‘ladimi?

✅ Ta’lim krediti berishga oid qonun hujjatlari qabul qilingan paytda hali qo‘shimcha kontrakt degan narsa yo‘q edi. Shu sababli bu masala normativ hujjatlarda aniq ko‘rsatilmagan.

Vazirlar Mahkamasining
2001 yil 26 iyuldagi 318-son qaroriga ko‘ra, ta’lim kreditlari tijorat banklari tomonidan OTMlarning kunduzgi bo‘limlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalarning o‘qishi uchun berilishi mumkin.

Bu yerda muhim joyi - «qabul qilingan» so‘zi. Qo‘shimcha kontraktda avval 100% lik to‘lov amalga oshiriladi, undan keyin oktyabr oylariga borib o‘sha abituriyentlarni qabul qilish haqida qaror chiqadi. Toki to‘lovni amalga oshirmaguncha ular talabalikka qabul qilingan hisoblanmaydi.

Shunga ko‘ra, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berish amaldagi qonunchilikda belgilanmagan.

Agar mabodo bo‘lgan taqdirda ham, banklar baribir bermasdi, menimcha. Chunki ta’lim krediti qayta moliyalash stavkasi bo‘yicha, ya’ni yillik 14% ga beriladi. Bu degani ta’lim kreditlari banklar uchun «nevigodno».

Shuningdek, ta’lim krediti uchun alohida katta resurslar ham ajratilmaydi, bunday sharoitda banklar bir necha yuz millionlab mablag‘ini 14% lik kreditga ajratishni xohlamasdi albatta.

Yuqoridagilarni inobatga olib, banklardan super-kontrakt uchun kredit olish amalda ushalmas orzu.

O‘zi 8 mln so‘mlik kontraktga kredit ololmay xalq sarson bo‘ladiku, 200 mlnga yo‘l bo‘lsin.

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Soha_islohotlari

Yangi Davr

Oʻzbekistondagi 5 ta oliy taʼlim muassasasi xorijiy OTMlar bilan transformatsiya qilish uchun ochiq tanlov asosida saralab olinadi.


Batafsil ma'lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 TIQXMMIda 2-noyabrdan boshlab bitiruvchi kurslarga an'anaviy darslar majburiy bo'ladi

Yaqinda OTMda rektorlar tomonidan tuzilgan komissiya darslar qachon boshlanishi va qanday boshlanishi to'g'risida qarorni o'zlari mustaqil qabul qilishi haqida yozgan edik.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining bakalavr va magistr bitiruvchi kurslariga an'anaviy darslar 2-noyabrdan majburiy etib belgilanibdi.

Obunachilarimizdan shikoyatlar kelmoqda. Ularning aytishicha an'anaviy ta'lim ixtiyoriy bo'lishi kerak. Mantiqan olib qaralsa ham pandemiya sharoitida majburlab o'qishga chaqirtirish xato. Buni nafaqat irrigatsiya balki, boshqa OTMlar ham tushunib yetishi kerak.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi an'anaviy darslarga majburlab chaqirish holatlarini nazoratga olishini so'rab qolamiz.

Talabalarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Vodiy viloyatlari dasturchilari uchun xakaton tashkil etilmoqda
16-21 noyabr kunlari Farg‘ona vodiysida

Hackathon4UnlimitedEducation nomli birinchi xakaton o‘tkaziladi.

Xakatonni BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi, Yosh tadbirkor, Yoshlar ishlari agentligi hamda IT park hamkorligida tashkil etilmoqda.

Ma'lum qilinishicha, tadbir davomida ishtirokchilar O‘zbekistonning eng ilg‘or IT mentorlaridan ta'lim olish, o‘z jamoasi bilan final bosqichida IT yechim yaratib, noutbuklar, bepul ofis, professional dasturchi shartnomasi va yana bir qator yutuqlar egasi bo‘lishi mumkin.

Xakaton yo‘nalishlari:

Zo‘ravonlikning oldini olish;
Korrupsiyaga qarshi kurashish;
Yoshlar bandligi.

Xakatonda qatnashishni istovchilar jamoa to‘plagan holda (maksimum – 4 kishi), quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Uchta viloyatdan 20 nafardan (4 kishidan iborat 5tadan jamoa) – jami 60 nafar ishtirokchi qatnashadi. Jamoalar tarkibi jinslar bo‘yicha mutanosib bo‘lishi kutilmoqda.

Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish 6 noyabr soat 23:59ga qadar davom etadi. Batafsil ma'lumotni ushbu havola orqali olish mumkin.

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Azizlar, sizlarga bir narsani ma'lum qilmoqchimiz hamda bunga yordam so'ramoqchimiz!
O'zbekiston Milliy universiteti 3-kurs talabasining uyi yonib ketibdi. Hozirda qiyin ahvolda bo'lganligi sababli talabalar birlashib yordam bermoqchimiz!


Siz ham bunga o'z hissangizni qo'shing, hammamiz talabamiz-ku! Talabani talaba tushunadi-ku! Yordamingizni ayamaysiz degan umiddamiz!

Biz bu talabamizni taniymiz. Fakultetining eng alochi talabalaridan hisoblanadi. Bu talabamizga O'zbekiston Milliy Universiteti rektori A.R Marahimovdan ham amaliy yordam berishlarini iltimos qilib so'raymiz!

Savollaringiz bo'lsa adminga murojat qiling

Karta raqam: 8600060983621526

Malumot uchun: +998993939817

P.s: Ishonmayotganlar bemalol murojaat qilishlari mumkin, shaxsan admin tomonidan tekshirib o'rganilgan. Moddiy tomonlama yordam berolmasangiz, shunchaki ushbu xabarni tarqatishda amaliy yordam berishingizni so'raymiz!!!
Juma kunida shunday bir soat bor-ki, unda duolar albatta ijobat bo'lajak.
Balki, o'sha soat hozirdir...

Juma muborak azizlarim! 😊

Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad 📿

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❓Super-kontrakt summasini qachongacha to‘lash kerak?

Davlat qabul komissiyasi qaroriga binoan, 2020/2021 o‘quv yili uchun super-kontrakt miqdorlarini ikkiga bo‘lib to‘lash mumkin.

Bunda:

➖ o‘quv yilining birinchi yarmi uchun kamida 50%i 2020 yilning 1 dekabridan;

➖ ikkinchi yarmi uchun esa qolgan qismi 2021 yilning 1 martidan kechiktirmay to‘lanishi kerak.


Batafsil ma'lumot👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg