Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Davlat xaridlari portali ma’lumotlariga ko‘ra, Davlat test markazi sentyabr oyida test sinovlarini o‘tkazishda abituriyentlarga tarqatish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali 13,4 mlrd so‘mlik kepka, qo‘lqop, maska, suv va ruchka xarid qilgan.

Respublika bo‘ylab test sinovlarini o‘tkazishga jalb qilingan xodimlarni ovqatlantirishga 1 mlrd 550 mln so‘m atrofida mablag‘ sarflagan.

Batafsil ma'lumot👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
Davlat xaridlari portali ma’lumotlariga ko‘ra, Davlat test markazi sentyabr oyida test sinovlarini o‘tkazishda abituriyentlarga tarqatish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali 13,4 mlrd so‘mlik kepka, qo‘lqop, maska, suv va ruchka xarid qilgan.…
Davlat test markazi xaridlari yuzasidan

Mazkur holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:

1. Davlat komissiyasining 2020-yil 19-iyuldagi 1-son bayoni bilan Davlat test markazi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish chora-tadbirlaridan kelib chiqib, 2020-2021-o‘quv yili qabulida test sinovlarida abituriyentlarni tibbiy niqob, qo‘lqop, ruchka, ichimlik suvlari, guruh nazoratchilari hamda ushbu jarayonga jalb etiladigan xodimlarni sifatli tushlik bilan o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida ichki tanlov asosida shartnomalarni rasmiylashtirishi belgilangan.

2. Shuningdek, Davlat komissiyasining 2020-yil 28-avgustdagi 3-son bayoni bilan Davlat test markazi 2020-2021-o‘quv yili qabulida kirish test sinovlari ochiq stadionlar va xiyobonlarda o‘tkazilishi munosabati bilan quyosh nuridan himoyalash maqsadida, abituriyentlarni bosh kiyim (kepka) bilan ta’minlash uchun ichki tanlov asosida shartnomalarni rasmiylashtirishga ruxsat berilgan.

3. “BOBURXON BN NODIRXON” korxonasi bilan dastlab tuzilgan shartnomaga binoan korxona 1 mln dona bosh kiyim (kepka)ni 6 174 so‘mdan 6 174 000 000 so‘mga, 15 % qo‘shimcha qiymat solig‘i bilan birga 7 100 100 000 so‘mga yetkazib berishi kerak bo‘lgan.

4. Lekin korxona belgilangan miqdorda bosh kiyimlarni yetkazib bera olmagani uchun dastlabki shartnoma bekor qilinib, qo‘shimcha kelishuv imzolangan va 6 174 so‘mdan jami 69 506 dona bosh kiyimni 429 130 044 so‘mga, 15 % qo‘shimcha qiymat solig‘i bilan birga 493 499 550,60 so‘mga yetkazib bergan.

5. Mazkur korxona bosh kiyimlarni yetkazib bera olmagani uchun boshqa korxonalar bilan ham bosh kiyim yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolangan.

6. Guruh nazoratchilari hamda ushbu jarayonga jalb etiladigan xodimlar ertalab 06:00 dan kechki 20:00 qadar 15 soat davomida test sinovlari o‘tkaziladigan hududda bo‘lganligi sababli ularni sifatli tushlik bilan o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida har bir hududda turli korxonalar bilan shartnomalar imzolangan. Bunda eng qimmat shartnoma Toshkent shahri uchun bo‘lib, 13 kunga 12610 dona tushlik (bir martalik idish, ovqat, salat, non, suv, bulochka) ning har biriga 31 000 so‘mdan (yetkazib berish bilan birga) jami 390 910 000 so‘mga imzolangan.

Undan keyingi eng qimmat shartnoma Samarqand viloyatida imzolangan bo‘lib, bunda 12 kunga 5467 dona tushlikning har biriga 25 000 so‘mdan jami 136 675 000 so‘mlik shartnoma imzolangan.
Ⓜ️ Davlat test markazi

Batafsil ma'lumot👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti 1-kurs talabalari uchun 2-noyabrdan dars boshlanishi aytilmoqda!

Batafsil ma'lumot👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Bir sutka davomida o'n ming qadam yurgan fuqaroning elektron hamyoniga 3 ming so'mdan o‘tkaziladi — Prezident Farmoni

Bir sutka davomida o'n ming qadam yurgan fuqaroning elektron hamyoniga 3 ming so'mdan o‘tkaziladi — Prezident Farmoni
Sog'lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida Prezident farmoni imzolandi.

Farmonga ko‘ra, O'zbekiston hududida bir sutka davomida o'n ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi O'zbekiston Respublikasi fuqarosining platformadagi elektron hamyoniga 3 ming so'mdan;

- har oyda har bir tuman (shahar) bo'yicha eng ko'p yurgan shaxsga 300 ming so'mdan, har bir hudud bo'yicha eng ko'p yurgan shaxsga 500 ming so'm, respublika bo'yicha eng ko'p yurgan shaxsga 1 mln so'm qo'shimcha ravishda platformadagi elektron hamyoniga o'tkaziladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qurilish vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 15 noyabrga qadar har bir tuman markazi va shaharlarda piyoda va velosipedda yurish uchun “Salomatlik yo'laklari”ni tashkil etish bo'yicha tegishli loyihalarni ishlab chiqib, keng jamoatchilik muhokamasiga joylashtirib, 2021 yil 1 yanvardan boshlab qurilish ishlarini boshlash va 2021 yil 1 mayga qadar tugatish belgilangan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021 yil uchun investitsiya dasturi doirasida markazlashgan kapital qo'yilmalar hisobidan markaziy ko'chalarni modernizatsiya qilish uchun jami 1,4 trln so'm mablag'lar ajratiladi.

Toshkent shahar hokimligi 2021 yil davomida bosqichma-bosqich barcha tumanlarda aholi uchun qulay bo'lgan ko'chalarda umumiy uzunligi 50 km bo'lgan piyoda va velosipedda yurish uchun “Salomatlik yo'laklari”ni tashkil etadi.

Mazkur maqsadlar uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi Toshkent shahar hokimligiga 2023-2024 yillarda qaytarish sharti bilan 20 mln AQSH dollari miqdorida foizsiz ssuda ajratiladi.

Ushbu tajribadan kelib chiqib, 2022 yildan boshlab Nukus, Buxoro, Nurafshon, Samarqand, Termiz, Xiva, Shahrisabz va Qo'qon shaharlarida hamda 2023 yildan boshlab respublikaning barcha yirik shaharlarida piyoda va velosipedda yurish uchun “Salomatlik yo'laklari” tashkil etiladi.

Batafsil ma'lumot👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Kuniga 35 milliongacha pulni yechib olishyapti» - O‘zbekistonda firibgarlikning yangi turlari paydo bo‘ldi

2020 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda firibgarlik jinoyatlari soni bir yil oldingiga qaraganda ikki barobarga ko‘payib, olti oyda 3881 tani tashkil etdi. Texnologiyalar rivojlangani sari firibgarlikning yangidan yangi turlari paydo bo‘lmoqda.

Xulosa:

Plastik kartadagi mablag‘larning yechib olinishi ko‘p uchraydigan holat. Ammo hayratlanarli tomoni, internetdagi ayni bir xil firibgarlikdan bir emas, bir necha marta aldanayotgan odamlar ham ko‘p. SMS tarzida kelgan maxfiy kodni birovga bergani oqibatida pulidan ayrilgan odamlar vaqt o‘tib yana shu xatosini takrorlashlari ham kuzatilyapti.

Fuqarolarimizni yana bir bor ogohlikka chaqirgan holda, maqola avvalida eslab o‘tilgan fakt – O‘zbekistonda firibgarlik jinoyatlari bir yil ichida ikki barobarga ko‘paygani haqida mulohaza qilishga chorlab qolamiz.


Batafsil ma'lumot👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️⚡️⚡️Aytishlaricha, oliy taʼlim muassasalari talabalari koronavirus bilan bog'liq vaziyat barqarorlashgunga qadar masofaviy (onlayn) shaklda oʻqishni davom ettirishi mumkin.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi anʼanaviy tarzda darslarni tiklash boʻyicha hali yakuniy qaror qabul qilmadi. Manbamizga koʻra, oliy taʼlim muassasalarida anʼanaviy taʼlimga toʻliq oʻtish mamlakatda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat barqarorlashganidan keyin ham boʻlishi mumkin. Vazirlik bu borada yakuniy qarorni tez orada eʼlon qiladi.

Tafsilotlar tez orada.

Kanalga ulanish:👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Hukumatning tegishli qarori (№671, 30.10.2020y) bilan Farrux Farxodjonovich Omonov O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Ⓜ️ UzA

Batafsil ma'lumot👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️«Hozirgina vazirlikdan topshiriq boʻldi, oflayn darslar bekor boʻldi. Dushanba kunidan onlayn darslar davom etadi, oflayn emas, kelmanglar, kelganlar qaytinglar» — ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent davlat stomatologiya institutining xodimi ekani aytilayotgan audio tarqadi

Bundan avval vazirlikdagi manbalarimizga tayangan holda, oliy taʼlim muassasalarida anʼanaviy taʼlimga toʻliq oʻtish mamlakatda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat barqarorlashganidan soʻng boshlanishi mumkinligi haqida xabar bergandik.

Talabalarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talabalarga ta’lim kreditlarini ajratish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida «Yoshlarning ta’lim olishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida oliy o‘quv yurtlari talabalariga ta’lim kreditlarini ajratish borasidagi ishlar to‘g‘risida»gi masala yuzasidan yuborilgan Qonunchilik palatasining parlament so‘roviga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Behzod Musayevning javobi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Parlament so‘roviga javobda qayd etilganidek, oliy ta’lim muassasalari talabalariga ta’lim kreditlari berish Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 26 iyuldagi qarori, shuningdek, mazkur hujjat bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra amalga oshirilmoqda. Xususan, ta’lim kreditlari chin yetimlarga, «Mehribonlik uylari»da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironligi bor insonlarga — nol foiz stavkasida (foizsiz kredit) berilmoqda.

Talabalarning qolgan toifalariga — 2020 yil 1 yanvardan boshlab foiz xarajatlarining bir qismini “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan talabalar uchun esa kredit bo‘yicha qo‘shilgan foizlarning 50 foizi tuman Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan to‘lanishi belgilangan.

Deputatlar pandemiya sharoitida aholiga yengillik yaratish hamda talabalarga o‘qish jarayonida to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lashda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qanday ishlar amalga oshirilgani bilan qiziqdi.

Bosh vazir o‘rinbosari javobida qayd etishicha, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab, respublika oliy ta’lim muassasalari talabalariga o‘quv yili davomida to‘lov-kontrakt mablag‘larini teng ulushlarda bo‘lib, kamida to‘rt marotaba to‘lashga ruxsat berilgan. Joriy o‘quv yilida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga 10 foizli chegirma berilgan.

Pandemiya sharoiti inobatga olinib, tabaqalashtirilgan to‘lov- kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 2020/2021 o‘quv yilida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt minimal miqdorlarining eng pastki chegarasi 10 baravardan 8 baravargacha kamaytirilgan. Ularni oliy ta’lim muassasalari tomonidan oshirmaslik hamda belgilangan stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga 10 foizli chegirmani qo‘llagan holda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorini hisoblash belgilangan.

Yoshlarning oliy ta’lim muassasalariga qamrovini oshirish bugungi kunda hayotiy zaruratga aylanmoqda. Bunda, shubhasiz, ularga imkoniyatlar yaratish maqsadga muvofiq. Deputatlar hududlarda aholi bilan muloqotlarida aynan ushbu masala ko‘proq ko‘tarilayotganini, shu bois mutasaddi vazirlik va idoralar bilan bu borada qanday takliflar ishlab chiqilayotgani haqida so‘rashdi.

Parlament so‘roviga javobda 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab tijorat banklari tomonidan respublika oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar uchun ta’lim shaklidan qat’i nazar (kunduzgi, sirtqi, kechki, ikkinchi mutaxassislik) ta’lim kreditlari ajratilishini joriy etish ana shu takliflardan biri ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, tijorat banklari tomonidan bozor stavkasida oliy ta’lim muassasalari talabalariga beriladigan ta’lim kreditlarining foiz xarajatlarining bir qismini “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kompensasiya qilish mexanizmini Yoshlar ishlari agentligi, Markaziy bank va Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqish, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, sirtqi ta’lim shakliga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilib tahsil oladigan talabalarga, to‘lov-kontrakt mablag‘larining umumiy miqdorini butun o‘quv davri mobaynida (5 yil ichida) teng ulushlarga bo‘lib to‘lashga imkoniyat yaratish ko‘zda tutilmoqda.

Qizg‘in muhokamalar ruhida o‘tgan majlisda parlament so‘roviga yuborilgan javob ma’lumot uchun qabul qilindi.
Ⓜ️ Xalq soʻzi

Batafsil ma'lumot👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​#Bilasizmi ❓

Pasport yo‘qolsa, nima qilish kerak?

📑 Qonunchilikka binoan, pasportini yo‘qotib qo‘ygan fuqaro zudlik bilan doimiy ro‘yxatda turgan joyidagi ma’lumotlarni yig‘ish punktiga xabar berishi lozim.

📝 Shaxslarning pasportini yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatini yo‘qotganliklari haqidagi arizalari bo‘yicha ichki ishlar organlari tomonidan ma’lumotnoma beriladi, ma’lumotnomaning orqa tomoniga doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatda turganligi to‘g‘risida shtamp qo‘yilishi mumkin.

Ma’lumotnoma ichki ishlar organlarining migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi tomonidan beriladi.

⌛️ Fuqaro pasportini yo‘qotganda pasport yo‘qolgani haqida ariza berilgan kundan boshlab bir oy ichida yangi pasport qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi.

🗓 Zarur hollarda, bu muddat hududiy ichki ishlar organi rahbariyati tomonidan yana bir oyga uzaytirilishi mumkin.

⚖️ Pasportni qasddan yaroqsizlantirish yoki ehtiyot qilib saqlamaslik oqibatida yo‘qotib qo‘yish tegishlicha javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

Batafsil ma'lumot👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlash joriy etiladi

Batafsil ushbu rolik orqali tanishing 👆
Ⓜ️ Huquqiy axborot

Batafsil ma'lumot👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining matbuot xizmati 9-noyabrdan an'anaviy darslar boshlanishi haqidagi xabarni o'chirib tashladi.

P/S: Yuqoridagilarga ham tepadan buyruq kelib, "отмен" qilishdi shekilli! "Shunda qilib qo'zichoq..."

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
☝️ Ta'lim kreditini olish tartibi

Talabalarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugundan Buxoro davlat tibbiyot institutida an'anaviy darslar boshlandi!

Sog'liqni saqlash vazirligi xabar berganidek tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida an’anaviy ta’limga o‘tishga ruxsat berilgan edi, shu sababli faqat tibbiyot yo'nalishidagi OTMlarida an'anaviy ta'lim boshlandi.

Boshqa yo'nalishdagi talabalar esa onlayn tarzda ta'lim olishda davom etishlari mumkin

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
"TA'LIM KREDITI" - MUOMMOLAR!

O’zbekistonda oylik maoshlarining u qadar yuqori emasligi, ish o’rinlarining yetarli emasligi har yili endi talabalik baxtiga musharraf bo’lganlar, “faxriy” talabalar va ularning ota-onalari oldiga kontrakt masalasini ko’ndalang qo’yadi.

Oliy ta’lim olish uchun safarbar qilinadigan boshqa harajatlar ham borligini hisobga olsak, kontrakt to’lash muammosi qaysidir oilalarda oila mol-mulkining sotilishiga, qaysidir oilalarda oila boquvchisining chet davlatga ishlashga ketishiga olib kelayotgani bor gap.

Ha, hozir xayolingizga kelganidek, kontrakt to’lashda yengilliklar bo’layotgani, kontraktni bir necha qismga bo’lib to’lash, stipentiyasiz kontrakt, talaba krediti kabilar joriy qilinganligi ham bor gap.


Lekin, lekini ham bor-da! Hozirgi qisqa maqolamizni yozishdan asosiy maqsad talaba krediti masalasiga kech jamoatchilik e’tiborini qaratish. Tahririyatimizga kelib tushgan ma’lumotlarga ko’ra, Qashqadaryo viloyatida talabalar ta’lim krediti bilan bog’liq muammolarga duch kelmoqdalar. Ya’nikim, hech qaysi bank “keling, sizga talaba krediti beramiz” deb ularga bag’rini ochmayapti. Bank xodimlari bunday kredit turi borligidan bexabar ekanliklarini ta’kidlashyapti.

Balki bizning murojaatchilarimiz talaba krediti olaman deb yugurib yurib, uni ololmagan sanoqli 1% talabalardir. Talaba krediti qolgan 99% talabaning joniga oro kirgandir. Bunisi bizga qorong’u.

Keling, shu post ostida talaba krediti olgan, ololmagan va kredit haqida ma’lumotga ega kishilar izohlar qoldirsin, xulosani birga chiqaraylik.

Qashqadaryodagi, umuman, respublikadagi talaba krediti berish tizimi yo’lga qo’yilgan banklar, agar tanqidimiz sizga qattiq teggan bo’lsa, buning uchun uzr so’raymiz. Biz bilan aloqaga chiqing va sizda ushbu tizim bor va ishlayotganligi haqida xabar bering. Biz bu haqida kontrakt pulini qayerdan topaman deb bosh qashilab turgan ahli talabalarga beminnat xabar berishdan mamnunmiz.

©Nodirbek Ashirov

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
"TA'LIM KREDITI" - MUOMMOLAR! O’zbekistonda oylik maoshlarining u qadar yuqori emasligi, ish o’rinlarining yetarli emasligi har yili endi talabalik baxtiga musharraf bo’lganlar, “faxriy” talabalar va ularning ota-onalari oldiga kontrakt masalasini ko’ndalang…
💥💥💥‼️ Ta’lim krediti olishning tartibi haqida

🔹Ta’lim kreditlari tijorat banklari tomonidan oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bo‘limlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarning o‘qishi uchun ularning o‘ziga, ota-onalariga yoki vasiylariga berilishi mumkin.

❗️Ta’lim kreditlari, oliy ta’lim muassasalarida o‘qish davri hisobga olingan holda, bakalavriatga qabul qilingan talabalarga — 10 yilgacha, magistratura bosqichi talabalariga — 5 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi.

💻 Hozirgi karantin davrida ta’lim krediti ajratish xizmatini masofaviy ravishda ko‘rsatilishi tijorat banklari tomonidan mustaqil belgilanadi.

Ta’lim kreditini olish uchun qarz oluvchi bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

✅ a) ta’lim krediti berish to‘g‘risidagi ariza;

✅ b) talaba va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma. Ushbu shartnomada o‘qishning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

✅ g) kreditni qaytarishning ta’minlanishi to‘g‘risida hujjat;

✅ d) imtiyozli ta’lim kreditlari olish huquqiga ega bo‘lgan chin yetimlar, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari, kam ta’minlangan oila farzandlari tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.

Kredit qaytmasligi xavfining oldini olish maqsadida qarz oluvchi quyidagi ta’minlash shakllaridan birini bankka taqdim etishi lozim:

▫️mol-mulk yoki qimmatli qog‘ozlarni garovga qo‘yish;

▫️uchinchi shaxs kafilligi;

▫️sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchi kreditni qaytara olmasligi xavfi sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi;

▫️fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining kafilligi (bu hujjat faqat chin yetimlar va “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari va kam ta’minlangan oilalardan chiqqanlar uchun so‘raladi).

📎 Ta’lim kreditini olish tartibi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 26 iyuldagi 318-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risidagi nizom”da va tijorat banklarining rasmiy veb-saytlarida keltirilgan.

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
"TA'LIM KREDITI" - MUOMMOLAR! O’zbekistonda oylik maoshlarining u qadar yuqori emasligi, ish o’rinlarining yetarli emasligi har yili endi talabalik baxtiga musharraf bo’lganlar, “faxriy” talabalar va ularning ota-onalari oldiga kontrakt masalasini ko’ndalang…
Yuqoridagi postimizga javoban NBU (O'zbekiston Milliy banki) mutasaddisi aloqaga chiqishdi!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy o‘quv yurtlari kunduzgi bo‘limlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalarning o‘qishi uchun "TA'LIM KREDITI" beriladi.

Kredit
shartlari
Bakalavriatga kunduzgi o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun ta’lim krеditlari

3 yilgacha bo‘lgan muddatga yillik 20%
5 yilgacha bo‘lgan muddatga yillik 22%

Magistraturaga o‘qishga qabul qilingan talabalarga

3 yilgacha bo‘lgan muddatga yillik 20% bеriladi

Кredit miqdori – to'lov shartnomasi summasi miqdorida (bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobarigacha bo‘lgan kreditlar uchinchi shaxs kafilligi yoki kredit qaytmaslik xatarini sugurta polisi, undan yuqori miqdordagi kreditlar mol-mulk garovi bilan ajratiladi).

Kredit ta'minoti
Krеdit summasining 125 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda quyidagi ta’minot turlari taqdim etilishi mumkin:

Mol-mulk garovi;
Uchinchi shaxs kafilligi;
Kredit qaytmaslik xatarini sugurta qilinganligi bo‘yicha sugurta polisi.

Kerakli hujjatlar
-Qarz oluvchining pasporti;
-Ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
-talaba va oliy o‘quv yurti o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish to‘g‘risidagi o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt);
-Krеdit qaytarilishi ta’minotiga doir hujjatlar.


P.s: Misol uchun siz 15.000.000 so'm miqdorda 2 yilga kontraktingiz uchun ta'lim krediti oldingiz.

Siz 2 yil har oy 763.437 so'mdan to'lab borasiz va qutilasiz. Shunda 15.000.000 so'm kredit uchun 18.322.488 so'm to'lagan bo'lasiz!

Talabalarga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#kayfiyatni_kotaramiz

Onlayn darslardan toza zerikkan shekilli!
Bo'laman degan bola shunaqa bo'ladi! 😁

Oxiri talabalarimiz ham shunaqa holatga kelib qolmasa bo'ldi🤭

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️⚡️⚡️Qaytish: anʼanaviy taʼlim shaklida tahsil olayotgan Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-kurs talabalari 3-noyabrdan boshlab masofaviy (onlayn) shaklda oʻqishni davom ettiradilar.

Toshkent tibbiyot akademiyasi maʼmuriyatining maʼlum qilishicha, tibbiyot akademiyasining 1-kurs talabalari uchun oʻqish 3-noyabrdan boshlab, anʼanaviy taʼlim shaklidan masofaviy taʼlim shakliga oʻtkazilmoqda.

Shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasining 6-kurs talabalari anʼanaviy (offlayn) mashgʻulotlarini davom ettirishadi. 2-5-kurs talabalarlar uchun anʼanaviy taʼlim shaklining aniq boshlanish sanasi nomaʼlum ekani xabar qilindi.

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ta'lim tizimini rosa "prikol" qilib tashlashdi bu "masxarabozlar".

Qish kelyapti hali ham hech qanaqa qaror tasdiqlangani yo'q. Olis viloyatlardan shaharga kelib, o'qish boshlanishiga umid qilib kvartira topib qo'ygan talabalarga sabr tilaymiz...

Online davom etadimi yoki aksincha? Qarorni chiqarish kerak tamom vassalom!

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg