Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Universitetni yoʻlakda bitirish kerak (mi)?

Taniqli bloger Shahnoza Soatova talabalarga hayotda oʻz oʻrnini topish va oddiy ijrochi boʻlib qolmaslik tavsiyalar berib oʻtdi.

* Videoni hoziroq tomosha qilmaslik, keyinchalik afsuslanishga olib kelishi mumkin.
Ⓜ️ Modul5

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#hazil

2 ta talaba aftobusga chiqishibdi.1 ta ayol kishi bolam namuncha ozg'insan, joy beraymi debdi?

-Yoq xolajon,studentman deb javob beribdi, talaba.

-Bo'lmasam qo'lingdagi kurtkangni ber ushlab o'tiraman desa.

- Bu kurtkam emas kursdoshim bu debdi.😂.

Do'stlarga ulashing😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bog’chalar ochildi, maktablar ochildi, OTMlar ham. Ha-ha, to’g’ri o’qidingiz. Faqat ayrimlari ochildi xolos. Qanday ta’lim muassasalari ochildi deb qiziqayapsizmi?

Javobini ko’p izladik va topdim. Supermenlar o’qiydigan ta’lim muassasalari ochildi. Temir odamlar an’anaviy ta’limga o’tishdi. Axir ularga kasal yuqmaydida. Kasal yuqtirish ehtimoli mavjud bo’lgan siz-u biz kabi oddiylar esa onlayn o’qishga mahkum ekanmiz.

So’rovnoma-chi, bildirilgan fikrlar-chi, deysizmi? Nimalar deyapsiz? Unday so’rovnomalar har bir ta’lim muassasasining o’zida alohida ham o’tkazilyapti-ku, bilmagan edingizmi? Kimdir “hammang onlaynni tanla” desa, kimdir “hammang oflayn o’qiysan”ni bayroq qilib chopyapti.

Go’yoki o’qishni an’anaviy yoki onlayn tarzda boshlash haqidagi yozilmagan buyruq qandaydir yangicha, tushunarsiz tilda yozilgan-u, uni har kim o’z bilganicha tarjima qilib olayotgandek.

Mayli, nima ham deymiz. To’g’ri tarjimani kutib qolamiz. Ungacha koronavirus deganlari ham qolgan ishimni onlayn davom ettiraman deb yer yuzidan “survormasa” bo’lgani!😁

Yarim hazil, yarim chin-u, lekin bema’ni-yu bemantiq harakatlar, o’quvchilarning va talabalarning bir qismi oflayn o’qishi-yu bir qismi uyda o’tirishi (chindan ham, qani bunda mantiq?) qachongacha davom etadi? Qachon ta’lim tizimida ishlaydiganlarning oltin boshi ham ishlashni boshlaydi? Mabodo xabaringiz yo’qmi? Fikringizni izohlarda qoldiring

© Nodirbek Ashirov

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Prezident qaroriga ko‘ra (PQ–4879-son, 04.11.2020 y.) Fiskal institut (Institut):

👉 soliqlar va soliqqa tortish sohasi uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tayanch OTM;

👉 moliyaviy nazorat va audit hamda soliq, moliya va tijorat huquqi, shuningdek iqtisodiyotda axborot texnologiyalari sohalarida kadrlar tayyorlash va yuqori darajada fundamental hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilishini taʼminlaydigan OTM hisoblanadi.

Institutda o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.

Shuningdek, 2020/2021 o‘quv yilidan Farg‘ona va Toshkent soliq kollejlari Institut huzuridagi soliq texnikumlariga aylantiriladi.

📍Hujjat haqidagi to‘liq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.
Ⓜ️ Huquqiy axborot

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​​​📌O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Fiskal institut tashkil etildi

Institut:
👉 soliqlar va soliqqa tortish sohasi uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi;

👉 moliyaviy nazorat va audit hamda soliq, moliya va tijorat huquqi, shuningdek, iqtisodiyotda axborot texnologiyalari sohalarida kadrlar tayyorlash va yuqori darajada fundamental hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilishini ta’minlaydigan oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi
.


👉 Institutda o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​"Investisiyani bolalaringizga kiriting.
Ular eng ko‘p foyda beradigan sohadir".


Ⓜ️ Mubashshir Ahmad

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
#odam_bolmas_ekanda TDPU da pul ishlashni o'zgartirilgan usuli. Oldin narxlar yozilgan bo'lsa, hozir esa clickka ulangan raqamingizga sms keladi. 3700 so'm o'tkazish to'g'risida. Kanalimizning muhokamalar chatida universitet o'qituvchisi (yoki Matbuot…
Pul undirish majburiy bo'ldimi? Yohud TDPU dagi o'yinlar...

Xabaringiz bor yaqindagina, Toshkent davlat pedagogika universitetidagi modul tizimi pulli qilib qo'ygani to'g'risida post qoldirgan edik.

Bugun esa universitet ma'muriyati talabalardan tilxat yozdirib olmoqda. Buning sababi moodlega kirayotganlarning statistikasi past emish) Boshqa nimani kutgan edingiz? Moodle tizimini pulli qilib qo'yganingizdan keyin talabalarda kirish bilan bog'liq muommolar bo'laveradida. Bu tilxatni yozib bergan talabalar endilikda majburiy 3700 yoki 13700 so'm haq to'lashni boshlaydilar.

Avval ma'muriyat nega statistika pastligini o'rganib, muammoni bartaraf etib keyin tilxat yozdirsa yaxshi bo'lar edi.

Universitet matbuot kotibidan esa darak yo'q. O'zlarini oqlash uchun hech bir raddiya qilib bermadilar! Demak, tushundiz...

Mutasaddilarga tarqating 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Gulistonda tibbiyot kolleji negizida tibbiyot oliygohi tashkil etiladi

Guliston shahridagi Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish Respublika ilmiy markazi filiali va viloyat ko‘p tarmoqli shifoxonasi bir hududda bo‘lib, unga tutash yoki atrofida 10 ga yaqin tibbiyot muassasasi joylashgan. Ularni viloyat ko‘p tarmoqli shifoxonasiga yagona boshqaruv asosida birlashtirib, “tibbiyot klasteri”ga aylantirish, tibbiyot kolleji negizida tibbiyot oliygohini tashkil etish uchun barcha zaruriy infratuzilma mavjudligi ko‘rsatib o‘tildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi va viloyat hokimligiga yil yakuniga qadar xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda “Guliston tibbiyot klasteri”ning loyihasini ishlab chiqib, ishni boshlash vazifasi yuklatildi.
Har bir viloyat hokimi bir oy muddatda o‘z hududida Sirdaryo tajribasi asosida, ilg‘or xorijiy klinikalar bilan hamkorlikda “tibbiyot klasterlari”ni tashkil etish bo‘yicha taklif kiritishi belgilandi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kimki yoshligini bir narsada o‘tkazsa, qariganda ham shunda o‘tkazadi
© Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh

Manba...

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
“Oliy ta'lim tizimida eng ko'p kuzatilayotgan korrupsiya o'qishga kiritish masalasi bilan bog'liq bo'lib qolmoqda”

Oliy ta'lim tizimida ham korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar to'liq bartaraf etilmaganligi ham ko'rsatib oʻtildi.

O'tgan 9 oyda tizimdagi 70 nafar xodimlar ta'lim jarayoni bilan bog'liq jinoyatlarni sodir qilgan. Tizimda eng ko'p kuzatilayotgan korrupsiya o'qishga kiritish masalasi bilan bog'liq bo'lib qolmoqda. Bu haqda Bosh prokuraturada Bosh prokuror N.Yo'ldoshev raisligida korrupsiya holatlari kuzatilayotgan sohalar hamda vazirlik va idoralarda buning sabab va shart - sharoitlariga bag'ishlangan idoralararo yig'ilishda ma'lum qilindi.
Nostrifikatsiya jarayonida korrupsiyaviy omillar tanqid ostiga olindi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig'ining yordamchisi SH. sheriklari orqali 4 nafar fuqarodan xorijiy diplomlarni nostrifikatsiya qilib berish evaziga jami 6.500 dollar olganda ushlangan.
Ta'lim sifatini nazorat qilishga mas'ul idoraga xorijiy diplomni nostrifikatsiya qilish, ya'ni boshqaruv idorasi funksiyasining berilishi korrupsiyaning oldini olish imkonini cheklashi ta'kidlandi.

* Faqat tanqid qilinadi va gapiriladi. Amalda esa doimgidek...

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#TDPU #Talabasi

- ALLOHga shukr bugun 5600 so'm pul ishlab topdim.
- 3700 so‘miga Online ta'lim platformasidan ro'yxatdan o‘tdim.
- 1900 so‘mni qayerga ishlatsam ekan ? Iltimos yaxshilar kommentlarda biror biznes loyiha aytvoringlar... 1300 so‘mdan yig'ib - yig‘ib biznes boshlab olayin men ham....

#tugadi 😂
#Mr_devona

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Sal qolsa esimizdan chiqarkan...

Bugun ​​«Tibbiyot xodimlari kuni»
👨‍🔬🎂👩‍🔬

Pandemiya davridagi og‘ir sharoitda o‘z jonlarini xatarga qo‘yib, tunu-kun aholi salomatligi uchun mehnat qilayotgan shifokorlarning bayrami bormi yoki yo‘qmi buni bilmaymiz. Chunki bizda bu kasb egalarining bayrami nishonlanganligini bilmaymiz, shunday bo‘lsada, o‘zimizni nomimizdan barcha shifokorlarni «Tibbiyot xodimlari kuni» bilan chin dildan tabriklaymiz!

Shu jumladan tibbiyot oliygohida tahsil olayotgan talabalarni ham alohida tabriklab o'tamiz ☺️☺️

Boringlarga shukr, bayram muborak bo'lsin!

#rahmatshifokorlarga

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#EXCLUSIVE
🥺 Sovg’aning katta-kichigi bo’lmaydi. Eng asosiysi e’tibor ❤️

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Kechki hazil😅

Jiddiyga olmaymiz))
Online darslardagi holat😅

©️Dj MuXiJaN

Talabalarga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prankmisan prank ))

Talabalar Putinning ovozidan mahalliy rahbarlarga qo‘ng‘iroq qilishib ishlarni hal qilishayotgan ekan.😅

Soxta Putin Irkutsk universiteti rektoriga qo‘ng‘iroq qilib tanqid qilgan. Qarabsizki talabalar yotoqxonasi ta’mirlangan 😂

Mabododa... ))

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
OTMga qabul kvotalarini ta'lim yo‘nalishlari va shakllari bo‘yicha umumiy qilib belgilash taklif etildi

Oliy ta'lim muassasalariga qabul kvotalarini ta'lim yo‘nalishlari va ta'lim shakllari bo‘yicha umumiy qilib belgilash taklif qilindi. “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida tegishli petitsiya joylashtirilgan.

Qayd etilishicha, oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalarini ta'lim yo‘nalishlarining ta'lim shakllari bo‘yicha umumiy qilib belgilash kerak.

“Hozirgi tartib bo‘yicha boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishining kunduzgi ta'lim shakliga o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentning to‘plagan balli shu yo‘nalishning kechki yoki sirtqi ta'lim shakliga to‘g‘ri kelsa-da, u talaba bo‘lish baxtiga erisha olmaydi. Yoki boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishining kunduzgi ta'lim shakliga o‘qishga topshirgan abituriyent 120 ball to‘plab ham o‘qishga tavsiya etilmasligi mumkin.

Lekin, shu ta'lim yo‘nalishining sirtqi ta'lim shakliga kirish balli 110 ball bo‘lishi mumkin. Ammo unga ham qabul qilinmaydi. Buning sababi ta'lim shakli boshqa bo‘lganida”
, – deb yozadi murojaat muallifi.

Ta'kidlanishicha, agar kvota umumiy qilib belgilansa, to‘plangan ballar ketma-ketligi asosida avval kunduzgi, keyin kechki va oxirida sirtqi ta'lim shakllari asosida talabalikka tavsiya etilishi mumkin bo‘ladi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, oliy ta'lim muassasalariga qabul kvotalarini ta'lim yo‘nalishlari va ta'lim shakllari bo‘yicha umumiy qilib belgilash taklif qilinmoqda.
Ⓜ️ Kun.uz

Batafsil maʼlumot 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Oliy ta’limdagilarga yana salomimiz bor. Yaxshimisizlar?

20-25-sentyabr. Shu sanalar sizga nimanidir eslatib yubormayaptimi? Xohlasangiz, eslashga yordam beraman. Shu sanada siz nomdor stipendiyalar g’oliblari ro’yxatini e’lon qilishingiz kerak edi.

Tahririyatimizga xat kelib tushdi. Undan nomdor stipendiyalardan biri uchun hujjat topshirgan 4-bosqich talabasining murojaati o’rin olgan. “Balki boshqa stipendiat bo’lish istagida bo’lganlar kelasi yil yana qayta urinib ko’rishar, (agar 3-kurs bo’lsa) lekin men kabi bitiruvchi kurs talabalarining shuncha yillik mehnati, harakati va o’rni kelganda qilgan xarajati bekor ketadimi?” deydi u. Xabariningiz bor, nomdor stipendiyalar sohibi bo’lish uchun nomzod respublika va xalqaro miqyosidagi ilmiy jurnallarda o’z ishlari bilan chiqishlar qilgan bo’lishi kerak, bu o’z-o’zidan harajat demakdir.

Murojaatchiga bular ta’lim shakli qanday davom etishini hal qila olmayaptilar, siz stipendiyani so’raysiz degim keldi. Lekin uning e’tirozining davomi ham asosli. OTMlarda o’tkaziladigan “Yil talabasi” tanlovi o’z vaqtida tashkil qilindi-ku! (Aslida uning ham o’z vaqtida va shaffof o’tkazilganligi faqat O’ziga ayon).

Hujjatlarimiz vazirlikka olib ketilmagan ham, universitetga borsak, hujjatlar qo’ygan joyimizda turibdi, o’zi nima qilishmoqchi-, deydi murojaatchi.

Ma’lumki, stipendiat bo’lgan talabalarga ular stipendiat bo’lgan yildan boshlab qo’shimcha stipendiyalar (turli miqdordagi) to’lanadi. Stipendiya sohiblari ro’yxati dekabr oyida e’lon qilingudek bo’lsa, vazirlikning shuncha talabaga birdaniga 4-5mln so’mdan pul o’tkazib berishga qurbi yetarmikan. Keyin bahonalar boshqacha tus olmasmikan?

Har kim o’z mehnatiga kuyadi. Vazirlikdagilar, talaba xalqiga (tupurib qo’yganingiz) be’eriborligingiz barchaga ayon. Hech bo’lmasa o’zingiz eng yaxshi deb biladiganlarga nisbatan bunday nohaqlik qilmang!

© Nodirbek Ashirov

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️⚡️⚡️Rasman: Qoraqalpogʻistondagi oliy taʼlim muassasalari toʻliq anʼanaviy taʼlimga qaytmoqda.

Bundan avvalroq Qoraqalpoq davlat universiteti 16-noyabrdan boshlab toʻliq anʼanaviy taʼlimga qaytayotgani xabar qilingandi. Olingan maʼlumotlarga koʻra, Qoraqalpogʻistonda joylashgan barcha oliy taʼlim muassasalari bosqichma bosqich ravishda toʻliq anʼanaviy taʼlimga qaytadi.

P.S. Oʻzbekistonning boshqa hududlaridagi oliy taʼlim muassasalari boʻyicha haligacha rasmiy maʼlumot mavjud emas.

Batafsil maʼlumot 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Keyingi yilda kirish imtihonlari yangi test savollari asosida o‘tkaziladi

Prezident qaroriga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat OTMlariga kirish uchun test sinovi topshiriqlarini tuzish va ekspertizadan o‘tkazishning yangi tartibi joriy qilinadi, unga muvofiq:

👉 test sinovi topshiriqlari davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida tuziladi;

👉 test sinovi materiallarining ma’no-mazmuni umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi fanlarning o‘quv dasturlariga moslashtiriladi;

👉 abituriyentlarning nazariy bilimlarni o‘zlashtirish darajasi bilan birga mantiqiy fikrlashi, masala va misollarni bajara olish qobiliyati va ta’limning keyingi bosqichiga tayyorgarligini baholaydigan, kompetensiyaga asoslangan test topshiriqlari ishlab chiqiladi;

👉 amaldagi ABITUR dasturini takomillashtirish hisobiga yangi dasturiy mahsulot ishlab chiqiladi hamda 2021/2022 o‘quv yili uchun saralash test sinovlari yangi test savollari asosida o‘tkaziladi.
Ⓜ️ Xushnudbek

Batafsil maʼlumot 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg