Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Maqsadga erishish yo‘lida qilish kerak bo‘lgan 5 qoida.

🔥 Aniqlik.


💥 Maqsadingiz shunchalik aniq bo‘lishi kerakki, unga o‘zingiz ham tushuning va nimaga intilayotganingizni doim yodda tuting. Shunda qilayotgan ishlaringizda o‘sish bor yoki yo‘qligini bilib turasiz.

🔥 Qiyinchilik.

💥 Maqsadingizga erishish yo‘lidagi qiyinchilik voz kechishga emas, yanada qiziqishingizni oshirishga xizmat qilishiga ishoning.

🔥 Ishonch.

💥 Ko‘zlagan natijangizga erishsa bo‘ladigan deb hisoblang va undan voz kechmang. Olg‘a intilish uchun nega qattiq mehnat qilishingzi kerakligi haqida sizni ishontiruvchi sabablar toping va yodda saqlang.

🔥 Fikrlar.

💥 Qilgan ishlaringizga fikr bildirishlari yo‘lini izlang. O‘sish va tajribangizni nazorat qiling, shunga qarab zarur bo‘lsa, qiyinchilik darajasini o‘zgartirish mumkin.

🔥 Murakkab ish.

💥 Agar maqsadingizga erishish o‘ta murakkab bo‘lsa, u holda ularni qismlarga bo‘lib amalga oshirishga kirishing.

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Oliy ta’lim muassasalarini pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha tamomlagan (tamomlaydigan) bitiruvchilar esa xalq ta’limi tizimidagi oliy ma’lumot talab etiladigan bo‘sh ish o‘rinlarini Xalq ta’limi vazirligining BO‘SH ISH O‘RINLARI BAZASIDAN topishlari mumkin
➡️ https://xt.uzedu.uz/Vacancy/ListView
Ⓜ️ otm_info

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
So'rovnoma

Online darslarda INTERNET sifati pastligi tufayli berilgan vazifalarni yoki oraliq nazorat ishini topshirolmaslik holatlari sizda yuz berdimi?
Anonymous Poll
63%
Ha
23%
Yo'q
14%
An'anaviy ta'limda o'qiyman
❓Internet sifati pastligi yoki umuman ishlamaganligi sababli yakuniy yoki oraliq imtihonlarni topshira olmay qolgan talabalarga imkoniyat berilyaptimi?

📲
Men yashaydigan viloyatning shunday tumanlari borki, ularda oddiy qo’ng’iroqlar uchun ham “antennani quvib yurish”ga majbur bo’lasiz. Internet masalasiga kelganda esa telefoningiz yuzi “E”dan boshqa belgini ko’rsatishga ojizlik qilib qoladi. Faqat shu aloqa operatorlarigina nisbatan yaxshiroq ishlagani uchun “bilayn qishloq”, “yusel qishloq” laqabini olgan hududlar mavjud.

Ishonchim komilki, siz ham hech bo’lmasa bir marta biror qarindoshingiznikiga borganda aloqa sifati pastligidan aziyat chekkasiz yoki doimiy shunday hududda yashaysiz(!)!

2020-yil mart oyidan deyarli noyabr oyiga qadar onlayn ta’lim tizimida o’qidik. Zoom, Moodle kabi bir necha dastur va ilovalar bizning onlayn ta’limdagi ehtiyojlarimizni ma’lum ma’noda qondirdi. Garov bog’lashim mumkin, sizning hech bo’lmasa bir nafar kursdoshingiz, hattoki o’qituvchingiz (yoki balki o’zingiz?!) internet sifati tufayli onlayn platformada noqulayliklarga duch keldilar.

Butun boshli semestrning onlayn tarzda tugatilishi talabalar uchun jiddiy muammolar eshigini ochdi. Misol uchun, men “bilayn qishloq”da yashasam-u, menda boshqa aloqa kompaniyasi raqami bo’lsa, menda qanday yechim bo’lishi mumkin edi? “Internet umuman ishlamaganligi uchun yoshlar ittifoqiga ariza tashlab, ming yugur-yugurlar bilan uyimga wifi o’rnattirdim (buning ham harajatlari bor), nihoyat, wifi kelganda esa qishlog’imizda ta’mir ishlari ketayotganligi ro’kach qilinib elektr butunlay uzib qo’yildi — men yakuniylarni vaqtida topshira olmay kursdan kursga qolib ketdim” deb yozadi bir murojaatchimiz.

Xo’sh, bu yerda talabaning qanday aybi bor? Chekka qishloqda tug’ilib, yashashimi? O’qituvchilar mana shunday holatlarda nega talabani qo’llab quvvatlamaydi?

Bu muammolar hali tugamasligi tayin. Chunki onlayn ta’lim hali davom etmoqda. Mehridaryo ustozlarimizdan mana shu kabi talabaning o’ziga bog’liq bo’lmagan vaziyatlarda unga yon bosishlarini so’rab qolar edik.

Imtihonni vaqtida topshira olmay turli muammolarga duch kelgan talabalarga esa ularda haqiqatan ham internet bilan bog’liq muammolar borligini isbotlab bersalar, imkoniyat berilishini iltimos qilib qolamiz. Talaba tizimga nafrat bilan shakllanib qolmasin!

Mutasaddilarga tarqating👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ASSALOMU ALAYKUM VA ROHMATULLOHI VA BAROKATUH!

JUMA AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN 🥰


Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Haqiqiy ishbilarmonlik mana bunday bo'ladi!

Nyu-Yorkda istiqomat qiluvchi xitoylik kishi mahalliy bankka ikki haftaga 5000 dollar kredit so‘rab murojaat qildi. Garov sifatida qiymati 250 ming dollarlik sport Ferrari avtomobilini taklif qildi. Ikki haftadan so‘ng o‘zi va’da berganidek 5 ming dollarni va unga qo‘shimcha foiz 15 dollar 41 sentni bankka qaytardi. Pul operatsiyasidan keyin u xotirjam sportkarini qaytarib oldi.

Bank xodimi undan katta garov evaziga qisqa muddatga ozgina qarz olishining sababini so‘radi. Ferrari sohibi mamnun holatda Nyu-Yorkda 15 dollar evaziga eksklyuziv avto uchun ikki haftalik qo‘riqlash joyini topish, qolaversa avtomobilni qulay usulda qoldirib, uning taqdiri haqida qayg’urmaslik uchun bundan ma’qul yo‘l topa olmaganini tushuntirdi 😅.

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talabalar uchun yaxshi yangilik!

Endi my.gov.uz portali orqali oʻqish joyidan maʼlumotnoma olish mumkin!

Endilikda ushbu maʼlumotnomani internet orqali oson olish imkoniyati paydo boʻldi.

"Oʻqish joyidan maʼlumotnoma olish (https://my.gov.uz/uz/service/323)" xizmati:

⁃ mutlaqo bepul;
⁃ elektron imzo talab etilmaydi;
⁃ toʻliq avtomatlashgan (inson omilisiz);
⁃ hujjatlar repozitoriysida saqlab qoʻyish imkoniyati bor.

Oliy ta'lim muassasasi tomonidan talaba.edu.uz ma'lumotlar bazasiga kiritilayotgan talabalar to'g'risida ma'lumotlar my.gov.uz yagona davlat interaktiv xizmatlar portali bilan integratsiya qilingan. Agar sizda o'qish joyidan ma'lumotnoma olish xizmatida ma'lumotlaringizni olish imkoniyati mavjud bo'lmasa tahsil olayotgan oliy ta'lim muassasangizga murojaat qilishingiz mumkin.

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​O'rningdan Tur! Harakat qil! Homiylar ishonadimi yo'qmi, do'stlaring ishonadimi yo'qmi, OTA-ONANG ishonadimi yo'qmi muhim emas. O'ZING shunga ishon! Jamoang bilan ishon va tun-u kun shu ustida ishla! Shunday qilibgina nimadir sodir bo'ladi. Yetarlicha XATOLAR qil, QOQIL, TIK tur! Har qanday XATO bu foyda, daromad.
Pul haqida qayg'urma. PUL odamlar ortidan ergashadi.
Odamlar o'z ORZULARI ortidan ergashmog'i lozim!

© Jeck Ma

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Respublika kollej va texnikumlariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilayotgan test sinovlari to‘g‘risida ma’lumot (2020-yil 27-noyabr)

Respublikadagi 38 ta obyektda test sinovlari 1-smenada soat 09.00 da boshlanib, 11.00 da tugadi va 2-smenada 14.00 da boshlanib, 16.00 da tugadi.

Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida test jarayoni yakunlandi.

Test sinovlarida bir kunda ishtirok etishi rejalashtirilgan 16 180 nafar abituriyentdan 12 424 nafari (76,8%) qatnashdi. 3 739 nafar abituriyent esa test sinoviga kelmadi.

Hududga kirishda 2 nafar, imtihon jarayonida esa 15 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli test sinovidan chetlatildi.

- - -

26-noyabrdagi test sinovi natijalarining tahlili, ayrim hududlardagi abituriyentlar soniga nisbatan yuqori ball to‘plaganini ko‘rsatdi.

Jumladan, eng yuqori natija Toshkent shahridagi Chilonzor Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida – 182,8 ball qayd etildi.
Ⓜ️ Davlat test markazi

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#biroz_hazil

Men tushunmaydigan narsalar judayam koʻpda. Masalan TOM and JERRY multfilmida sichqon ertalabdan kechgacha yalangʻoch yurib, uxlayotganda kiyim kiyib oladi.

Sizda ham shunga oʻxshash tushunib boʻlmaydigan holatlar bormi? 😜

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Grantga kirgan talabalarning 50%ini joriy yilda maktabni tugatganlar tashkil qilgan

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov joriy yilgi qabul jarayonlariga oid quyidagi ayrim ma’lumotlar bilan o'rtoqlashdi:

1) 1,5 mln abituriyentning atigi 23 foizi bu yilgi maktab bitiruvchilari bo‘lgan bo‘lsa, ular davlat granti kvotasining 50 foizini egalladi. Qolgan 77 foiz abituriyentni tashkil etgan lisey, kollej bitiruvchilari yoki avvalgi yilgi bitiruvchilar ham OTMga harakat qilgan, repetitorga borgan, lekin ularning umumiy natijasi maktab bitiruvchilarinikidan anchagina orqada bo‘ldi.

2) Oliy ta’limga bironta ham o‘quvchisi kirmagan maktablar soni 3 barobarga kamaydi, ya’ni o‘tgan yili 2126 ta edi, bu yil 692 taga tushdi. Bunga ham o‘tgan yildan bunday maktab rahbarlarini lavozimiga loyiqligini jiddiy ko‘rib chiqish boshlangani katta turtki bo‘ldi.

Endi buyog‘iga direktorlarimiz va maktab jamoasi faqat natijaga harakat qilishi kerak. Natija bu bitiruvchilarning hayotda muvaffaqiyatga erishishi. Ularning bir qismi o‘qishni keyingi bosqichiga o‘tsa, keyingi qismi o‘z ishini topib ketishidir. O‘qishga ham kirolmasa, ish ham topa olmasa, keyinchalik yoshlarimiz hayotda qiynalib qolishadi. Shu sababli maktab davridagi vaqtini aynan shu natijaga yo‘naltirishi, shu jumladan, ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirishi kerak.

Bir oy davomida Xorazm, Navoiy, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida bo‘lib yaxshi ko‘rsatkichga ega va umuman natija ko‘rsatmagan maktablarni solishtirganda asosiy farq aynan direktor va maktab jamoasining o‘z kasbiga bo‘lgan fidoiyligi tufayli bo‘layotganiga amin bo‘ldik.

Solishtirganda ko‘rinadiki, aksariyat yomon ko‘rsatkichga ega maktablarning moddiy texnik holati yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan maktabnikidan ancha yaxshi bo‘lib chiqayapti. Eskichasiga faqat maktabning tashqi ko‘rinishiga qarab direktorga baho berilganida, aksincha bular yaxshi bo‘lib chiqardi va yaxshi natija ko‘rsatgan direktorga esa maktabining ko‘rinishi yaxshi bo‘lmaganiga chora ko‘rilishi mumkin edi...

«Shuning uchun, o‘z ishiga fidoiy bo‘lgan pedagoglarimizga ushbu o‘zgarishlarga sabab bo‘lganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz va kelgusi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz! Aksincha, bu sohaga adashib kelib, avvalgidek paxta va boshqa ortiqcha ishlar bilan o‘ralashib yurishga o‘rganib qolganlarga boshqa ish topishlarini tavsiya qilamiz», - deydi Xalq ta’limi vaziri.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Shaharga o'qishga kelgan viloyatlik talabalar uchun so'rovnoma!

Yashash uchun qayerga joylashdingiz?
Anonymous Poll
14%
Yotoqxonaga
13%
Qarindoshimnikiga
33%
Ijarada turibman
40%
Haligacha joylashganim yo'q
Talabalarni turar joy bilan ta’minlashda qaysi jihatlarga e’tibor qaratiladi?

Talabaning
❗️Kam ta’minlanganligi;✅
❗️Boquvchisini yo‘qotganligi;✅
❗️Nogironligi mavjudligi;✅
❕Ota-onasidan faqat bittasining ishlashi;
❕Oilasida to‘lov shartnoma asosida ta’lim oluvchi boshqa bir talabaning mavjud ekanligi;
❕Talabaning o‘zi shartnoma asosida o‘qishi;
❕Yashash viloyatining uzoq yoki yaqinligi;
❕Oliygoh joylashgan hududda talabaning yaqin qarindoshi istiqomat qilishi yo qilmasligi va b.

(Agar yuqoridagi toifa vakillaridan tashqari bo‘sh o‘rin qolsa, grantlar ham turar joy bilan ta’minlanadi. Agar qolsa va agar qolgan o‘ringa ham “puldor da’vogarlar” ega chiqmasa...:)

Mulohaza yuritadigan bo‘lsak, sanab o‘tilgan jihatlardan 3tasiga mansub bo‘lgan, ya’ni kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan va nogironligi bor shaxslar, so‘zsiz, talabalar turar joyi bilan ta’minlanadi.
Qolgan faktorlarga bir-bir to‘xtalib o‘tsak:
❓Ota onasidan faqat bittasining ishlashi - bu omil talabaning moddiy ko‘makka muhtojligini ko‘rsatmaydi va bu maosh miqdoriga bog‘liq;
❓Oilasida to‘lov shartnoma asosida o‘qiydigan boshqa bir talaba mavjud bo‘lgan talaba - bu ham yuqoridagi kabi holat bo‘lib, oilaning moliyaviy imkoniyati bilan belgilanadi;
❓Shartnoma asosida o‘qiydigan talaba - talabalar turar joyi bilan ta’minlashda talabaning davlat granti yoki kontrakt asosida o‘qishiga e’tibor qaratish noto‘g‘ri yechim. Davlat granti asosida o‘qiydigan talaba va pul to‘lab o‘qiydigan talaba teng huquqli hisoblanadi.
❓Yashash viloyatining uzoq yoki yaqinligi - bu jihatni inobatga olishning o‘zi kulgili hol emasmi?:) Talaba xoh 12soat vaqt sarflab boriladigan Surxandaryo viloyatidan bo‘lsin, xoh 3soat vaqt sarflanadigan Farg‘ona viloyatidan bo‘lsin, u baribir o‘qishga u yerdan qatnamaydiku?..😉 ;
❓Oliygoh hududi yaqinida talabaning yaqin qarindoshi istiqomat qilishi - “mehmoning izzati 3 kun” degan gapni eshitgansiz a? Qolgani tushunarli...:) ;


Dang‘illama uylarda yashagani holda “kam ta’minlangan” degan soxta hujjat bilan masalani ijobiy hal qilayotgan ustamonlar oramizda ko‘plab topiladi. Yoki, sizningcha, oilasining oylik daromadi 5mln so‘m bo‘lgan kontrakt asosida o‘qiydigan talabani turar joy bilan ta’minlash va oilasining oylik daromadi 1mln so‘m bo‘lgan talabani, u faqat davlat grantida o‘qigani uchungina, uysiz qoldirish, mantiqan to‘g‘rimi???

Talabalarni turar joy bilan ta’minlashda yuqoridagi 3ta omildan boshqa hollarda oilaning oylik daromadini hisobga olish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Talabalar turar joyidan o‘rin ololmagan talaba bir oyda faqatgina turar joy uchun 200ming so‘m(eng kamida) sarflaydi. Bir yillik to‘lov hisoblaganda, bu talabalar turar joyiga qilinadigan to‘lovdan deyarli 2baravar ko‘p.

Xulosa qilib aytganda, talabalar turar joylarida imkon qadar ko‘proq bo‘sh o‘rin yaratish va turar joy taqsimotida noxolislikka yo‘l qo‘ymaslik maqsadga muvofiqdir.

Pandemiya davrida bu muammoning dolzarbligi ikki karra oshdi.
Ha, bu davr, so’zsiz, bizning qaysi sohalarda no’noqligimizni o’zimizga qayta ko’rsatib berdi. Muammolarning bartaraf etilishi esa ortga surilishda davom etmoqda. Balki bu muammolarni bartaraf etish nechidir yillik rejalarning bir burchagiga ham kiritilmagandir. Balki bu muammolarni muammo deb hisoblashmayotgandir. Qorni ochning qorni to’q bilan nima ishi bor axir...

©Nodirbek Ashirov

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Respublika kollej va texnikumlariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilayotgan test sinovlari to‘g‘risida ma’lumot (2020-yil 28-noyabr)

Respublikadagi 23 ta obyektda test sinovlari 1-smenada soat 09.00 da boshlanib, 11.00 da tugadi va 2-smenada 14.00 da boshlanib, 16.00 da tugadi.

Qoraqolpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida test jarayoni yakunlandi.

Test sinovlarida bir kunda ishtirok etishi rejalashtirilgan 9 698 nafar abituriyentdan 7 484 nafari (77,2%) qatnashdi. 2 200 nafar abituriyent esa test sinoviga kelmadi.

Hududga kirishda 5 nafar, imtihon jarayonida esa 9 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli test sinovidan chetlatildi.

- - -

27-noyabrdagi test sinovi natijalarining tahlili, ayrim hududlardagi abituriyentlar soniga nisbatan yuqori ball to‘plaganini ko‘rsatdi.

Jumladan, eng yuqori natija Toshkent shahridagi Chilonzor Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida – 185,8 ball qayd etildi.
Ⓜ️ Davlat test markazi

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
TDIU talabasi «MDHning eng yaxshi talabasi-2020» xalqaro tanlovida g‘alaba qozondi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Iqtisodiyot fakulteti 3-bosqich talabasi Dostonbek Rustamov Nursulton shahrida o‘tkazilgan «MDHning eng yaxshi talabasi-2020» xalqaro tanlovida 14 mamlakat ichidan «Raqamli iqtisodiyot va innovasiyalarni boshqarish» yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etib, faxrli I o‘rinni egalladi.

Ushbu loyihaning asosiy maqsadi MDH davlatlarining oliy ta’lim muassasalari talabalarini qo‘llab-quvvatlash, ilm-fan, texnika rivojlanishiga hissa qo‘shayotgan yoshlarni aniqlab, ularni munosib rag‘batlantirish hisoblanadi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, Dostonbek Rustamovning ilmiy ishlari, qo‘lga kiritgan yutuqlari va tanlov davomidagi saralash jarayonlari hisobga olingan holda I o‘ringa munosib deb topildi va «MDHning eng yaxshi talabasi-2020» yozuvi tushirilgan ko‘krak nishoni va I darajali diplom bilan taqdirlandi.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Kontrakt to'lash uchun 1-kurslarning 2 kun vaqti qoldi

▪️Davlat qabul komissiyasi qarori bilan 1-kurs va o‘qishini tiklagan talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati 1-dekabrgacha uzaytirilgan edi.

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
30 noyabr – Kimyoviy qurollar qurbonlarini xotirlash kuni

1993 yilda BMT tomonidan Kimyoviy qurollarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, to‘plash va qo‘llash hamda ularni yo‘qotish bo‘yicha Konvensiya qabul qilingan va u 1997 yil 29 aprel kuni kuchga kirgan.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan kollej va texnikumlarda yangi yo‘nalish ochiladi

“Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urug‘chiligini yo‘lga qo‘yishni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–4901-son, 26.11.2020 y.) qabul qilindi.

🔰Qarorga ko‘ra, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etildi.

Dorivor o‘simliklarni ilmiy asosda yetishtirish va qayta ishlash, ulardan oqilona foydalanishning yagona strategiyasini shakllantirish va amalga oshirish Markazning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Markazning o‘rmon fondi yerlarida xususiy sektorni jalb etgan holda dorivor o‘simliklarni yetishtirish va ilmiy-ishlab chiqarish klasterlari tashkil etiladi.

🌱 Qarorga ko‘ra, Nukus, Xo‘jayli, Qorako‘l, Baxmal, Zomin, Kitob, Uzun, Boysun, Burchmulla, Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaliklari dorivor o‘simliklarni yetishtirishga, Quyi Chirchiq ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligi dorivor o‘simliklar urug‘ va ko‘chatlarini tayyorlashga ixtisoslashtiriladi.

🌲Shuningdek, G‘allaorol, Kogon hamda Urgut ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaliklari tashkil etiladi.

✅ 2021/2022 o‘quv yilidan:

● respublika oliy taʼlim muassasalari biologiya yo‘nalishlarining 3 va 4-kurslarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar tarkibidan alohida guruhlarda chuqurlashtirilgan o‘qitish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
● barcha qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan kollej va texnikumlarda “Dorivor o‘simliklar yetishtirish agrotexnologiyasi” yo‘nalishi ochiladi.

📍Hujjat haqidagi to‘liq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.
Ⓜ️ Huquqiy axborot

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Yaqin kelajakda yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan kasblar

Bugungi kunda mashinalar odamlarning o‘rnini egallagan bir qancha kasblar bor. AQSh mehnat vazirligining hisob-kitoblariga qaraganda esa, 2025-yilga kelib bugungi maktab o‘quvchilarining 65 foizi hali o‘ylab topilmagan kasblarning egalari bo‘ladi.

Robotlar qanday kasblarning kushandasiga aylanishi mumkin? “Ideonomika” sayti robotexnika va zamonaviy texnologiyalar tufayli yaqin bir necha yil ichida eskilik sarqitiga aylanishi mumkin bo‘lgan yetti kasbni aniqladi.


1. Taksichi

Qachon ehtiyoj tugaydi: 2038-yilda.

Avtomatik boshqariluvchi mashinalar ustidagi ishlar davom etmoqda, bir necha o‘n yilda nafaqat kirakashlar, balki umuman haydovchilarga ehtiyoj qolmasligi mumkin.

2. Buxgalter

Qachon ehtiyoj tugaydi: 2028-yilda.

Sun’iy ong asosiga qurilgan buxgalterlik dasturlari shu qadar kuchli va arzon mahsulotga aylanadiki, “tirik” buxgalterlar ular bilan bahslasha olmaydi.

3. Yurist yordamchisi

Qachon ehtiyoj tugaydi: 2026-yilda.

Yuristlarga ham avtomatlashtirilgan yordamchilar ko‘proq asqatadi — ular tezroq ishlaydi, ko‘proq narsa biladi va hech qachon dam olmaydi.

4. Aviadispetcher

Qachon ehtiyoj tugaydi: 2038-yilda.

2034-yilda odam aviadispetcher aybi bilan ro‘y berajak qo‘rqinchli halokat tufayli hukumat havodagi harakatni kompyuterlar boshqarishini talab qiladi.

5. Avtoturargoh xodimi

Qachon ehtiyoj tugaydi: 2028-yilda.

Yangi texnologiyalar mashinaning avtoturargohda qancha turganini aniq kuzatish imkonini beradi, bu to‘lov masalasiga aniqlik kiritadi.

6. Turoperator

Qachon ehtiyoj tugaydi: 2025-yilda.

Siz onlayn turistik agentlik saytiga kirasiz, safaringiz haqida hikoya qilib berasiz, sayt aniqlashtiruvchi savollar yordamida sizga qulay yo‘nalishni tanlab beradi.

7. Tarjimon

Qachon ehtiyoj tugaydi: 2031-yilda.

2028-yilda Google og‘zaki nutqni aniq tarjima qilish vositasini ishlab chiqaradi, shu bilan “tirik” tarjimonlarga zarurat qolmaydi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Yoz o'tdi, kuz o'tdi, qish yetib keldi)))

Qishning birinchi kuni bilan!!!