Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
#savol
An'anaviy ta'lim dars olayotgan bir vaqtda talabadan covid chiqib qolsa qanday chora ko'riladi? Jarayon murakkablashib ketsachi?

#javob
Har bir OTM da maxsus shtablar tashkil qilingan. Agar 10 foiz talabadan COVID chiqsa, OTM ma'sullari bilan kelishib, o'sha guruhning hammasi ONLINE ta'limga o'tkazilishini aytib o'tishdi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
So'rovnoma o'tkazilgan edi, buni natijalari e'lon qilinmadi, nima uchun o'tkazildi ushbu so'rovnoma?:

So'rovnomada 400mingdan ortiq talabalar ishtirok etdi, ulardan 80% talabalar an'anaviyni tanlagan.

Brifing o'z nihoyasiga yetdi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali pinned «#DIQQAT KANALIMIZDA BIRINCHI E'LON QILGAN XABARIMIZ TASDIQLANDI!☺️ An'anaviy darslarga majburlash holatlari bo'lmaydi. Faqat darslarga qatnashishga imkoni bor talabalargina an'anaviy darslarga jalb qilinadi. https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg»
#DIQQAT
#MAGISTRATURA

Magistraturga hujjat topshirib, mutaxassislik fanidan 55 balldan past to'plagan abituriyentlar diqqatiga!

Insaydirlarimizning ta'kidlashicha, kelayotgan dushanba kunidan Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiga tegishli barcha OTM larda mutaxassislik fanidan 55 balldan past to'plagan abituriyentlarni qo'shimcha kontrakt asosida qabul qilish boshlanadi!!

Postdan manba bilan foydalaning!

Barcha abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Uzoq davom etgan ikkilanishlar, talab qilishlar va iltimoslar ortidan hademay o’qishni boshlab olish arafasidamiz. Bu kimlar uchundir uzoq vaqt kutilgan xushxabar, kimlardir uchun noqulay hodisa bo’ldi deyish mumkin.

Aslida onlayn ta’lim bizdagi an’anaviy ta’limdan bir nechta afzalliklari bilan ustun turishi, talabada o’z ustida ishlashga vaqt qoldirishi, uni texnologiyalar bilan ishlash jihatidan chiniqtirishi hech kimga sir emas. Lekin bugungi O’zbekiston sharoitida oylik ish haqining pastligi ortidan hamma talaba ham zaruriy texnologik qurilmalarga ega emasligi, moddiy-texnik va ilmiy bazaning yetishmasligi va internet sifati kabi bir nechta tizimli muammolar ortidan hammamiz bizda an’anaviy ta’lim onlayn ta’limdan afzalroq ekanligini tushunib yetdik.

Balki hozirgi fikrlarimiz ortidan odamlar unday qilinsa ham bunday qilinsa ham rozi bo’lmaydi, degan taassurot tug’ilar, ammo, tan olish kerakki, an’anaviy ta’limga o’tilishi ham o’z navbatida talabalar va ularning oilalari uchun bir qancha masalalarni so’roq ostida qoldirmoqda:
📎 OTMlar mutasaddilari tomonidan talabalarning talabalar turar joylariga ehtiyojmand qismi to’liq TTJ bilan ta’minlanmasligi aytilmoqda;
📎 Doimiy yashash joyidan boshqa hududda joylashgan OTMlarga qaytuvchi talabalar uchun ilgari talabalar ommaviy uyga yo o’qishga qaytadigan davrda joriy qilinadigan yo’l haqi chegirmalari joriy etilmadi (16-noyabrdan o’qish boshlanadi degan xabar chiqishi bilan yengil mashina taksi xizmatlarining narxi 3-4baravargacha oshib ketib ulgurdi);
📎 TTJlar bilan ta’minlanmaydigan talabalar o’zlari uchun vaqtinchalik turar joy topishi qiyinlashib bormoqda — narxlar yo o’ta oshib ketgan, yo hozirgi pandemoya davrida uy egalari talabalarni ijarachi sifatida qabul qilishni istashmayapti.

Talaba istasa onalyn tarzda, istasa oflayn tarzda o’qishi haqida bot-bot aytilyapti va o’qish qachondan boshlanishini har bir OTM o’z ichki imkoniyatlarini hisobga olib belgilashi haqida xabar berilyapti.

❗️Bu ham, o’z navbatida, anglashilmovchiliklarni yuzaga keltirmoqda. Ya’ni qaysidir OTM ham onlayn, ham onlayn dars o’tgan o’qituvchilarga oylik maoshi oshirilib berilishi kerakligi va buning iloji yo’qligi (?) sababli hamma talabani oflayn rejimga “majburlasa”, boshqa OTM talabalarning 90%i onlayn ta’limni istashi va atigi 10% talabaga oflayn dars berish o’qituvchiga “malol kelishini” ta’kidlamoqda va talabalarning barchasini imkon qadar u yoki bu ta’lim shakliga o’tkazishga intilmoqda.

(!) Avvalo, talabaning ichki imkoniyatlarini uning o’zidan boshqa baholay olmaydi. Men oliygohga borib o’qimoqchiman, uyimda onlayn ta’lim uchun sharoitlar yetarli emas degan talabani inkor eta olmaganimizdek, men onlayn o’qimoqchiman, OTMga borib o’qish uchun menda turar joy muammosi mavjud degan talabani ham rad eta olmaymiz.

📚💻 Oflayn ta’limni boshlash haqidagi qaror muhim ijobiy qadam bo’ldi, albatta. Faqat uning ijrosi ko’r-ko’rona bajarilmasa bo’lgani. Keling, qay shaklda o’qishni talabaning o’ziga qo’yib beraylik.

❕O’qituvchiga ikki hissa maosh to’lash, TTJlar bilan ta’minlash masalasida esa davlat “turib berishi” kerak, nazarimda. Axir bunday hodisa har yili bo’lmaydi.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
"Bugungi kunda sirtqi va kechki ta’lim onlayn amalga oshiriladi. Agar oliy ta’lim muassasasining imkoniyati mavjud bo‘lsa, ya’ni kunduzgi smenalardan vaqtliroq joy qoladigan bo‘lsa, oliy ta’lim muassasasi buni o‘zi hal qiladi: kechki ta’limdagi talabalarni ham an’anaviy ta’limda, belgilangan, kechki vaqtda jalb qiladi”, - deyilgan AOKAda o‘tkazilgan brifingda

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
TATU talabalari an'anaviy darslarga majburlanmaydi!

Joriy yilning 16-noyabridan Oliy taʼlim muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar va reja-grafik asosida oʻquv jarayonini anʼanaviy shaklda davom ettirish belgilangan.

Shu munosabat bilan, TATUning bakalavriaturaning birinchi, toʻrtinchi hamda magistraturaning birinchi, ikkinchi bosqich talabalari 2020-yil 16-noyabridan anʼanaviy tarzda oʻqishni davom ettiradilar. 2-, 3-bosqich talabalari esa masofaviy taʼlim shaklida oʻqishlarini davom ettirishlari mumkinligi haqida maʼlumot bergan edik.

Bunda oʻquv grafigida hech qanday oʻzgarishlar boʻlmaydi!

Bugungi yurtimizdagi pandemiya davrida eng birinchi oʻrinda talabalarning sogʻligi turishini inobatga olgan holda TATU maʼmuriyati anʼanaviy taʼlim shakliga qaytishi mumkin boʻlgan bakalavriaturaning birinchi, toʻrtinchi hamda magistraturaning birinchi, ikkinchi bosqich talabalari dars jarayonini aralash koʻrinishda davom ettirishlari mumkinligini maʼlum qiladi. Yaʼni talabalar anʼanaviy taʼlim shaklida universitetga kelib tahsil olishlari, yoki sharoiti boʻlmasa masofaviy shaklda darslarni davom ettirishlari mumkin.

TATU matbuot xizmati

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#yangilik #rasmiy

Namangan Muxandislik texnologiyalari instituti Magistraturasiga hujjat topshirib, mutaxassislik fanidan 55 balldan past to'plagan abituriyentlar diqqatiga!

Universitet ma'muriyati rasman sizlar uchun qo'shincha kvota ochilganini e'lon qildi. Ariza topshirib ketishlaringiz mumkin.

Eslatib o'tamiz, ertandan barcha Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiga qarashli OTMlarda qo'shimcha kvota ochiladi.

Yana bir bor @TalabaUz kanalimizda kecha e'lon qilgan postimiz haqiqat bo'lib chiqdi😄

O'zbekistondagi eng katta magistrlar kanaliga taklif qilamiz😌👇
@magistrlarofficial

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bitiruvchilarning OTMga kirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng katta o‘sish ikki viloyatda qayd etildi

Namangan va Xorazm viloyatlarida boshqa hududlarga nisbatan maktablar masalasiga e’tibor kuchliroq bo‘lib kelgan..

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Talabalar - poytaxtning asl uysizlari

Toshkentdagi asl uysizlar kimligini bilasizmi? Minglab talabalar! Talabalarga vaqtincha yashashlari uchun odatda uy yetishmaydi. Uy bozoriga borsangiz, quyidagi yozilgan so‘zlarga ko‘zingiz tushadi:

«Studenty, privet. Kvartira net».
«Studentga uy berilmaydi».
«Studentam ne sdayu»
Va hokazo...

So‘nggi yillarda ko‘plab uylar qurilmoqda, biroq yil sayin soni keskin o‘sayotgan, tolibi ilm hisoblangan, vatanimiz kelajagi bo‘lgan talabalar uchun davlat tomonidan ham, xususiy sektor tomonidan ham yotoqxonalar barpo qilinmayapti...
👉🏻 Batafsil

Bu mavzu o'g'riqli jo'ylarimizdan biri hisoblanadi...

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Shu yil 20-noyabrdan 30-noyabrga qadar kollej va texnikumlarga saralash imtihonlari bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 7-son bayoni qaroriga muvofiq 2020-yil 20-noyabrdan 30-noyabrga (shu kuni ham) qadar kollej va texnikumlarga saralash imtihonlari o‘tkaziladi.

Kollej va texnikumlarning 178 tasida test sinovlari, 176 tasida esa yozma imtihon shaklida, sport sohasidagi kollej va texnikumlarda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi.

Kollej va texnikumlarda 60 ta yo‘nalishda test sinovlari o‘tkaziladi. Test sinovlari 195 836 nafar abituriyentdan, yozma imtihonlar esa 50 649 nafar abituriyentga o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Saralash imtihonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 11-noyabrdagi 715-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Mazkur qaror bilan professional ta’lim muassasalarida test sinovlari yozma va kasbiy (ijodiy) imtihonlari o‘tkaziladi. Test sinovlarini o‘tkazish manzili, o‘tkazish grafigi Davlat test markazi bilan hamkorlikda tayyorlanmoqda.

Test sinovlari asosan tibbiyot, pedagogika, temiryo‘l, konchilik yo‘nalishidagi kollejlar va texnikumlarda o‘tkaziladi.

Yozma ish imtihonlari xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi, sanoat, yengil sanoat, transport, veterinariya va qurilish yo‘nalishidagi kollejlar va texnikumlarda o‘tkaziladi.

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Hurmatli talabalar! Sizlarni yangi kun hamda 17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan muborakbod etamiz! O'qish va ishlarda omad va zafar yor bo'lishini tilab qolamiz! 👏👏

Talabalar kanali😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BUGUN_BAYRAM

"Kim nima desa desinu, lekin bugun bayram. Hamma ishlaringizni tashlang. Bir yilda bir marta keladigan ushbu kunni to'rt devor ichida o'tkazmasdan, talaba do'stlar bilan (oshib ketmaydigan darajada😉) bayramni nishonlang!" deb post qoldirgan edik bundan 1 yil oldin... Afsus, hozir pandemiya davrida ko'risholmaymiz😕 Lekin zoom degan ajoyib dastur bor😅 Vaqtni yo'qotmang. Nima bo'lsa ham bugun zoom orqali uchrashuv belgilanglar...☺️

Bitiruvchi kurslarimiz, sizlar uchun talabalar bayrami bugun oxirgisi😉, agar magistraturaga kirib o'qishni davom ettirmasangiz)))

Hullas, zoomda bugun g'ayra-g'ayra bo'ladi,
..... bordim bo'ladi😁(hazil)

Hamma raqsga tushsin🥳🕺💃

Talabalarga yuboramiz)👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zoomda bugun g'ayra-g'ayra qilayotganlar.

Hamma raqsga tushsin🥳🕺💃

Talabalarga yuboramiz 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Kontraktingiz kamayib stipendiyangiz ko'paysin. 😄

Talabalarga ulashamiz 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bu yilgi talabalar kuni ham har yilgilaridan boshqacha bo’ldi. Bu yilning o’zi kabi.

Agar siz bitiruvchi bosqich talabasi bo’lsangiz, unda sizga hamdardman. Agar birinchi bosqich talabasi bo’lsangiz ham, esiz deyman, axir birinchi bayram baribir birinchida. Hamma birinchi marta nishonlagan talabalar kunini o’zgacha maroq bilan eslasa kerak.

Ko’pga kelgan to’y. Lekin shunda ham sizda kursdoshlaringiz bilan diydorlashish imkoni bordir. Karantin qoidalariga amal qilgan holda ko’rishing.

Shu o’rinda bir pozitiv kelib qoldi. Agar biz maktab o’quvchisi bo’lganimizda va bugun o’quvchilar kuni bo’lganida hamma yoq “O’quvchilar kunida hech qayerga bormayman. Karantin qoidalariga amal qilaman va uydagilar nazoratida bo’laman. Yuqoridagilarga amal qilmasam tegishli chora ko’rishingizga roziman” mazmunidagi tilxatlarga to’lib ketgan bo’larmidi;)

Albatta bu hazil.
Hurmatli talabalar! Sizlarni bu yil noan’anaviy tarzda nishonlashga to’g’ri kelayotgan talabalar kuni bilan “Talaba.uz” kanali nomidan tabriklayman.

Talabalik — inson kelajakda nima qilishi, kim bo’lishi va nimalarga erishishini belgilaydigan davr. Birinchi kursda orzular osmonida uchasiz, ikkinchi ba uchinchi bosqichda quruq qopday bo’lib qolasiz va bitiruvchi bosqichda aslida kimligingiz va nimaga munosibligingizni anglaysiz.

Barchamizga biz eng yaxshisiga munosibligimizni anglash baxti nasib etsin. Talabalik sizga eng chiroyli kunlar va taqdirni tuhfa etsin! Yana bir bor bayramingiz muborak bo’lsin!👏

Talabalarga ulashamiz 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talabaligim (@TalabaUz)
MuXiJaN
Exx, bu qo'shiqni eshitib negadir ko'zimga yosh keldi😢

Talabalik - oltin davrim! Ushbu mazmunli va esda qolarli kunlarni qadriga yeting.

Kursdoshlarim sizlarni judayam sog'indim...

🎙#MuXiJan

Kursdoshlaringizga yuboring👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Talabalar kuniga atab mutasaddilarimiz stipendiya tarqatishmoqchimi?😁

Turqi yoqmadi, pulni😅 O'zimizni so'mni berishsin😢

Ushbu xabarni 100 kishiga yuboring, ertaga stipendiya tushadi😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#hazil

​​TALABA

Talabalar – Asosan bilim yurti hududlarida vaqt o‘tkazadi. Kabinetdan- kabinetga guruh-guruh bo‘lib harakatlanishadi. Vaziyatga tez moslashuvchan, kezi kelganda ayyor va asosan dangasa bo‘lishadi. Tunda uxlashni, tongda uyg‘onishni yomon ko‘radi. Kunning birinchi yarmida asosan uyqusirab, ko‘zlari qizarib yuradi. Kech kirishi bilan yana aktivlashadi.

Tashqi ko‘rinishi – Topganini kiyadi (lekin did bilan). Bizning muhitda asosan oq-qora tusli liboslarda bo‘lishadi. Qo‘lida papka yoki hamma fan uchun tutilgan bir donagina daftari bo‘ladi (ba’zan shuyam bo‘lmaydi).

Yashash tarzi – Deyarli hamma qatori. Stipendiya chiqsa 3 kun mazza qilib yashaydi, so‘ng, yana keyingi stipendiyani kuta boshlaydi. Talabalik davrini surib yuradi. Ba’zida esa talabalik davri o‘zini suriiib-survoradi.

Ijtimoiy tabaqalanishi – Asosan 3tabaqaga bo‘linadi:
1 Oddiy tabaqa – grantda o‘qiydi.
2 Sal mindeyeyeroq tabaqa – kontraktda o‘qiydi.
3 Krutoy tabaqa – “super-muper” kontraktda o‘qiydi (bu tabaqadagilarni ko‘rganda hamma O‘-o‘-o‘ deydi).

Uxlash tarzi – Shaxsiy yoki ijara uyi. Yotoqxona. Leksiyalar zali...

Oziqlanish tarzi – Oy boshida kafema-kafe yurib, keyin gumma, rollton va topgan-tutgani bilan oziqlanadi

Shiori – Talabalik oltin davrim! (ayrim manbalarda keltirilishicha, ushbu davr otning kallasidek kontrakti sababli oltinga tenglashtiriladi).

Yomon ko‘radi – Hech “kelishib bo‘lmaydigan” domlalarni.

Yoqtiradi – Darsda uxlashni.

Qo‘rqadi – Sessiyadan.

Ustunlik tomoni – 3 oy yallo qilib yurib, imtihonga uch kun qolganda o‘sha fanni “qalpoq” qilib tashlaydi.

Zaif tomoni – Dars tugashi bilan mavzuni esdan chiqarvoradi.

Orzusi – O‘qishni bitirgach o‘z mutaxassisligi bo‘yicha katta oylikli ishga joylashish. (tuya hommomni... e nimalar deyapman o‘zimdan-o‘zim?!). Orzuga ayb yo‘q.

Kelajagi – Agar yaxshi o‘qisa, qobiliyatli bo‘lsa, fanlarni yaxshi o‘zlashtirsa, bilimi kuchli bo‘lsa - kelajakda yo taksist yoki sotuvchi bo‘ladi. Mabodo mindeyeyeroq joyda ishlaydigan tanishi bo‘lsa – unda boshqa gap. Masalan-da...
😂😂

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg