Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
📌 Bakalavrning 6 ta ta’lim yo‘nalishida o‘qish muddati 4 yildan 3 yilga kamaytirildi

Bu haqda Oliy va o‘rta vazir o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov ma’lum qildi:

📉 «Bu o‘quv yilidan boshlab 6 ta ta’lim yo‘nalishida o‘qish muddati 4 yildan 3 yilga kamaytirildi, bular:

— Musiqiy ta’lim

— Jismoniy madaniyat

— Texnologik ta’lim

— Chaqiriqqacha harbiy ta’lim

— Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi

— Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya va sport».

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​📌 Menimcha, ta'lim tizimidagi o‘quv rejalar to‘laligicha qayta ko‘rib chiqilishi kerak.

Hozir to‘rtta kurs talabalari turlicha o‘quv reja bilan o‘qishadi. Mana shu o‘quv rejalarni bir xillashtirish kerak, ikkinchidan, keraksiz fanlar chiqarib tashlanishi kerak.

Bunda biz nafaqat talabaga, balki ish beruvchiga ham huquq berishimiz kerak-ku. O‘zi istagan fanni ta'limga kiritishiga. U o‘ziga kerakli kadrga ish jarayonida kerak bo‘ladigan fanlarni o‘zi taklif qilishi kerak.

Yana bir misol, jismoniy madaniyat fanidan talabaning reyting daftarchasiga bahosi qo‘yiladi. Shu fan bizga kerakmi? Talaba o‘zi mustaqil fitnes klubga borsin, sportga qatnashsin, sharoit bor-ku. Buni alohida fan qilish shartmi? Deylik, talabada ikki juftlik fan bor, orada u kiyimini almashtirib, jismoniy madaniyat faniga ham kirishi kerak. Shu masala hamon muammoligicha qolmoqda.

Fan o‘qituvchilari ishlayversin, to‘garak o‘tsin, bunga qarshi emasman, lekin u ham bir fan bo‘lishi kerak emas.

Bizda yana bir masalada qo‘rquv bor. Ya'ni, dars jadvaliga darslar shunday joylashtiriladiki, bunda bir juftlikdan keyin orada bo‘sh vaqt qoldiriladi va keyin yana bir juftlik fan qo‘yiladi. Buning sababi, darslarni shunday joylashtirsak, talaba keyingi darsgacha qochib ketolmaydi, deb o‘ylashadi.

Rivojlangan davlatlarda talaba ertalab darsga keldimi kechki vaqtgacha universitet binosini tark etmaydi. U yerda darslar orasida to‘garaklar joylashtiriladi, talabalar shaxmat o‘ynaydi, suzishga qatnashadi, kompyuterda o‘tiradi yoki kursdoshlari bilan suhbatlashib o‘tirib dam oladi.

Talaba tanlovi deganda kunning qaysi qismida o‘qib, qaysi qismida ishlashni erkin tanlash huquqini ham tushunish kerak.

Biz talabaga kechagi qarash, tazyiq bilan qarashni to‘xtatishimiz kerak.

Yana bir muammoli masala, universitetda erkin forma masalasi. Bu muammo qayta-qayta ko‘tarilyapti. Bunga ham erkinlik berish kerak. Faqat bunda shaxsning talaba ekanligi va milliylikni inobatga olish kerak.

(c) Abduqodir Toshqulov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati aʼzosi, Termiz davlat universiteti rektori

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dam olish uchun shanba yakshanbani kutmang.
Shaha Dolimovdan ajoyib motivatsion video.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​​​4 ta OTMda tibbiyot fakultetlari ochiladi

Prezident farmoniga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab mavjud ehtiyojdan kelib chiqib:

👉 Qarshi davlat universiteti,
👉 Jizzax davlat pedagogika instituti,
👉 Navoiy davlat pedagogika instituti,
👉 Guliston davlat universitetida


tibbiyot fakultetlari tashkil qilinadi.

Shuningdek, ularda va boshqa tibbiy oliy ta’lim muassasalarida yetakchi xorijiy tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlari bilan qo‘shma dasturlari asosida o‘qitish tizimi joriy qilinishi belgilangan.

tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarining viloyat tibbiyot muassasalari, oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda klinik bazalari tashkil qilinadi va ularning bitiruvchi kurs talabalari ushbu klinik bazalarda o‘quv amaliyotini o‘taydi;

Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari va tibbiyot kollejlarida oilaviy shifokorlar yordamchilarini tayyorlash tizimi joriy qilinadi. Bunda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari va takliflariga asosan texnikumlar va kollejlarda oilaviy shifokorlar yordamchilarini tayyorlashning mutlaqo yangi tizimini joriy qiladi;

Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari va tibbiyot kollejlari oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga biriktiriladi, ularning o‘quvchilari ixtisosligidan kelib chiqib ushbu muassasalarda amaliyot o‘taydi.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Anons:

"O'zbekiston Milliy universiteti talabalarining yotoqxonasidagi ahvoli qanday?"

Soat 13:30da albatta @TalabaUz kanalida))

O'tkazib yubormang❗️
​Muzdek xonada yotgan O'zMu talabalari!

Mavzumiz yana O’zMU bilan tutashadi. Nachora, bizga kelayotgan murojaatlar nishoni shu OTMdan yo’nalayotgan bo’lsa, ilojimiz qancha?

Ilgariroq O’zMU talabalari an’anaviy darslarga majburan jalb qilinayotganligi haqida xabar bergan edik. Poytaxtda so’ngi bir haftadan buyon izg’irin ob-havoli vaziyat bo’layotganligi ham hech kimga sir emas.

Ayrim OTMlar viloyatlardan poytaxtga kelgan talabalarni TTJlarga joylashtirish ishlarini boshlab yubordi. “Talabalar turar joyi berishsa ham, berishmasa ham bir balo” deyishlari mumkin. Ammo hozir biz so’zlaydigan vaziyat chumchuqning og’zini bog’lab so’ng unga don sochishday mavhum va aqlsiz ishdan boshqa narsa emas.

Bizga kelgan xabarlarga ko’ra, O’zMU talabalari tegishli TTJlarga joylashtirilgan. Ammo turar joy binolarida hali isitish tizimi yoqilmagan. Tashqarida -4 - -5 daraja sovuq bo’lib turgan paytda bu binolarning zaxligini tasavvur qilish qiyin bo’lmasa kerak. Isitish tizimi yoqilmagan bo’lsa ham, odam yashayotgan bo’lsa, binolarning sovug’iga chidasa bo’ladi. Lekin necha oylardan beri kimsasiz yotgan binolarning sovug’ini tasavvur qilyapsizmi? Ulardagi harorat tashqaridagidan sovuq bo’lsa bo’ladiki, issiq bo’lmaydi.

Fakultet dekanlari talabalarga o’qish boshlanguncha isitish pechlaridan foydalanishga ruxsat bergan. Holbuki, boshqa payt bunday qurilmalardan foydalangan talabaning boshi ketishi tayin — mumkin emas!

Issiq o’rinda yotgan odamga bu gaplar ahamiyatsizdek tuyilishi mumkin, ammo talabalar ham kimningdir jigarbandi ekanligini unutmasalar, yaxshi bo’lar edi. Axir ular toliblar — ilm o’rganuvchilar, har qanday sharoitga ko’nishga mahkum qadimgi davr mahbuslari emas.

Xulosa o’rnida, talabaga o’z farzandingizga ravo ko’radigan sharoitlar yaratib bera olishingizga ko’zingiz yetmasa, qishning sovug’ida uni issiq o’rnidan qo’zg’atib, musofirlikda sarson bo’lishga majbur qilmang. Onlayn yo an’anaviy ta’lim — talabaning o’ziga qo’yib bering!

P.s: Biz isbotlar bilan chiqarmoqchi edik, afsus talabaning iltimosiga binoan chiqarmadik! Balkim bugundan e'tibor qaratilib, talabalar kechasi bilan sovqotib chiqmas?

Mutasaddilarga yetkazing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️Kelasi yildan ayrim abituriyentlar yana bir sinovdan o‘tadi

Abituriyentlarning pedagoglik kasbiga layoqati aniqlanadi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasida aytilgan deya Xalq so‘zi yozgan.

Hujjat bilan abituriyentlarning pedagoglik kasbiga layoqatini aniqlash 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab 5 iyundan 5 iyulga qadar Xalq ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligining qarorlari (buyruqlari) bilan hududlar hamda oliy ta’lim muassasalarida tuziladigan Maxsus komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.

✅ Maxsus komissiyalar quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

👉 pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish jarayonida abituriyentlarning pedagoglik kasbiga layoqati darajasini aniqlash uchun ekspertlar tarkibini tasdiqlash;

👉 abituriyentlarning pedagoglik kasbiga layoqati darajasini aniqlash uchun savollar bazasini shakllantirish;

👉 pedagogik layoqatni baholash bo‘yicha tasdiqlangan savollar bazasi asosida variantlangan savollar to‘plami(biletlar)ni tasdiqlash;

👉 abituriyentlarning suhbatga jalb etish jadvalini tasdiqlash va e’lon qilish.

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Yaqinlaringiz orasida kamxarj va muhtojlar bormi? Atrofingizda shunday oilalarni taniysizmi?

✅Bepul kiyim do‘koniga ularni taklif qiling.

1. Olmazor tumani, Jomiy halqasi, qurilish mollari bozori tomonda. Kar-soqovlar jamiyati 1-qavatidagi do‘kon faqat yakshanba kuni soat 10:00 dan 15:00 gacha ishlaydi.

2. Qatortoldagi oziq-ovqat bozori 3-qavatidagi 77-do‘kon esa har kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha ishlaydi.

Kiyilgan kiyimlar ham, yangilari ham bor. Asosan yangilari ko‘p ekan. Qishki kiyimlar ayni kerak hozir. Iltimos, boring, keragicha oling, muhtojlarga xabarlang.

ALLOH ajrini ziyoda qilsin!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekligingdan faxrlanib qaddingni koʻtarib yur 😎 🇺🇿

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Respublika kollej va texnikumlariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilayotgan test sinovlari to‘g‘risida ma’lumot (2020-yil 22-noyabr)

Andijon, Farg‘ona, Namangan, Surxondaryo va Toshkent viloyatlaridagi 28 ta obyektda test sinovlari 1-smenada soat 09.00 da boshlanib, 11.00 da tugadi va 2-smenada 14.00 da boshlanib, 16.00 da tugadi.

Andijon viloyati Paxtaobod tumanida ob-havoning keskin sovib ketishi hamda abituriyentlarning hududlarga o‘z vaqtida yetib kelishi uchun 1-smenada test sinovlari 10.00 da boshlanib, 12.00 da tugadi.

Test sinovlarida bir kunda ishtirok etishi rejalashtirilgan 14 018 nafar abituriyentdan 10 908 nafari (77,8%) qatnashdi. 3 095 nafar abituriyent esa test sinoviga kelmadi.

Hududga kirishda 3 nafar, imtihon jarayonida esa 12 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli test sinovidan chetlatildi.

- - -

21-noyabrdagi test sinovi natijalarining tahlili, ayrim hududlardagi abituriyentlar soniga nisbatan yuqori ball to‘plaganini ko‘rsatdi.

Jumladan, eng yuqori natija Surxondaryo viloyatidagi Qumqo‘rg‘on pedagogika kollejida – 144,9 ball qayd etildi.

Kollej va texnikum abituriyentlarining aksariyati bunga qadar oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarida ishtirok etganligini inobatga olib, to‘plagan bali avvalgi ballar bilan taqqoslanganda deyarli tafovvut kuzatilmadi.
Ⓜ️ Davlat test markazi

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
OTM rektorlari ishtirokida xalqaro reytingga kirish masalalari muhokama qilindi...

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 Fanlar Akademiyasi matbuot xizmati hakerlik hujumi yuzasidan munosabat bildirdi.

Batafsil: http://academy.uz/uz/news/fanlar-akademiyasiga-tegishli-bolgan-veb-saytga-qilingan-hakerlik-hujumi-togrisidagi-xabar-boyicha-malumot

P.s: Bu kanal admini ancha o'zidan ketib qolgan edi. Qanaqa dasturchi bu o'zi? Ma'lumotlarini chiqarib yuboradigan darajada. O'zing qazigan chog', o'zing tushding. Happy brithday to you))))

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Musibatimiz!

Bizga oxiratni eslatuvchilar emas!
Kulgu haqida soʻzlovchilar koʻproq yoqadi.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🌐 Vengriya hukumati stipendiyasi uchun arizalar qabuli boshlandi.

Stipendiyaning asosiy maqsadi – Vengriya oliy ta’lim muassasalarining internasionallashuvini qo‘llab-quvvatlash va doimiy rivojlantirish, xalqaro akademik va tadqiqot aloqalarini yaxshilash, Vengriyadagi raqobatbardosh OTMlarining dunyodagi nufuzini oshirishdan iboratdir.

Stipendiya quyidagi dasturlar uchun taqdim etiladi:
🔸 bakalavriat;
🔸 magistratura;
🔸 doktorantura;
🔸 tayyorlov kurslari va maxsus kurslar.

Stipendiya quyidagilarni qoplaydi:
🔹 ta’lim puli;
🔹 oylik stipendiya: bakalavriat, magistratura va maxsus kurslar uchun – 130 yevro;
🔹 doktorantura talabalari uchun – 450 yevrodan 580 yevrogacha;
🔹 yashash xarajatlari;
🔹 tibbiy sug‘urta.

➡️ Batafsil: https://stipendiumhungaricum.hu/

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Oliy ta'lim muassasalarida hamda akademik litsey, texnikum va kollejlarda tahsil olayotgan yetim bolalar davlat qaramog'ida bo'ladi

📃 Vazirlar Mahkamasining 21-noyabrdagi 739-sonli qaroriga muvofiq yetim bolalar va ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar barcha ta’lim muassasalari shuningdek OTMda ta’lim-tarbiya oladigan muddatda to‘liq davlat ta’minotida bo‘ladi.

🔸 To‘liq davlat ta’minoti o‘z ichiga pul nafaqalari, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar, transport kartochkalarini oladi.

🔹 Shuningdek, davlat ta’minotida bo‘lgan bolalarga ta’lim muassasasini bitirayotganda, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish uchun BHMning 100 baravari (22 mln 300 ming so‘m), yo‘l xarajatlari uchun BHMning 5 baravari (1 mln 115 ming so‘m) miqdorida bitiruv nafaqasi beriladi.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Aziz yoshlar!
Bugun talabalar orasida ota-ona mehridan bebahra ulg‘ayib, mustaqil tahsil olayotgan yigit-qizlar ham mavjud.

Yoshlar ishlari agentligi
, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda "Mehrli qo'llar" xayriya fondi tomonidan "Yoshlar ta'lim granti" loyihasi e'lon qilindi.

Loyiha http://metsenat.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.

Mazkur loyihada chin yetim, nogiron, ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan, mehribonlik uyida tarbiyalangan, boquvchisini yo‘qotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

metsenat.uz platformasi orqali ro'yxatdan o‘tgan va Nizom talablariga javob beradigan talabalar yillik to'lov kontrakt summasining 50% miqdoridagi moddiy qo‘llab-quvvatlashga tavsiya etilishlari mumkin.

Hozircha mazkur loyihani moliyalashtirish uchun Yoshlar ittifoqi tomonidan 400 mln so'm mablag' ajratildi.

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang, aziz talabalar!

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
QAYIQ. Ibratli Hikoya!

Bir qayiqchining kichik qayig‘i bor ekan. Qayiqning ikki eshkagi bo‘lib, ularning birida “niyat”, ikkiinchi eshkakda esa “harakat” deb yozilgan. Qayiqqa mingan odamlar bu yozuvlar sababini so‘rasa, qayiqchi shunday javob berar ekan: “Agar men faqat “niyat” deb yozilgan eshkakni harakatlantirsam, u holda qayiq bir joyda aylanib qolaveradi. Agar faqat “harakat” deb yozilgan eshkakni harakatlantirsam ham, qayiq bir joyda aylanaveradi. Agar ikkalasini baravar aylantirsam, shundagina qayiq manzilga yetadi".

Inson ham faqat niyat qilsa-yu, harakat qilmasa, bir joyda aylangan qayiq kabi manzilga yetmaydi. Maqsadga yetish uchun avval “niyat” va “harakat” bo‘lishi kerak”.

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga yangi rektor tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 noyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq, Sabirov Ilxom Kaxramonovich Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori lavozimiga tayinlandi.

Sabirov Ilxom Kaxramonovich 1974 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1996 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan. Texnika fanlari doktori, professor. 2020 yildan ushbu institutda faoliyat ko‘rsatib keladi.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Andijonda Varshava universitetining filiali ochiladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 2020 yilning 29 oktyabr kuni mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Polsha favqulodda va muxtor elchisi Pyotr Ivashkevichni qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston—Polsha ko‘p qirrali aloqalarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
So‘nggi yillarda sezilarli faollashuvga ega bo‘lgan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish Polsha bilan aloqalarning asosiy yo‘nalishi ekanligi ta’kidlandi. Pandemiyaga qaramay, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Polshaga eksport qilish hisobiga 2020 yil yanvar–sentyabr oylarida savdo aylanmasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,8 foizga o‘sdi.

Suhbat davomida madaniy-gumanitar hamkorlikni faollashtirishga, xususan, ta’lim sohasidagi aloqalarni kengaytirishga qiziqish bildirdilar. Hozirda Andijonda Varshava menejment universitetining filialini ochish loyihasini amalga oshirish masalasi ustida ish ketayotgani ta’kidlandi.

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talabalar stipendiyasi ikki barobar oshiriladi — Prezident

Qozog‘istonda talabalar uchun stipendiyalar ikki baravar, magistrantlar va doktorantlar uchun stipendiyalar 1,5 barovar oshiriladi. Bu haqda «Nur Otan» partiyasining navbatdan tashqari XX s’yezdida Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev ma’lum qildi.

«2025 yilga kelib, oliy ma’lumot olish uchun ajratiladigan grantlar soni 50 foizga ko‘payadi. Bu shuni anglatadiki, 75 ming yoshlar bepul oliy ma’lumot oladi», — dedi Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti. Shuningdek, Davlat rahbari talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar davom etishini ta’kidladi.

«Talabalar uchun stipendiyalar 2 baravarga, bakalavriat va doktorantura uchun stipendiyalar 1,5 baravarga oshadi. 2025 yilga kelib kollej va universitet yotoqxonalaridagi joylar soni kamida 50 mingga ko‘payadi», - dedi Qasim-Jomart Toqayev.
Ⓜ️ Human.uz

P.S: Soqqa qilishni bilmas ekan lekin. Kontraktlarni oshirib, stipendiyalarni kamaytirsa bo'ladiku. Kallasi ishlamabdida shu joyida 😉.

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg