Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
#DIQQAT

Mahalladagi ayollarning ta'kidlashicha, 16-noyabrdan Moliya instituti Magistrlariga hamda 1-kurs bakalavr talabalariga 3 smenada o'qish an'anaviy boshlanishi mumkin ekan.

✅ Institutda yotoqxonalarga ham ruxsat berilishi kutilmoqda

Batafsil ma'lumotni tez orada e'lon qilamiz👇👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
2021 yil 1 sentyabrga qadar har bir hududda kamida bittadan nodavlat OTM tashkil qilinadi

✅ Oliy ta’lim sohasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida:

👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 sentyabrga qadar har bir hududda nodavlat, jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida kamida bittadan oliy ta’lim muassasasi tashkil qilinadi.

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan maktab o‘qituvchilariga sirtqi ta’limda alohida maqsadli qabul parametrlari ajratiladi

2021/2020 o‘quv yilidan boshlab umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan va oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha alohida maqsadli qabul parametrlari ajratiladi.

Bu bo‘yicha tartib Prezidentning 2020 yil 6 noyabrda qabul qilgan “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son farmonida belgilangan.

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
"Mahalladagi ayollar" adashishmagan)

Toshkent moliya institutining moliya fakulteti dekan oʻrinbosari Toshkent moliya institutida 16-noyabrdan 1-kurs talabalariga anʼanaviy taʼlim boshlanayotganini yana bir bor taʼkidladi.

Dekan oʻrinbosarining maʼlum qilishicha, talabalarga talabalar turar joylarini berish ham rejalashtirilgan va bugun shu masalalar yuzasidan Toshkent moliya institutida majlis boʻlgan.

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Toshkent davlat agrar universiteti bir nechta fakultetlarida ham bugun o'zaro ichki majlislar o'tkazilgan.

✅Ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish sifati va o'quv adabiyotlar bilan ta'minlanganlik darajasi

✅ Talabalar turar joylarini qish fasliga tayyorlash, yashash sharoitlarini yaxshilash yuzasidan fikrlar bildirib o'tilgan.

P.s: Mantiqan fikrlaydigan bo'lsak, demak tez orada Toshkent davlat agrar universitetiga ham darslar boshlanib qolish ehtimoli katta!

Batafsil 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba nimalarni bilishi kerak?-Hamma narsani!

-Laborant-chi? -Talaba bilgan narsaning deyarli hammasini.

-Aspirant-chi?-Talaba bilishi kerak bo'lgan narsalarning qaysi kitobdaligini.

-Dotsent-chi?-Bu kitobning qayerdaligini.

-Professor-chi? Dotsentning qayerdaligini.

Kanalga ulanish👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⭕️☑️Davlat oliy taʼlim muassasalarida 2020/2021 oʻquv yili uchun taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bir talabani bir yillik oʻqitish qiymati miqdorlari toʻgʻrisida maʼlumot.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Moskva karantinga kirmoqda, OTMlarda o‘qish masofaviy shaklga o‘tadi

▪️Moskvada 13-noyabrdan 15-yanvargacha amal qiladigan cheklovlar e’lon qilindi. Bu muddatda talabalar onlayn o‘qiydi, teatr, kino va konsert zallarida tomoshabin sig‘imining 25 foizidan ko‘proq odam bo‘lishi taqiqlandi. Ovqatlanish joylari, tungi klub, bouling va boshqalar 23:00dan 6:00gacha ishlamaydi.

OAVga ko‘ra, koronavirus tarqalishi sabab poytaxtda yangi yil sayillari, rojdestvo bozorlari va festivallari ham bekor qilinishi mumkin.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti o'qituvchisi 16-noyabrdan offline (an'anaviy) darslar boshlanishi to'g'risidagi audio xabar kelib tushdi.

O'qituvchining audioda aytishicha, hohlaganlar viloyatdan turib online (masofaviy) ta'lim olishlari mumkin ekan.

✅Bu ma'lumot rost yoki yolg'onligi tekshirilmoqda...

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari soni qancha?

🏢 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2019/2020 o‘quv yili boshida jami oliy ta’lim tashkilotlari soni 119 tani tashkil etgan. Mazkur oliy ta’lim tashkilotlarida jami 441,0 ming nafar talaba tahsil olmoqda.

✅ 2019/2020 o‘quv yili boshida nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari soni 24 tani tashkil etib, ularda jami 20,2 ming nafar talaba tahsil olmoqda. Bu jami talabalarning 4,6 % ni tashkil etadi.

✅ Mamlakatimizdagi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari jami oliy ta’lim tashkilotlarining 20,2 % ni tashkil etadi.

✅ Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari soni yillar kesimida:
2015 yil - 10 ta
2016 yil - 10 ta
2017 yil - 10 ta
2018 yil - 14 ta
2019 yil - 24 ta


Batafsil 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Kim aytdi faqat qoʻshiqchilar fanagramma aytadi deb.

Aytishlaricha Qashqadaryoda prezident tashrifiga qizgʻin tayyorgarlik ketmoqda ekan. Sargʻaygan maysalarni yashil rangga boʻyash ajoyib boʻlsa kerak. Fanagrammani zoʻri ekan 😂.

Kanalga ulanish👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#fonogrammaning_davomi

Qashqadaryoda favvarolar ishga tushib ketdi😍

Yomg'ir quyib turgan bir mahalda favvoralar ishlab ketsa-ya? Bu mo'jiza☺️ Yozda ham bunday ajoyib manzarani ko'rmaysiz...

Prezidentimiz shu chekka-chekka qishloqlarga ham borib qolsalar zo'r bo'lardi.☺️ Bir kunga bo'lsa ham gaz va chiroqlar yonib turardi...

Kanalga ulaning👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
Toshkent davlat pedagogika universiteti online ta'lim olish uchun ochilgan sahifasi! Nima sizlar talabalarni ustidan kulyapsizlarmi? Yoki sabrini sinab ko'ryapsizlarmi? Bu pullarni kimni qorniga ketadi? Nima endi talabalar bahosini bilish uchun ham haq…
#senga_Pushkin_bir_jahon

TDPU yana “soqqani qil, soqqani”shiorini o’ziga bayroq qilib oldi(mi?)

Bizga kelgan xabarlar va skrinshotlar shuni yaqqol ko’rsatib turibdiki, TDPUning onlayn ta’lim uchun mo’ljallangan sayti bugundan yana va yana “pul so’rash”ga tushgan.🤦‍♂️ "Foydasi yo'q, ularga Pushkin bir jahon" desak ham ko'p talabalar chiqarishimizni iltimos qilishdi.

Yo 3700 so’m to’laysan, yo darsda yo’qsan. Yo 3700 so’m to’laysan, yo o’qimaysan. Ajoyib, to’g’rimi?

Butun oliy ta’lim tizimining ahmoqgarchiliklari-yu o’yinlari bir yon, oliy ta’lim beruvchi muassasalarining qiliqlari bir yon. “Gul bir yon, chaman bir yon...”

Avvalroq TDPUdagi ba’zi fakultetlarning “stavkasi” 13000dan ortiqligi haqida yozgan edik.

Mayli, TDPU talabalarini va bizni masxaralashda davom etaversin, biz ham ularni yozib charchamaymiz. O’zlariga ziyon. Axir bizni ozmuncha odam o’qimaydi.

Shu o’rinda yana bir savol tug’iladi, shu pulni to’lab oladigan fan bo’yicha ma’lumotlar 13 ming u yoqda tursin, 3 ming u yoqda tursin, 3 pulga arzirmikan?

Mutasaddilarga tarqating 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Diqqat

📋Test sinovlarida omadi kelmagan abituriyentlar o‘qishga qo‘shimcha qabul qilinadi

Shu yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan test sinovlarida omadi kelmagan Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq, Taxtako‘pir va Qorao‘zak tumanlaridan topshirgan abituriyentlar o‘qishga qo‘shimcha qabul qilinadi.

Buning uchun abituriyent eng kamida 56,7 ball to‘plagan bo‘lishi kerak (maksimal 189 ballning 30 foizi) va tibbiyot yo‘nalishlaridan boshqa sohani tanlashi darkor. O‘qishga to‘lov-shartnoma asosida qabul qilinadi va o‘qishni tugatgandan keyin shu hududlarda kamida 5 yil ishlab berishi kerak.

Ertaga, 13 noyabrdan boshlab ushbu 3 ta tumanda 4 ta sektor rahbarlari hamda oliy o‘quv yurtlari vakillari ishtirokida yuqoridagi talablar asosida o‘qishga hoxish bildirgan abituriyentlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil qilinmoqda.

Mazkur tadbir Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 2 oktyabr kuni Qoraqalpog‘istonga safari davomida berilgan topshiriqning ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

Imkoniyatdan mazkur tumanlarda doimiy yashaydigan abituriyentlar foydalana oladi va ular Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritadigan (tibbiyot yo‘nalishlaridan boshqa) oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga qabul qilinadi.

Batafsil ma'lumot 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#DIQQAT, #DIQQAT, #DIQQAT

⚡️⚡️ Kelayotgan dushanba, 16- noyabr kunidan davlat oliy ta’lim muassasalarida darslar an’anaviy shaklda boshlanishi kutilayotgan ekan.

Yana bir yaxshi tomoni shul erurki, kim xohlasa online, kim xohlasa offline o'qishni davom ettirishi mumkin☺️ GIBRID ta'lim g'alaba qozondi.

🌧 ☂️ Ob-havoga mos issiq kiyimlarni, daftar-kitob va ruchkalarni tayyorlash esdan chiqmasin-a, o‘rtoq talabalar.

Talabalarni ogoh eting😅👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
56,7dan baland ball to‘plagan «Mehribonlik» uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetim abituriyentlar davlat granti bo‘yicha qo‘shimcha kvotalarga qabul qilinishi kutilayapti.

⚡️ 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy sonidan «Mehribonlik» uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun qo‘shimcha ravishda bir foizgacha davlat granti asosidagi qabul kvotalarini ajratish tartibi joriy etilgan (PQ-4296-son, 22.04.2019 y.).

Biroq davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish balli 68 ball bo‘lganligi uchun, 68 balldan past ball olgan chin yetim abituriyentlarga mazkur imtiyoz qo‘llanilmaydi.

❗️Aytishlaricha, joriy yilda «Mehribonlik» uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetim abituriyentlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoya qilish maqsadida ulardan to‘lov-kontrakt uchun belgilangan minimal balldan (56, 7) baland ball to‘plaganlarni davlat granti bo‘yicha qo‘shimcha kvotalarga qabul qilish kutilayotgan ekan.

Batafsil ma'lumot 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​⚡️⚡️ Diqqat yangilik. Ba’zi magistratura yo‘nalishlarida ta’lim bir yillik bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 noyabrdagi «Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» qaroriga muvofiq 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:

Nutrisiolog va diyetolog magistratura (internatura, klinik ordinatura) mutaxassisliklarini 1 yillik o‘quv dasturlari asosida tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari magistraturasida o‘qish muddati mutaxassisliklar turiga qarab 2 va 3 yil etib belgilangan.

Batafsil ma'lumot 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Kontrakt mablag‘ini haligacha to‘lamagan “kontraktchi” abituriyentlar va “perevodchi” talabalar uchun YAXSHI XABAR:

❇️ O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 7-son bayoni qaroriga muvofiq:

♻️ o‘qishga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan abituriyentlar hamda o‘qishini ko‘chirgan (tiklagan) talabalar uchun kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 1 dekabrgacha uzaytirildi.

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Akademik litseylarga qo‘shimcha qabul kvotasi tasdiqlandi.

O‘zR ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 7-son bayoni qarori bilan 2020/2021 o‘quv yili uchun OTMlar huzuridagi akademik liseylarga qo‘shimcha qabul kvotasi tasdiqlandi.

Unga kora respublika boyicha 12 ta akademik litseyiga jami 364 ta qoshimcha orin berildi.

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg